𝐖𝐈𝐋𝐃𝐄𝐑𝐍𝐄𝐒𝐒
Allaqachon kech tushganiga qaramay haliham uhlab yotgan qiz telefoniga kelgan qoʻngʻiroq sababli uygʻonib ketdi, uyqusirab goʻshakni ko‘tarar ekan telefon orqasidan kelgan ovozni unchalik tanimadi
-Qaysi jin urgursan — qizning gaplaridan hayron qolmagan odam istehzo bilan kulib qoydi
-Jinxe bunchalik jahldor boʻlma bugun Feinani tugʻilgan kuni soat 12da seni eski joydan kutamiz
-Bormayman — qiz xatto javob ham kutmasdan goʻshakni oʻchirib yuvinish xonasiga kirib ketdi.
- La'nati nega bunchalik chiroyliman ammo bu chiroyimdan arzimagan odamlar bahramand boʻlyapti. —Shu payt eshik tashqarisidan tanish ovoz eshitila boshladi
-Jinxe qanisan bu yerga chiq senga mehr berishni hohlayapman
-Oʻgay onajonim ham asabimni buzishni boshladi boshida yaxshi muomalada edi ammo xozir oʻzini yo‘qotib qo‘ydi.
Bugun oʻrnini koʻrsatib qo‘ymasam bo‘lmaydi —Qiz kiyimlarini almashtirib xonadan chiqdi
-Yarim kechasi qayerga ketyapsan —ayol qizni boshdan oyoq kuzatib
- Tugʻilgan kunga
-Hech qayerga bormaysan —Ayolning gaplarini eshitgan qiz unga yaqinlasha boshladi
-Amelia oʻzingni oʻrningni bilsang yahshi boʻlar.. — qiz gaplarini tugatmasdan ayol Jinxening sochlaridan qattiq ushladi
-Qizalogʻim senga oʻzim tarbiya beraman shunda kattalarni xurmat qilarmiding —Jinxe to‘satdan Amelianing qorniga bor kuchi bilan tepib yubordi, ogʻriqdan qizning sochlarini qo‘yib yuborgan ayolni vaziyatdan foydalangancha zinalardan itarib yubordi.
Zinadan qulab tushayotgan ayolning nidosi qo‘rg‘on ichida jaranglarkan, marvariddek silliq polga tushgan zarbadan Amelia bir muddat nafas ololmay qoldi.
Qorong‘u zinaning chiroqlarida uning qiyofasi yanada xira, bechorahol ko‘rinarkan zinaning yuqori qismida ayolga qarab turgan qizning ko‘zlarida na qo‘rquv na rahm bor edi faqatgina sovuq va hissiz nigoh. Ayolning ovozini eshitgan xizmatkorlar yugurib kelishdi.
-Xonim! Axvolingiz yaxshimi —Amelia titrab, qorni va yonlarini changallab, o‘rnidan turishga harakat qilarkan ko‘zlaridan beixtiyor ko‘z yoshlar oqa boshladi. U zo‘rg‘a tik turib, tepaga qararkan jilmayib turgan qizni korib qo'rqa boshladi qiz esa joyidan jilmay, zinaning eng baland nuqtasida turib ayolning ko‘zlariga tik qarab, so‘ng qoshini beixtiyor ko‘tardi.
- Pastga tushayotganingga senga yordam berdim qadrli oʻgay onajonim umid qilamanki endi mening ishlarimga kartoshkadek burningni tiqmaysan — qiz gaplarni aytish davomida zinalardan sekin asta tusha boshladi.
- Sen… sen bu qilig‘ingning javobini berasan! Otangga hammasini aytaman! —ayolning gaplarini eshitgan Jinxe lablarida yengil, beparvo tabassum bilan kulib qo‘ydi.
- Ayting. Ayting-da, u kimga ishonishini ko‘ramiz. Sizga emasligini bilasiz-ku.— Ayol shunchaki jim bo‘lib qoldi chunki qiz haq edi… Janob Wang yolg‘iz farzandi uchun hamma narsaga tayyor edi.
Amelia esa… faqat vaqtinchalik o‘yinchoq edi xolos. Ayol oxiri o‘zini bosishga majbur bo‘ldi va ularni kuzatib turgan xizmatkorlarga baqira boshladi.
-Borib ishingizni qilinglar — uni eshitgan xizmatkorlar u yerni tark etdi, ular uyerni tark etishi bilan Amelia qiz tomon yaqinlasha boshladi.
- Men seni bu qilgan ishing uchun albatda pushaymon qildiraman.
- Unda avval tishingni yuv, sendan gʻalati xid kelyapti va sen kimsan, Amelia kimsan ayt sen shunchaki vaqtinchalik oʻyinchoqsan va bu degani menga buyruq berolasan va zoʻravonlik qilolasan degani emas!
- Ko‘ramiz, qizcha… Men seni hali bu qilgan ishing uchun tiz choʻktirib kechirim soʻrashga majbur qilaman!
- Tiz cho‘kish faqat sendek notavonlarga hos menga emas —qiz koʻzini qisgancha uyni tark etdi.
POV: Ikki soatdan so‘ng klubdan yolg‘iz chiqqan qiz, yarim tunda uyi tomon sekin qadam tashlar ekan, yo‘l chetidagi doʻkonni koʻrib umuman boshqa joyga kelib qolganini angladi. Do‘kon oynasidan ichkariga qarab turarkan, boshdan oyoq qora kiyimdagi yigit qo‘lida yarim yongan sigaret va bo‘sh soda idishini ushlab koʻchaga chiqdida, bo‘sh idishni axlat qutisiga uloqtirdi.
Qiz uni kuzatar ekan, yordam so‘rash yoki so‘ramaslik haqida o‘yladi, keyin sekin yigitga yaqinlashib, tomog‘idan ohista qirdi. Yigit boshini ko‘tarib unga qararkan ko‘zi qizning yalang oyoqlariga tushgach, u biroz kulib, ilgari tortgan sigaret tutunini qiz tomonga yo‘naltirdi.
Yigit tutunni qiz tomonga tutatarkan, boshini biroz qiyshaytirib
- Kechasi yalangoyoq yurish yangi moda bo‘lib qoldimi yo adashib qoldingmi, malika? — sovuq ohangda gapirdi
Qiz tutundan yo‘talib yubordi, ammo nigohini olib qochmadi. Uning yuzida sovuqlik bor edi, faqat ko‘zlarida charchoq aralash g‘azab yashirinib yotardi.
- Adashdim, — dedi u qisqa qilib.
- Uyimga qanday borishni bilmayman.
Yigit qoshini ko‘tardi, sigaret qoldig‘ini yerga tashlab, oyog‘i bilan bosdi.
- Qiziq… odatda bu yerga adashib faqat ikki xil odam keladi: qochayotganlar va adashib qolganlar. Sen qaysi birisan?
Orada bir zum sukut cho‘kdi. Atrofda faqat uzoqdan kelayotgan mashinalar shovqini va daraxtlarning shitirlashi edi.
- Men adashib qoldim — dedi nihoyat.
- Hozircha.
Yigit yengil kulib qo‘ydi, ammo bu kulgida haqiqiylik yo‘q edi. U mototsiklga suyanib, qizni boshdan oyoq sinchiklab ko‘zdan kechirdi.
- Isming bormi hech bo‘lmasa?
- Jinxe.
- Men esa Jungkook — dedi u.
- Xo‘sh, Jinxe uying qayerda?
Qiz manzilni aytgach, Jungkook unga qarab qoldi.
- Bu ancha uzoq masofa. Ayniqsa… — u qizning oyoqlariga ishora qildi — shu holatda.
Jinxe yelkasini qisdi.
- O‘zim yetib olaman.
- Yolg‘on gapirma, — dedi yigit beparvo ohangda.
- Oyoqlaring titrayapti.
Qiz indamadi. Chunki u haq edi.
Jungkook chuqur xo‘rsinib, dubulg‘asini oldi.
- O‘tir. Bitta shart bilan seni uyingga olib borib qo‘yaman.
- Qanday shart? — Jinxe ehtiyotkorlik bilan so‘radi.
- Yo‘lda savol bermaysan. Men ham bermayman.
Qiz bir soniya ikkilanib turdi. Jungkook qizga begona, xavfli ko‘rinardi. Ammo hozir uning tanlash imkoniyati ham yo‘q edi. Jinxe sekin bosh irg‘adi.
- Mayli.
U mototsiklga o‘tirarkan, Jungkook unga dubulg‘ani uzatdi. Qo‘llari bir biriga tegib ketdi. Jinxe ichidan nimadir g‘alati o‘tib ketganini his qildi — bu qo‘rquv emasdi, lekin xotirjamlik ham emas.
Mototsikl ovozi tun sukunatini buzib yubordi. Mototsikl yo‘lga tushar ekan, shahar chiroqlari ortda qolib, shamol qizning yuzini kesib o‘ta boshladi.
Jinxe Jungkookning belidan mahkam ushlab oldi.
Shu payt u bilmasdi ya'ni bu tun uning hayotini butunlay o‘zgartirib yuborishini…
Va Jungkook ham Jinxe oddiy “adashgan” emasligini hali anglab yetmagandi.