July 13

𝐅𝐀𝐓𝐄

𝐄𝐩𝐢𝐬𝐨𝐝 4

𝐌𝐞𝐧 𝐬𝐞𝐧𝐠𝐚 𝐭𝐞𝐥𝐛𝐚𝐥𝐚𝐫𝐜𝐡𝐚 𝐨𝐬𝐡𝐢𝐪 𝐞𝐝𝐢𝐦, 𝐚𝐬𝐥 𝐪𝐢𝐲𝐨𝐟𝐚𝐧𝐠𝐧𝐢 𝐤𝐨'𝐬𝐚𝐭𝐠𝐚𝐧𝐢𝐧𝐠𝐝𝐚𝐧 𝐬𝐨'𝐧𝐠 𝐬𝐞𝐧𝐝𝐚𝐧 𝐧𝐚𝐟𝐫𝐚𝐭𝐥𝐚𝐧𝐮𝐯𝐜𝐡𝐢𝐥𝐚𝐫 𝐪𝐚𝐭𝐨𝐫𝐢𝐝𝐚 𝐭𝐮𝐫𝐝𝐢𝐦.

Qoʻlimdagi portret qilingan surat pastga tushib ketar ekan oyna singan ovozi xona boʻylab tarqaldi.

Taehyung tezda oldimga keldiyu, nima boʻlganini anglolmasdan qoʻlimdan ushlab mendan xolatimni soʻray boshladi.

- Mira, Mira, nima boʻldi, yaxshimisan, xech qayering jarohatlanmadimi?

Xavotirlangancha meni soʻroqlar ekan nafrat vujudimni egallab borardi. U sekin egilib pastdan siniqlarni terib olar ekan, aynan nima boʻlganini endi tushunib olgandi.

- Menga yaqinlashma! Hech qanaqa toʻy boʻlmaydi, muolaja uchun ham boshqa shifokor yollayman! UMUMAN HAYOTINGDA MENGA YAQIN KELMA! ISQIRT!

Baqirib xonadan chiqmoqchi boʻlib eshik tomon yurdim, ammo baquvvat qoʻllari meni oʻzim turgan joyga qaytarib qoʻydi.

- Meni eshit, bu ancha vaqt oldingi xato edi, xozir u hayotimda yoʻq, men

Taehyungni gaplarini eshitishni istamasdim soʻzini boʻldim.

- BU NIMA? XAYOTINGDA YOʻQ AMMO XOTIRALARINI HAMON SAQLAYAPSAN? NIMA BU NIMA?

- Mira, iltimos senga bu darajada hayajonlanish mumkinmas tinchlan, bu surat hatto esimda ham yoʻq edi. Chin soʻzim, men u qizni unutganman hayotimda hech qachon boʻlmagandek.

- Yoʻlimdan qoch ketmoqchiman.

Taehyungni turtib oʻtb ketmoqchi boʻldim ammo yoʻlimni toʻsib eshikka yaqin yoʻlatmadi.

- YOʻLIMDAN QOCH DEYAPMAN, QOCH, KET, TINCH QOʻY.

- TINCHLAN DEYAPMAN MEN HAM, OʻZINGNI BOSIB OL!

Shu on uni tarsaki bilan siyladim, yuzi yon tomonga burilib, jahli chiqqanini yaqqol namoyon qilardi.

Taehyung toʻsatdan meni qoʻpol koʻtarib oldiyu, xona ichidagi vannaga olib kirib jakuzida ustimdan muzdek suvni ochib yubordi. Tanamga sovuqlik tekkan onda seskanib ketdim, uning qoʻlidan chiqishga harakat qilarkanman undan battar koʻkragimdan bosib ushlab turardi.

Harakatlarimni kuchaytirganim sari u ham bosimni kuchaytirardi. Oxiri qoʻlini koʻkrakalrimdan olishga muvaffaq boʻldim, ammo kimimni mahkam ushlab olgan ekan, koʻylagim oldidagi tugmalari uzulib tushib oldimni yaqqol ochib berdi.

- Nima, nima qilyapsan, senda uyat xayo bormi, qoʻyvor deyapman.

- Tinchlanib gaplarimni oxirigacha tinglamaguningcha xech qayerga ketmaysan, eshityapsanmi?

- ESHITMAYMAN, TINGLAMAYMAN, TINCHLANMAYMAN, KIMSAN SEN A

Sabri chegaradan chiqib iyagimdan mahkam siqimladiyu lablari bilan ogʻzimni yopdi.

Boʻsa tanamga yoqardi, lablarimni kuydirdi. Ammo xozirgi vaziyatda aldanib qolmasligim kerak.

Fursatdan foydalanib Taehyungni ustimdan irgʻitib yubordim, chalgʻib ancha boʻshashib qolgan ekan.

- Oʻzgasiga tekkan labing bilan menga tegishga qanday hadding sigʻdi? Jirkanaman, jirkanchsan, isqirtsan.

- Istasang nafaqat labim, balki boshqa azoyimni ham tanangda his qilishing mumkin.

Yan men tomon kelib koʻkragimdan kuch bilan itarib burchakka tiqib qoʻydi.

Tanasi shunchalik yaqin ediki, uning vujudidagi issiqlik hamda, oʻsha boshqa azosini tarangligini bemalol his qilishim mumkin edi.

Tanamiz orasida masofa qolmadi, tanalarimiz bir biriga birikib ketgan kabi edi. Uning koʻkragidan keladigan boʻyim sabab u pastga men esa tepaga bir birimizni kuzatish uchun qarab turardik.

Sekin koʻylagimning bir yelkasini tushirdi, keyin ikkinchisi. Vujudimdan sirgʻalib tushgan oni koʻzlarimnu yumib lablarimni tishlab oldim.

Taehyung boʻlsa rubashkasi tugmalarini boʻshatardi. Nahotki xozir yaqinlik qilsa, shu joyda, shu vaqtda?

Oʻzidan yechib olgan rubashkasini menga kiygʻizib oldini yopub qoʻydi. Sal naridan sochiq olib hol boʻlib ketgan sochimni oʻrab qoʻydi.

- Vannadan chiqib yotoq ustida oʻtirib tur, men sen uchun kiyim izlab kelaman.

Gapini yakunlab meni javobimni ham kutmasdan chiqib ketdi. Itoatkorona u aytgandek yotoq ustida oʻtirardim. Taxminan 5 daqiqa vaqt oʻtmasdan xona eshigi ochilgani ovozi eshitildi.

Qadam tovushlaru begona odamnikidek edi, seskanib ketiv eshik tomon qarasam Taehyung ekan.

Oʻzi aytganidek menga koʻylak topib kelgandi, onasini koʻylagi shekili biroz keng tuyuldi.

- Kiyib koʻr — oldimga kelib koʻylakni menga uzatdi.

- Xonadan chiqib turing, kiyinib olay.

- Tanangni men koʻrmagan qismi qoldimi? Koʻz oldimda kiyinasan. Tezroq boʻl.

Bu yigit rostdan ham aqldan ozgan, shuncha gap soʻzlarimdan soʻng ham. Yoʻq bunga chidash qiyin. Agar toʻydan keyin... Yoʻq yoʻq Mira unut toʻy boʻlmaydi. Nazorat hissi kuchli, men nazorat qilishlarini yoqtirmayman.

- Kiymayman buni istasangiz oʻzingiz kiying!

Juratim yetib kesatib gapirdim, yana tilimdan pand yemasam boʻldi.

- Yaxshi unda ustingdagi kiyimimda yurasan.

- Yaxshi.

Kiyimni qaytarib berib yana yotoqqa oʻtirdim. U ham yonimga oʻtirib suhbat boshladi.

- Suratdagi qiz. U mening 5 yillik sevgim edi. Borimni berdim, barcha narsani muhayyo qildim, hattoki barcha kerak narsalariga ishlatishi uchun oʻz kartamni qoʻliga berib qoʻydim. Istagancha yashardi, istagancha pul sarflardi. Ammo keyinchalik bilsam, eng yaqin doʻstim bilan menga xiyonat qilib yurgan ekan.

~author
Taehyung alam bilan gapirar, Mira jim tinglardi. Bir vaqtlar oʻzi ham jonidan ortiq sevgan insonini hamda barcha sirini bilgan dugonasi oʻsha insonni tortib olganini esladi.

Dardlar bir, alamlar oʻxshash, ammo vaqt boshqa. Mira oʻsha dardini ancha unutgan, lekin Taehyungning yarasi yangi edi.

Sukunat ustunlik qilardi. Nigohlar pastga qaratilgan, oʻtmishdan parcha eslatardi. Shu payt eshik taqqilatish ovozi oradagi sukutni buzdi.

- Kim? — xomadan chiqmagan holda soʻradi yigit.

- Janob, ota onangiz bugun kelishmas ekan. Kichik xonim bilan unashtiruv uchun uzuk va zeb ziynat buyumlarini koʻrsatish uchun bir nechta brend vakillari bilan uchrashar ekansiz.

Xizmatchi qiz gaplarini aytib boʻlgach, qadam tovushlari asta sekin qizning uzoqlashayotganini aytib turardi.

Taehyung Miraga, Mira Taehyungga hayrat nigohi bilan qarab turishardi.

- Shu axvolda chiqamanmi endi? — Mira egnida oʻziga 2karra katta boʻlib turgan yigitning rubashkasini koʻrsatdi.

- Chakki emas, yomon gʻoya ham emas. Juda goʻzalsan — qitmirlik qilib gapirdi yigit.

- Ustimdan kulma!

- Sensirama!

- Oʻzim bilaman nima qilishimni!

- Sendan kattaman, boʻlajak eringman. Tilingga ehtiyot boʻl, toʻydan keyin bitta bitta javob berasan bu qaysarliklar uchun!

- Yanachi, kim aytdi toʻy boʻladi deb? Orzu ham qilma! Boʻlmaydi hech qanaqa toʻy!

Mira Taehyungga qarshi soʻzlar aytar ekan, toʻsatdan yigit uni yotoqqa irgʻitib ostiga oldi.

- Istaysanmi vannada qilmagan ishimni xozir qilaman, 9 oylik muammoni bachadoningga joylab qoʻyganimdan keyin toʻydan boshqa yechim boʻlmaydi.

Albatta Taehyung hazil qilib gapirayotgandi, ammo ohangi jiddiy edi. Mira Taehyungning ostida chuqur nafas olgancha katta katta koʻzlari bilan qarab yotardi.

- Yaqinda oʻlib ketadigan odam toʻy yoki homilador boʻlishga ulgura olar ekanmi?

Yana oʻsha odamni jigʻiga teguvchi, jon jonidan oʻtirib yuboruvchi soʻzlar yangradi. Taehyung asabiylashgancha qizni ustidan tushib, oʻzi qatori koʻtarib gapira ketdi.

- Jin urgur Mira, nima boʻlgan senga? Nega oz boʻlsa ham yashash uchun umid qilmayapsan? Nima jin urgan senga? Yashaysan deyapman, tuzalib ketasan deyapman, harakat qilyapman, yana nima istaysan? Gapir nima kerak oʻzi sengga? Axir oʻzing kasal ekaningni bilganingda yashash uchun harakat qilmadingmi? Yashashni hohlamadingmi?

- Istamayman! Yashashni xohlamayman!

Qizning javobidan soʻng Taehyung hafsalasiz nafas olib chiqardiyu onasining koʻylagini qayta qizga tutqazdi.

- Buni kiyib ol, uyingga tashlab qoʻyaman — gapini yakunladiyu xonadan chiqib ketdi.

Mira ham tezda kiyinib yigitning ketidan xonadan chiqib pastga tushdi.

Zalda divan ustida boshini ushlab oʻtirgan yigitni koʻrib tomoq qirib qoʻydi.

Taehyung sezib oʻrnidan turdiyu, ortidan ergashishini imlab ketdi.

Yoʻl boʻyi oʻrtada sovuq sukunat hukmronlik qilardi. Qiz ora ora yigitga nazar tashlar, aksincha Taehyung esa yoʻldan koʻzini uzmasdi.

Miraning uyi oldiga kelib toʻxtaganda ham u tomon qiyo boqmasdi hatto oʻrnidan tushib qiz uchun har doimgidek eshikni ochib ham qoʻymadi.

Mira jimgina mashinadan tushib uyiga kirib ketdi. Taehying ham mashinani katta tezlikda boshqarib ketdi.

Shu boʻyi Taehyung boshqa kelmadi, muolaja uchun yordamchi hamshirasini joʻnatardi. Unashtiruv uchun uzukni ham Taehyung Mirani uyiga pochta orqali joʻnatib yuborgandi. Qiz boʻlsa uzuk solingan qutini ochib ham qaramadi hatto.

Shu boʻyi 1 oy oʻtdi. Unashtiruv sanasi allaqachon e‘lon qilingandi. Millerlar qoʻrgʻoni unashtiruv bazmi uchun tanlandi. Tayyorgarlik avjida edi. Mira xonasidan chiqib qiziqib koʻrmasdi hatto. Uyidan koʻchaga chiqmaganiga 1 oy boʻlgandi, Taehyung ketgan koʻyi u ham boshqa koʻcha yuzini koʻrmadi.

𝐄𝐩𝐢𝐬𝐨𝐝 4 𝐭𝐮𝐠𝐚𝐝𝐢

𝐌𝐮𝐚𝐥𝐥𝐢𝐟 ~ 𝐌𝐢𝐫𝐚 𝐌𝐢𝐥𝐥𝐞𝐫

𝐏𝐚𝐢𝐧𝐟𝐮𝐥 𝐅𝐚𝐧𝐟𝐢𝐜𝐬 𝐤𝐚𝐧𝐚𝐥𝐢 𝐮𝐜𝐡𝐮𝐧 𝐲𝐨𝐳𝐢𝐥𝐝𝐢!

𝐄𝐫𝐢𝐛𝐨𝐫𝐢𝐧𝐠𝐢𝐳 𝐮𝐜𝐡𝐮𝐧 𝐭𝐚𝐬𝐡𝐚𝐤𝐤𝐮𝐫!