March 10, 2025

I need you

Episode - 9

Perona (pov): oʻsha kuni Hobi majburlab meni oʻsha yerdan olib ketdi. Har qancha ohu dodlarimga quloq solmadi. Taxminan 10 daqiqalik yoʻl yurganimizdan soʻng biz politsiya mashinasi va tez yordam mashinasini koʻrdik. Ular Yoongini oldiga ketayotgani aniq edi. Hobi meni uyiga olib borib majburlab bir xonaga qamab qoʻydi va Yoongini sud ishlari tugamaguncha meni uyidan chiqarmadi. Sud hukmi bilan Yoongini 8 yilga qamashdi. Hobini say harakatlari va pullari sababli bu muddat 5 yilga qisqartirildi. Sud ishlari tugagach oradan bir oy oʻtib Hobi meni qoʻyib yubordi. Men oʻsha zahotiyoq Yoongini oldiga bordim. Lekin u meni koʻrishni xoxlamagani uchun politsiya hodimlari meni ichkariga kiritishmadi. 1 yil ichida men dayerli har kuni qamoqxonaga borardim. Lekin har safar bir xil javob olardim. Va hech narsa deyolmay ortimga qaytardim. Oxir oqibat men bundan charchadim va boshqa Yoongini bezovta qilmadim. Lekin har doim uni Hobidan soʻrardim. Chunki Yoongi faqatgina u bilan gaplashardi. Bir yillik say harakatlarim zoya ketgach men astoydil harakat qilib institutga oʻqishga kirdim. Yoongi meni yaxshi yashashim kerakligini aytgandi. Qaytganida bu uni xursand qiladi deb oʻylardim. Oʻqishga kirganimdan soʻng biz Hobi bilan shartnoma tuzdik. U meni uy joy va oʻqishim shartnoma pullarini hammasini talab berdi. Men esa kelajakda ishga joylashgan bu pullarni ortigʻi bilan qaytarishim kerak edi. Yoongi qamalganidan bir yil oʻtib men oʻqishga kirdim va shaxsiy uyim bor edi. Hayotim bir tekis oʻta boshladi. Har kuni erta tongda oʻqishga borardim. Tushlikdan soʻng esa ishga kelardim. Ishdan soat 23:00 da boʻshab uyga qaytardim. Endi yolgʻiz emasdim. Yonimda eng yaqin dugonam Luna va doʻstim Hobi Taehyung bor edi. Hayotim huddi men orzu qilgandek edi. Lekin har doim har soat va har soniya vijdon azobi meni yuragimga huddi hanjardek urilardi. Men sevgan yigitimni otasini uni koʻz oldida oʻldirdim. U esa mendan hech narsa talab qilmay yaxshi yashashimni aytib aybni boʻyniga olib qamalib ketdi. Men hozir oʻz uyimda issiq toʻshagimda yotibman lekin u hozir qanday ahvolda ekan. Qanday ovqat yeyapdi. Qanday uxlayapdi. Meni sogʻinyapdimi? Shunday savollar har kuni meni qiynardi hatto bazan tunlari uxlamay ham chiqardim. Men yangi uyga koʻchib oʻtgach yana atrofimda Ammam paydo boʻla boshladi. U har safar uyimga kelib unga pul berishimni talab qilib janjal qilardi. Oxir oqibat men bundan toʻydim va ovozim boricha baqirib uni uyimdan haydab soldim. Undan endi qarzdor emasligimni meni tinch qoʻyishini va men oldingidek endi ojiz qizaloq emasligimni aytim. Ammam esa bundan qoʻrqib ketdi va meni boshqa bezovta qilmadi. Aslida ham hammasiga ammam aybdor emasmi. Agar pul dardida meni oʻsha uyga joʻnatmaganida men Yoongini uchratmas edim. Yoongi ham balki oʻsha Pak Yura bilan hozir baxtli yashayotgan boʻlarmidi...
Ammamni ayblashdan nima naf aslida hammasiga oʻzim aybdorman. Men oʻz haddimni va shaxsiy chegaralarimni bilmadim. Janob Min aytgandek itoatkor boʻlishim kerak edi. Bu haqida janob Min meni juda koʻp ogohlantirdi men esa bunga parvo qilmadim va Yoongiga yaqinlashishda davom etdim. Meni bunday xatoyimni oxiri qotillik va Yoongini besh yillik umrini hazon boʻlishiga olib keldi.
Bilasizmi... Odatta qand kasali bor odamlarda qonida insulin moddasi juda koʻp boʻladi. Bu esa yaralarning bitishini qiyinlashtiradi immunitetni tushuradi. Agar shu holatida inson jarohatlansa undan qon ketishi toʻxtamaydi. Meni bechora Yoongiyim shunday nohush holatni guvohi boʻlgan. Tez yordam mashinasi yetib kelgunicha shoʻrlik otasining qanday qon yoʻqotayotganini oʻz koʻzlari bilan koʻrgan. Bu qanchalik daxshatli va buning barchasiga men aybdorman...

Author ( pov): Korea Milliy universiteti...
Hamma talabalar xonasiga kirgan dars boshlanishini kutib oʻtirardi.
Luna shoshgancha xonaga otilib kirib keldi. Eshik oldida chuqur nafas olib bukchayib qoldi.

- har doim shundaysan Luna. Perona bilan xonadosh boʻlsang ham har doim undan keyin kelasan...
Luna: kechirasizlar...

Luna chuqur nafas olib xansiragancha Peronani oldiga oʻtirdi. Bu paytda Perona kitob oʻqish bilan band edi. Unga unchalik parvo qilmadi...

Luna: Perona bilasanmi.... Bugun bizni guruhga yangi oʻquvchi kelar ekan. Aytishlaricha u Oldin shu yerda 4 kursgacha oʻqigan. Keyin ishi sababli Amerikaga koʻchib ketgan ekan. Hozir ishlari tugab Koreyaga qaytibdi. Shuning uchun oʻqishini yana davom etirmoqchi ekan...
Perona: bu menga qiziq deb oʻylaysanmi
Luna: Perona men uni boya rektor xonasi oldida koʻrdim u judayam kelishgan va chiroyli edi.
Perona: Luna seni ikki yildan beri gaplashib yurgan yigiting bor va uni ismi Kim Taehyung. Buni unutdingmi
Luna: men shundoq ham Taemdan voz kechmayman. Uni senga ilinyapman. Sen bilan tanishganimdan beri birortasi bilan uchrashganini koʻrmaganman. Bu yil oʻqishni ham tugatamiz. Balki vaqti kelgandir.
Perona: Luna ishonaver bazan mendan kichkinaligingni unutib qoʻyaman.

Ularni bunday suxbatini boʻlib xonaga oʻqtuvchi va rektor kirib keldi. Hamma ularga salom berib diqqat bilan gaplarini tinglardi.

- Sizlarni eng namunali guruh deb bilaman shuning uchun ham yangi talabani aynan sizni guruhingizga joylashtirishni xoxladim. Marhamat Namjoon oʻzingni tanishtir....

Namjoon xonaga kirib kelganida hamma unga maxliyo boʻlib qoldi. Qizlar tinmay bir biriga pichirlab uni kelishgan ekanligini gapirardi. Bu paytda Perona unga bir nazar tashladiyu yana kitobiga shoʻngʻib ketdi...

Namjoon

Namjoon: salom. Men Kim Namjoonman. Yoshim kattaroq boʻlgani uchun meni sizlashingiz shart emas rasmiy munosabatni yoqtirmayman. Oʻylaymanki sizlar bilan tez chiqishib ketaman.
- oʻtirishing mumkin Namjoon...

Hamma qizlar u bilan oʻtirishni xoxlagan bir paytda Perona boshini kitobdan koʻtarmay jim oʻtirardi bu esa Namjoonni etiborini tortgan edi. Namjoon unga bir muddat tikilib qoldi. Luna esa buni darrov payqadi.

Luna: men orqa partada oʻtiraman. Sen bu yerda oʻtirishing mumkin. U guruhimizni eng aʼlochi oʻquvchisi. Senga hammasini tushuntiradi.

Luna boshqa partaga oʻtirgach Namjoon kulib yubordi va uni yoniga oʻtirdi. Perona avvaliga bundan biroz hijolat tortdi. Lekin bunga etibor bermay darsni qilishda davom etdi.
Dars davom etar ekan Peronani koʻzlari faqat oʻqtuvchini va doskani koʻrardi. U Namjoonga hatto qayrilib ham qaramasdi. Namjoonda bunday holat birinchi marta edi. Odatta qizlar uni koʻrganda oʻzini yoʻqotib qoʻyishardi. Lekin Perona boshqacha edi. Namjoon birinchi marta qiz bolani oldida oʻzini yoʻqotib qoʻyishi edi.
Dars tugab hamma birin ketin sinfni tark eta boshladi. Bu oradan Namjoon ham narsalarini yigʻishtirib chiqish eshigi oldiga bordi. Lekin Perona hali ham xonada oʻtirar daftariga nimalarnidir yozardi.

Namjoon: menimcha biz boshqa xonaga borishimiz kerak...
Perona: bilaman.
Namjoon: unda nega hali ham oʻtiribsan.
Perona: bu safargi tanaffus 15 daqiqa yana 12 daqiqa vaqtim bor. Va oʻqtuvchi bergan vazifani bajarishga ulguraman.

Namjoon Peronani gaplarini tinglar ekan behosdan kulib yubordi. Va yana joyiga qaytib oʻtirdi.

Namjoon; men Kim Namjoonman
Perona: bilaman men Peronaman
Namjoon: ayol kishida ham goʻzallik ham aql boʻlmaydi deyishgandi lekin senda ikkisi ham mujassam ekan.
Perona: agar men bilan doʻst boʻlishni xoxlasang mulozamatni yigʻishtir. Menga bunday gaplar yoqmaydi.

Perona narsalarini tezlik bilan yigʻishtirdi va xonadan chiqib ketdi. Endi xonada Namjoonning yolgʻiz oʻzi qolgandi. U Perona aytgan gaplarini oʻylab kula boshladi. Chunki Perona uni shunday chiroyli tarzda rad etgan birinchi qiz edi. U choʻntagidan telefonini oldida yordamchisiga qoʻngiroq qildi...

Namjoon: menga guruhimdagi Perona ismli qiz haqida barcha maʼlumotlar kerak.
- tushunarli janob kechqurun qoʻlingizda boʻladi.
Namjoon: eng mayda ikir chikiriga bilishni xoxlayman. Eng maxfiysi ham qolib ketmasin. Agar vazifangni uddalay olmasang oʻzing uchun qabr kavlayver.
- tushundim janob...

Kech tushgach Namjoon oʻz uyiga qaytdi. Ostonadan kirar ekan uning telefoni jiringladi. U telefonga qarab biroz yuzi burishgandek boʻldi. Lekin unga javob berdi...

Namjoon: eshitaman.
Liam: hali ishni boshlamaganga oʻxshaysan. Nima uchun borganingni unutdingmi...
Namjoon: janob Minni oʻgʻli hali qamoqdan chiqmagan. Uni bank hisoblari muzlatilgan. Va u qamoqdan chiqishi bilan hisoblari ochiladi. Bu borada ilojsizman buni oʻzingiz ham yaxshi bilasiz aka...
Liam: tushunarli... Lekin sen hech narsaga chalgʻiy koʻrma... Sen Koreyaga faqat janob Min bizdan olgan qarzlarini olish uchun borgansan. Qandaydir ahmoqona institutda oʻqish uchun emas.
Namjoon: tushundim aka...( U telefonini qoʻydi) Siz ham qachondir shunday institutda oʻqigansiz men nega oʻqimasligim kerak.

Namjoonni asabi taranglashgandan soʻng hatto ovqat ham yegisi kelmay qoldi. U togʻri uyidagi ofesimga kirib ketdi. Uni ortidan esa hizmatchisi eshik taqillatdi. U Perona haqidagi maʼlumotlarni olib kelgan edi...

- janob Kim...
Namjoon:xoʻsh
- toʻgʻrisini aytsam unchalik etiborni tortadigan hech narsa yoʻq. Faqat...
Namjoon: nima faqat...
- Peronani ota onasi yoshligida oʻlib ketgan ekan keyin ammasini qoʻlida qolgan. Ammasi uni kichkinaligidan ishlashga majbur qilgan. Shuning uchun ham institutga kech oʻqishga kirgan ekan. Keyin u Jung Hoseokni uyida xizmatkor boʻlib ishlagan shundan keyin u bilan yaqin doʻsti boʻlib qolgan...
Namjoon: Jung Hoseok kim...
- u hozir Koreyada qurilayotgan uylarning 40% aksiyalariga egalik qiladi. Va uning oilasi hozirda judayam boy. Qolaversa u janob Minni oʻgʻli bilan yaqin doʻst. Yana eʼtiborimni tortgan narsa Jung Hoseok Perona uchun uy olib bergan.
Namjoon: oddiy xizmatkot uchun uy sovgʻa qilish. Seningcha bu gʻalati emasmi? Balki ular oʻrtasida nimadir bordir.
- oʻzim ham shunday deb oʻylagandim lekin Hoseok 6 yildan beri faqat Mina ismli qiz bilan uchrashar ekan. Yaqinda u bilan turmush ham qurmoqchi. Koʻpchilik Perona u uyni qarzga olgan deyishapdi. U institutni bitirib yaxshi ishga joylashgach albatta unga qarzlarini qaytarar ekan.
Namjoon: bu biroz boʻlsa ham mantiqqa toʻgʻri keladi. Lekin kam muddat ishlagan xizmatkorga shuncha himmat koʻrsatilishi gʻalati. Mayli boʻshsa lekin Peronani koʻzdan qochirma. U haqidagi muhim xabarlarni menga yetkazib tur.
- xoʻp janob