Mafiaʼs Weak Darling
Author: Razali Kallen
Ship: Vimin
Epizod: 1
"Jimin bolaginam uyg'on, sen kollejga kechikyapsan, men esa ofisga"
U o'g'lini uyg'otish uchun, yonog'iga sekin tegib silar edi, "Jimin avtobusni o'tkazib yuborasan, tezda yuvinish xonasiga borib, yuvinib nonushtaga tush" deb Jimini onasi xonadan chiqib ketdi.
Jimin tezda yotogʻidan turib, yuvinish xonasiga yo'l oldi, tezda yuvinib kiyinib pastga oshxonaga tushdi u yerda onasi allaqachon nonushtani tayyorlab stol atrofida oʻtirib oʻgʻlini kutar edi, Jimin ham tezda kelib ovqatlana boshladi, onasi oʻgʻlining yuziga termulib jilmayib
"Sekin sekin ovqatlan, bo'g'ilib qolasan"
"Ona bugun juda kech qoldim o'qituvchi meni jazolaydi", dedi ma'yus ohangda Jimin.
"Yaxshi, men unga qo'ng'iroq qilib ogohlantirib qoʻyaman". Dedi Jimining onasi mehr bilan
"Rahmat", tabassum qildi Jimin.
Jimin odamlar uni oqsoq ekanini bilib qolmasliklari uchun sekin sekin qadam bosib yurar edi, u nigohini yoʻlda qaradi odamlar oʻz yoʻllarida yurishar ekan u oʻzini koʻchadan narigi tomonga oʻtish uchun piyodalar oʻtish yoʻlagidan oʻtayotgan edi..
... Keyin hashamatli mashina uni urib yuborishiga sal qoldi, lekin oxirgi lahzada mashina toʻxtadi, to'xtadi. Ammo Jimin qoʻrqganidan vahima ichida yerga yiqilib tushdi, sumkasi ham yelkasida azfaltga tushdi.
Erkak darhol mashinadan tushdi va bu yerda o'tirgan bolani ko'rdi, xayriyatki, bola yaxshi edi.
Jimin oʻzini yigʻlab yuboradigandek his qila boshladi, va oʻrnidan turib kiyimlarini qoqa boshladi.
Erkak unga o'rnidan turishiga yordam berdi.
Ammo Jimin bu erkakga e'tibor bermay, sumkasini oldida tezda yurib ketib qoldi orqasiga ham qaramadi.
Erkak g'o'ldiradi va mashinaga qaytdi.
"Xayrli tong Taehyung", Jungkook akasiga ta'zim qilib, kabina tomon yurdi.
"Nima seni kechikishga majbur qildi ?" deb soʻradi Tae.
"Men juda tez haydab kelayotgan edim bir bolani turtib yubordim".
"Sen mashinang bilan bolani urib yubording va u oʻldimi ?" Jiddiy soʻradi Tae.
"N...Nima yoʻq yoʻq men vaqtida tomozni bosdim u qoʻrquv bilan azfaltga oʻtirib oldi, xudoga shukurki u pul soʻramadi agar soʻragan taqdirida ham nima qilishni bilmas edim chunki hamyonim uyda" tushuntir berdi Jungkook.
"Kechagi faylni to'ldirdingmi ?" Ko'z bilan aloqa qilmasdan soʻradi Tae.
"Men hozir toʻldirib kelaman" - dedi va kabinadan yugurdi ketdi Jungkook, Taehyung esa xo'rsinib ukasi ortida qarab qoldi.
Kollejni tugatgandan so'ng, Jimin avtobus kutmoqda, birdan kimdir uni qo'rqitib yubordi.
"Hey Jimin anchadan beri koʻrinmay qolding, seni koʻrish orzu boʻlib qoldi" Bu Jiminning yaqin do'sti edi
"Men kollej va yarim kunlik ish bilan bandman" deb mayuz jilmaydi Jimin.
"Haqiqatan ham ishdan keyin uchrashishimiz kerak. Nega ishonching komil emas "
"Jimin raqamingni olsam bo'ladimi?" Jhop so'radi.
"Yaxshi" Jimin rozi bo'ldi va ular raqamlarini almashtirishdi. J-hope Jiminni quchoqlab, keyin orqaga qaytdi.
Jimin ovqat bilan o'ynar edi, ishatasi yoʻq sababi uning oyogʻi ogʻriq berayapti.
"Nima bo'ldi, nega ovqatingni yemayapsan?" — deb so‘radi onasi
"Oyog'im og'riyapti" deydi u sekin ovoz bilan.
"Hm yo'lda bir odam meni urib yuboradi, lekin mashinani oʻz vaqtida toʻxtatdi"
"Voy yaxshi emas Jimin, ehtiyot bo'lishing kerak, aks holda oyog'ingsiz qolasan, bolam operatsiya qilish uchun pulim yetmayapti" - dedi u o'g'lini himoya qila olmayotgani uchun oʻzini ayblab koʻz yosh toʻkadi. Va sekingina Jimini bagʻriga bosadi
Jimin ham javoban onasini quchoqladi. "Iltimos, to'g'ri ovqatlan, sen juda zaifsan, shifokorning nima deganini eshitmadingmi, to'g'ri ovqatlan, men seni yo'qotishni istamayman sen mening hamma narsamsan"
Majburiy ovqat yeganidan soʻng Jimin narsalarni olib ishga otlandi
Lekin birdan uning nigohi hamyoniga tushdi, tanish emasdek tuyuldi, nega? O'zi o'yladi.
Hamyonni qo‘liga olib, tikilib qaradi-da, nihoyat uni ochdi, ko‘zlari katta-katta ochilib, bir zum nigohi faqat pulga to‘la hamyonga qaradi.
Va u darhol hamyoni yopdi, uni stolga qaytarib qoʻymadi, hamyondan qo'rqib, orqasiga qayrilib ketdi.
"ONA" !! - deb qichqirdi. Yig'lamaslikka harakat qilib.
"Jimin shirinim nima bo'ldi?" Xavotirlanib soʻradi onasi.
U qo'llarini ushlab, qo'rqib ketgan holatda hamyonga ishora qildi. U sarosimaga tushdi. "Seni bezovta qiladigan narsa bormi?"
Jiminning onasi uning qoʻlidan hamyoni oldi bir Jiminga bir hamyonga vahima bilan qaradi.
"N-nima Jimin, nima buncha pulni qayerdan olding?" Hali ham shockda soʻradi onasi.
"Men bilmayman, oyi bu qanday sodir bo'ldi, men hech narsa qilmadim", - u vahima qila boshladi.
"Yaxshi, ikkalamiz ham bu hamyon egasini topishga harakat qilamiz " deb oʻgʻliga dalda bera boshladi ona , va Jimining peshonasidan o'pib. Jimining onasi doimo uning yonida boʻlganida Jimin oʻzini xotirjam his qiladi u.
"Xoʻsh shirinim eslashga harakat qilib koʻr, ertalab seni turtib yuborgan mashina qimmatbaho mashina boʻlsa, demak hamyon oʻsha odamniki boʻladi, eslashga urinib koʻr"
"Ha, oyi esimda, shoshib hamyonni oʻzmniki bilan adashtirganman, chunki u yerda yiqilib tushgan edim, shuning uchun ham cho'ntagimdan tushib ketgan deb oʻylaganman" Jimin katta dumaloq ko'zlari bilan hamyonga tikildi.
"Biz bu odamni qanday bilib olishimiz mumkin?" — deb soʻradi ona
"Qarab koʻrchi?, bu kartada uning raqami bormi?" Jimining oyisi dedi.
"Menimcha, biz unga qoʻngʻiroq qilishimiz kerak" dedi Jimin.
"Sen shunday deb o'ylaysanmi?" - dedi ayol.
Hm" yoqimli ovoz bilan ingladi Jimin.
Biroz vaqt o'tgach, ular barcha raqamga qoʻngʻiroq qilishdi.
Hayriyatki, raqam ishlayotgan edi, va gudok ketdi.
"Salom ?" Javob berdi telefonni koʻtargan odam.
"S- salom men...men Park Jimin man......." Jimining gapini uzdi odam
"Xo'sh? Nima qilay!" Erkak javob beradi.
"Y-yo'q, aytmoqchimanki, men sizning hamyoningizni ertalab tasodifan olib kelibman, tanidingmi?"
"Oh, mening hamyonim hozir sizning qoʻlingizdami?" — hayron bo‘lib so‘radi erkak
"Ha, qaytarib olishingiz mumkin," - dedi qo'rqib javob berdi Jimin.
"Xo'sh, sizning manzilingiz qayerda, ayta olasizmi, men hamyonim uchun boraman", - dedi yana erkak. Bechora Jimin esa "ha" deb bosh chayqadi onasiga qarab
----------Time Skip------------
Kambag'al uy oldida keng mashina to'xtaydi
"Um men Jungkookman, Park Jimin qo'ng'iroq qilib, hamyonimni qaytarib berishi uchun shu manzilnk aytgan edi, men adashmadimimi?" U manzilni ko'rsatib so'radi. Ayol boshini qimirlatib, Jungkookni uyiga kirishiga ruxsat berdi.
Jimin unga hamyonini qaytarib olib keldi, lekin bola va onasi bu hamyondagi pulning hech qanday tiyinga ham tegimasdan qaytarib berishgank uchun Jungkok biroz hayron qoldi, bu uy uning katta saroyiga juda kichkina va koʻrimsiz boʻlib tuyuldi, Jiminni ham juda go'zal inson sifatida ko'rdi, ayol Jungkook qahva taklif qildi va birozdan soʻng, Jungkook qahvani ichib vaqti-vaqti bilan Jiminga boshdan-oyoq tikilib qoldi.
Bir vaqtning o'zida Jungkookni nimadir hayratda qoldirdi, u Jiminning polda oqsoqlangandek yurganini payqab qoldi, bu uni xafa qildi.
"Nega oqsoqlanayapsiz?" Jk so'radi
"Aslida men bolaligimda yiqilganman, jarohat olganman, shuning uchun men shundayman". - dedi Jimin tabassum bilam
Qahva ichayotib buni eshitish juda achinarli edi.
Jungkook bir oz pul chiqarib Jiminga mehribonligi uchun uzatdi.
Avval u ikkilanib turdi, lekin Jungkook majburlab rozi qildi.
Jungkook qahvasini ichib boʻlgach Jimining sochlarini ohista siladi u Jimingga katta akadek mehr bilan qarab qoʻydi va uydan chiqib akasi tomon ketdi.
"Sen qayerda eding ?" Tae divanda o'tirib telefonidan bosh ko'tarmasdan so'radi.
"Men sening akangman, shuning uchun ham sendan hamma narsani so'rashga haqqim bor."
Jungkook ko'zlarini yumib xonasi tomon yurdi.
Taehyung kechayu kunduz oʻzingi mafiya ishlari bilan shugʻullanib sovuqqon va jizzaki odam boʻlib qolgan edi, u oʻz dushmanlarini oʻljasini poylab yurgan yoʻlbars kabi sokin va jim kuzatar edi.
Authordan: Bu birinchi qism va menimcha bu unchalik tushunarli chiqmagan ammo ish vaqtida yozganim uchun shunday boʻldi toʻgʻri tushunasizlar degan umiddaman keyingi qism albatta tushunarliroq va qiziqroq boʻladi.