February 11, 2025

Lanatlangan qirol

Episode - 9

Quyoshning zarrin nurlari ulkan togʻlar ortidan koʻrina boshladi. Hali quyosh butunlay chiqib ulgurmagan lekin atrof yorugʻ edi. Saroy xizmatkorlari allaqachon ishini boshlagan. Qirol Taehyung va boshqalar uchun taom tayyorlashar edi.
Bangchan ham bu orada uygʻongan xizmat qilish uchun shay edi. Lekin mana bir soat boʻldiki oyna qarshisida hayol surar joyidan hecham jilmasdi.

Bangchan: bizni birinchi kechamiz. Jin ursin... Jin hu buni eslolmasachi. U kecha qattiq mast edi. Bu esidan chiqib ketishi tabiiy. Men esa uni mastligidan foydalangan yaramas boʻlib qoldimmi. Nima uchun shuncha kuchim bilan ham kecha oʻzimni boshqara olmadim. Lekin oldin uni oʻzi menga yopishdi. Lekin u qattiq mast edi. Lekin.... Kecha u judayam chiroyli edi. Oldin hecham uni bunday holatda koʻrmagan edim. U ham menga sevishini aytdi ku. Demak meni sevadi. Jin ursin Bangchan nimalar haqida oʻylayapsan....

Bangchan hayol surib tinmay oʻziga oʻzi lanat oʻqir ekan birdan xonaga Elian bostirib kirdi. Uning uchun bu oddiy holat edi. U har doim Bangchan va Jin huni xonasiga indamay bostirib kirar edi....

Elian: CHAN...
Bangchan: Ey Xudoyim.... Elian qoʻrqitib yubording... Qachon xonaga taqillatib kirishni oʻrganasan.
Elian: Chan ketdik.. meni ovqatlantirib qoʻying... Boʻla qoling...

Elian uni orqa tomondan yelkasiga osilib har hasha qila boshladi. Bangchan esa uni yelkasiga opichlab ovqatlanish xonasiga olib bordi. Saroydagi xizmatkorlar uchun bu oddiy xol edi. Ular Elianni bunday shoʻxlik qilishiga oʻrganib qolishgan. Lekin bu Evil uchun gʻayritabiiy edi. U Bangchanni koʻrib avvaliga hayratdan qotib qoldi. Shunday kuchli mavjudod kichkina qizni harhashalariga chidashi u uchun gʻalati edi. U bir muddat qirol Yoongi aytgan qiz shumikan deb oʻylab qoldi. Lekin Elian Qirol Yoongi taʼriflagan qizga umuman oʻxshamasdi.
Bangchan Elianni ovqatlanish xonasiga olib bordi. Dasturxon allaqachon nozu neʼmatlar bilan toʻlgan edi. Bangchan Elianni ovqatlantira boshladi. Elian esa qoʻlidagi kitobdan boshini koʻtarmasdi.

Bangchan: Elian katta qiz boʻlib qolding. Yoshing 18 da. Odatta odamlar seni yoshingda turmush qurish haqida oʻylashadi. Lekin sen hali ham meni qoʻlimdan ovqat yeysan.
Elian: ovqatni sizni qoʻlingizdan yesam juda mazzali tuyuladida. Shuning uchun...
Bangchan: sen ayyor qiz meni qanday eritishni bilasan.
Elian: Chan sizdan bir narsa soʻrasam maylimi.
Bangchan: albatta soʻra..
Elian: shaxzodalar qanday boʻladi...
Bangchan: shaxzodalar judayam oliyjanob va sofdil boʻladi yana ular juda kuchli boʻladi nega soʻrading.
Elian: meni shaxzodam qayerda
Bangchan: seni shaxzodang... Sen bu gaplarni qayerdan olyapsan.
Elian: meni shaxzodam sizga oʻxshgan boʻladimi. Kelishgan va kuchli...
Bangchan: sen bularni shu kitobdan oʻrganyapsanmi.
Elian: u meni rostdan chin dildan sevadimi...
Bangchan: Elian aslida haqiqiy shaxzodalar real hayotda mavjud boʻlmaydi. Lekin sen kimnidir rostdan sevib qolsang u senga huddi Shaxzodadek koʻrina boshlaydi. Sen uni aybini nuqsonini koʻra olmaysan. Va u senga mukammal farishtadek koʻrina boshlaydi...

Bangchan Elianga gapirar ekan oʻzi istamasa ham hayoliga yana Jin hu va kechagi voqealar kela boshladi. Negadir bu uni yuragini tinmay oʻyayotgandek edi. Bir muddat hech narsa qilmay bir nuqtaga tikilib qoldi bu orada Evil ham ovqatlanish xonasiga kirdi...

Evil

Elian: Chan... Nima boʻldi....
Evil: janob men...
Bangchan: Evil shu yerdamisan. Elianni ovqatlanib qoʻy. Meni zarur ishlarim bor.
Elian: lekin Chan...

Bangchan xonadan shoshgancha chiqib ketdi. Xonada esa Elian va Evil yolgʻiz qolishdi. Evil biroz ikkilanib turdi va qoshiqda bir luqma olib Elianga uzatdi.

Evil: men Evilman. Sizni esa Elian deb eshitdim.
Elian: meni sizlashingiz shart emas men bu saroydagi eng kichigiman.
Evil: unday bolsa sen ham meni sizlab gapirma. Menimcha mavqeyini senikidan ancha past.
Elian: men uchun mavqey muhim emas.
Evil: Elian sendan bir narsa soʻrasam maylimi
Elian; nima...
Evil: nega Bangchandan ovqatlantirib qoʻyishni soʻrading. Ahir oʻzing katta qizsan ku.

Elian bu savoldan soʻng biroz oʻylanib homush tortib qoldi. Qishloqdan ketgan boʻlsa ham qishloqdoshlari unga yomon muomala qilgan boʻlsa ham negadir ularni qattiq yaxshi koʻrardi. Ayniqsa Tieran amakisini Uni har safar jigʻiga tegadigan Nikini kichkina mushugi Tobini judayam sogʻinardi.

Elian: bilansanmi Evil. Men aslida bu saroyga tegishli emas edim. Men bundan 4 yil avval bu qishloqdagi eski ibodatxonada yashardim. Meni ota onam kim ekanligini bilishmagani va men hech narsadan qoʻrqmaganim uchun ular mendan jirkanishardi. Men bilan hatto gaplashishmasdi. Oʻsha payti qishloqda men bilan tengdosh Niki ismli bola boʻlardi. Men har safar uni uyi oldidan oʻtganimda Nikini oyisi yoki dadasi unga oʻz qoʻllari bilan ovqat yegizayotgan bolardi. Bu men uchun ham yoqimli ham ogʻriqli holat edi. Chunki men hech qachon ota ona mehrini his qilmaganman.

Elian oʻtgan hayotini Evilga gapirib berarkan beixtiyor koʻzidan yosh tomchilay boshladi. Bundan Evil esa biroz oʻzini noqulay his qila boshladi.

Evil: Elian seni xafa qilgan boʻlsam meni kechir.
Elian: keyin esa qishloqdagi katta odamlar meni qirol Taehyungga sovgʻa sifatida berishga qaror qilishdi. Oʻsha payti Niki meni oʻlib ketishimni juda koʻp aytgandi lekin unday boʻlmadi. Taehyung meni saroyga olib keldi. Va oldin his qilmagan oila baxti va boshqa narsalarni berdi.

Elian Evil bilan gaplashib turganini bir chetda Taehyung kuzatib turardi. Va borgan sari asabiylasha boshladi. Uni koʻzlari huddi olovdek yonardi. Elian yigʻlay boshlaganda bu ikki barobar kuchaydi. Evil unga hamdardlik bildirib uni yelkasidan ushlaganda u ortiq sabr qilolmadi. U eshikni zarb bilan ochdi va sehri yordamida Evilni devorga qattiq urdi. Evil devorga boshi bilan tegib hushidan ketdi. Elian esa uni oldiga shoshib bordi.

Elian: Evil... Evil... Tuzukmisan koʻzlaringni och. Taehyung bu nima qilganing

Taehyung uni oldiga gʻazab bilan bordi. Elianni baqirishlariga parvo qilmay uni yelkasiga huddi bir qopni ortgandek koʻtardi. Xizmatkorlarga esa Evilga qarashni buyurdi. Oʻzi esa xonasiga Elianni olib keta boshladi. Elian qancha tipirchilab baqirsa ham Taehyung unga parvo qilmasdi. Nihoyat u xonasiga kirib eshikni ichkaridan qulfladi va Elianni divanga uloqtirdi. Elian avvaliga bundan boshi aylanib ketdi lekin tezda oʻzini tikladi.

Taehyung:( baqirgancha) men oʻsha yaramasni shunday jazolayman hatto u mendan oʻlishini yolvorib soʻraydi.
Elian: bas qil u senga nima qildi.
Taehyung: sen chindan ham uni nima qilganini koʻrmadingmi u senga qul tekkazdi. Menga tegli boʻlganlarga hech kim qoʻl tekkaza olmaydi. Hatto bunga qarashga ham haqqi yoʻq.

Taehyung gʻazablangancha tinmay xonani aylanar edi. Elian uni oldiga borib qoʻlidan ushladi va uni tinchlantirishga harakat qilardi.

Elian: Taehyung boʻldi qil. Uni yomon niyyati yoʻq edi.
Taehyung: uni yonini olishni bas qil.

Taehyung bor kuchi bilan Elianni oʻzidan itarib yubordi. Elian kuchli zarb bilan polga yiqildi va bir muddat ikkalasi ham hayratdan qotib qoldi. Taehyung ilgari hech ham Elianga bunday qoʻpollik qilmagan edi. Elian ham birinchi marta Taehyungda bunday sovuqqonlikni koʻrdi.
Xona bir muddat sukunatga choʻmdi. Hech narsa eshitilmas edi. Taehyung hozir Elianni oldiga borish yoki Evilni yonini olgani uchun uni jazolash oʻrtasida oʻylanib qoldi. Elian esa sekin oʻrnidan turdi. Uni allaqachon koʻz yoshlardan koʻzlari qizarib ulgurgan edi.

Elian: men... Men... Xonamga bormoqchiman. Vada beraman hech kim bilan gaplashmayman.
Taehyung: yaxshi seni soqchilar olib borishadi.

Elian (pov): men oʻsha kuni xonamga judayam koʻp soqchilar qurshovida qaytdim bu birinchi marta edi. Taehyung menga hech qachon bunday sovuq muomalada boʻlmagan. Unga nima boʻlyapti nega u bunchalik oʻzgarib qoldi. Balki bunda mening ham aybim bordir. Lekin bu hech qachon meni itarib yuborishga arzimas edi.
*
*
*
Bangchan Jin huni xonasi oldiga keldiyu negadir oldiga kirgani yuragi umuman betlamas edi. Lekin uni oldiga kirishim kerak deb oʻzini tinmay majburlar edi. Oxir oqibat yurak yutib u xona eshigini taqillatdi. Avvaliga xonadan Jin huni uni ismni aytgan ovozi eshitildi. Keyin esa ikkilanmay ichlariga kirdi. Jin hu divan ustida sochlari toʻzgʻigan va bor nuqtaga tikilgancha hayol surib oʻtirardi.

Jin hu

Bangchan: Jin hu tuzukmisan. Bunchalik koʻp uxlaydigan odating yoʻq edi.
Jin hu: kecha menga nima boʻldi. Boshim qattiq ogʻriyapti.
Bangchan: sen nima boʻlganini eslay olmaysanmi
Jin hu: oxirgi marta omborxonadan vino olib chiqqanim va kutubxonaga kirganim esimda lekin qolganini eslolmayman. Jin ursin... Men eng qimmat vinoni olib chiqqandim. Qirol buni bilsa jaxli chiqishi aniq.

Bangchan aynan shu narsadan judayam qoʻrqqan edi. Jin hu boʻlgan voqealarni eslolmasligidan qoʻrqan edi. U hozir Jin huga hammasini aytib bermoqchi edi lekin uni nazarida mastligidan foylanagan yaramas boʻlib qolishidan qoʻrqardi.

Bangchan: Jin hu rostdan hech narsani eslolmaysanmi.
Jin hu: faqatgina.... Faqatgina kimdir menga sevgi izhor qilgani esimda. Bu juda gʻalati ehtimol bu tushimda boʻlgandir. Yoki kimdir meni xonamga kirdimi toʻgʻrisini ayt. Chunki ertalab uygʻonganimda kiyimlarim almashtirilgan edi.
Bangchan: m...menimcha bu Elian boshqa birov xonangga koʻrolmaydi. Men ishimga qaytdim. Sen ham yuzingni yuvib nonushta qilib ol. Ahvoling yaxshi emas.
Jin hu: shunday kuchli tulki boʻla turib ham nima boʻlganini eslay olmasam. Jin ursin....

Bangchan xonadan chiqib ketdi. Yuragi xar xil gʻalati hislarga toʻlib ketgan edi. U Jin huni qattiq sevardi lekin bu boʻlgan voqealar....