August 12

𝐒𝐇𝐄 𝐈𝐒 𝐌𝐘 𝐋𝐀𝐖𝐘𝐄𝐑

3-𝐐𝐈𝐒𝐌

Tong yorishmasdan telefon orqali kimgadur buyruq berishni boshlagan Taehyung asabiy edi, aniqrogʻi hayajon ichida edi.

Toʻy oʻtkazish uchun maxsus joy, mehmonlar roʻyxati va yana allambalo narsalarni aytib turar ekan orqasidan Mira quchoqlab gapini boʻldi.

- Hashamatli toʻy istamayman, shunchaki qonuniy nikohdan oʻtaylik.

Qizning bu gapi Taehyungni yanada ajablantirdi ammo rozilik berdi.

Kun boʻyi doʻkon kezib shopping qilishdan charchamagan Mira kechga yaqin toʻy libosiga oʻxshash bejirim koʻylagi hamda koʻylakka monand tanlangan taqinchoqlar bilan orolandi.

Nikoh oʻquvchi mudir kelganini aytish uchun xonaga kirgan Taehyung qizning chiroyidan sarmast qoldi.

- Judayam chiroylisan, ishon. Farishta misoli.

- Farishtaligim qolmadi, Taehyung. Aytgancha tayyor boʻlganman allaqachon pastga tushamizmi?

- Albatta.

Yigit qizga oq liliyalardan tayyorlangan guldastani berib, qoʻllaridan ushlab pastga olib tushdi.

Nikoh oʻqildi, guvohlar tomonidan tasdiqlandi, qonuniylashtirildi.

Taehyung xursand edi. Ichiga sigʻmasdi. Sevgan insonini oʻziniki qilgandi allaqachon.

Kichkinagina doʻstlar davrasidagi suhbatdan soʻng Taehyung Mirani koʻtarib xonasiga olib ketdi.

Xona yangi oilaning ilk tuni uchun ajablanarli darajada goʻzal hozirlangan edi.

Mira xonani koʻrib sevindi. Gullar bilan bezalgan yotoqqa Taehyungdan oldin yotib oldiyu oʻrnidan turgisi kelmasdi. Soʻngra Mira barobar yigit ham yotoqqa oʻrnashib oldi.

Toʻsatdan Mira oʻrnidan turib ketdiyu, yuvinish xonasiga kirdi. Nima boʻlganini tushunmasdan poylab oʻtirgan yigit yuragi gʻashlandi. Ammo bu nooʻrin ekanini qiz chiqqach angladi.

Ilk tun uchun monand kiyinib chiqqan Mira yuzida tabassum bilan yigit oldiga yaqinlashdi, koʻksidan itarib yotoqqa tashladiyu oʻzi ham ustiga chiqib oldi.

Ertalab Taehyung uygʻonar ekan yoni boʻm boʻsh edi, paypaslab qayta qidirdiyu oʻrnidan sapchib turdi.

Qizni qidirib butun uyni keib chiqdi ammo Mira yoʻq edi. Aksiga olib bugun oʻqish ham amaliyot ham yoʻq aksincha, dam olish kuni edi.

Hafsalasi pir boʻlgan yigit hoʻrsinib oʻz xonasiga kirdi. Yotoqqa oʻzini tashlar ekan tagida shiqirlagan narsa sabab seskandiyu oʻrnidan turdi, bir parcha qogʻoz ekan.

Qozgʻozni olib tashlash uchun qarasa, unda yozuv bir edi, aniqrogʻi Miraning xati. Tezda oʻqishni boshladi.

" Aytmasdan ketib qolyapman, buning uchun uzur soʻrayman. Ammo ketishim kerak edi yoʻqsa, suzga ziyonim tegadi, har safar siringizni bilib olish uchun yoki qasos olish uchun mendan foydalanishadi, tan olmaysiz ammo men allaqachon sezib boʻlganman. Men sizning nozik nuqtangizga aylanganman. Bu uchun oʻzimni kechira olmayman, kimgadir azob berguvchi inson boʻlishni rostdan ham xohlamagandim. Bir birimizdan uzoq boʻlsakkina ikkalamiz ham tinch yashaymiz, aniq bilaman, siz ham meni unutib yuborasiz koʻp oʻtmasdan koʻnikasiz xatto koʻrganingizda tanimas darajada unutarsiz. Menga qilgan yaxshiliklaringizni xech birini qaytarishga qurbim yetmaydi, ammo men harakat qilaman kun kelib menga qilganlaringiz barini oʻzingizga ham qaytarishga.
Iltimos qilaman meni unuting, oʻylamang. Shunchaki koʻniking mendan oldin ham yashay olgansiz keyin ham yashay olasiz.
Yana bir gapni tan olishga qoʻrqardim. Men ham sizni sevaman, ammo birga boʻlishimiz inkonsiz.
Sizning mehribon singlingiz MIRA"

Ilk bora Taehyung tasirlanib koʻz yosh toʻkdi. Hech qachon ojizlik koʻrsatmagan yigit ayriliqqa bardosh bera olmasdan oʻksindi. Koʻngli boʻshab qolgandi goʻyo.

—Taehyung
'Sen xohlagancha boʻlsin Mira, ammo taqdir boʻlsa yana koʻrishamiz, yana birga boʻlamiz. Bu safar kasbimiz yoki ojizligimiz bizga toʻsiq boʻlolmaydi'

~Hozirgi vaqt

Taehyung qiz òtirgan stul atrofida takror takror aylanishdan toʻxtamas edi.

Mira boʻlsa yigitning qilishi mumkin boʻlgan ishlarini oʻylab dagʻ dagʻ titrardi. Nargi tomonda Jeon Jungkook mushuk sichqon kabi koʻrinayotgan juftlikka qarab jilmayib oʻtirardi.

- Mira, tanangdagi titroq hattoki menga ham sezilyapti, bunchalik qoʻrqmasangchi Taehyungni bilmaysanmi yoki? – qizning qoʻrquvidan mazza qilayotgan Jungkook gapga kirdi.

- U men bilgan Taehyung emas, 5 yil ichida qanchalik oʻzgargan bilmayman hattoki kim bilsin ...

- Mira Mira MIRA MEN SENGA QACHONDIR OZOR BERGANMIDIMKI MENDAN QOʻRQASAN OVOZINGNI OʻCHIR QOʻRQYAPMAN DEGAN GAPLARINGNI BOSHQA ESHITMAY AKS HOLDA ASL SHAYTONNI KOʻRASAN!

Baqirib aytilgan gaplardan sòng Mira qoʻrquvi yanada kuchayib yigʻlay boshladi. Ha u haq edi. Bu Mira tanigan Taehyung emas. U 5yil ichida shu darajada oʻzgargan ediki faqat chehrasini tanish mumkin edi.

Mira boshini yon tomonga burib, ovozini ichiga yutgancha yigʻlay boshladi.

Taehyung boʻlsa battar quturib, xonadagi bor bud narsani sindirardi.

Jungkook vaziyat qaltis ekanini anglab sekin Taehyungni tinchlantirdi.

- Taehyung, TAEHYUNG DEDIM. Qara qizni qanchalik qoʻrqtyapsan. Shu sababdan olib kelganmidik uni bu yerga? Aslida tinchgina gaplashib, xammasini hal qilish uchun olib kelmadikmi uni? — Taehyungning yelkasidan ushlab turib koʻzlariga yov qarash qildi.

— Toʻgʻri, xaddimdan oshdim, endi oʻzimni yigʻishtirib olaman.

Taehyung xona boʻylab u tomon bu tomon yurib oxiri oʻziga kelgach, boshini eggancha yigʻlab oʻtirgan Mirani oldiga keldi. Iyagidan ushlab koʻzlarini tutashtirdi.

— Kechir, oʻzimni yoʻqotib qoʻydim, Mira, goʻzalim, sen bilan munosabatimizni tiklamoqchoman. Qara oradan 5 yil oʻtdi hamki hamon senga talpinmoqdaman. Kel endi birga boʻlaylik, sogʻinganman seni.

Mira qaltiragancha yuzidan tomchilar oqib tusharkan gapirishga ham haypiqardi. Soʻngra 'hoʻp' ishorasini qilib yuzini yigitdan burib oldi.

— Muammo hal endi, Miller xonim. Prokuror sifatida aytishim kerakki, qilmishingiz uchun eng ogʻir jazoga mahkum qilinishingizni soʻrayman, hurmatli sudyadan.
Jungkook oradagi qaltislikni kamaytirish uchun xazil qilib gapirdi.

— Demak, prokuror aytganidek, ogʻir jazoga mahkum qilinasiz, Miller xonim. Qanday jazo bersam adolatli boʻlar ekana? Ha, bir tuningizni meni qiynoqlarim ila oʻtkazasiz.

Koʻz oldida kap katta erkaklar qilayotgan maynavozchilikka Mira qoʻrquvi yoʻl qoʻymay koʻndi.

Taehyung Mirani qoʻllarini boʻshatdi, qiz oʻzi yurishga harakat qilgan onida qoʻrquvdan qaltiragan tanasi pastga yiqildi.

Yigʻisi battar kuchayib, ingray boshladi. Bunday holatni kutmagan yigitlar bir biriga hayron boqib qolishdi, soʻngra Taehyung qizni koʻtarish uchun egilgan oni Mira oʻzini sal olib qochdi, Taehyung hayratda, ammo baribir dadillik bilan Mirani koʻtarib oldi.

Qiz koʻz yoshlari toʻxtamasdan yigʻlab ketar ekan, Taehyung yuragi ogʻrirdi. Uni shu darajaga kelgunicha qoʻrqitgani uchun oʻzini ayblardi.

Mirani koʻz yoshlari manzilga yetib kelgunicha tinmadi, soʻngra uxlab qolganini sezgan yigit uh tortib qizni yana koʻtarib uyga olib kirib ketdi.

Ertalab qizning koʻzlari arang ochildi, yigʻlayvergan koʻzlar shishib qizarib ketgan edi.

Mira sekin oʻrnidan turib, xonadan chiqish uchun eshikka bordi ammk eshik qulf edi. Shovqindan bir chekkada stulda oʻtirib uxlab qolgan Taehyung uygʻondi.

— Urunma, ocholmaysan, ochilmaydi — sokin gapirdi.

— Ketishim kerak qoʻyib yuboring — yigitning gapidan soʻng ham eshikka qayta qayta urib qoʻyardi.

— Mira, tinchlan, qoʻyib yubormayman seni dedim, oʻrningga borib qayta joylash.

— Itmanmi oʻtir desa oʻtirib tur desa turib? — achiqlangan qiz ovozi biroz koʻtarilib gapirdi.

— Itsan demadim, menga qarshi gapirishni bas qil. Sen bilan odamga oʻxshab gaplashib olmoqchiman.

— Odamga oʻxshab? Shunaqa boʻladimi odamga oʻxshab gaplashish? Oʻgʻirlab ketish, qamab qoʻyish? Sizlarda shunaqa boʻladimi?

— Yetar Mira, tilingni tiy dedim, sabrimning ham oxiri bor. Hamma gapingga chidayapti deganim sabr kosasi toʻlmadi deganimas.

— Ha sizlarda toʻladi faqat sabr kosangiz, biz ham odammizmi? Biz past tabaqadan boʻlsak, bizga — Mira soʻzlari yakunlanmasdan yuziga tarsaki qoʻndi.

Taehyung jahlini nazorat qila olmasdan Miraning yuziga qattiq tarsaki tushirdi. Zarbidan yotoqqa qulab tushgan Mira sekin yigʻlab oʻtirardi.

Taehyung ham qiz barobar yotoqqa qizning ustiga chiqib kiyiming oldini yertib koʻkraklarini ochiqladi.

— Bilasanmi Mira, kimdir jahlimni chiqarsa, agar erkak kishi boʻlsa kesilgan koʻkargan tanasiga har xil usul bilan qiynoqlar berib, ming azoblar bilan oʻldiraman. Agar ayollar boʻlsa boshqacha qiynoqlarni lazzatini totishadi.

Taehyung nima deganini Mira allaqachon tushungan edi. Ataylabdan kiyimining qolgan qismini ham yechib tashladi.

Yigitning ostida faqat ich kiyimda yotgan Mira xech qanaqa hissiyot tuymasdi, faqat nafrat va asabiylik nigohlaridan sezsa boʻlar edi.

Taehyung ham Mira barobar kiyimlarini toʻliqligicha yechib tashladi.

— Mira, bizning ajrimimizni eslaysanmi? — asabiy ohangi yaqqol sezilar ekan qizning boʻynini hidlab noqulay ahvolga solib qoʻygandi.

— Yoʻ...oʻq — yigitning harakatlaridan ehtiroslangan qiz tilidan soʻzi arang chiqdi.

— Aynan, biz ajrashmaganmiz, sen hamon xotinimsan, demak senga istagan ishimni qilishga haqqim bor.

— 5 yil boʻldi birga yashamaymiz, xech qanday er-xotin emasmiz.

— Jim, 5 yillik boʻshliqni xozir toʻldirishni istayman.

Taehyung qizning ogʻzini lablari bilan yopdi. Ehtirosdan terisiga sigʻmayotgan qiz ham yigit barobarida birga harakat qilar edi.

Har bir harakat, har bir teginish bir biriga monand, bir birini toʻldirib turar edi. Tanalar harakatidan, ehtirosdan chiqqan ovozlar butun xona boʻylab tarqaldi.

Ikkala tomon ham charchoqi sezilib qoniqarkan yotoqqa oʻzlarini tashlashdi. Bir birining pinjiga kirgancha uxlab qolishdi.

Tong yorishmasdan Mira uygʻonib ketdi. Sekinlik bikan oʻrnidan turib kiyimlarini kiyib olib, uxlab yotgan yigitning tepasiga kelib peshonasi, yuzi, hamda lablaridan boʻsa qoldirdi.

~Mira
— Men sizdan uzoq yurishim kerak Taehyung, oʻzimning ham sizning ham foydangiz uchun. Men boshqalar uchun sizga qarshi qurolman. Sizni sindirishda mendan foydalanishlariga yoʻl qoʻyib berolmayman. Ha, hamon sizni sevaman, hatto telbalarcha. Sizni oʻylamasdan oʻtgan kunim tunim yoʻq, har doim siz bilan yana birga boʻlishni orzu qilib yashayman, ammo bu imkonsiz, biz uchun. Sevgi faqat birga boʻlish emas, bazan uzoq yurib sevgan insonni himoya qilish. Oʻzgalardan, oʻzidan, oʻzingdan! Meni kechiring deya aytish uchun ham loyiq inson emasman, lekin kechirishingizni umid qilaman.

Qiz Taehyung qattiq uyquda ekanidan foydalanib pastda yotgan kiyimlar choʻntagidan kalitlarni olib yana ketdi.

Erta tongdan pardalar oralab oʻtgan quyosh nuri Taehyungni uygʻonishga majbur qildi. Yengil boʻlib uygʻongan yigit yonidan juftini paypaslab izladi topolmagach oʻrnidan turib butun xonani izlab chiqdi. Ammo yoʻq edi.

— Jin ursin, Mira yana aldab ketdi. Shahvatingga yengilib yana qochirib yubording, Kim Taehyung. Nafsingni qulisan.

Xona boʻylab alamli achchiq kulgu yangradi. Soʻngra biroz jimib, xonadagi barcha narsalarni uloqtira ketdi.

Xonada zarracha butun narsa qolgan boʻlsa u ham devor edi. Hatto Taehyung qoʻlini har tomon urib siniq parchalar bilan jarohatlab olgandi.

— Ming lanat barchasiga.

Taehyung nafasi ostidan halloslagancha pichirlab, bir burchakka oʻtirib qoʻlini tizzasiga qoʻygancha bir nuqtaga tikilardi. Tizzasidan osigʻliq turgan qoʻlidan qon tomchilar har daqiqa polga tushib xonadagi jimlikni yigitning nafasiga qoʻshib buzib turar edi.

3-𝐪𝐢𝐬𝐦 𝐭𝐮𝐠𝐚𝐝𝐢

𝐌𝐮𝐚𝐥𝐥𝐢𝐟 ~ 𝐌𝐢𝐫𝐚 𝐌𝐢𝐥𝐥𝐞𝐫

𝐏𝐀𝐈𝐍𝐅𝐔𝐋 𝐅𝐀𝐍𝐅𝐈𝐂𝐒 𝐤𝐚𝐧𝐚𝐥𝐢 𝐮𝐜𝐡𝐮𝐧 𝐲𝐨𝐳𝐢𝐥𝐝𝐢