I need you
Qogʻozlarga koʻmilgancha boshini changallab oʻtirgan Hobini eshigi taqilladi. Avvaliga u birorta menejir yoki kotiba deb oʻylab qoshlarini chimirdi...
Mina: janob Jung kirsam boʻladimi...
Bu Minaligini koʻrib yuziga beixtiyor tabassum yugurdi. Unga mamnun xolda boshini siltadi. Ogʻir ish kunida oʻz sevgan qizini koʻrish unga huddi kuch bergandek edi. Mina eshikni ichkaridan qulflab Hobining tizzasiga oʻtirdi. Hobi ham uni belidan qoʻlini oʻtqazib oʻziga tortdi. Mina uni yuzidan oʻpib gapira boshladi.
Mina: nimalar bilan bandsan sevgilim
Hobi: Mina xonim har doim oʻz joyini biladi.
Mina: trio
Hobi: ofes ishlari... Bular judayam koʻpki hatto boshim ogʻriganini ham sezmay qolyapman...
Mina: ertaga qanday kunligini bilasanmi
Hobi: ertaga Yoongi qamoqdan chiqadi.
Mina: Perona ertalab menga qoʻngʻiroq qildi.
Hobi: u Yoongi bilan uchrashmoqchimi
Mina: balki uni ham oʻzing bilan olib ketarsan. ( Mina uni yelkasiga boshini qoʻyib chuqur xoʻrsindi. Hobi esa uni boshini silab peshonasidan oʻpib qoʻydi)
Hobi: men ham uni olib ketishini xoxlayman. Lekin oʻzing bilasan Yoongi 5 yildan beri tinmay Peronani koʻrishni xoxlamayotganini aytadi. Agar uni olib borsam uni bundan jaxli chiqsachi...
Mina: Yoongi nega bunday qilayotganini tushunmayapman. Ahir u Peronani jonidan ortiq sevardiku.
Hobi: lekin Perona otasini oʻldirdi. Toʻgʻri otasi yaxshi odam boʻlmagan lekin nima boʻlganda ham uni otasi edi. Balki Yoongiga boʻlgan ishlarni unutishi uchun vaqt kerakdir. Balki u Peronani boshqa kechira olmas. Lekin men ham ikkisini ham baxtli boʻlishini xoxlayman.
Mina: agar Yoongiga toʻyimiz bir xaftadan keyinligini aytsak jaxli chiqmaydimi
Hobi: nega jaxli chiqadi. Aksincha xursand boʻlsa kerak. Demak seni Jung Mina boʻlishimga bir xafta qoldi.
Mina: mmm... Men mexmonlar roʻyxatini tuzib qoʻydim. Sen menga bergan roʻyxatda Kim Taehyung ham bor ekan. U esa Peronani eng yaqin dugonasini yigiti balki ularni ham aytarmiz.
Hobi: mayli ularga ham taklifnoma joʻnat...
Perona (pov): bugun Yoongi qamoqdan chiqadigan kun. U 5 yil deganda qilmagan ishi uchun tovon toʻlab chiqaypdi. Minani qoʻngʻiroq qilmaganiga qaraganda Hobi meni oʻzi bilan olib ketishni xoxlamagan. Balki shu ham yaxshilikkadir. Nima boʻlganda ham men uni oʻz otasini oʻz koʻzi oldida oʻldirdim. Endi balki undan voz kechib yangi hayot boshlarman. Lekin Yoongidan hecham umidimni uzolmayapman. Yonimda undan boshqa hech kimni tasavvur qilolmayman. Qanday qilib arzimagan bir oy ichida men unga shu qadar bolaning qolishga ulgurdim.
Deraza oldida hayol surar ekan sokin boʻlgan hayollarimni Lunaning alamzada boʻlib telefonda gaplashayotgani buzib yubordi. Aftidan onasi yana uyga bormayotganidan shikoyat qilyapdi...
Luna: oyi iltimos bas qiling... Taʼtilga chiqishim bilan boraman. Busan va Seoul orasi yaqin emas ahir. Taʼtilga chiqishim bilan oldingizga uchaman...
Bazan Luna menga hayotidan noliyotgan payti unga oʻz hikoyamni aytib bergim keladi. Unga hozirgi hayoti jannatdek ekanligini aytgim keladi. Lekin keyin u ham mendan qoʻrqib uzoqlashishidan qoʻrqaman. Chunki hayotimda undan boshqa yaqin dugonam boʻlmagan...
Birdan eshik qoʻngʻirogʻi chalindi. Men oʻrnimdan sakrab turib ketdim. Bu ishimdan Luna hayron boʻlib qoldi. Shoshgancha borib eshikni ochdim. Uni Hobi deb oʻylagan edim lekin adashibman. Qarshimda qoʻlida bir dasta gul koʻtarib tirjaygancha Taehyung turardi.
Taehyung: Hayrli tong... Nimadir boʻldimi.
Perona: soat 10 boʻldi seningcha tong qoldimi
Taehyungni ichkariga kirgizishim bilan Luna ikkalasi bir biriga yopishib ketdi. Har safar ularni shunday holatda koʻrganimda negadir seskanib ketaman. Ular har kuni koʻrishishadi. Lekin har kuni oʻzlarini huddi yuz yildan beri endi koʻrayotgandek bir biriga yopishadi. Ehtimol Yoongi hozir yonimda boʻlganda men ham shunday boʻlardim. Ehtimol bunday holat menda hecham kuzatilmagani uchun oʻzimni shunday his qilarman....
Perona: men ishga ketyapman. Kuningiz hayrli oʻtsin
Taehyung: Perona bugun dam olish kuning edi. Agar bizni deb noqulay boʻlayotgan boʻlsang biz hozir aylanishga ketamiz.
Perona: uy biroz zerikarli ishga borganim yaxshi ( u xonadan chiqib ketdi)
Luna: u zudlik bilan meni Taehyungimga oʻxshgan mexribon yigit topishi kerak...
Taehyung: bu soʻzlar toʻgʻri ekanini isbotlash uchun labingdan oʻpishimga ruxsat berasanmi...
Author (pov): politsiya hodimlari Yoongini chiqarishdan oldin uni obdon tekshirishdi. Bu esa Yoongini asabiga tegardi.
Yoongi: besh yil davomida sizni nazoratingiz ostida boʻldim. Va meni yana tekshiryapsiz siz hatto oʻzingizga ham ishonmaysiz...
Politsiya hodimlari bu gapdan biroz qoshlarini chimirishdi lekin indashmadi. Yoongi qamoqxonadan tashqariga chiqar ekan quyosh nurlari uni koʻzini biroz qamashtirdi. Lekin u bunga tez koʻnikib ketdi. Qamoqxona eshigi oldida ikkta judayam hashamatli mashina turardi. Biri Hobiniki boʻlsa biri janob Minning oʻng qoʻli boʻlgan Kaiserga tegishli edi. Kaiser Yoongini oldiga kelib unga bosh egib taʼzim qildi.
Kaiser: janob Min.
Yoongi: bugun kelishing shart emas edi. Men bugun Hobi bilan ketaman. Sen dam ol
Kaiser yana unga tazim bilan bosh egib mashinasiga chiqib ketdi. Hobi esa Yoongini huddi doʻstlardek quchoqlab qoʻydi. Ular salomlashgach mashinaga oʻtirishdi.
Yoongi: yolgʻiz kelganingdan xursandman
Hobi: yolgʻiz kelganimni inobatga olganingga qaraganda sen kimnidir kutgansan.
Yoongi: hech kimni kutmadim
Hobi: uni olib ketishimni juda koʻp soʻradi. Lekin seni oylab bunga rozi boʻlmadim. Yoongi besh yil oʻtdi balki...
Yoongi: agar yana oʻsha haqida gaprsang men tushib qolaman menga uni eslatma...
Hobi ( pov): ikkalasi ham eng yaqin doʻstim. Ikkalasi ham bir birini judayam qattiq sevadi. Yoongi uni sevmaganda 5 yil oldin menga Perona uy va boshqa ehtiyojlari uchun pul berishimni aytmagan boʻlardi. Balki u bilan yarashishga gʻururi yoʻl qoʻymayotgandir. Balki otasini xotiralaridan hali ham qutulolmayapdi.
Oradan koʻp vaqt oʻtmay biz uyimga yetib keldik. Uyda bizni Mina kutib oldi. U atayin uyimga erta kelib Yoongi uchun ovqatlar pishiribdi. Bizni mexmonaga olib kirar ekan parda ortida nimadir titrayotganini payqadim. Bu men uchun shubxali tuyuldi. Borib uni koʻrmoqchi edim. Lekin Mina qoʻlimdan ushladi. Yoongiga bildirmay menga bunday qilma degandek imladi. Men darrov payqadim. Bu Perona. U qaysar edi. Hoynahoy Yoongi bilan gaplashmasa ham uni koʻrishni xoxlagan.
Dasturxon ustiga oʻtirarkanman yuragim qattiq ezilardi. Yoongi Mina va meni gaplarimga tabassum qilardi lekin uni koʻzlari hali ham sovuq goʻyoki majburan tabassum qilayotgandek, parda ortidagi inson esa hali ham biroz titrardi. Perona uni koʻrganiga besh yil boʻldi. Koʻz yoshlarini tiyib turolmasligi aniq.
Judayam achinarli. Otaning qilgan qilmishlari uchun Yoongi 14 yoshidan beri tovon toʻlaydi. Besh yil oldin esa bu qatorga Perona qoʻshildi....