I need you
Perona(pov): oxirgi uchun kun men uchun ogriqlarga boy boldi. Doktorni aytishicha menda ichki qon ketishi kuzatilgan. Lekin menga jismoniy ogriqdan kora ruhiy hissiyotlar koʻproq ogriq berardi. Ichimda javobi yoq savollar huddi qafasini tirnayotgan yolbarsdek azob berardi. Lunaning aytishicha meni ogirlagan odam Namjoonni akasi ekan. Taehyung bu ishga Namjoon aralshmaganini aytdi lekin Luna hecham bunga ishonmasdi. Har safar Namjoondan gap ochilsa qoshlarini chimirgancha " Namjoon Liamning ukasi ekan. Qanday qilib bunga aralashmasligi mumkin" deb aytardi. Menimcha ham bu ishda Namjoonni aybi yoq. Men osha kuni Hobining toyi kuni menga sevgi izhor qilganida men uni kozlarida hech qanday yovuzlikni kormagan edim. Balki bu soddalikdir lekin bu ishni Namjoon qilganiga hecham ishongim kelmasdi. Va yana Yoongi... U haqida hech kim menga gaprmas edi. Hobi ham Mina ham Taehyung ham. Ozim ham ulardan Yoongini sorashga biroz tortinar edim. Lekin osha kungi bolgan voqealar....
Meni boshimga qop boglab mashinaga solib olib ketishayotgan payti kimdir telefonda " Yoongining olmosini qolga oldik " deb gaprganini yaxshi eslayman. Keyin esa hushimdan ketayotgan paytim Yoongini ovozini eshitdim bunga ishonchim komil emas lekin unu ovozini eshitgandek boldim. U bogiq ovozda "Peronam" dedi. Bu qanday ahmoqona hayollar boldi u boshqasiga uylanyapdi. Meni oldimga qanday kelsin. Hoynahoy meni Hobining iltimosiga kora qutqargan....
Palatada yolgiz hayol surar ekanman. Eshik taqillab xonaga Mina kirib keldi. Bundan Judayam xursand boldim. Sababi faqat undangina Yoongi haqida sora olardim. Uni koʻrishim bilan beixtiyor yuzimga tabassum yugurdi.
Mina qoʻlida qandaydir idish koʻtarib olgandi. Aftidan men uchun ovqat pishirgan kasalxona ovqatlari jonimga tekkandi qolaversa Mina bilan yolgʻiz qolish uchun payt poylayotgan edim shuning uchunmi yuzimga biroz tabassum yugurdi.
Perona: men uchun ovqat olib keldingmi...
Mina: Luna baliqni yaxshi koʻrishingni aytdi. Uni qanday usulda pishirishni ham oʻrgatdi. Senga yoqadi degan umiddaman
Mina idishlarni boʻshatib bir kosa ovqat bilan yonimga oʻtirdi. Qoʻlimga ovqatni tutqazar ekan hayolimda ichimdagi savollarga javob olmaguncha ovqat yeya olmasligim aylanardi...
Perona: Mina anchadan beri sen bilan yolgʻiz qolmadim. Senga beradigan savollarim yigʻilib qolgan...
Mina: menimcha beradigan savollaringni ham uni javoblarini ham yaxshi bilaman...
Mina: sen bilan birinchi tanishgan kunimizni eslaysanmi? Oʻsha uydagi uchrashuvimiz. Toʻrta doʻst birga oʻtgazgan kecha. Men osha payti Yoongini koʻzlarida chinakam baxtni koʻrgan edim. Oxirgi besh yil ichida men bunday holatni unda koʻrmadim.
Perona: seni fikringcha u meni sevadimi. Men oʻsha kuni Yoongini menga Peronam deb baqirganini eshitgandek boʻldim.
Mina: Yoongi oʻsha kuni Liamdan seni video xabaringni olganida oʻzini yoʻqotib qoʻydi. Hatto Yurani tomogʻidan olib agar bu ishga aralashgan boʻlsa uni oʻldirishini aytdi. Qolaversa oʻsha voqea boʻlgan kun bunga guvoh boʻlgan barcha soqchilarga Yoongi juda katta pul bergan ekan. Hatto seni qutqarish uchun ham ozgina pul sarflagani yoʻq.
Negadir bu gaplardan soʻng koʻz yoshlarimni umuman toʻxtata olmasdim. U meni sevishini bilardim lekin nega mendan oʻzini bunchalik olib qochayotganiga tushunmasdim.
Mina: bilasanmi Perona aslida oʻsha qotillik boʻlgan kun Yoongi ishdan silliq chiqib ketishi mumkin edi. Uni bankdagi hisob raqamidagi pullarni tasavvur ham qilolmaysan. Lekin u bu yoʻlni tanladi. Yolgʻiz qolishni menimcha seni qilgan ishingni hech qachon kechira olmaydi. Keliboq Yurani qoʻlini soʻraganiga qaraganda uni qarori qatʼiy. Iltimos meni kechir lekin endi haqiqatga tik boq uni qoʻyib yuborishing kerak. Janob Min qanchalik vaxshiy odam boʻlmasin u Yoongini otasi ehtimol u bilan bolalikda yaxshi xotiralari boʻlgandir. Shuning uchun oʻzingni ortiq qiynama. Men buni doʻst sifatida yana shunday ahvolga tushmasligini uchun aytyapman. Mendan xafa boʻlma.
Minani gapi achchiq boʻlsa ham lekin haqiqat edi. Shu paytgacha boshimga kelgan ne ish boʻlsa hammasi oʻzimni haddimni bilmaganim uchun boʻldi. Oradan besh yil oʻtgan boʻlsa ham hali Yoongiga yuk boʻlyapman. Toʻgʻri aytyapsiz men uni qoʻyib yuborishim kerak lekin men uni sevaman u bilan birga boʻlishni xohlayman lekin bu qancha achchiq boʻlsa ham bunga koʻnishim shart....
*
*
*
Liam: Jin ursin... Bu lanati bola...
Liam ofesida turib qoʻliga ilingan narsani devorga otib sindirar edi. Shu darajada vakolatli ediki buni bu xolatda koʻrgan har qanday odam ham esankirab qolishi hech gap emas. Lekin Namjoon bir tomonda oʻtirib akasining qilgan ishlariga qoʻrqishni oʻrniga unga kulib qoʻyardi. Bu esa Liamni battar asabiga tegardi....
Liam: sen bola nega kulyapsan. Yoki Taehyung va boshqalar bizni rad etayotganidan manfaatdormisan.
Namjoon oʻrnidan turib yana miyigʻida kulib qoydi va akasiga yaqin keldi...
Namjoon: aka koʻzingizni kattaroq oching buni Yoongi qilayotgani oydek ravshan ku. Kim Taehyung Peronani doʻstlaridan biri menimcha Jung Hosek bilan ham yaqin boʻlsa kerak. Shunday ekan Taehyungni topish va u bilan kelishish Yoongiga muammo boʻlmagan.
Liam: lanati Taehyung bitta qiz uchun shunday sarmoyadan voz kechadi deb oʻylayapsanmi
Namjoon: Perona oddiy qiz u huddi markazdagi hammaga yaxshi koʻrinadigan va yaqin boʻlgan qiz. Hatto menga ham. Siz esa oʻsha qizga qancha azob berganingizni bilasizmi. Agar Yoongini oʻrnida siz boʻlganingizda hozir siz ham uni nozik tomonini topib oʻsha bilan zarba berish haqida oʻylardingiz lekin Yoongi ancha aqlli ekan. Bunga hatto harakat ham qilmadi. Endi esa akajon es hushingizni yigʻing yaxshisi tinchgina Amerikaga qaytib ketaylik. Shundoq ham bankdagi pullarimiz yetarli...
Namjoon akasiga qalbidagilarni toʻkib solgach xonadan chiqar ekan akasining soʻngi aytgan gaplari uni toʻxtashga majbur qildi...
Liam: sen Amerikaga qaytishni oʻsha Peronani deb rejalashtiryapsanmi? Ovvora boʻlma u baribir seniki boʻlmaydi. Chunki bunga men ham qarshiman.
Namjoon: dadamni soʻnggi vasiyatni unutgan koʻrinasiz. Qolaversa men ham sevganim bilan baxtli boʻlishga haqliman. Modomiki Perona Yoongini otasini oʻldirgan ekan u endi Yoongi bilan birga boʻlolmaydi. Bu esa men uchun yaxshi imkoniyat men uni albatta oʻzimniki qilaman....