August 5

𝐒𝐇𝐄 𝐈𝐒 𝐌𝐘 𝐋𝐀𝐖𝐘𝐄𝐑

1-𝐐𝐈𝐒𝐌

Tor xona. Xona oʻrtasida kichikroq stol va ikkita stul mavjud boʻlib bitta stul yigit tomonidan bandlangan edi.

Asabiy yigit stolga kishanlangan chap qoʻli sabab tinmasdan tipirchilab oʻtirardi.

Ichiga g‘ulgʻula tushib asabiylik darajasi yana ham koʻtarildi. Nihoyat ortiq chiday olmasdan baqirishni boshladi.

- Millerni chaqiringlar, meni tergov qilishga faqat Miller xonimning haqqi bor. Boshqa hech kimga koʻrsatma bermayman. Bir ogʻiz soʻz ololmaysizlar toki Mira Miller kelmas ekan – stolga yengil urib gapirardi.

Nihoyat eshikdan kirib kelgan qizni koʻrib lab chetida jilmayib qoʻyib tinchlandi.

- Janob Kim, sen psixopatmisan? Nega baqirasan? Nega aynan men tergov qilishim kerak ekan? Sen qilayotgan xatti harakatlar mening obroʻyimga dogʻ tushuryapti sezyapsanmi? Oʻzingni dogʻga bulgʻab boʻlding xech boʻlmasa meni tinch qoʻy – eshikdan asabiy kirgan qiz yigitni harakatlaridan nolib yigitning qarshisiga oʻtirdi.

- Miller xonim, bilasanu seni yaxshi koʻraman, ishingga jiddiy yondashasan, adolatdan qochib boʻlmaydi agar sen ishimni olib borsang. Aybdor emasligim isbotlanadi – telbalarcha tabassum qilgancha egilib qiz tomon yaqinlashdi.

- Seni aybingni ochiqlashdan oldin, psixik test olish kerak. Ruxiy xolating yaxshimas shekili. Xozir psixologlar kelishadi. Faqat yosh bolalarcha to‘polon qilma yana, kap katta erkaksan har holda – oʻrnidan turib koʻzoynakini olib gapirdi.

- Xonim nima desalar shu – yuzidagi maniaclardek tabassumini yoʻqotmagancha gapirdi.

Qiz xonadan chiqib eshik oldida turgan xodimlarga gap boshladi.

- Uni yaxshilab qoʻriqlang nima qilishini bilib boʻlmaydi, sodda koʻrinishiga uchmang. Yana yoniga hech kim kirmasin. Kirish uchun oldin mendan ruxsat soʻranglar. Tushunarli boʻldi deb oʻylayman.

Qiz gapini tugatgancha telefonidan kimningdir raqamini izlab yoʻlida davom etdi.

- Alo, Park Jimin, yordaming kerak. Xa Kim Taehyungni ruhiy holatini tekshirish kerak, oʻzindan boshqaga ishonolmayman bilasana.

Gaplarini tugatib qarshi tomindan qoniqarli javob olgancha tabassum bilan qoʻngʻiroqni yakunladi.

~1 haftadan soʻng. Sud jarayoni.

- Kim Taehyungga qoʻyilgan aybdorlikka oid hech qanaqa dalillar topilmagani va hozirda uning ruhiy holati buzulganligi sababli, aybdorlikka oid barcha shubhalar asossiz deb topiladi va Kim Taehyungning davolanishi uchun 3oy vaqt ajratiladi. Bu vaqt davomida toʻliq davlat xodimlari nazorati ostida boʻladi. Sud hukmi oliy.

Qiz gapini tugatib endi oʻrnidan turib ketar ekan Taehyhng yana ahmoqona gaplarini boshladi.

- Rahmat sevgilim, faqat sen meni qotil emasligimni bilasan, shunday begʻubor yigit qanday qilib odam oʻldirishi mumkin axir — qoʻllarini koʻtargancha begʻubor odam yasavolgancha gapirdi.

Mira e‘tibor bermaslikka urinsada iloji boʻlmadi. Xodimlariga olib keting ishorasini qilgancha tezlikda zalni tark etdi.

Qiz chiqib ketishi bilan Taehyung yuzidagi begʻuborlik yoʻqolib oʻrnini ayyorоna tabassumga alishtirdi. Maniaclarcha baland ovozda kulib qoʻydi.

Sud zalidan ming uyat bilan chiqqan qiz xonasiga kirarkan eshikni qattiq yopib qoʻlidagi hujjatlarni otib yubordi.

- Ming lanat, ming lanat boʻlsin senga KIM TAEHYUNG hech boʻlmasa endi tinch qoʻygin meni yoshligimni xazon qilding. Endi xohlaganimcha yashayman desam yana oyogʻim ostidan chiqyapsan. NIMA XOHLAYSAN MENDAN, MENI HAM OʻTMISHIMNI UNUTIB TINCH YASHASHIMGA IMKON BERINGLAR OʻTINAMAN, MEN HAM ODAMMANKU

Sovuq polga oʻtirib qolgan qiz qoʻllari titragancha yuragini changalladi. Nafas olishi qiyinlashib biroz chuqur nafas oldi. Asabiylik sabab badani qichisha boshladi.

- Oʻzingni bos Mira, tinchlan, tinchlan. Oʻtib ketadi. Asabiylashma. Oʻzingni qoʻlga ol – qoʻlida hujjatlar bilan kelgan yigit qizning holatini koʻrdiyu tezda quchogʻiga oldi.

- U hayotimni yana rasvo qiladi. Yana meni harob qilish uchun keldi. Endigina oʻz hayotimni quraman deganimda. Jimin, meni yangi hayot boshlashga haqqim yoʻqmi, nimaga har safad oldimdan chiqaveradi, Mana koʻr oʻtmishing xatosi deganday tinch qoʻyishmayapti meni.

Yigitning bagʻrida toʻlib toʻlib yigʻlab olgan qiz oxiri uxlab qoldi. Jimin ham jimgina qizni yupatib hali hamon quchogʻidan ajratmagan edi.

Shu dam xonaga kirgan odam koʻz oldidagi manzarani koʻrdiyu qoʻlidagi katta gulli buketni devor tomon otib Jiminga yopisha ketdi. Hovliqib turgan qiz nima boʻlganini anglab olgunicha Jiminning ogʻiz burni qon boʻlishga ulgurgandi.

- Tae ... Taehyung nima qilyapsan qoʻyib yubor uni.

- Menga tegishli boʻlgan insonni quchoqlashga teginishga qanday hadding sigʻdi, sogʻ qoldirmayman tirik chiqmaysan qoʻlimdan.

Miraning gaplari ta‘sir qilmadi. Taehyung Jiminni urshda davom etardi. Boshqa iloji yoʻqligini tushungan qiz Taehyungni quchib oldi.

- Iltimos Taehyung, unday qilmang, uni urmang, oʻtinaman.

Qizning yumshoq ohangidan erib ketgan Taehyung joyida tosh qotdi.

- Hoʻp gulim, hoʻp. Urmayman meni kechir hoʻpmi, seni okdingda boshqa qoʻpollik qilmayman, va‘damda turmadim.

Biroz vaqt shu holatda oʻtirishar ekan Jimin oʻziga kelib Taehyungni qizdan irgʻitib yubordi. Mira qayta Taehyungga yopishib Jiminga yoʻq ishorasini qildi.

- Jimin, ket iltimos senga nimadir boʻlishini xohlamayman.

- Senga nimadir boʻlsinmi Mira, shu telbani qoʻliga tashlab ketaymi yana?

- JIMIN KET DEDIM.
Oxiri Mira chidayolmasdan baqirib yubordi. Jimin hafsalasiz ifoda bilan xonadan chiqib ketdi. Taehyung boʻlsa qizni qayta bagʻriga bosdi.

- Sevgilim, uyimizga qayt iltimos. Qaragin sensiz qay ahvoldaman.

Yigit qizga yalinardi. Mira chiday olmasdan xoʻp dedi. Ammo oxirini oʻylamadi.

Taehyung Miraning qoʻlidan ushlagancha butun sud binosi yoʻlaklari boʻylab ketardi. Mashina oldiga kelganda 'Kechir malikam' dedi. Mira tushunmasdan qosh chimirdi.

Taehyung choʻntagidan dastroʻmol chiqarib Miraning burniga bordi. Nima boʻlayotganini anglab ulgurmagan qiz qarshilik qilmadi. Dastroʻmolga sepilgan uyqu dori tezda ta‘sir koʻrsatarkan qiz holsizlanib Taehyungning qoʻliga yiqildi.

Yigit qizni tezda mashinaning orqa oʻrindigʻiga joyladiyu oʻzi haydovchi oʻrnida mashinani boshqarib ketdi. Katta tezlikda shahar boʻylab boshqa mashinalarni quvib oʻtib nihoyat shahar tashqarisiga chiqdi.

Dengiz boʻylab ketar ekan, sevimli maskani boʻlmish ancha oldin Mira bilan birga yashagan uyi oldida toʻxtadi.

Sekinlik bilan mashinadan qizni koʻtarib olib uy ichiga kirib ketdi.

Ancha vaqt oʻtib Mira koʻzini ochar ekan xuddi tergov xonasidagi kabi qorongʻu xonada chap qoʻli stolga kishanlangancha oʻtirar ekan vaxima bosdi.

- Xoʻsh, Miller xonim, sud qilish navbati meniki, sukut saqlash huquqingiz bor har bir aytadigan gaplaringiz oʻzingizga qarshi ishlatilishi mumkin — qorongʻu xona boshidan qiz tomon kelgancha gapirdi yigit.

- Aqldan ozganmisan, meni bogʻlab qoʻyganing nimasi, qilayotgan ishlaring uchun javob berasan Kim — yigitning tahdidli soʻzlaridan tahlikaga tushgan qiz tipirchilay boshladi.

- Janob prokuror, siz nima deysiz, aybdorga qanaqa jazo berish mumkin — qizdan yuz oʻgirib eshikdan kirib kelgan yigitga gapirdi.

- Sen ham bormi Jeon, qanaqa oʻyin qilyapsizlar menga qoʻyib yuboringlar meni — qiz oʻzini har tomonga urib tipirchilardi.

-Jim goʻzalim, senga yangi hayot berdim, oʻqish yozish oʻrgatdim, nimayiki ogʻzingdan chiqsa shu zahoti bajardim, borimni berib sevdim senchi? Shunchaki qochib ketding. Tark etding meni? Qani adolat? Adolat posboni Mira Miller sobiq eriga adolatsizlik qilgan. Qanday ajoyiba. Mira xonim oʻtmishda kim boʻlganingni va hozir kim sabab shu xolatda ekaningni esla va vijdonan javob berchi, men aybdormanmi? Meni aybim nima?

Taehyung oʻtmish deya atagan qiz uchun qorongʻulikdan iborat boʻlgan xotiralarni esladi Mira.

~ 10 yil oldin

Qorongʻu koʻchalardan yurib borayotgan 15 yashar qizcha yoʻlini bir toʻda bezorilar toʻsishdi.

Egnida eski ryugzagidan boshqa xech vaqosi yoʻq qizga pul berishini yoʻqsa oʻlishini aytib tahdid qilishdi. Vaholanki ryugzagida eski tuski kiyimlardan boʻlak hech narsa yoʻq edi.

Shu on qahramondek paydo boʻlgan oʻsmir yigit qizning hayotini asrab qoldi. Bezorilar toʻdasini bitta gap bilan zum qilgan yigit qizchaga yaqinlashishga harakat qilarkan qiz oʻzini ortga oldi.

- Senga zarar bermayman, shunchaki yordam bermoqchiman. Kechasi bitta o‘zing nima qilib yuribsan har holda yosh ekansan, qoʻrqmaysanmi?

Yigit yana bir qadam tashladi qiz ham ortga bir qadam tisarildi. Keyin sekinlik bilan holatini bayon qildi.

- Uyimdan haydab yuborishdi boradigan joyin yoʻq edi adashib qoldim. Oyimni oldiga bormoqchi edim – haligacha yigitdan qoʻrqqancha past ohangda gapirdi.

- Qizaloq, senga zarar keltirmayman, kel tanishib olamiz balki oyingni ham birga toparmiz. Meni ismim Kim Taehyung, sening ismingchi?

- Mira Miller. Sizni televizorda koʻp koʻrganman. Radiolarda ham ismingizni koʻp eshitgandim.

- Yoʻgʻe, unday boʻlsa mendan qoʻrqma, men bilan yur, oyingni topgunimizcha senga boshpana beraman. Vada beraman nojoʻya harakatlar boʻlmaydi.

Yigit jimjiloq barmogʻini koʻtarib soʻz berdi, qiz ham sekin bosh irgʻab rozilik berdi.

Taehyung qizga ushlab olishi uchun qoʻlini choʻzdi, Mira seskanib sekin yigitning qoʻlini ushladi.

Taehyung Mirani oʻz uyiga olib keldi. Qizcha uchun alohida xona xozirlatdi. Kiyim bosh, ovqat, barcha kerakli narsalarni ta‘minladi. Bir kecha oʻtgach ertalab qizni nonushta ustida suhbatga taklif qildi.

- Mira, oying haqida toʻliqroq aytib ber uni tezroq topishimga yordam boʻlardi - faqat vilka tovushlari eshitayotgan noqulay sukutni buzib gap boshladi Taehyung.

- Melise Miller, aniq eslolmayman yoshi taxminan 40 yoki 45 oraligʻi – endi koʻtargan qoʻlidagi stakanni sekin qoʻyib, tomogʻidagi luqmasini yutingancha javob berdi.

- Bu nima deganing? Aniq eslolmayman? Axir onangku bilishing kerak – Taehyung eshitganlaridan hayratda edi.

- Oxirgi matta 8 yashar vaqtimda koʻrganman yuzini ham yaxshi eslolmayman hattoki – boʻgʻziga tiqilgan yigʻini ushlashga harakat qilib gapirdi.

- Tushunarli, unda otang haqida aytib ber hech boʻlmasa otangga topshiraman seni – onasini topishdan foyda yoʻq ekanini sezgach otasini soʻradi.

- Magnus Miller. Otam mendan vos kechgan, kecha koʻchada qolishimga sababchi ham otam edilar – nihoyat koʻz yoshiga erk berdi.

Soʻrovlari oʻrinsiz boʻlganini anglagan Taehyung jim qoldi.

Ammo Miraning ota onasi haqida koʻp bora eshitgan edi. Mira obroʻli xonadon yakkayu yagona farzandi edi.

Ammo uning xozirgi holatga tushishiga kim yoki nima sabab boʻlgani nomalum edi.

Taehyung biroz sukut saqlab dastroʻmolini olib qizning koʻz yoshlarini artdi.

- Mira, kel men bilan birga yasha. Ota onang sendan vos kechishgan ekan tan olishing kerak. Menimcha endi yosh bola emassan. Mening ham sen kabi singlim bor edi. Ammo baxtsiz hodisa sabab 5 yil oldin ota onam bilan birga vafot etishgan. Men ham katta hayotga yolgʻiz qadam tashlagan vaqtim seni yoshingda edim, buni qabul qilish kerak endi.

- Menku qabul qilarman, ammo siz bilan birga yashashim nooʻrin emasmi? Erkak kishisiz har holda.

- Aytdimku singlim boʻlgan, uning oʻrnida seni ham singlimdek koʻraman vada beraman.

Mira rozi boʻldi ammo ichida gʻashlik bor edi. Taehyung qizning barcha kamchiliklarini toʻldirishga sitqi dildan harakat qildi.

Oʻqishini ham hal qildi. Ammo eng katta muammo kundan kunga qizga bogʻlanib qolayotgan edi. Bu bogʻlanish aka singillik emas edi balki qizni sevib qolgandi.

Yillar oʻtgan sari Mira ulgʻayib goʻzallashib borardi. Taehyung ham ichidagi hislari yanada alanga olgandi.

Kunlarning birida Taehyung uyga qaytar ekan mast ahvolda ust boshi qonga bulgʻangan edi. Uy eshigini tepib kirgan yigit koʻzlasi toʻrt boʻlib kutib oʻtirgan qizni qoʻrqitib yubordi.

Necha yillardan buyon uni ilk bora bunaqa holatida koʻrgan Mira tahlikaga tushib qoldi. Na oʻrnidan qoʻzgʻaldi na bir soʻz aytdi.

Taehyung gʻira shira yoʻlida tebrangancha qadam bosib Mirani oldiga keldi.

Qonga bulgʻangan qoʻllari bilan qizning sochini silab boʻyniga yuzini bosdi.

Kutilmagan holatga qanday reaksiya bildirishini bilmagan qiz hali hamon tosh qotib turardi.

Taehyung Miraning iyagidan ushlab lablarini birlashtirdi. Ichidagi alanga yuzaga chiqib butun vujudi ehtirosga berildi.

Boʻsa nafasi tugagancha davom etdi. Nihoyat nafasi ostidan soʻzga kirdi.

- Oʻzimni jilovladim, shuncha yillar davomida oʻzimni nazorat qildim Mira. Singlim oʻrnida singlim bunday qilishga haqqim yoʻq vada berganman dedim, ammo bu kecha butun dunyo lanatini olsam ham gunohga botishga tayyorman. Faqat sen uchun.

Yigitning alkogol anqigan nafasidan mast boʻlgan Mira oʻzini yoʻqotib qoʻydi. Ichida nimadir deyishni qarshilik koʻrsatishni istardi ammo qilolmadi. Yigitning har bir harakatiga jim turgancha javob qaytarardi.

Taehyung Mirani koʻtarib xonasiga olib kirdi. Ancha yillar birga yashashgan boʻlishsa ham Mira ilk bora bu xonaga kirayotgan edi.

Qoʻpollik bilan yotoq ustiga qizni tashlagan Taehyung Miraning boʻynidan ushlab qayta lablarini birlashtirdi.

Boʻsa chuqur va butun tanani yondiradigan darajada ehtirosli edi. Sabri toʻlgan Mira Taehyungning yuzini qoʻllari bilan silab javob qaytarishni boshladi.

Tanalar asta sekin kiyimlardan xalos etildi. Qizning badani har bir qarichida Taehyungning alkogol ufurgan nafasi tegdi.

Yigitning har bir harakati qizning nafasi boʻgʻilishiga sababchi edi.

Tanalar birlashar ekan xonani toʻldirgan ovoz lazzat berardi. Yigitning harakatlariga monand qizning ham ovoz toni balandlar ekan oʻrtadagi ehtiros yanada alanga olardi.

Mira Miller

.
.

Kim Taehyung

1-𝐪𝐢𝐬𝐦 𝐭𝐮𝐠𝐚𝐝𝐢

𝐌𝐮𝐚𝐥𝐥𝐢𝐟 ~ 𝐌𝐢𝐫𝐚 𝐌𝐢𝐥𝐥𝐞𝐫

𝐏𝐀𝐈𝐍𝐅𝐔𝐋 𝐅𝐀𝐍𝐅𝐈𝐂𝐒 𝐤𝐚𝐧𝐚𝐥𝐢 𝐮𝐜𝐡𝐮𝐧 𝐲𝐨𝐳𝐢𝐥𝐝𝐢