July 2

𝐅𝐀𝐓𝐄

𝐄𝐏𝐈𝐒𝐎𝐃 2

Taqdirimga rozi boʻldim, umidim uzildi. Kimsaga keraksiz inson edim. Ammo sen hayotimga kirding. Yashash uchun nafasim boʻlding, lekin sen sabab qayta boʻgʻildim, nafasimni tortib olding.

Uy haddan tashqari jim jit. Bu menga yoqmadi. Avval sira jimlikda qolmagandim yoki imkon boʻlmagan desa ham boʻladi. Uyga faqat ovqatlanish va uxlash uchun kelgan odam boshqa nimani ham his qilardi. Kun boʻyi oʻqish deb yursam. Mana endi tushgan ahvolimni qaranglar.

Yoʻq, men ortiq bu jimlikka chiday olmasdim. Sekin oʻrnimdan turib garderob tomon ketdim. Biroz tikilib turdimu, universitet uchun maxsus formamni kiyib oʻqishga borishni niyat qildim.

Kiyindim, biroz make up qildim, sumkalarim, kitob daftarlarimni taxlab sekin pastga tushdim. Yana sukut.

Endi chiqish eshigiga yetganimda mendan oldin kimdur tashqaridan eshikni ochib uyga kirdi. Mm ha bu men ancha izlagan odam Kim Taehyung ekan. Kutmagandim. Balki menga shaxsiy shifokor qilib yollashgani uchun kuniga 25 soat yonimda meni qoʻriqlab yurar, bilmadim.

- Qayerga ketyapsiz — ust boshimga boshdan oyoq nazar solib soʻngra soʻroq qildi.

- Universitetga — odatiy javob berdim.

- Kechirasiz ammo hech qayerga ketmaysiz. Universitet ma'muriyatiga ariza yoʻlladik, akademik ta'tilga chiqasiz — yuzi burushib norozi ohangda gapirdi.

- SIZLAR KIMSIZLARKI MENI NOMIMDAN ISH KOʻRASIZ? KIMSIZLAR — oʻzim bilmagan holda baqirib yubordim. Tilim qursin men qizni. Avval hech erkak kishiga ovozim balandlatib gaprmagandm.

Qarshimda turgan yigit biroz peshonasini chimirib o'zini bosib olish uchun chuqur nafas oldi.

- Seni shaxsiy shifokoringman, qil deganimni qilasan qilma deganimni qilmaysan, oʻtir desam oʻtirasan tur desam turasan chunarlimi?

Kulguli, judayam kulguli. Baqirib berganim uchun qasosini oldi. Koʻzimga qarab turib ustimdan kuldi. Oʻtir desam oʻtrasan? Meni uy hayvoniga taqqosladi. Qanday sharmandalik. Oddiy shifokor meni uy hayvoni kabi koʻryapti.

Yoʻq, men chidab turmayman. Soʻzlaridan biroz muddat jim turib turtib eshikdan chiqishga uringan onimda oyoqlarim yerdan uzuldi. Yelkasidan oshirib koʻtarib oldi. Shu kam edi, mana kamchiliklar toʻldirildi.

- Nima qilyapsan? Axmoqmisan? Qoʻyib yubor meni pastga tushur — yelkasida ketarkanman oyoqlarim bilan toʻgʻri kelgan joyiga tepib borardim.

Soʻngra sabr kosasi toʻlib mehmonxona divaniga meni tashladi. Oʻtirib qoldim, belim yomon ogʻridi oʻziyam.

‐ Sen qanday hadding sigʻdi menga bunday munosabatda boʻlishga? — salgina ogʻriqqa jahl qilib tilimni tiyolmadim, chegaralarimni hatlab oʻtdim.

- Qarshingizda kim turganini unutyapsiz kichik xonim, hurmatingiz borida tilingizni nazorat ostiga oling, yoqsa men ham qoidalarimni buzishga majbur boʻlaman — shuncha qilgan odobsizligimdan keyin ham menga yumshoq muomala qildi, hayratdaman.

- Hoʻp, kim ekansan? Qarshimda turgan oddiy shifokor. Bunday ortiq hech kim emassan, chegarangni bil, shifokorsan enaga yoki xoʻjayinim emas!

Yoʻq, yoʻq. Bu gaplarimdan keyin aniq sabri toshadi. Haddimnj bilmayapman. Chunki men qanchalik qoʻpol boʻlsam ham yumshoq javob qaytaryapti, erkalanib ketdim nazarimda.

‐ Boʻlajak eringman! Tilingni tiyishni hozirdan oʻrganmasang toʻydan keyin men ham oʻz nazoratimni unutaman.

Ha unutdim, u boʻlajak erim edi. Ammo yaqinda oʻlib ketsam, yana qanaqa er?

‐ Kulgimni qistamang. Tez orada hayotim tugaydi. Boʻlajak ering deb ustimdan kulmang iltimos.

Koʻzlarim namlanganini his qilyapman. Men nazorat qila olmaydigan yagona narsa bu koʻz yoshlarim, keraksiz paytda va keraksiz joyda izza qiladi.

- Mira, sen hanuz menga ishonmayapsan. Sen oʻlmaysan, albatta tuzalasan. Bu gaplaringni yigʻishtir iltimos. Qoʻpolligingni ham tushunyapman, koʻtaryapman. Oʻrnimda boshqa erkak boʻlganida bir soniya ham yuzingga qarab turmasdi, bu ahvolda turmasding. Endi esa iltimos, oʻzingni yigʻishtirib ol.

U toʻgʻri gapirdi. Men shunchaki kecha eshitgan xabarimni xazm qilishga ulgurmadim, koʻnikolmayapman faqat. Biroz vaqt kerak, qancha kerak hatto oʻzim bilmayman.

- Shunchaki diqqi nafas boʻlib ketdim, tashqariga chiqishni istayman. Uyda qolishni xohlamayman — koʻz yoshlarim oralab zoʻrgʻa damim chiqdi.

Taehyung chuqur nafas olib, choʻntagidan dastroʻmolini chiqardi. Ehtiyotkorona menga yaqinlashib koʻz yoshlarimni artib, dastroʻmolini qoʻlimga tutqazdi.

‐ Yigʻlashda davom etar ekansan, hech qayerga bormaymiz — bu safar gaplari biroz jiddiy eshitildi.

Qayta qayta tomchilayotgan yoshlarimni artib, burnimnj qoqdim. Tezda uni oldidan ketib yuzimni sovuq suvga chayib oldim. Endi biroz oʻzimni oʻnglab olgandim. Chuqur nafas olib chiqardim. Soʻngra yana uni oldiga qaytmoqchi edim, allaqachon ortimdan kelib boʻlgan ekan.

- Vaqtingiz boʻlsa men bilan biroz sayr qiling iltimos — qanday muloyim boʻlib qolganimni sezmay qoldim oʻzim ham, goʻyo oʻlim toʻshagida yotgan inson soʻnggi tilagini aytgandek tuyuldim oʻzimga.

U ham bosh chayqab qoʻlimdan ushlab uydan olib chiqdi. Qoʻrgʻonimiz oldida turgan soʻnggi rusumli qop qora chiroyli mashina oldiga kelib men uchun eshikni ochib berdi. Adashmasam mashina rusumi BMW edi qaysi model ekanini aniq koʻrolmadim.

Sekin mashinaga oʻrnashar ekanman, u ham kelib oʻtirdi. Xavfsizlik uchun kamarini taqib menga bir qiyo boqdiyu, toʻsatdan men tomon egilib kamarimni taqib qoʻydi.

U engashgan on bir birimizga shu qadar yaqin kelgandikki, tanasidagi iliqlikni his qilardim. Atirining hidi dimogʻimga oʻrnashib qoldi. Kichkina ammo qizgʻish lablari xayolimni oʻgʻirladi.

Ahmoqona tuyulishi mumkin ammo men hamon birinchi boʻsamni kimdandir olishni kutib yuribman, shu onni oʻzida lablarimni unikiga bosishdan oʻzimni tiydim.

- Oʻpishga toʻydan keyin ruxsat beraman xozir esa yoʻlga qarab ket — mashinani oʻt oldirish barobarida gapirar ekan nigohi toʻgʻriga qaragan edi.

Judayam kulguli, tuygʻularimni nazorat qilishni bilmayman darov sezdirib qoʻyaman. Qizarib tilimni ichimga yutdim. Toʻgʻriga qarab borardim faqat, unga qarashga yuzim betlamasdi.

Nihoyat mashina toʻxtadi, qayerga kelganimizni bilmayman, taxmin ham qila olmasdim. U mashinadan tushib meni kuta boshladi. Men ham sekin tushib yon atrofni kuzatdim. Taxminan katta bogʻga oʻxshardi.

Kiraverish arkida Istirohat bogʻi degan yozuvni oʻqidim. Toʻgʻri topgandim, lekin men bu yerga sira ham kelib koʻrmaganman.

Taehyung qoʻlimdan ushlab ichkariga sudrab ketti. Kiraverishda biroz turib u bu taraf qaradiyu keyin menga nazar tashladi.

- Qaysidir atraksionda uchishni istaysanmi?

Savolidan soʻng men ham yon atrofga sinchiklab qaradim ammo hech narsani koʻnglim koʻtarmadi.

- Shunchaki sayr xohlayman, koʻngil xushlik koʻnglimga sigʻmaydi — istagimni bayon etdim.

Menga biroz norozi nigohida qarab turdiyu javoban gap boshladi.

- Seni yoshingda koʻngil xushlik qiladi hamma, sen boʻlsa kasalman deb koʻnglimga sigʻmayapti deysan, xastaligingni unutib shunchaki hayotdan zavq ol, bunaqa imkoniyat boshqa boʻlmasligi ham mumkin.

- Yoshligimdan bunaqa narsalardan uzoq boʻlganman, katta boʻlib qilaymi endi oʻlib ketaman bahra olay deb, yoʻq yoʻq yoʻq rahmat menga bunaqa ishlar yarashmaydi. Tinchgina sayr qilaman, xohlamayotgan boʻlsangiz oʻzingiznj majburlamang yolgʻiz keta olaman.

Gaplarimni aytib ortga buruldim, sekin yoʻlimda yura boshlaganimda boshib aylana boshladi yana. Taehyung ham sezgandek qoʻlimdan qoʻltiqlab oldi.

- Unaqada birga sayr qilamiz.

Ortiqcha gapirmadi. Ahvolimni sezdi, ammo oʻzini bilmaganlikka oldi. Mashinani bir chekkada tashlab piyoda duch kelgan tomon yura boshladik. Havo bulutli odamga yoqadigan darajada toza edi.

Qancha yurganimizni bilmayman, charchadim chogʻi oyoqlarimga sekin ogʻria kirdi. Endi Taehyungga aytaman degan onim qarshimizdan kelayotgan juftlik bilan kulishib salomlasha ketdi.

- JIMIN QADRDONIM, axvollaring yaxshimi, Minnie siz qandaysiz, sogʻligʻingiz ancha tiklangan koʻrinadi.

Juftlikka boshdan oyoq nazar soldim, Taehyung boʻlsa hol axvol soʻrashdan ortmasdi. Jimin deb atalgan yigit yonidagi Minnie deyilgan qizni majburlab olib ketayotgandek edi goʻyo.

- Biz yaxshimiz Taehyung, uzur soʻrayman ammo biroz shoshilayotgandik. Oʻzing bilganingdek Minnie eski qiliqlarini qoʻmsabdi, biroz gaplashib olishimiz kerak.

Faqat ikkalasi tushunadigan tilda imlab gapirdi. Qanaqa ish, qanaqa qiliq tushunmasdim. Juftlik tezda bizdan uzoqlashib ketishdi. Ortidan qararkanman rostdan ham yigit qizga zoʻrovonlik ishlatib olib ketayotgandi.

Ancha uzoqlashishgach Taehyungga savolli nigohim bilan tikildim, tezda nimani nazarda tutganimni tushundi chogʻi tilga kirdi.

- Jimin bolalikdagi oʻrtogʻim, yonidagi qiz esa ayoli, zoʻrovonlik ishlatyapti deb oʻylama yana ular sevishib turmush qurishgan. Shunchaki Minnie avval foxisha boʻlgan, qoʻpol gapirganim uchun uzur lekin. Jimin 5oy oldin ishlari sabab Amerikaga ketgandi, kecha qaytdi. Jimin yoʻqligida Minnie koʻpisi bilan yotishga uldurdi. Shu sabab hozir shunaq muomala qilayapti.

Shunchaki jim edim. Nahotki qizning oʻtmishini bilib turib sevgan, uylangan erkakka yana xiyonat qilish mumkin? Balki boshiga toj qilish kerakmasmi unday erkaklarni. Yoʻq yoʻq men bilmayman. Hayot deya atalmish bu jumboq menga hali begona.

Oʻlarim ila ketar ekanman, nafasim boʻgʻildi, sekin koʻzlarim oldi qorongʻulasha boshladi. Toʻsatdan Taehyung meni koʻtarib olganini sezdim, olam qorongʻulashdi.

Taehyung yuzimga muzdek suv sepib oʻzimga keltirdi. Yaxshiyam yonimda u bor ekan.

- Bugunga yetarli boʻldi, uyga qaytamiz, agar qarshilik qiladigan boʻlsang shifoxonaga yotasan.

- Qarshilik qilishga kuchim ham yoʻq, iltimos tezroq uyga olib boring — lablarim oralab soʻzlarim zoʻrgʻa chiqardi. Hatto oʻzim yurishga ham kuch topolmayapman, uning boʻynidan quchib boshimni yelkasiga qoʻydim.

Taehyung nolimasdan, u bu demasdan meni koʻtarib olib ketdi. Mashinaga borguncha ancha yoʻl yurdiyu ammo biror marta uf yoki charchadim degan nidosini eshitmadim.

𝐌𝐢𝐫𝐚
𝐓𝐚𝐞𝐡𝐲𝐮𝐧𝐠

~author
Mira va Taehyungdan uzoqlashgan juftlik qoʻpollik bilan suhbat qurib borar edi.

- Shunchalik xumor boʻldingmi oʻzgasiga oyoqingni ochib bergansan. Atigi 5 oy 5 oygina chiday olmadingmi Minnie? Senga borimni berdim, oʻtmishingni unutishing uchun unuttirish uchun shuncha harakat qildim nahot kamlik qilgan boʻlsa?

Alamdan yonib borayotgan Jimin ichidagi dardini aytishga soʻz ojizlik qilardi hattoki.

- Men foxishaman Jimin nima boʻlgan taqdirda ham meni oʻzim ulgʻaygan muhitimdan ajratib ololmaysan, oʻrgangan narsamni talab qiladi koʻnglim.

Qizni soʻzlaridan soʻng yigit butunlay sindi. Koʻzlari namlandi, hayotida ilk bora bunday ahvolga tushdi.

- Unday boʻlsa uyga yetguncha sabr qil, boshqa erkaklar bergan lazzatdan koʻproqini tuhfa qilaman toki boshqaga oyogʻingni ocholma.

𝐄𝐩𝐢𝐬𝐨𝐝 2 𝐭𝐮𝐠𝐚𝐝𝐢

𝐌𝐮𝐚𝐥𝐥𝐢𝐟 ~ 𝐌𝐢𝐫𝐚 𝐌𝐢𝐥𝐥𝐞𝐫

𝐏𝐚𝐢𝐧𝐟𝐮𝐥 𝐅𝐚𝐧𝐟𝐢𝐜𝐬 𝐤𝐚𝐧𝐚𝐥𝐢 𝐮𝐜𝐡𝐮𝐧 𝐲𝐨𝐳𝐢𝐥𝐝𝐢

𝐄𝐫𝐢𝐛𝐨𝐫𝐢𝐧𝐠𝐢𝐳 𝐮𝐜𝐡𝐮𝐧 𝐭𝐚𝐬𝐡𝐚𝐤𝐤𝐮𝐫