January 21, 2025

Lanatlangan qirol

Episode -7

Oradan 4 yil oʻtdi...
Bu vaqtda qirol Teahyung Elianani va Peronani bor kuchi bilan himoya qildi. Eliana hatto saroy hovlisiga chiqishga ham ruxsat berilmas edi. Chiqsa ham har doim oldida bir dunyo soqchilar Bangchan yoki Jin hu boʻlardi. Peronani esa saroyini xavfsizligini ikki barobar kuchaytirgan har hafta bir soqchi kelib u haqida Taehyungnga boyonot berardi. Lekin bazan taqdirdan qochib qutilib boʻlmasligini bashorat qachondir amalga oshishini bilardi...
*
*
*

Qirol Yoongi saroyi....

Ulkan eshiklar ochildi.
Yoongi taxtida oʻtirib kelayotgan soqchiga sovuq nigoh bilan koʻz tashladi. Oxirgi 4 yil ichida u Peronani izlamagan hech qayer qolmadi. Har safar uni qidirishni boshlaganida bu harakatlari samarasiz boʻlardi. Uni unutishga harakat qilardi lekin buni foydasi. Peronani oʻsha qop qora otda yigʻlab ketayotgan yuzi hecham esidan chiqmasdi...

- Qirolim... Men nihoyat oʻsha odamni topdim.
Yoongi (bir nuqtaga tikilgancha unga gapira boshladi): kimni...
-menga oʻsha sehrgar aytgan tanlangan odamni.
Yoongi: uni bizga qanday foydasi tegadi.
- odatta Taehyung yordamchilaridan biri Jin hu inson fikri va his qilayotgan his tuygʻularini biladi. Va bu oddiy odam va hayvonlar sehrli mavjudotlardagina boʻladi. Tanlanganlarda esa unday emas. Ularni fikrlari his tuygʻularini hech kim his qila olmaydi. Bu bizga yaxshi foyda keltiradi. Uni Taehyungni saroyiga joʻnatib oʻz aygʻoqchimiz qilishimiz mumkin...

Yoongi bu gaplarni eshitgach yuragida kichik bir umid paydo boʻldi. Ich ichidan xursand boʻlib ketdi. Lekin buni atrofdagilarga sezdirmasdan xolda jiddiylikni yoʻqotmadi.

Yoongi: qani u men uni koʻrishni xoxlayman...

Soqchilar uni darrov olib kelishdi. Evil unga tarbiyasini koʻrsatgan holda tazim qildi. Yoongi esa bir ishora bilan xonada hech kim qolmasligini buyurdi. Evil avvaliga bundan xayron boʻldi. Hatto yuragining bir chetida qoʻrquv ham paydo boʻldi. Nihoyat xonada hech kim qolmagach Yoongi Evilni oldiga bordi...

Evil

Yoongi: isming nima
Evil: Evil qirolim...
Yoongi: senga bu ismni kim bergan. Uni manosini bilasanmi...
Evil: eslolmayman qirolim. Faqatgina aqlimni taniganimdan beri meni Evil deb chaqirishadi. Shugina yodimda...
Yoongi: sen meni qiroligimdansan toʻgʻrimi. Sen bu yerga nima uchun olib kelishganini bilasanmi...
Evil: bilmayman qirolim. Lekin yosh ulugʻ kishilar sizni yaxshi odam ekanligingizni sizga sitqi dildan xizmat qilishim kerakligini aytishdi.
Yoongi: men seni qirol Taehyung saroyiga joʻnataman. Sen u yerdagi meni soyam boʻlasan. Oʻsha saroyda kim nima qilayotgani qanday qilayotganini menga soʻzma soʻz yetkizishing kerak.
Evil: qirolim bu nomaqul ish emasmi. Bu birovni shaxsiy sarxatlarini kesib oʻtish. Qolaversa qirol Taehyung u juda qudratli agar sizni odamingiz ekanligimni bilib qolsa oqibati sizga ham menga ham yaxshi boʻlmaydi.
Yoongi: Evil... Men 4 yil oldin oʻsha saroyda bir qizni koʻrib sevib qolganman. Men u qizni korganimda hayotda judayam xafa va tinmay yigʻlayotgan edi. Men shunchaki oʻsha qizni ozod qilishni va meni ham sevib qolishini xoxlayman. Lekin oʻsha qizni qayerda ekanini bilmayman. Buni faqat yolgʻiz Taehyung biladi. Shuning uchun iltimos menga yordam ber.

Evil judayam aqlli va chuqur mulohazali inson. U kimdirgadir zarar keltirishni xoxlamas edi. Lekin Yoongini gaplari uni biroz oʻylantirib qoʻydi.

Evil: yaxshi sizga yordam beraman. Lekin menga butkul ishonib qolmang.
Yoongi: seni vazifang faqat Peronani qayerda ekanligini bilish xolos. Qolganini oʻzim hal qilaman. Keyin bir narsani kelishib olsak. Sen bu qilgan xizmating evaziga nima soʻraysan.
Evil: hozircha bilmayman. Meni ayni paytda sizga xizmat qilishdanda oliy maqsadim yoʻq. Agar shunday vaziyat tugʻilib qolsa Albatta sizga aytaman.
Yoongi: juda yaxshi. Odamlarim seni saroyga kuzatib qoʻyishadi. Va nima deyishing qanday qilishing haqida maʼlumot berishadi. Iloji boʻlsa ishingni bugundan boshla...

Evil qirol Yoongiga tazim qilgancha xonadan chiqib ketdi. Yoongini esa 4 yildan beri zulmatga choʻmgan yuragida kichik yogʻdu paydo boʻlgandek boʻldi. Mana 4 yildirki u Peronani oʻylab kechalari bazan uxlolmay ham chiqardi...

Yoongi: men seni hatto ismingni ham bilmayman. Lekin oʻsha kuni koʻz yoshlaring uchun kim boʻlsa ham javob beradi.
*
*
*

Qirol Teahyung saroyi...

Kutubxonada kitoblari bilan oʻralashib yotgan qirol Taehyungni hayolini bemavrid ochilgan eshik buzib yubordi.

Jin hu, Bangchan: qirolim....
Taehyung: namuncha xovliqasizlar...
Jin hu: Barcha odamlaringiz majlislar xonasida kutishyapti. Judayam zarur masalani hal qilishlari kerak ekan
Taehyung: hozir boraman...
Taehyung(pov): zarurmush... Yaramas shumtaka Elian qayerga ketdi ekan. Uni nonushtadan beri koʻrmadim...
Jin hu: Elian oshxonada qandaydir shirinlik tayyorlashni oʻrganyapdi.

Taehyung gʻazab bilan oʻrnidan turdi va eshik tomon yurib Jin huni oldida toʻxtadi.

Taehyung: yana bir marta fikrlarimni oʻqisang 8 ta duming qoladi Jin hu...

U majlislar xonasiga kirib kela boshladi. Uni koʻrib hamma tazim qilar taxtiga oʻtirguncha hech kim boshini koʻtarmas edi. Hamma saroy aʼyonlari oʻz muammolarini aytib boʻlgach Bangcha biroz tomoq qirgancha Taehyunga gapira boshladi.

Bangchan: qirolim... Bugun tushdan soʻng saroyga bir yigit keldi. U odam bolasi lekin xamma xizmatchilar farishtalar va jinlarni koʻra olar ekan.
Taehyung: demak u tanlanganlardan... Uni muddaosi nima ekan
Bangchan: u saroyda sizga xizmat qilmoqchi ekan. Aytishi boʻyicha uni xalqi shu uchun tayyorlagan...
Taehyung: uni olib kiring men uni koʻrmoqchiman...

Bangchan uni olib kelish uchun xonadan chiqib ketdi. Taehyung esa Jin huni uzun va keng koʻylkalari ichidan nimadir qimirlayotganini payqadi. Odatta Jin hu inson shakliga kirganda dumlari koʻrinmas edi. Taehyung bu jimirlayotgan nima ekan deb hayol surib turganda xonaga Evil kirib keldi. Evil unga xurmat bilan tazim qildi.

Taehyung: isming nima...
Evil: Evil qirolim
Taehyung: Evil... Odatta bu ism insonlarga qoʻyilmaydi. Lekin nima uchun senga qoyilgan.
Evil: buni nima uchunligini aniq bilmayman. Menimcha ota onam ham sizga xizmat qilishimni xoxlashgan...
Taehyung: judayam qiziq. Odatta insonlar meni yomon koʻrishadi lekin... ( Jinhuni ortida qimirlayotgan narsa borgan sari Taehyungni asabiga tega boshladi. Chunki bu Jin huni oʻziga ham nuqalylik tugʻdirayotgandi.) Jin hu ichingdagi shaytonga majlislar xonasiga kirmasligini aytgan edim. Sen unga tushuntirmadingmi.
Jin hu: kechiring qirolim. Unga buni koʻp tushuntirdim. Lekin gapimga kirmayapdi...

Jin hu ustidagi harir libosini koʻtardi ( notoʻgʻri tushunmela Jin hu 2 3 qavat kiyingan u faqat bir qavatini koʻtardi xolos). Oʻsha zahoti libos tagida sochlari biroz toʻzgʻigan. Yuzlari oppoq biroz past boʻyli Elian paydo boʻldi.
Evil Elianni koʻrganida negadir koʻzlarinu uzolmay qoldi. Uning yuzi va kiyimlarida nur taralayotgandek edi. Taehyung esa bu holatdan qattiq gʻazablandi. Qoʻlini musht qilgancha bor kuchi bilan stolga urdi. Undan butun xona titrab ketdi. Elianni esa bir zumda yuzidagi begʻuborlik yoʻqolib oʻrnini qoʻrquv egalladi.

Taehyung: Elian sen qachondir meni gapimga kirasanmi...
Elian: Taehyung...
Taehyung: MENGA ISMIM BILAN MUROJAAT QILISHNI BAS QIL... Men bilan yur. Bangchan sen Evilga nima qilishi kerakligi haqida tushuntir...

Taehyung Elianni qoʻlidan qattiq siqancha xonadan olib chiqib ketdi. Evil esa avvaliga Elianni chiroyli ekanidan xavotirda boʻlsa endi esa Taehyung nima uchun bunday qilayotganidan xayratda edi.