May 29

𝐒𝐇𝐄 𝐈𝐒 𝐌𝐘 𝐋𝐀𝐖𝐘𝐄R

𝟒-𝗾𝗶𝘀𝗺

Mira boshini yon tomonga burib, ovozini ichiga yutgancha yigʻlay boshladi. Taehyung boʻlsa battar quturib, xonadagi bor bud narsani sindirardi. Jungkook vaziyat qaltis ekanini anglab sekin Taehyungni tinchlantirdi.

- Taehyung, TAEHYUNG DEDIM. Qara qizni qanchalik qoʻrqtyapsan. Shu sababdan olib kelganmidik uni bu yerga? Aslida tinchgina gaplashib, xammasini hal qilish uchun olib kelmadikmi uni? — Taehyungning yelkasidan ushlab turib koʻzlariga yov qarash qildi.

— Toʻgʻri, xaddimdan oshdim, endi oʻzimni yigʻishtirib olaman.

Taehyung xona boʻylab u tomon bu tomon yurib oxiri oʻziga kelgach, boshini eggancha yigʻlab oʻtirgan Mirani oldiga keldi. Iyagidan ushlab koʻzlarini tutashtirdi.

— Kechir, oʻzimni yoʻqotib qoʻydim, Mira, goʻzalim, sen bilan munosabatimizni tiklamoqchoman. Qara oradan 5 yil oʻtdi hamki hamon senga talpinmoqdaman. Kel endi birga boʻlaylik, sogʻinganman seni.

Mira qaltiragancha yuzidan tomchilar oqib tusharkan gapirishga ham haypiqardi. Soʻngra 'hoʻp' ishorasini qilib yuzini yigitdan burib oldi.

— Muammo hal endi, Miller xonim. Prokuror sifatida aytishim kerakki, qilmishingiz uchun eng ogʻir jazoga mahkum qilinishingizni soʻrayman, hurmatli sudyadan.

Jungkook oradagi qaltislikni kamaytirish uchun xazil qilib gapirdi.

— Demak, prokuror aytganidek, ogʻir jazoga mahkum qilinasiz, Miller xonim. Qanday jazo bersam adolatli boʻlar ekana? Ha, bir tuningizni meni qiynoqlarim ila oʻtkazasiz.

Koʻz oldida kap katta erkaklar qilayotgan maynavozchilikka Mira qoʻrquvi yoʻl qoʻymay koʻndi.

Taehyung Mirani qoʻllarini boʻshatdi, qiz oʻzi yurishga harakat qilgan onida qoʻrquvdan qaltiragan tanasi pastga yiqildi. Yigʻisi battar kuchayib, ingray boshladi. Bunday holatni kutmagan yigitlar bir biriga hayron boqib qolishdi, soʻngra Taehyung qizni koʻtarish uchun egilgan oni Mira oʻzini sal olib qochdi, Taehyung hayratda, ammo baribir dadillik bilan Mirani koʻtarib oldi. Qiz koʻz yoshlari toʻxtamasdan yigʻlab ketar ekan, Taehyung yuragi ogʻrirdi. Uni shu darajaga kelgunicha qoʻrqitgani uchun oʻzini ayblardi.

Mirani koʻz yoshlari manzilga yetib kelgunicha tinmadi, soʻngra uxlab qolganini sezgan yigit uh tortib qizni yana koʻtarib uyga olib kirib ketdi.

Ertalab qizning koʻzlari arang ochildi, yigʻlayvergan koʻzlar shishib qizarib ketgan edi.

Mira sekin oʻrnidan turib, xonadan chiqish uchun eshikka bordi ammk eshik qulf edi. Shovqindan bir chekkada stulda oʻtirib uxlab qolgan Taehyung uygʻondi.

— Urunma, ocholmaysan, ochilmaydi — sokin gapirdi.

— Ketishim kerak qoʻyib yuboring — yigitning gapidan soʻng ham eshikka qayta qayta urib qoʻyardi.

— Mira, tinchlan, qoʻyib yubormayman seni dedim, oʻrningga borib qayta joylash.

— Itmanmi oʻtir desa oʻtirib tur desa turib? — achiqlangan qiz ovozi biroz koʻtarilib gapirdi.

— Itsan demadim, menga qarshi gapirishni bas qil. Sen bilan odamga oʻxshab gaplashib olmoqchiman.

— Odamga oʻxshab? Shunaqa boʻladimi odamga oʻxshab gaplashish? Oʻgʻirlab ketish, qamab qoʻyish? Sizlarda shunaqa boʻladimi?

— Mira oʻzingni bosvolgin iltimos, qizimni qayerga yashirgansan, birinchi boʻlib shuni gapir.

Dab durustdan aytilgan qizim soʻzidan Mira joyida qotdi. Qanday qachon bu haqida bilgan oʻylab qoldi.

— Qanaqa qizingiz tushunmadim? — qiz oʻzini bilmaganlikka olib axmoqlarcha savol berdi.

— MIRA MIRA ASABIMNI EGOVLAMA YAXSHILIK BILAN SOʻRAYAPMAN, QIZIMNI QAYERGA YASHIRDING? KARYERANG UCHUN MENI QURBON QILGANING YETMAGANDEK HECH BOʻLMASA QIZIM OʻZ HAYOTIDA YASHAMAYAPTI? QANAQA ONASAN? QANAQA ONASAN?

Baqirib jahl ustida aytilgan soʻzlar qizni choʻchitdi. Sekin sekin orqaga qadam bosar ekan devorga urildi, koʻzlari pirpirab asta yosh oqa boshladi.

— Men ... men ...

Mira tili aylanmasdan jimib qoldi. Chunki ayb oʻzida ekanini, ortiqcha har bir soʻz oʻziga qarshi ishlashini juda yaxshi sezib turardi.

— Gapir Mira, tiling burro edi, gapir endi — sekin oʻrnidan turib qiz tomon yurdi.

Taehyungning har qadamidan har nigohidan Mira choʻchib turardi. Qizi borligini yashirganidan emas aksincha shunchaki karyera uchun qizidan vos kechib yuborganidan yigitning jahli chiqqanini sezib turardi.

— Taehyung, iltimos qoʻrqityapsiz, oʻzingiz ham bilasiz men oilamga mendan kechib xato qilganlarini isbot qilishim kerak edi. Bolaga qarab oʻtirishga vaqtim yoʻq edi. Homilador ekanimni bilganimda shunchaki abort qilishni oʻylagandim ammo keyinchalik farzandli boʻla olmasligimni aytishdi, majbur tugʻdim u qizni yuziga ham qaragim kelmasdi, men uni parvarish qila olmasdim, mendan yaxshiroq gʻamxoʻrlik qila oladigan odamlarga topshirdim boshqa ilojim yoʻq edi meni tushuning iltimos.

Oʻz qabihligidan sira afsuslanmasdi Mira, aksincha bot bot oʻzini oqlardi.

— Sen oʻz farzandingdan vos kechding. Endi aytchi ota onangdan qanaqa farqing qoldi. Sen ham ular singari isqirt odamsan, qabihsan. Hech oʻylamadingmi, menga aytishni har holda onasiz ham oʻzim eplay olardim oʻz farzandimni.

— Kechiring Taehyung, shoshib qolgandim, nima qilishimni bilmasdim.

Shu payt bir chekkada Mira payqamagan 4 yoshlar atrofidagi qizcha uygʻonib yigʻlay boshladi. Taehyung tezda qizchani qoʻliga olib ovuta ketdi.

Yuzchalaridan oʻpib sochlarini silab jajji qoʻllarini siypalab ko‘tarib Mirani oldiga keldi.

— Tushunmadim, bu sizni bolangizmi? Mendan keyin xiyonat qilib yana menga doʻq qilyapsizmi?

Shu payt Taehyung qizchani koʻtarishi uchun Miraga berdi. Qiz epsiz qoʻliga uzatilgan qizchani koʻtarib qarab turardi. Koʻksida nimadir tinchinasdi, u sezdi bu qizcha uning farzandi edi.

— Qanday, qanday qilib bu, bu mening bolam — nima qilishni bilmasdi, tili kalimaga kelmadi.

— Sendan ham yaxshiroq gʻamxoʻrlik qiladigan odamlarga topshirding, ammo keyin nima boʻlganini surishtirib koʻrdingmi bir bora? Har holda farzandim oʻzim dunyoga keltirdim dedingmi?

Mira ich ichidan qikgan razilligidan pushaymon jim yigʻlardi. Koʻz yoshlari yuzini yuvib turardi.

— Taehyung ... — nimadir deyishga ojiz edi, yoki nimadir deyishga haqqi huquqi yoʻq edi.

— Mira, men harakat qildim, 4 yil davomida harakat qildim, ham ota ham ona boʻla olaman dedim. Ammo, ammo oilada har bir kishining oʻz oʻrni bor ekan, yoshi ulgʻaygan sari, oʻzini anglagan sari ona mehriga zor boʻlyapti, endi farzandingni oʻylarsan, xatolaringni tan olarsan?

Mira yana jim edi.

— Koʻzlari siznikiga oʻxshaydi, xuddi orzu qilganim kabi, koʻzlari siznikiga oʻxshash jajji Mariam, sariqcha — bir paytlar orzularida yashaganini, orzularidagi qizchasini esladi, xuddi oʻzi edi.

— Koʻzlari menikiga oʻxshagan Maria, kichkintoy, jajji, ma‘suma, bizning gunohlarimiz uvoli.

Taehyung ilk bora ichi toʻla dard ika gapirardi. Qahri qattiq, qotil Taehyung jajji qizcha oldida ojiz qolgandi.

— Mira, men bu yerga oʻtmishni sarhisob qilish uchun seni olib kelmadim, Maria ona mehriga haligacha zor. Tanla hozirning oʻzida tanlov oʻzingda. Oʻsha lanat teggan karyerang deb yana vos kechasanmi? Yoki farzanding bilan qolib baxtli yashash uchun harakat qilasanmi?

Miraning oldida qiyin tanlov turardi. Bir tomonda vos kechilgan oilasidan qasos olish istagi boshqa tomonda esa baxtli hayot uchun oilasini birlashtirish imkoni.

— Men ota onam kabi razil odam boʻlishni xohlamayman. Men bir vaqtlar orzu qilganim kabi baxtli boʻlmoqchiman, siz bilan jajji farishta bilan.

Qizning qaroridan Taehyung xursand boʻlib yigʻlay boshladi. Takror takror Miraga rahmat deya shukurlar qilardi.

~Mira
Men koʻr edim, koʻzlarim qasos qoni bilan koʻr boʻlgandi, oʻz jonimdan boʻlgan farzandimni ham koʻrmadim, uni ham qurbon qilishga tayyor turgan ekanman. Xuddi mening bolaligimni ota onam barbod qilgani kabi men ham uning bolaligini tortib olardim. Taehyung, har doimgidek u koʻzlarimni ochdi. Toʻgʻri, u sovuqqon, qahri qattiq odam, ammo har doim har kimni toʻgʻri yoʻlga boshlardi, shu borada meni ham yana bir bora hayotga qaytardi. Yaratganga shukurki, shunday odamni mening taqdirim qilib berdi, balki aynan mening noʻtoʻgʻri yoʻlimni toʻgʻriga burish uchun ham u mening taqdirimga yozilgan najot farishtamdir bilmayman, ammo xursandmanki u meniki, umurbod, to abad.

~Taehyung
Hayriyat, men uni qaytara oldim, oʻylab oʻyimga sigʻmasdi, qanday qilib Mira oʻz farzandidan vos kechgani. Ammo endi u oʻz oilasi bilan, men va jajji Maria, oʻzi istagan hayotni ularga hadya qilaman, butun vujudim bilan ular uchun harakat qilaman, butun ruhim faqat ular uchun yashaydi. Vada beraman.

𝐅𝐀𝐍𝐅𝐈𝐂 𝐓𝐔𝐆𝐀𝐃𝐈
𝐅𝐈𝐍𝐀𝐋

𝐌𝐈𝐑𝐀 𝐌𝐈𝐋𝐋𝐄𝐑

𝐏𝐀𝐈𝐍𝐅𝐔𝐋 𝐅𝐀𝐍𝐅𝐈𝐂𝐒 𝐊𝐀𝐍𝐀𝐋𝐈 𝐔𝐂𝐇𝐔𝐍