December 14, 2024

Psycho Jungkook

Epizode-19

Time skip ( oradan 10 yil oʻtdi).

Erta tong....
Biroz yengil tanaga yoqadigan shamol esib deraza pardalarini qimirlatar edi.
Jungkook chamasi 5 daqiqacha Minani yonida oʻtirib unga tikilib qoldi. Keyin esa egniga qop qora kastumini kiyib xonasidan chiqib ketdi. Xovliga chiqar ekan unga Bam uyidan chiqib yopishdi va akilay boshladi.

Jungkook: tishhh... Bam Jim Mina hali uxlayapdi uygʻotib yuborasan.

Jungkook uni boshidan silab qoʻyib qop qora mashinasiga oʻtirdi. Keyin esa uyidan chiqib ketdi. Oradna hech qancha vaqt oʻtmasdan uni telefoni jiringladi. Jungkook telefonni koʻtarar ekan yuziga beixtiyor tabassum yugurdi.

Jungkook; azizam buni qanday sezasan hali besh daqiqa ham boʼlmagan edi.
Mina: chunki men seni koʻproq sevaman. Shuning uchun ham darrov sezdim. Sena yana uni oldiga ketyapsanmi.
Jungkook: ha men uni judayam sogʻindim.
Mina: agar imkoni boʻlsa meni ham sogʻinganimni ayt.
Jungkook: albatta aytaman.
Mina: keyin yana. Meni banan yegim kelyapdi
Jungkook: kecha qulupnay edi bugun esa banan. ( Kulib yubordi.)
Mina: kulma bu men emas....
Jungkook: yaxshi yaxshi azizam albatta banan olib boraman. Sen ungcha ha uxlab dam ol. Kelishdikmi.
Jungkook: yaxshi kelishdik...

Jungkook telefonni qoʻyganach oradan hech qancha vaqt oʻtmay manziliga yetib keldi. Mashinasiga orqasidan ikkta oppoq guli buketni oldida ichkariga kirdi. U qabristonga kirar ekan yuragi gʻalati his tuygʻularni tuyub taka puka boʻlib ketardi. Nihoyat u Jimin va Freyani qabri oldiga yetib keldi. Gullarning birini Jiminni ikkinchisini Freyani qabri ustiga qoʻydi va ular oldida tiz choʻkdi.

Jungkook: Freya bilasanmi Minaning homilasi 7 oylik boʻldi. Men undan har kuni menga Jimin olib kelasanmi yoki Freyami deb soʻrayman. U esa har doim Freya deb javob beradi. Ehtimol sen ham tirik boʻlganingda hozir bir dunyo farzanding boʻlarmidi.
Jimin... Bugun men xalqaro konferensiyada ishtirok etaman. U yerda meni suratlarini namoyish etiladi. Bilaman yonimda emassan lekin meni qoʻllab quvvatlab turasan degan umiddaman. Aka... Seni judayam sogʻindim.... Buni bilasanmi yoki yoʻq bilmayman... Lekin bazan Mina kechasi tushlarida sen va Freyani ismini aytib alahsirab chiqadi. Menimcha u ham seni qattiq sogʻinadi. Yangi uyga koʻchib oʻtganinizda Sen va Freyani rasmini katta portret qilib chiqarib mexmonxonamizga osib qoʻygandi. Bazan unga termulib jimib qoladi. U ham seni yaxshi koʻradi lekin menimcha meni siqilmasligim uchun indamaydi.( Yigʻlay boshladi) H-hyung menimcha endi ketishim kerak. Sizlarni ham boshingizni ogʻritib yubordim. Menga omad tilab turasizlar degan umiddaman....

Jungkook yana biroz ularning qabri oldida oʻtirdi. Keyin esa u yerdan chiqib ketdi. Uyga qaytar ekan yoʻldan Mina aytgan narsalarini olishni ham unutmadi. Qoʻlida bir dunyo banan koʻtargancha uyiga kirar ekan Mina divanda koʻzlarini katta-katta ochganda bir nuqtaga termulib oʻtirardi.

Jungkook: azizam men keldim. Senga bir dunyo banan olib keldim...
Mina: ...
Jungkook: Mina tinchilikmi...
Mina: J-Jungkook... U tepyapdi...
Jungkook: bu birinchi marta emasku nega hayron boʻlasan .
Min: iltimos yonimda oʻtir...

Jungkook Minani yoniga oʻtirar ekan Mina darrov uni qoʻlini ushlab qorniga olib bordi. Bu safar Jungkookni koʻzlari ham hayratdan kattalashib ketgandek boʻldi.

Jungkook: M-Mina... Men.. men uni oyoqlarini his qilyapman.
Mina: albattada bu safar u qattiqroq tepdi shuning uchun hayron boʻldi.
Jungkook: bu ogʻrityapdimi
Mina: ha da ogʻrityapdi. Lekin bu yoqimli...

Jungkook endi uni yoniga tiz choʻkdi. Minani qorniga labini bosib undan uzoq boʻsa oldi. Mina esa bundan kulib yubordi.

Jungkook: bolajonim... Tirikligingni bildirish uchun oyingni bunday qiynashing shart emas. Tugʻilganingdan soʻng meni qancha qiynasang ham roziman faqat oyingni bunday qiynama kelishdikmi...
Mina: voooy u yana tepdi... Roziman dedi shekilli
Jungkook: u menga oʻxshagn aqlli. Qani tura qol. Konferentsiyaga borishimiz kerak.
Mina:( oʻrnidan turib Jungkook bilan yura boshlaydi) shu qornim bilan sen yoningda konferensiyaga boramanmi. Mendan uyalmaysanmi..
Jungkook; bu nima deganing... Men sendan hech qachon uyalmayman. Gapingni oʻylab gapir.
Mina: yaxshi yaxshi... Meni bananim qani
Jungkook: ularni mashinada yeysan bola qol oldin kiyimingni almashtir.

Jungkook Minaga doʻq urgancha xonadan chiqib ketdi. Mina esa lablarini burishtirib kiyina boshladi. Koʻp oʻtmay qovoqlari osilgancha hovliga chiqdi. Uni mashinada Jungkook kutar ekan oʻzini kulgudan tiyib tura olmadi.

Mina: ( mashinaga oʻtirdi) kulma bananim qani.
Jungkook: mana seni bananing

Mina uni qoʻlidan shoshib banani oldida uni yeya boshladi. Mashinasini oʻt oldirib hayday boshlagan Jungkook esa yana oʻzini kulgudan tiyib turolmadi.

Mina: nega kulaverasan..
Jungkook: azizam boshqalarini oldida bunday ovqat yema xoʻpmi.
Mina: nega
Jungkook: yoʻqsa ular Jungkook Minaga ovqat bermas ekan deb oʻylashadi.
Mina: yaramas. Mashinani ortaga hayda men uyda qolaman.
Jungkook: hazillashdim sevgilim. Istaganingcha ye. Mendan uyaladi degan hayolga borma.

Jungkook Minani qoʻlidan ushlab oʻpib qoʻydi. Mina esa bundan biroz yengil tortgandek yana bananini yeya boshladi. Hech qancha vaqt oʻtmasdan ular konferensiya boʻladigan binoga yetib kelishdi. Jungkook mashinadan tushib Minaga eshik ochgan ha uni ichkariga olib kirdi. Tadbir naqt ikki soat davom etdi. Bu paytda u yerga Yoongi va Yura ham kelishdi. Tadbir soʻngida esa barcha jurnalistlar uchun uchrashuv boʻlib oʻtdi. Jungkook minbarga oʻtirgan hamma jurnalistlar birin keyin savol berishardi. Mina va qolganlar uni uzoqdan kuzatib turishardi.

Janob Jeon eshitishim boʻyicha Qonli moychechaklar asaringiz koʻchirma asar ekan. Nahotki uni boshqa rassomdan koʻchirgan boʻlsangiz.
Jungkook; ( biroz kulib) Qonli moychechaklarni asl nusxasi bundan 10 yil Avval yaratilgan. Keyin esa malum sabablar tufayli yoʻq qilgan. Men esa ikki yil oldin ayolimni undovi bilan uni yana chizdim. Lekin oʻn yil oldin chizilgan qonli moychechaklr bundan ham chiroyli edi. Shuning uchun ham balki bu kopiya deb mish mishlar tarqalgandir.
- Janob Jeon siz hozirda Janubiy Koreya va butun Osiyoda mashxur boʻlgan rassomlardan birisiz. Judayam koʻp pulingiz bor . Judayam chiroyli va kelishga siz. Lekin nega aynan Mina xonim. Toʻgʻri u sizdan ancha kichik lekin u hozir judayam semiz va besoʻnaqay ku.

Mina bu gaplardan soʻng rangi oqarib ketdi. Biroz uyalgancha yerga qaradi. Jungkook esa ich ichidan qattiq gʻazabni his qilar oʻsha jurnalist qizni oʻldirib qoʻygisi kelar edi. U qoshlarini chimirgancha Minaga qarab qoldi. Mina esa unga bunday qilma degandek boshini silatadi.

Jungkook: bu savolga javob berishdan oldin sizdan bir narsa soʻramoqchi edim. Aytaylik siz judayam ori betob boʻldingiz. Bir yigit esa sizga bor vaqtini mehnatini kuchini sarflab sizga mehribonlik qildi. Xoʻsh siz tuzalib ketgach uni tashlab ketasizmi.
- yani...
Jungkook: men bundan oʻn yil oldin judayam vaxshiy va psixapat inson boʻlganman. judayam koʻp insonlarni oʻldirishimga sal qolgan. Hatto siz aytgan Qonli moychechaklar asarini ham ilk nusxasi Minani qoni bilan chizilgan. Men juda koʻp marta Minani oʻldirishimga sal qolgan. Hatto uni bundan battar qiynoqlar bilan azoblaganman ham. Shunga qaramasdan u birinchi boʻlib meni sevishini tan oldi. Hatto judayam qattiq qiynaganimda ham u menga tabassum qilib meni sevishini aytdi.

Flashback ( 10 yil oldin)

Jimin oʻlimidan roppa rosa 1 xafta oʻtib Minani Jungkookni koʻrishiga ruxsat berishdi. Mina kutish zalida oʻtirar ekan qattiq asabiylashganidan qoʻllari qaltirar Jungkook agar Jiminni soʻrasa unga nima deb javob berishini oʻylardi. Nihoyat u bu haqida Jungkookni oʻzi soʻrmaguncha aytmaslikka qaror qildi.
Birozdan keyin doktorlar qoʻllar bogʻlangan holda Jungkookni olib chiqishdi. Jungkook kelishi bilan Mina uni qoʻllarini yechdi. Jungkook esa bu paytda Minani qatiq quchoqladi. Chunki u Minani judayam sogʻingan oʻtgan safar qilgan ishidan pushaymon edi. U Minani sochlariga yuzini koʻmib chuqur nafas oldi.

Jungkook: Mina meni kechir. Oʻtgan safar qattiq jaxlim chiqib ketdi. Bilasan seni qattiq qizgʻonaman.
Mina: hech qisi yoʻq hammasini unutdim
Jungkook: endi meni oldimga har kuni kelasanmi. Anavi yaramaslar ruxsat beradimi.
Mina: albatta deyarli har kuni oldinga kelaman. Ha yana senga bir narsa olib keldim.

Jungkook Minadan biroz uzoqlashib hayron boʻlib qaradi. Mina esa uni oyna oldiga olib bordi. Tashqarida esa daraxtga bogʻlangan xolda qora dobermen iti ( kuchugi) turardi. Jungkook uni koʻrib hayratdan koʻzi kattalashdi.

Mina; koʻryapsanmi sevgilim ( uni quchoqladi) bu bizning Bamimiz
Jungkook: Bam... Bu haqida senga kim aytdi. Jiminmi... Ha aytgancha Jimin qayerda u ham meni oldimga keladi. Ahvoli yaxshimi. Nega u biror marta ham meni koʻrgani kelmadi.

Jungkook Minani bir zumda savollarga koʻmib tashladi. Minani boʻgʻziga koʻz yoshlari tiqilar oʻzini arang tiyib turardi. U bir necha kundan beri oʻzini bu gapni Jungkookka aytish uchun tayyorladi. Lekin bu u uchun judayam ogʻir edi.

Mina: Jungkook...s-sevgilim.... Jimin .... Jimin...
Jungkook: nega bunday gapryapsan...
Mina: Jimin bizni hozir kuzatib turibdi.... Samodan turib... Menimcha ahvoling yaxshiligidan xursand.
Jungkook: Sen... Sen aytmoqchisan ki...

Jungkook bir muddat yerga qaragan holda jim qoldi. Uni bu sukunatni Minani borgan sari aqldan ozdirardi. U oʻzini Jungkookni har qanday ahmoqlik qilishiga tayyorlangandi. Lekin uni bunday sukunatidan borgan sari qoʻrqib ketardi. U Jungkook qoʻliga sekin qoʻlini qoʻydi.

Mina: J-Jungkook... Iltimos biror nima de...
Jungkook: Jungkook Jimin oʻlibdi... U oʻlmagan... Seni oʻlimga hukm qilishmoqchi edi menimcha Jimin seni oʻrningga qurbon boʻldi... Yoʻq Mina aldayapdi.
Mina: Jungkook ( yigʻlagancha) iltimos oʻzingni bos....

Jungkook Minaga koʻzlari qizargan va gʻazabga toʻlgan holda qarab qoldi. Uni bunday koʻrinishidan har qanday odam ham qoʻrqib ketardi. Va birdaniga Minaning boʻgʻzidan olib uni devorga tiradi va uni boʻgʻa boshladi.

Jungkook: sen meni aldayapsan aldayapsan toʻgʻrimi
Mina: Jungkook meni seni sevaman. Iltimos bas qil.
Jungkook: menga sevishingni qizigʻi yoʻq. Jimin haqida nega yolgʻon gapryapsan ..s
Mina: J-Jungkook iltimos bas qil. Sevgilim....

Eshik ochilib darrov doktorlar kirib keldi. Jungkookni qoʻlini orqasiga bogʻlab devorga tiradi. Minani esa tinmay uni kechgani uchun koyishrar edi. Mina esa tinmay yigʻlar koʻzini Jungkookdan uza olmas edi. Ular Jungkookni olib ketishar ekan Mina doktorlarga yigʻlagancha...

Mina: iltimos unga yaxshilik gʻamxoʻrlik qiling u hozir qattiq stressda. Unga hozir oson emas. Iltimos sizdan....

Flashback tamom.

Jungkook: sizlar aytayotgan oʻsha hunuk va besoʻnaqay qiz meni hayotim mazmuni meni Jeon Jungkook boʻlishimni asosiy sababchisi. Meni akam Park Jimin vafotidan keyin uni yoʻqligini bildirmay menga mehr koʻrsatgan haqiqiy qahramon. Endi aytingchi shuncha ishdan keyin men uni qanday sevmasligim mumkin...

Zalda oʻtirgan hamma Jungkookni bu gapidan taʼsirlanib qarsak chalib yubordi. Mina esa bundan qattiq taʼsirlanib yigʻlab yubordi. Aslida bu quvonch koʻz yoshlari edi. Mina oʻzini biroz noqulay his qilganidan oʻrnidan turib zaldan chiqib ketdi. Yoongi esa bundan havotirlanib uni ortidan Yurani joʻnatdi. Jungkook zalda Mina yoʻqligini darrov payqadi. Imkoni boricha bu uchrashuvni tezroq tugatishga harakat qilardi. Nihoyat uni sabri chidolmay menejerga ortiq bu yerda qilmasligini aytib zaldan chiqib ketdi. Tabiiyki Bundan zaldagi barcha jurnalistlar hayratda qolishdi. U tashqariga chiqar ekan sabrsizlarcha Minani kutar edi.

Jungkook: Yura u bilanmidi
Yoongi: albatta. Havotir olaverma..
Jungkook: Yoongi qanday qilib bunchalik xotirjamsan. Yurani homilasi 3 oylik deb eshitdim lekin u hali ham ishlashda davom etyapdi. Sen bunga qanday yoʻl qoʻyapsan
Yoongi: buni men emas oʻzi xoxlayapdi. U bir kun ham uyda oʻtira olmaydi.

Jungkook Yoongi bilan gaplashar ekan biroz kayfiyati koʻtarilgandek boʻldi. Boshqa tomondna esa Mina va Yura koʻrindi. Negadir Minani ranglari oqarib ketgan arang qadam bosardi. Yurakning ham kayfiyati tushib ketgan edi. Jungkook ularni koʻrishi bilan oldiga yugurib bordi.

Jungkook: Mina tuzukmisan nega ranging bunchalik oqarib ketgan yoki koʻngling aynidimi.
Yura: Yoongi menimcha biz ketishimiz kerak. Mina yana koʻrishamiz. Koʻrishguncha Jungkook

Mina Yuraga rozidek boshini siltab qoʻydi. Bu paytda Jungkook va Yoongi hech narsaga tushunmayotgan edi. Yoongi va Yura ketganidan keyin Mina Jungkookka moʻltilagan nigohi bilan qarab qoldi. Goʻyoki koʻz yoshlardan oʻzini arang tiyib turgandek edi.

Jungkook: nima boʻldi azizam menga ayt. Hammasiga oʻsha jurnalist aybdormi. Ertagayoq uni topib...
Mina: Jungkook... U sabab emas... Meni oldimga bir odam keldi.
Jungkook: kim... U kim edi...

Mina Jungkookka ortiga oʻgirilishini imladi. Jungkook ortiga oʻgirib koʻrgan odamidan daxshatga tushdi. U qattiq asabiylashganidan tinmay uni qoʻllari qaltirar edi. Mina esa uni qoʻllarini qattiq ushladi.

- oʻgʻlim...
Jungkook: d-dada... Bu yerda nima qilyapsiz
-oʻgʻlim...oʻgʻlim...

Janob Jeon Jungkooknu koʻrib oʻzini tutib turolmay yigʻlab yubordi. Uni oldiga borib Jungkookni quchoqlamoqchi ediki Jungkook oʻzini undan olib qochdi.

-oʻgʻlim unday qilma... Iltimos.... Seni endi topganimda unday qilma ( yigʻlagancha)
Jungkook: dada siz men uchun oʻlgansiz. Siz nima kerak ekanligini bilaman. Menimcha sizga pul kerak menejerlarga aytaman sizga aytgan pulingizni berishadi .
Mina: Jungkook unday qilma....
Jungkook: bas qil .... ( Ovozi boricha baqirdi)
- oʻgʻlim menga sen keraksan. Iltimos meni kechir. Iltimos menga buni ravo koʻrma.

Jungkook Minani qoʻlidan suduragancha binodan olib chiqdi. Mina unga bunday qilmasligini koʻp marota iltimos qildi lekin Jungkookni koʻziga hech narsa koʻrinmas edi. U Minani huddi majburlagandek mashinaga oʻtqazdi. Oʻzi ham rulga oʻtirib uni bor tezligida haydab keta boshladi. Mina uni bunday asabiyligidan borgan sari vahimaga tushardi. U Jungkookni tinchilantirmoqchi boʻlib uni qoʻlini sekin ushladi.

Mina: Jungkook.... Iltimos....

Lekin hozir bu vaziyatda Jungkook huddi Minani ham tanimasdek edi. Mina uni qoʻlidan ushlagandiki Jungkookni uni siltab tashladi. Mina eşa bundan qattiq taʼsirlanib ketdi. Unga bildirmasa ham koʻzidan yosh tomchilay boshladi.
Jungkook nihoyat dengiz boʻyida mashinasini toʻxtatdi. Undan shoshib tushib ketdi. Va ovozi boricha baqirdi. Mina hozir unga qanchalik qiyin ekanligini bilardi. Lekin yoniga borishga judayam qoʻrqardi.
Nihoyat yurak yutib mashinadan tushdi. Uni oldiga sekin borib past ovozda ismini aytdi. Jungkook unga qaradi-yu jaxli biroz bosilgandek boʻldi. Va uni qattiq quchoqladi.

Jungkook: kechir sevgim oʻzimni tutib tura olmadim.
Mina: hech qisi yoʻq. Senda xafa emasman.
Jungkook: lekin nega... Nega shuncha payt oʻtgach u yana hech narsa boʻlmagandek paydo boʻldi.

Mina undan biroz uzoqlashib yuzlarini siladi. Uni tinchlantirishga harakat qilardi.

Mina: unday dema. Menimcha u ham judayam afsusda. Bu bilinib turibdi. Qolaversa u otang. Bu dunyoda borligingni sababchisi.
Jungkook: yoʻq... Men uni kechira olmayman. Agar u meni shunday vaxshiy qilib qoʻymaganda hozir Jimin hayot boʻlgan boʻlarmidi.

Mina oyogʻi uchlarida turib uni yuzidan oʻpib qoʻydi. Endi Jungkookni jaxlidan asal ham qolmadi. U mashinaga suyanib dengizga tikildi. Bu paytda Mina ham uni quchogʻiga kirib dengizni tomosha qila boshladi.

Mina: iltimos bir marta boʻlsa ham u bilan gaplashib koʻr. U nima boʻlsa ham otang.
Jungkook; men uni kechira olmayman. Lekin aytganingdek uni yoniga qaytishga harakat qilaman. Lekin hozir emas...
Mina: ovvvv .. janob Jeon bu gapingizdan men va Freya xonim qanchalik xursandligimizni bilasizmi... ( Qornini silagancha)..

Jungkook Minaga tikilib bir muddat jim qoldi. Keyin esa uni peshonasidan oʻpib yana bagʻriga bosdi.

Jungkook: sen meni qanday xursand qilish kerakligini juda yaxshi bilasan. Har doim nima boʻlishidan qatʼiy nazar meni yonimda boʻlasan. Shu paytgacha meni xafa qiladigan birorta ham ish qilmading. Sen menga hayotning bergan eng yaxshi sovgʻasisan Mina. Seni butun umr hatto undan keyin ham sevaman.
Mina: men ham sevgilim seni sevishdan hech qachon toʻxtamayman....

Nihoyat Psycho Jungkook Fanficini ham tugatib oldik. Eʼtiboringiz uchun katta raxmat. Fikr va reaksiya bosishni unutmang. Chunki bu keyingi fanficlarim uchun ilhom manbai boʻladi.💖💋