Lanatlangan qirol
Taehyung (pov): tashqarida yomgʻir tinmay sharroz quyapdi. Eliana hozir qayerda ekan. Shundoq ham kasal edi.
Men qanchalik ahmoqman. Nega unga baqirdim. U hali kichkina deyarli hech narsaga aqli yetmaydi. U judayam begʻubor edi. Lekin men bir baqirishim bilan uni koʻzlaridagi bu begʻuborlikni soʻndirdim. Lekin men qirolman. U mendan biroz boʻlsa ham qoʻrqishi kerak. Yoʻqsa buni toʻlovi men uchun qimmatga tushishi mumkin....
Author (pov): Agar Taehyung xoxlasa istagan odamini sehri yordamida bir soniyada topishi mumkin edi. Lekin bu sehr har doim Elianga kelganda ishlamay qolardi. U butun oʻrmonni kezib Elianni izladi. Lekin u hech qayerda yoʻq edi. Tinmay yogʻayotgan yomgʻir esa uni ishini battar qiyinlashtiradi. Nihoyat Taehyung oʻrmon chekkasidagi kichik bir gʻor oldida toʻxtadi. Negadir u yerdan kimnidir yigʻlayotgan ovozi eshitilar edi. Bu Eliana ekanligiga ishonchi komil edi. Taehyung bildirmay gʻorga kirdi. U yerda bir burchakda Eliana yuzini tizzasi orqasiga berkitgancha tinmay oʻziga oʻzi gapirib yigʻlardi.
Eliana: men juda yomon odamman... Meni hech kim yaxshi koʻrmaydi... Taehyung... Tieran amakim... Tobi... Hech kim yaxshi koʻrmaydi....
Eliana: men juda yomon odamman... Meni hech kim yaxshi koʻrmaydi... Taehyung... Tieran amakim... Tobi... Hech kim yaxshi koʻrmaydi....
Taehyung Elianni korib bir muddat ichidan oʻtayotgan his tuygʻularga tushunmay qoldi. Uni yuragi goʻyo ogʻriyotgandek edi. Bu Taehyungda avval kuzatilmagan edi. U Elianni oldiga bildirmay yaqinlashdi. Keyin esa past va muloyim ovozda ....
Eliana uni koʻrib qoʻrqib ketdi. Battar yigʻlashni boshladi. Taehyung kechagina shodon va begʻubor jilmayib yurgan qizni bugun kulgularini soʻndirib yigʻlatgani uchun bir muddat nima qilishini bilmay jim qoldi. Eliana esa undan yana uzoqlasha boshladi.
Eliana: menga yaqinlashma iltimos ket...
Taehyung: Eliana unday qilma. Ahir kechagina meni yoqimtoyligimni aytib maqtayotgan eding.
Eliana: sen ham meni yaxshi koʻrmaysan bugun bu haqida bilib qoldim. Iltimos meni tinch qoy.
U Elianni oldiga yetib bordi. Uning bahaybat tanasiga Eliana pastdan koʻzlari yoshlangancha qarab turdi. Taehyung uni boʻyiga yetgulik darajada egildi. Uning yosh oqqan yuzini qoʻli bilan siladi.
Taehyung: bu nima deganing. Men seni yaxshi koʻrmasam sen shu darajada qaygʻuramanmi. Men shunchaki yana kasal boʻlishingni xohlamayman. Seni shuning uchun urushdim.
Eliana: rostanmi
Taehyung: buni aytishni xoxlamayman. Men qirolman. Sovuqqon boʻlishim kerak. Lekin sen menga judayam keraksan sababini bilmayman. Sen bilan boʻlsam oʻzimni boshqa olamga tushib qolgandek his qilaman...
Eliana Taehyungni gaplarini eshitar ekan asta sekin tashvishlari yoʻqolib oʻrnini yana tabassum egallay boshladi.
Taehyung: lekin bilib qoʻy. Agar chegaradan oʻtsang seni ham ayab oʻtirmayman. Boya aytganimdek men qirolman....
Eliana Taehyungni gaplariga rozidek boshini siltadiyu uni yana mahkam quchoqladi. Oʻsha payti Taehyungni ham koʻnglidagi gʻul gʻulalar tarqadi. Unga javoban uni ham quchoqladi. Uni huddi birinchi uchrashuvida koʻtargandek quchogʻiga olib gʻordan chiqdi.
Eliana: qayerga ketyapmiz.
Taehyung: saroyga albatta. Istasang yana uxlab ol.
Eliana: Taehyung...
Taehyung: ha...
Eliana: raxmat senga...
Taehyung: bu kamlik qiladi. Sen raxmat evaziga yaxshi qiz boʻlishing kerak.
Eliana: yaxshi qiz bolaman deb vaʼda beraman.
Yomgʻir tinmay yozib Taehyungni yurishini battar qiyinlashtirardi. Bu orada Eliana ham sovuq qoʻygani uchun yana istima ola boshladi. Nihoyat uzoqdan Saturn saroyi (Taehyungni saroyi) koʻrindi. Bundan Taehyungni koʻngli biroz boʻlsa ham yengil tortdi. Koʻp oʻtmay ular saroyga yetib kelishdi. Ularni har doimgidek Bangchan va Jin hu kutib olishdi. Lekin Taehyung ularga gapirishni istamas indamay Elianni bagʻriga bosib xonasiga kirib ketdi...
*
*
*
Bu holat negadir Jin huda shubxa uygʻotayotgan edi. Elianga sehr kor qilmasligi Jin hu uni fikrlarini oʻqiy olmasligi Taehyung unga boshqacha nigoh bilan qarashi negadir Jin hu uchun judayam shubxali edi. U shoshgancha kutubxonaga yugurdi. Bangchan ham hali hech narsaga tushunmagan indamay Jin huni ortidan ergashdi. Ular yarim tungacha kutubxonadan Elian haqida biror bir bashorat yoki shunga oʻxshash narsa izlashdi. Lekin hech narsa topisha olishmadi. Faqatgina kitoblar ichidan Elianni ismi haqida yozilgan edi...
Bangchan: Jin hu faqatgina Elianni ismi manosi yozilgan holos...
Jin hu: nima ekan ...
Bangchan: Xudoning sovgʻasi... Yoki Xudoning marhamati bilan berilgan qiz.
Jin hu: bu har qanday oddiy qizga beriladigan ism deb oʻylaysanmi.
Bangchan: albatta masalan senga ham berilishi mumkin edi.
Jin hu: lekin nega oʻylab koʻr... U bizdan qoʻrqmaydi. Hatto butun lanatlar qirolining sehri ham kor qilmaydi... Buni nima uchun deb oʻylaysan...
Bangchan: ehtimol u hali kichkina boʻlgani uchun... Bilasanmi odatta odam bolalari...
Jin hu: hhhhh.... Chan...
Jin huni rangi birdaniga oqarib ketdi. Hatto qoʻlidagi kitobi ham yerga tushib nima qilishini bilmay qoldi.
Bangchan: nima... Nima boʻldi Jin hu
Jin hu: Ch....Chan oʻlim farishtasi shu yerda... U Taehyungni oldiga ketyapdi
*
*
*
Taehyung Elianni divanga yotqizdi. Unga koʻrpa tashlab yoniga oʻtirdi. Uni yuzlarini silab uni tomosha qilar ekan birdan huddi havodan yaralgandek xonada oʻlim farishtasi paydo boʻldi.
Taehyung: Kim Seok Jin nega seni oʻlim farishtasi qilib tayinlashgan...
Seok Jin: ehtimol odamlar soʻnggi daqiqasida chiroyli yuzni koʻrib xursand boʻlishsin deyishgandir...
Taehyung: menimcha bugun quruq qoʻl bilan ketasan.
Seok Jin: nimaga ishonib bunday deyapsan.
Taehyung: men endigina 150 yoshdaman. Hali kamida 200 yil yashashim kerak. Elianni esa senga berib qoʻymayman.
Seok Jin ( unga kinoyali kulib qoʻydi. Va atrofida aylana boshladi): Eliana... Menimcha senga xushxabarim bor.
Taehyung: oʻlim farishtasidan xushxabar...
Seok Jin: sen ortiq xadiyalarni qabul qilmaysan. Bu endi shart emas. Bilaman bu senga yoqmayotgam edi.
Taehyung bu gapni eshitgach koʻnglida nimadir yorishgandek boʻldi. Chunki bu ishni hech qachon oʻzi uchun qilmagan edi. U qolgan umrini Eliana bilan oʻtqazishni ancha paytdan beri oʻylab yurgan edi...
Seok Jin: Lekin ...
Taehyung; nima lekin...
Seok Jin: bundan buyon shuncha paytdan beri qilgan qilmishlaring uchun jazolanasan.
Taehyung: Kim Seok Jin haddingdan oshyapsan. Men qirolman va xato qilmayman.
Seok Jin: Taehyung sen bir qoidani unutding. Bizni bu dunyodagi vazifamiz yaxshilik va yovuzlik oʻrtasidagi muvozanatni ushlab turish sen esa buni juda koʻp marta buzding.
Taehyung: bunga dalil isbotining bormi..
Seok Jin: misol uchun Qirol Yoongini xizmatkorini olaylik uni hech qanday gunohi yoʻq edi. Lekin sen uni oʻldirding. Yokida Perona...
Taehyung: Perona... Uni nima aloqasi bor
Seok Jin: Taehyung senga hadiya qilingan qizlarni hammasi bokira begʻubor va halol boʻlishgan. Ular jannatga loyiq boʻlishgani uchun oʻlimdan soʻng jannatga kirishlari uchun senga hadiya qilingan. Perona ham shunday u oʻlimidan soʻng jannatda yaxshi hayot kechirishi kerak edi. Lekin sen shuncha yildan beri uni jahannamda yashashga majbur qilyapsan.
Taehyung: Perona juda kambagʻal oiladan chiqqan. U hozir qasrda minglab xizmatkorlar bilan yashayapdi. Buni nimasi jahannam.
Seok Jin: Yong Bok undan har kuni seni soʻraydi. U har safar dadasini soʻraganda Peronani yuragi parcha parcha boʻlib hatto oʻlimiga ham rozi boʻladi. Lekin juda oz qoldi. Yaqinda uni bu azoblari tugaydi.
Taehyung: nima demoqchisan.
Seok Jin: qirol Yoongi Peronani sevib qolgan va kelajakda u bilan birga baxtli hayot kechiradi.
Taehyung: men qirolman taqdirimni oʻzgartiriish qoʻlimdan keladi.
Jin Elianni oldiga borib uni yuziga qoʻl uzatmoqchi boʻlgandiki Taehyung uni yoʻlini toʻsdi.
Taehyung: unga qoʻl tekkizma.
Seok Jin: Elian... Taehyung bu oddiy qiz emasligini juda yaxshi bilamiz. U tanlanganlardan...
Taehyung: nima... Nahotki...
Seok Jin: bilaman... Odatta tanlangan odamlar oddiy odamlar bilan yashamaydi. Lekin bu seni taqdiring boʻlgani uchun odamlar orasiga tushib qolgan.
Taehyung: nimalar deyapsan tanlanganlar ham odam boladiku.
Seok Jin: toʻgʻri ular ham odam boʻladi. Lekin ularni koʻnglida zarracha ham yovuzlik va qorquv boʻlmaydi. Ular judayam begʻubor boʻlishadi. Va odamlardan farqli oʻlaroq farishta va jinlarni koʻra olishadi. Shunday farishtadek odam lanatlar qiroliga nasib qilgani gʻalati toʻgʻrimi...
Garchi bu qiz farishtadek boʻlsa ham lekin shu qizni deb seni boshinga koʻp balolar keladi. Oʻsha paytda seni sevging kuchi hech narsani hal qilmaydi.
Taehyung: adashyapsan Jin. Men Peronani ham Elianni ham hech kimga berib qoʻymayman.
Seok Jin: sen lanatlar qirolisan sendan har qanday yovuzlikni kutish mumkin. Hatto 14 yoshli qizni sevib qolishni ham. senga omad tilayman qirol Taehyung... Lekin vaqti kelib keltirgan azoblaring uchun tovon sifatida yolgʻiz qolasan bu seni taqdiringga yozilgan...
Seok Jin unga bitilgan bashoratni aytdiyu koʻz ochib yumguncha yana havoga singigandek gʻoyib boʻldi. Taehyung bir muddat uni gapirgan gaplarini oʻylab jimib qoldi keyin esa yana Elianni yoniga oʻtirdi.
Taehyung: mana nega seni isming Eliana. Xudoning sovgʻasi. Lekin ishonamanki seni hech kimga berib qoʻymayman. Sen umringni oxirigacha men bilan qolasan....