I need you
Perona (pov): oradan kunlar oʻta boshladi. Bu uy goʻyoki menga ammamni uyidan ham battar doʻzaxdek tuyulardi. Janob Min mendan hatto zigʻircha ayb topsa ham kaltaklar tinmay ammamga bergan pullarini pesh qilardi. Badanimda uning kataklaridan koʻkarmagan faqat yuzim qolgandi. Har kuni kechqurun osmonga tikilgancha Xudodan bu doʻzax tezroq tugashini soʻrab yolvorib yigʻlardim. Yoongiga esa nafratim kundan kunga oshib borardi. Nazarimda u otasini huddi meni kaltaklash uchun avrayotgandek edi. Toki shu manzarani koʻrmagunimcha uni huddi shaytondek koʻrardim...
Janob Min odatta 21:00 Dan keyin qorongʻu payti uyga kirib kelardi. Lekin bugun negadir erta uyga kelib kechgi ovqatni yozgi ayvonga tayyorlashimni buyurdi. Men uni aytganidek kechki ovqatni yozgi ayvonga tayyorladim. Birozdan soʻng yuqori qavatdan qulogʻiga naushnik taqqan yuzlari nursiz koʻzlarida hech qanday mano yoʻq Yoongi tushdi. Har holda meni nazarimda shunday edi. U menga huddi dushmaniga qarab qoʻygandek nazar tashladiyu dadasini yoniga borib oʻtirdi. Men ularni uy ichida ularga halal bermagan holda kuzata boshladim chunki meni vazifam shunday edi.
Yoongi har doimgidek qoʻliga sanchiqini ushlab ovqatni oʻynab bir nuqtaga tikilib oʻtirardi.
Perona: yaramas lanati. U ovqatimni bemaza deb oʻylab yana yemayapdi.
Oʻzimga oʻzim pichirladim. Lekin chindan ham uni nega bunday qilayotgani menga qiziq edi. Men bor yoʻgʻi bir daqiqagina uy ichiga nazar tashlab chalgʻigan edim. Birdan yozgi ayvonda boʻlayotgan voqeadan koʻzlarim qinidan chiqudek kattalashdi. Janob Min qarshimda oʻz oʻgʻilini huddi dushmanini urgandek oʻlasi qilib kaltaklar edi. Yoongi esa bunga indamay qoʻyib berardi. Men ularni oldiga chiqib ajratmoqchi boʻlgandimki qoʻlimdan bir kishi tutib meni toʻxtatdi. Bu qorovul edi.
- unday qilma. Agar hozir ularni oldiga chiqsam Janob Min seni ham uradi. Keyin Yoongini ikki barobar kaltaklaydi. Bu holat ikki daqiqada oʻtib ketadi. Sabr qil.
Men uni aytganini qilib joyimda qoldim. Lekin Yoongini bu ahvolini koʻrib ich ichimdan judayam ezilardim. U huddi begonalardek otasi tomonidan kaltaklanar edi.
Qorovul aytganidek ikki daqiqa oʻtgach janob Min Yoongini urushdan toʻxtadi. Yoongi esa oʻrnidan turib hatto yuzidagi qonni ham artmasdan shoshgancha xonasiga chiqib ketdi.
Janob Min: 1 xaftagacha xonangdan umuman chiqmaysan. Hatto ovqat ham yetmaysan tushunarlimi...
Janob Minni aytgan bu gaplari saroydek boʻlgan bu uyni huddi titratib yuborgandek. Lekin Yoongi bunga parvo xam qilmay xonasiga kirib ketdi...
Mana nima uchun u bunchalik sovuq, eʼtiborsiz va qulogʻidan naushnik tushmaydi. U oilasidan umuman mehr koʻrmagan balki shuning uchun ham atrofdagilarga befarq.
Oʻzi avval boshidan oʻylashim kerak edi. Janob Min men qiz bola boʻlsam ham begona boʻlsam ham meni ayovsiz kaltaklaydi. Menga rahm qilmagan oʻgʻliga qanday raxmi kelsin.
Lekin nega u oʻz oʻgʻliga bunday munosabatda boʻladi. Ahir u yolgʻiz merosxoʻri boshqa farzand yoʻq boʻlsa. Yoki boshqa uyda boshqa oilasi bormikan.
Shunday hayollar meni yarim tungacha uxlatmadi. Hayollarim oxir oqibat Yoongiga borib taqalaverdi. Uni ahvoli judayam yomon edi. Hozir nima qilyapdi ekan. Qanday ahvolda ekan. Oxir oqibat sabrim yetmay uni oldiga borishga qaror qildim. Avvaliga Janob Minni xonasiga nazar tashladim. Soat allaqachon 1:00 edi. Janob Min ham qattiq uyquga ketgan. Lekin ehtiyotkorlikni yoʻqotmagan xolda oshxonaga tushdim. Yoongi uchun yengilroq ovqat tayyorladim. Chunki dadasi sabab kechki ovqat qilmagan edi. Yana uni xonasiga koʻtarildim. Xonasiga kirganimda u ham qattiq uyquga ketgan lekin ahvoli judayam achinarli edi.
Qulogʻida hali ham naushnik musiqa chalar stol ustidagi kompyuter oʻchmagan hatto oyoq kiyimini ham yechamagan edi. Yuziga ku qarab boʻlmasdi. Yaralaridan oqqan qonlar yuzida qotib qolgan. Shu yoʻsinda u pishillaganda qimirlamasdan uxlardi. Avvaliga oyoq kiyimini yechib tashladim. Keyin spirt paxta olib kelib unga sezdirmasdan yaralarini arta boshladim. Uygʻonib ketishidan arzbaloi qoʻrqanimdan bazida uni yaralarini puflab ham turdim. Soʻngida esa qulogʻidan naushnikni olib ustiga koʻrpa yopdim. Ovqatni esa uygʻonganida yeb olar deb stol ustida qoldim. Xonadan chiqishda soʻngi marta unga qarar ekanman u huddi mushuklardek yostigʻini quchoqlab shirin uyquda edi.
Nihoyat xonamga qaytdim. Lekin Yoongi va uni otasi haqidagi hayollar meni tinch qoʻymas edi.
bu holat 4 kun davom etdi. Men har kuni tunda Yoongini xonasiga ovqat tashlab boʻshab qolgan idishlarni olib chiqib ketardim.
Bugun 5 kun. Yana soat 1:00 boʻlishini kutdim. Bu safar u uchun yaxshiroq va kuch boʻladigan ovqat tayyorladim. Har doimgidek uni xonasiga kirganimda yortigʻini quchoqlagancha pishillab uxlab yotardi. Men uni qattiq uxlab qolgan deb oʻylab yoniga, polga tiz chekib oʻtirdim. Nega unday qilganimni sababini bilmayman, uni yuziga qoʻlimni olib bordim. Qoshlariga terilib turgan sochlarini siladim. U uygʻonganda hissiz boʻlib koʻrinishi mumkin lekin uxlayotganda judayam yoqimtoy edi.
Perona: sen huddi yovvoyi mushukchaga oʻxshaysan ( pichirlagancha).