Lanatlangan qirol
Erta tong...
Quyoshning zarrin nurlari pardalar oralab oʻtib Taehyungni koʻzini qamashtira boshladi. Avvaliga koʻzlarini biroz ishqalab erinibgina uygʻondi. U uygʻonganida hali ham quchogʻida Elian uxlab yotardi. U ortiq qaltiramas ifodasi judayam tinch edi.
Taehyung ( pov): men farishtalarni koʻrmaganman. Qanday qilib koʻray ahir men dunyodagi barcha jin va iblislarga hukmdorlik qilaman. Lekin u....
Goʻyoki mitti farishtaga oʻxshaydi. Uni koʻzlarida na qoʻrquv va na yovuzlik bor. Huddi yangi tugʻilgan chaqaloqdek begʻubor...
Taehyung uni uygʻotmoqchdi boʻlib yuzini siladi. Yuzidan bir tola sochini qulogʻi orqasiga oʻtqizar ekan negadir uni judayam qaynoqligini his qilardi.
Taehyung: Elian...Elian... Tong otdi koʻzingni och...
Taehyung uni koʻzlarini ochmasligidan vahimaga tusha boshladi. Chunki badani huddi olovdek yonayotgan edi
Taehyung: Elian... Koʻzingni och... Nega bu odam zoti bunchalik nozik boʻladi.... BANGCHAN JIN HU...
Taehyung ovozi boricha baqirar ekan uni ovozidan saroyning har qarich yeri titrardi. Buni eshitgan Bangchan va Jin hu huddi havodan paydo boʻlgandek bir zumda uni oldida paydo boʻlishdi.
Taehyungni shuncha qichqirishiga qaramay Elian hali ham jim miq etmay yotardi.
Jin hu: qirolim ( tazim qildi) nima boʻldi...
Taehyung: u koʻzini ochmayapti. Menimcha hushidan ketgan.
Jin hu: ( uni peshonasini va qoʻllarini ushlab koʻrdi) u huddi olovdek yonyapdi...
Bangchan: qirol u menimcha shamollagan lekin siz sehringiz yordamida uni uygʻotishingiz mumkin ku
Taehyung: men... Bilmadim negadir uni oldida va unga nisbatan sehrimni ishlata olmayapman.
Bangchan: nima... Bu qachondan beri
Taehyung: kechadan beri.. men uni oldida huddi oddiy odamdek boʻlib qolyapman.
Taehyung Bangchanga vaziyatni tushuntirar ekan Jin hu bu paytda roʻmolchasini muzdek suvda namlab uni peshonasini va qoʻllarini arta boshladi. Bir muddat uni istimasi biroz pasaygandek boʻldi. Va biroz uyalgancha koʻzlarini ochdi.
Jin hu; qirolim u oʻziga keldi.
Taehyung: Elian... Ahvoling yaxshimi
Elian: ya-yaxshi faqat biroz boshim ogʻriyapdi...
Taehyung: xonadan chiqing...
Jin hu: qirolim bugun muhim ishlaringiz bor. Esingizdan chiqmasin ( ular tazim qilgancha xonadan chiqib ketdi)
Eliana: ular kim.
Taehyung: meni hizmatkorlarim Bangchan va Jin hu.Sen odam bolasi nega bunchalik noziksan.
Eliana: senga kecha bu yer sovuqligini aytgandim.
Taehyung: undan keyin esa endi issiq deding
Eliana oʻrnidan turib unga biroz erkalana boshladi. Bu paytda Teahyungni gʻazabidan asal ham qolmadi lekin u oʻz jiddiyligini yoʻqotmaslikka harakat qilardi.
Eliana: men kasalman... Sen esa meni tergayapsan.
Taehyung: sen qanchalik ayyorsan... Bu ayyorlik meni sehrimdan ham kuchli.
Eliana: menga sehringni koʻrsat. Misol uchun sehring yordamida menga Hotteok tayyorlab ber.
Taehyung: sehr senga oʻyinchoq emas uni arzimagan narsalarga ishlatilmaydi. Qolaversa Hotteokni sehrsizam senga olib kelib berishadi. Faqat undan koʻp yema tushundingmi...
Eliana: yaxshi...
Taehyung: men ketishim kerak. Zarur ishlarim bor lekin sen bugun xonadan chiqmay shu yerda dam olasan. Senga ovqat olib kelishadi.
Eliana: lekin zerikib qolsamchi. Yoki sen kech kelmasangchi...
Taehyung nigohlari oldingidan ham jiddiylashdi. U oʻtkir nigohlari bilan Elianga qaraganda Elian birinchi marta qoʻrquvni his qildi. Arzoyi badani titrab hayratdan qotib qoldi.
Eliana: ya-yaxshi hech qayerga chiqmayman.
Taehyung unga bir ogʻiz ham gaprmay xonadan chiqib ketdi. Aslida u bugun hech qayerga chiqmay butun kunni Elian bilan oʻtkazmoqchi edi. Lekin u qirol zarur vazifalarni bajarishi kerak...
*
*
*
Kech tushgan... Hamma joyni allaqachon zulmat qoplab boʻlgan edi. Lekin negadir Teahyungdan darak yoʻq. Eliana esa butun kunni xonadan oʻtqazib zerikan edi.
Nihoyat u oʻzida kuch topib tashqariga chiqishga qaror qildi. Eshikni ochib tashqariga moʻralaganda tashqarida xar xil past boʻyli maxluqlar qandaydir narsalarni tashib yotganini koʻrdi. Biroz nariroqda esa Bangchan oynaga tikilgancha tishlarini koʻrsatib turardi.
Eliana uni oldiga sezdirmay bordi.
Elian: kechirasiz...
Bangchan: hhhh( u qoʻrqib ketdi) Ey Xudoyim qoʻrqitib yubording.
Eliana: siz nega bundaysiz tishlaringiz katta. Siz qanday odamsiz.
Bangchan: men odam emasman. Sizlarni tilingizda meni sexrli mavjudot deyishadi.
Eliana: anavi nimadir koʻtarib ketayotgan maxluqlar ham sexrli mavjudotmi.
Bangchan: sen ularni koʻryapsanmi. Bu gʻalati odatda ularni inson bolasi koʻra olmas edi.
Eliana: menga sehringizni koʻrsating boʻla qoling. Boʻriga aylaning yoki nimadir qiling. Iltimos...
Bangchan: bu narsani koʻrishga aqling yetarli emas. Qoʻrqib ketishing yokida...
Elian: iltimos boʻla qoling iltimos
Eliana Bangchanni qoʻllariga osilgancha tinmay har xasha qilardi. Oxir oqibat Bangchanni bunga rozi boʻlishdan boshqa iloji qolmadi. U sexrini ishga solib bir deganda boʻriga aylandi. U ulkan bahaybat koʻzlari qip qizil boʻlib yonib turardi. Uni bu holati Har qanday insonni qoʻrqitib vahimaga solishi kerak lekin Elian bundan zarracha ham qoʻrqmasdi. Aksincha unga yopishib tinmay kulardi.
Jin hu: bu yerda nimalar bolyapti...
Bangchan: men emas. Eliana shunday qiling deb turib oldi.
Eliana: siz ham siz ham sehrli mavjudotmisiz Bangchan aytganidek.
Bangchan: (yana odam qiyofasiga qaytdi) men unga shunchaki oʻzimiz haqimizda tushuntirdim.
Eliana: iltimos siz ham sehringizni koʻrsating iltimos... Iltimos
Jin hu: Elian men Chandan kuchliroqman. Qolaversa insonni qabul qilish doirasi cheklangan.
Elian: yoʻq men koʻrishni istayman... Iltimos...
Jin huni rozi boʻlishdan boshqa iloji qolmadi. U bir deganda uy shiftiga yetadigan daraja katta boʻlgan oppoq tulkiga aylandi. Uni oppoq va tovlanib turadigan koʻzlari va dumi har qanday odamni choʻchitib jinni qilishi mumkin edi. Hatto bu safargisidan Bangchanni oʻzi ham qoʻrqib ketgan edi.
Bangchan: hh-hoy Jin hu bu safar oshirib yubording...
Hatto mahluq boʻlib Bangchan qoʻrqayotgan bir paytda Eliana bundan zarracha ham choʻchimay Jinhuni dumiga yopishgancha u bilan oʻynamoqchi boʻlardi. Butun bir saroyni uni shodon kulgusi egallab olgandi. Jin hu esa tabiiyki bundan hayratga tushardi.
Jin hu: ( yana odamga aylandi) Eliana sen chindan ham inson bolasimisan..
Eliana: qornim ochdi
Jin hu: nima yeyishni xoxlaysan.
Eliana: bilmadim. Bangchan menga ovqat bering.
Bangchan: yaxshi xonangga kir oʻzim olib kirib beraman.
Eliana: yoʻq siz bilan boraman. Meni oʻzingiz ovqatlantirib qoʻying.
Bangchan: ishqilib qirolimiz kelganda oxiri bahayr boʻlsinda.
Eliana: xavotir olmang Teahyung menga indamaydi.
Jin hu: unday dema Elian. U qirol unga xurmat bilan muomala qil.
Ularni oshxonaga kuzatib qoʻyib Jin hu oʻz ishlari bilan band boʻldi. Bangchan esa butun kunini Eliana bilan oʻtqazdi. Oshxonaga kirgach uni ovqatlantirdi. Unga saroyni koʻrsatdi. Bangchanga oʻzi tushunmagan xolda Elianni qiliqlari yoqib qolgandi. Bu vaqtda Elianga ham Bangchan bilan oʻtkazgan vaqtdi qiziqarli tuyular edi.
Nihoyat kech tushdi. Lekin qirol Teahyungdan hali ham darak yoʻq edi. Bangchan Elianni qirol xonasi oldiga olib keldi. Bu vaqtda Jin hu ham allaqachon ishlarini tugatgan edi.
Bangchan: Eliana ... Endi xonanga qaytishing kerak.
Eliana: qaytishni xoxlamayman. U yerda yolgʻizman bu yerda esa sizlar borsiz.
Jin hu: toʻgʻri lekin sen Qirolni ruxsatisiz xonadan chiqding. Bu uni jaxlini chiqarishi mumkin.
Eliana: menimcha Teahyung bunga indamay.... Tashqarida yomgʻir yogʻyapdimi... Men yomgʻirni yaxshi koʻraman...
Eliana yugurib tashqariga chiqib ketayotgan ediki. Bangchan uni toʻxtatdi. Xar xil qiliqlar qilib uni chalgʻitishga xarakat qildi. Tong saxarda kuchli istima bilan uygʻonib endi oyoqda turgan odamni yana kasal boʻlishini xoxlamasdi. Eliana esa uni qiliqlariga chalgʻib hamma narsani unutdi. Yana uni shirin kulgulari saroyni egallab oldi ...
Bu paytda esa Jin hu sehri yordamida Teahyung saroyga qaytganini sezib qoldi. Uni judayam qattiq jaxli chiqqanini his qila boshladi...
Jin hu: hoy... Eliana... Eliana... Jim Qirol saroyga qaytdi...
Ulkan eshik ochilib u yerdan Teahyung koʻrindi. Uni koʻzlari yana qirmizi boʻlib yonar. Tashqaridan eshitilayotgan momaqaldiroq ovozi uni battar vajoxatli qilib koʻrsatar edi.
Shundoq ham kuni boʻyi jaxl bilan yurgan qirol Elianni korib yana battar jaxli chiqa boshladi. Ovozi boricha Elianaga baqira ketdi...
Teahyung: men senga xonangdan chiqmasligingni hatto oʻrningdan turmasligingni aytgan edim. Sen nima qilding.
Elianni boyagi shodon kulgusidan asal ham qolmadi. Uni ranggi oqarib ketdi. U umrida birinchi marta qoʻrquvni his qildi. Va bu u uchun yoqimli emas edi. Teahyung unga yaqinlashar ekan Elian qoʻrqanidan orqaga qadam tashlay boshladi.
Taehyung: toʻxta mendan qochma... SENGA QIROL TAEHYUNG BUYURYAPDI. QOCHMA DEDIM.
Qirolni bu qichqirigʻidan Eliana judayam qattiq qoʻrqib ketdi. Va oʻz oʻzidan yigʻlab yubordi. Keyin orqa oldiga qaramasdan yugurgancha qochib ketdi. Judayam koʻp xizmatkorlar hatto Teahyung ham uni sehri bilan ushlab qolmoqchi boʻldi lekin Elianga sehr tasir qilmas edi.