February 19, 2025

I need you

Episode - 6

Perona (pov): negadir oʻsha kundan keyin Yoongi menga judayam mexribon boʻlib qoldi. U otasini oldida judayam sovuqqon lekin u yoʻq payti mendan yordamini ayamasdi. Hatto otasidan yashirib menga uyidagi katta kutubxonasini ham koʻrsatgan edi.

Yoongi: bu yerdan istagan kitobingni istagan paytingda oʻqishing mumkin. Lekin bu senga qiziqarlimi yoʻqmi bilmayman. Chunki biz otam bilan koʻproq psixologiya va falsafaga oid kitoblar oʻqiymiz. Senga qanday kitoblar yoqadi.
Perona: menga koʻproq romanlarni oʻqish yoqadi.
Yoongi: tushunarli. Hovliga aytaman vaqti boʻlganda uyimizga sen uchun 3 4 ta kitob tashlab oʻtadi.
Perona: Yoongi bu shart emas...

Author (Pov): oʻsha kuni Perona yana ishiga qaytdi Yoongi xonasiga kirib darrov Hobiga qoʻngʻiroq qildi.

Hobi: eshitaman.
Yoongi: qayerdasan.
Hobi: Mina bilanman.
Yoongi: Mina kim?
Hobi: ha uni senga aytish yodimdan chiqib vaqti kelganda albatta u bilan seni tanishtiraman. Tinchlikmi nega birdan meni yoʻqlab qolding.
Yoongi: vaqting boʻlganda meni uyimga kitob tashlab ket janri romantika boʻlsin.
Hobi: ohho bunday oʻzgarishgʻar qayerdan. Sen hecham bunday kitoblar oʻqimasding.
Yoongi: bu men uchun emas Perona uchun.
Hobi: sen rostdan ham Peronani sevib qoldingmi...

Yoongi bu savoldan biroz dovdirab qoldi. U bir muddat oxirgi paytlar oʻziga nimalar boʻlayotganini tushunishga harakat qilardi.

Yoongi: menimcha... Menimcha ha...
Hobi: sen uchun xursandman doʻstim. Lekin yosh bola emassan. Bu oʻzing ham his qilyapsanmi? Agar Peronani rostdan sevib qolgan boʻlsang endi masʼuliyatli boʻlishing kerak. Yani ochiqchasiga aytsam uni otangdan himoya qilishing kerak. Sen otang qanaqaligini juda yaxshi bilasan. Agar munosabatlaring haqida xabar topsa u Peronani sogʻ qoʻymaydi. Bilasan hozir uni asosiy maqsadi seni Yuraga uylantirish. Bu yoʻlda u hech narsadan qaytmaydi.
Yoongi: bilaman doʻstim bilaman. Kuchim yetganicha uni himoya qilaman.

Yoongi ( pov) : Hobini gapi toʻgʻri agar bu haqida otam xabar topsa u Peronani ayab oʻtirmaydi. Men endi bundan ham xushyor boʻlishim kerak. Jin ursin... Nega aynan men. Nahotki baxtli yashashga haqqim boʻlmasa. Agar bu odam meni otam boʻlmaganida ham alam qilmasdi. Lekin u meni otam va men uni hamma qiliqlariga chidashga majburman.

Author ( pov): allaqachon kech tushgan janob Min ovqatlanish xonasida Yoongini kutardi. Yoongi nihoyat ovqatlanish uchun kirdi. Odatta u ovqat payti otasi gaprmas edi. Bu safar ham shunday boʻldi. Xonada faqat qoshiq vilkalarni idishga tekkan ovozi eshitilardi xolos. Janob Min esa bu sukutni buzdi.

- oʻgʻlim menimcha oradan ancha vaqt oʻtdi. Sen hammasini oʻylab koʻrgan boʻlishing kerak.
Yoongi: nimani nazarda tutyapsiz
- Men Pak Yurani aytyapman. Menimcha sen ertagayoq u bilan uchrashuvga chiqishing kerak.
Yoongi: demak Pak Yura....
- men Yura bilan gaplashdim u Seni juda yaxshi tanir ekan. Menimcha sizlardan ajoyib juftlik chiqadi.

Yoongi gʻazab bilan vilkasini tarelka ustiga qoʻydi. Uning ovozi butun xona boʻylab aks sado berdi. U qoʻlini koʻksiga bogʻlab otasiga yuzlandi.

Yoongi: bu narsani mendan yuz marta soʻrasangiz ham men yoʻq deyman. Dada meni bilasiz judayam qaysarman.
- lekin sen ham meni bilasan. Maqsadim yoʻlida hech narsadan qaytmayman.
Yoongi: dada biz Yura bilan yaqin emasmiz. Qolaversa bir birimizni sevmaysiz
- sevgi.... Pul bor joyda har qanday narsa bosh etadi. Hatto pul ham..
Yoongi: siz har doim faqat pulni oʻylaydigan miyasiz odam boʻlgansiz.

Janob Minni bu gapdan shu darajada jaxli chiqdiki hatto oʻzini tiya olmay qoldi. U oʻrnidan turib dasturxonni bor kuchi bilan tortib yerga otdi. Uni ustiga narsalar yer bilan bitta boʻlib chil chil. Yoongi har doim sovuq nigohlari bilan bir nuqtaga qarab turdi. Oxir oqibat u oʻrnidan turdiyu xonasiga kirib ketmoqchi boʻldi. Lekin janob Min uni yoqasidan ushlab oʻziga qaratdi. Bor kuchi bilan yuziga keyin esa qorniga urdi. Yoongi bu zarbga chidolmay bukilgancha yerga oʻtirib qoldi. Lablari yirtilgan, koʻzlari qizarib ketgan oʻzini arang tiyib turardi...

- men hech narsani bilmayman Yoongi senga 1 xafta muxlat. Agar oʻzing rozi boʻlmasang bu ogʻriqlar sen uchun xolva boʻladi...

Perona oshxonadagi ishlarini tugatgach biroz toza havo olish uchun tashqariga chiqdi. Hovlida yurgan qorovulga koʻzi tushdi aslida u ham Peronani oldiga kelayotgan edi...

- Perona... Seni oldinga kelayotgan edim.
Perona: tinchlikmi...
- janob Jung Hoseok seni eshik oldida kutyapdi. Zarur gapi bor ekan.

Perona bosh chayqagancha qorovul ortidan bordi. Tashqarida Hobi mashinaga suyangancha Peronani kutardi. U Peronani korib mashina salonidan 3 ta qizil ipga oʻralgan kitobni oldi.

Perona: Hobi kech boʻlganda bu yerda nima qilyapsan.
Hobi: senga buni olib keldim. Bu Koreyada reytingi eng yuqori kitoblar...
Perona: ovora qilganim uchun. Hammasi uchun raxmat senga.
Hobi: xursandman. Yana koʻrishamiz. Xayrli tun...
Perona: yaxshi yetib ol. Mashinada extiyot boʻl...

Hobi janob Minni harakterini juda yaxshi bilardi. Agar u xizmatkorini Hobi bilan koʻrsa albatta shubxalanardi. Shuning uchun Perona bilan koʻp gaplashib oʻtirmadi va qaytdi....
Perona uchun bugun chindan ham judayam baxtli kun edi. U umridan birinchi marta kimdandir sovgʻa olishi va bu u yoqtirgan eng yaxshi narsa kitob edi. Yuzida baxtiyor tabassum bilan uyga kirayotgan edi. Bu paytda Yoongi bilan urushib gʻazab otiga mingan janob Min ichkaridan chiqdi. U Peronani bunday xolda koʻrib shubxalana boshladi. U har safar unga qaraganida gʻazabi battar ortardi. U yana belidagi kamarini yechdi. Va Peronani oldiga bordi.

- bu nima qayerdan keldi...
Perona: bu... Bu... Haligi... Bu doʻstim sovgʻasi.
- seni bu yerga kelganingga sal kam bir oy boʻldi. Koʻchaga chiqqaning yoʻq. Telefon ishlatmaysan. Kimni oʻynatmoqchi boʻlyapsan.
Perona: Janob Min bu siz oʻylagan narsa emas...

Janob Min uni qoʻlidan kitoblarni sugʻurib oldi. U romantik mavzudagi kitoblar boʻlgani uni battar quturtirdi. U kitoblarni bir bir yirtib tashladi. Bundan esa Perona taʼsirlanib ketdi va yigʻlab yubordi.

Perona: janob Min iltimos unday qilmang.

Janob Min Peronani sochidan ushlab tiz choʻkishga majbur qildi. Bir qoʻli bilan uni bilaklarni ushladi yengi yuqoriga qoʻpollik bilan tortdi. Va bor kuchini qoʻliga toʻplab remeni bilan uni qoʻliga urdi. Bu ikki uch marta boʻldi. Perona ogʻriqqa chidolmay qancha yolvorsa ham foydasiz janob Min huddi hayvondek muomalada boʻlardi. Oxiri gʻazabi biroz bosilgach yana uni sochidan ushlab oʻziga qaratdi

- Perona sen yaramas bitch ekansan. Hatto erkak ostida qolib ketishdan ham qoʻrqmaysan. Lekin bilib qoʻy meni janob Min deyishadi. Meni qoʻlimdan dunyodagi barcha yovuzliklar keladi. Endi esa hech narsa boʻlmagandek ishiga qaytsa yoʻqsa oqibati yomon boʻladi.

Janob Min Peronani huddi oddiy buyumdek yerga uloqtirdi va uydan chiqib ketdi. Perona yana yigʻlagancha yerga sochilgan kitoblarni yigʻa boshladi. Uni qoʻlidagi qon allaqachon toʻxtagan lekin shu darajada achishib azob berardiki yigʻidan oʻzini toʻxtata olmasdi. U kitobni oshxonaga qoʻydi va dasturxonni yopishtirish uchun ovqatlanish xonasiga kirdi. U xonaga kirganda koʻzlari hayratdan katta katta boʻlib ketdi. Stol ustidagi hamma narsalar idishlar ovqatlar yer bilan bitta boʻlgandi. Devor yonida esa bir ikki qon tomgan joylar bor edi. U bugun azoblangan odam yolgʻiz u emasligini tushundi. Iloji boricha tezroq u yerni tozaladi. Lekin oʻzini hecham yigʻidan toʻxta olmasdi. Ishlarini tugatgach u koʻz yoshlarini artib iloji boricha oʻzini tabiiy tutishga harakat qildi. U qoʻliga dori qutisini olib Yoongini xonasiga kirdi.
Ichkariga kirganda Yoongi kompyuter qarshisida soʻkingancha kompyuter oʻynab oʻtirardi. Goʻyoki bor alamini oʻyindan olayotgandek edi...

Yoongi: Shibal* yaramas bitch. Hozir seni chavaklab tashlayman.
Perona: Yoongi... Yaralandingmi... Menga qara...
Yoongi: ishing boʻlmasin...
Perona: Yoongi yarangga dori surtib qoʻyaman menga qara...

Yoongi jaxl bilan oʻrnidan turdi. Kompyuter klaviaturasini zarb bilan devorga otdi. U chil chil boʻlib yerga toʻkildi va bor gʻazabi bilan Peronaga yuzlandi...

Yoongi: sen kimsanki menga mexribonlik qilasan... A... GAPR KIMSAN... Sen bu yerda oddiy xizmatkorsan... Buni unutdingmi...

Perona shu darajada qattiq qoʻrqib ketdiki. Qoʻrquvdan tinmay dagʻ dagʻ titrardi. U koʻz yoshlarini koʻrsatmaslik uchun yuzini qoʻllari bilan berkitdi lekin oʻzini koʻz yoshlardan tiya olmadi.

Perona: meni kechir hammasi uchun. Haddimdan oshdimi bilaman. Boshqa koʻzinga koʻrinmayman vada beraman.

U yuzini berkitganida tasodifan uni bilagi ochilib ketdi. Yoongi uni qoʻlidagi shilingan joylarini koʻrib bir muddat muzlab qoldi. Uni qoʻlidan ushlab bilagini koʻproq ochdi. Unda shilingan va koʻkargan joylari koʻp edi...

Yoongi: buni kim qildi. Dadammi...GAPIR...

Perona yigʻlagancha boshini silatadi. U hali ham tinmay qaltirardi. Goʻyoki hozir Yoongi ham uni uradigandek edi hayolidan. Uni hozir xonasiga kirgani uchun ichida tinmay oʻzini lanatlardi. Yoongi uni oʻziga yaqinlashtirib qattiq quchoqladi. Perona undan uzoqlashmoqchi edi lekin Yoongi uni qoʻyib yubormadi aksincha uni quchoqlagan ha kravatiga oʻtirdi.

Yoongi: meni kechir Perona. Senga qoʻpollik qilmasligim kerak edi. Oʻzimni tiyib tura olmadim kechir.

Yoongi Peronank boʻyniga yuzini koʻmgancha yigʻlab yubordi. U ovozsiz jim edi. Faqatgina uning koʻzlaridan oqayotgan yoshlari Peronani terisiga oqardi. Perona bu safar uni yupatishga harakat qilmadi. Uni yigʻlashi oʻzi uchun foydali deb oʻyladi. Har holda shundan taskin topadi dep oʻyladi.

Yoongi (pov): tasavvur qiling siz kamida 10 yil faqatgina zulmatdan iborat bir gʻorda yashadingiz. Yolgʻiz va sovuqda. Lekin bir kun siz tasodifan oʻsha gʻordan oʻzingizga oʻxshagan yolgʻiz odamni uchratib qoldingiz. Tabiiyki siz unga oʻrganib qolasiz. Chunki uni ham sizni ham dardingiz bir. Perona ham men uchun shunday edi. Biz ikkimiz ham goʻyoki zulmatda qolib ketgandek faqat bir birimizni ovutish uchun yaratilgandek edik.
Men uni yelkasiga boshimni qoʻygancha chamasi yarim soat oʻtirdim. Uni belidan shu qadar qattiq ushlab olgan edimki goʻyoki uni hozir biroz bajarsam kimdir mendan olib qoʻyadigandek edi. Uning boshimni silashi va undan kelayotgan ifor men uchun har qanday tinchlantiruvchi kuchli narkotikdan ham yaxshi taʼsir qilardi.

Perona: Yoongi...
Yoongi: hmmm...
Perona: men bir ish qilmoqchiman mendan xafa boʻlmaysanmi.
Yoongi: yana 5 daqiqa shunday oʻtir. Seni qoʻyib yuborishni xoxlamayman.
Perona: men uydan qochib ketmoqchiman...

Uni gaplaridan men hayratdan qotib qoldim. Boshimni koʻtarib uni koʻzlariga tikildim. U koʻz yoshlardan oʻzini arang tiyib turardi.

Perona: menimcha ortiq bu qiynoqlarga chidolmayman. Balki otang men uchun ham seni tinmay kaltaklayapdi. Balki ketganim ikkimiz uchun ham yaxshi boʻlar.
Yoongi: unda men ham sen bilan ketaman.
Perona: nima... Yoongi bu yaxshi fikr emas agar dadang tutib olsa...
Yoongi: men qoʻlimdan kelgancha u tutib olmasligiga harakat qilaman.

Men yana avvalgi holimga qaytib uni quchoqlab yelkasiga boshimni qoʻydim. Uning yoqimli ifori menga shu qadar yoqardiki buni soʻz bilan taʼriflashni iloji yoʻq edi. Perona bilan qochish fikri ham qalbimda qandaydur oʻzgacha iliqlik uygʻotardi.

Yoongi: seni fikringcha sen bu uydan ketganingdan song men yaxshi yashaymanmi? Hecham qachon... Men sensiz bu uyda bir daqiqa ham turolmayman. Sen bilan birga ketaman. Qoʻlimdan kelgancha seni himoya qilaman....

Yoongi va Perona dip tasavvur qilamiz