- ππ²π΅πΎπ―πͺπ» π°πΎπ΅π²πΆπ
Meni jirkanch botqoq azoblaridan qutqarib najot bergan - nilufar gulim
Atrofimdan hech narsani eshita olmas edim. Tezlik bilan mashinamni o'ng tarafga burdim natijada mashina muvozanatni yoqotdi. Ammo hech narsaga e'tibor bermay tezlikni yanada oshirardim. Bu poyga ko'p narsani hal qilardi. Yonimda ketayotgan BMW EM5 mashinasi ham mendan oshishga harakat qilarkan uning harakatlariga nim tabbasum qildim va turbo tezlikka qo'ydim.
Salom men Seol Asiman. Yoshim 26 yoshda. Poyga va tungi hayot...barchasi menga tegishli edi. Ayniqsa poyga! Hozir ham poygadaman. Yutuq esa juda katta pul edi. Hayotda faqat bita narsadan qo'rqaman mashinamga yani toychog'imga nimadir bo'lishidan! Ota-onam meni tashlab ketishgan. Yolg'iz o'zimni buvim katta qildirlar. Men bilan 20 yil birga bo'ldi. Uzoq vaqt. Hayotda hurmat qiladigan insonim ham faqat buvim!
Yana bir burilishdan keyin marraga yetib boraman. Afsus sizlar bilan suhbatlashib biroz orqada qolib ketdim. Ammo yutqazish men uchun emas. Men faqat yutish uchun tug'ilganman.
Oldinda ketayotgan ko'k mashinaga qaradim. Menga yo'l bermayotgan edi. Undan o'tib ketishni bir yo'li bor. Kelayotgan burilishda 20 ma qo'llanish bilan o'tib keta olaman. Burilishga yaqin qolganda tormoz bosib keskin o'nga qayirish va yana tezlikni oshirish. Bu ishda mukkamalman!
Aytgan taktikam bilan burilish qildim va soniyalarda BMW EM5 mashinasidan o'tib ketdim. Tezda tezlikni oshirib marra tomon harakat qildim va yutdim!. Mashinadan tezda tushib, boshqalarga kulib qarab turardim. Barcha meni tabriklayotgan edi. Ko'zlarim esa bir insoni qidirdi dugonam Chansoo. Sariq sochli qiz yonimga yugurib kelib meni quchoqladi. Men ham uni asta quchdim
β bilardim...men etgan edim, yutishingizga ishongan edim opa!
Chansoo mendan 3 yosh kichkina va doim menga hurmat bilan munosabatda bo'ladi. Uning bu hislatini juda yoqtiraman
Asi: ha bilaman. Agir senga ham aytamanku tug'ish uchun tug'ilganman deb
β ha ha albatta. Ammo ishongim kelmayapti siz erkak kishini yutdingiz...qoyil qolib ketyapman opaaa
Chansoo menga yopishqoq kiley kabi yopishib oldi. Lanati nega bu qiz bunchalar yopishqoq? Ammo menga bu yoqadi
Chansoo bilan hayrlashib uni uyiga olib borganimdan so'ng uyga qaytayotgan edim. Mashinadan tushib uyimga qaradim yani buvim bilan yashaydigan uyimizga. Uyim oldida juda ko'p qora rangli kiyim kiygan erkaklar ko'p ekanini ko'rib biroz qo'rqdim. Va yugirib borib qaradim
β sizga yana qancha takrorlashib kerak? Agar qarzlarni vaqtida to'lamasangiz ohiri yomon bo'ladi. Qarizlaringiz foiz bilan 3 barobar oshmoqda.
Men tezda buvimning ko'zlariga qaradim. Buvim yeg'layotganini ko'rib yuragim...tanam titirab ketdi.
Buvim gaplarini tugatmasidan avval honaga yana bir erkak kirdi. Men u erkakga qarab turardim. O'ziga hos aurasi bor erkak. Kelishgan ammo zahar ekanligi bilinib turardi
β boss...biz hammasini hal qilmo..
β Janob Jeon Jungkook meni kichiring...iltimos meni kechiring
Men buvimning ko'zidan yosh chiqib unga yalinayotganini ko'rdim tanam muzladi. Buvim unga tiz cho'kayotgan edi. Tom manoda buni ko'rishdan o'lim avzalroq edi. Men qarshimda turgan erkakga Jeon Jungkookga yaqinlashdim va ko'zlariga qarab turib uni mushakdor bilagidan ushlab tashqariga olib chiqib ketdim. U ham meni ortimdan yurayotgani biroz hayron qoldirdi
Asi: sizda uyat bormi? Biroz bo'lsada uyalasizmi? 70 dan oshdan ayol sizdan tiz cho'kib kechirim so'radi! Uyalmaysizmi? Nega bu yerga keldingiz? Javob bering! Siz ham odammisiz? Boshqalarga nisbatan hurmatni his qilmaysizmi? Odamiylik yo'qmi? Hissizmisiz? Bu yerda nima muamoyingiz bor!
Unga qattiq va biroz baqirib gapirdim. U hech qanday hissiz menga qarab turdi va lab uchida tabbasum qildi.
Jungkook: Seol Asi shundaymi? Poygalar malikasi. Boya mening ukam bilan poyga o'ynab uni yutibsan, rosti tasirli. Nima deb o'ylaysan nega bu yerga kelganman?
Bu erkak menga qadam va qadam yaqinlashdi va bilagimdan qattiq ishlab o'zini tanasi bilan meni tanamni birlashtirdi
Jungkook: sening buving mening imperiyamdan katta miqdorda qarz olgan. Juda katta pul! Bu pulni 100 marta poygada yutsang ham to'lay olmaysan.
Uning gaplaridan miyam ishlamay qoldi. Uning jiggarang va qora aralashgan ko'zlariga qarab turardim.
Jungkook: 20 ma milliard dollar.
Bu pullarni eshitib hayron qoldim. Buvim shuncha pulni nima uchun olgan va nimaga ishlatgan?
Asi: menga vaqt ber, barchasini qaytaraman
Pov.Author
Jungkook qiziqarli tabbasum bilan qizga qarab turardi. Asining bilagidan qo'yib yubordi va tezda uni belidan qattiq ushlab o'ziga tortdi
Jungkook: 3 kun muhlat beraman, agar shu kun ichida kerakli pullarni topa olmasang...manashu kichik tanang bilan to'laysan Nilufar gulim! Albatta itlarim uchun foydali...suyak bo'lsang ham!
Jungkook tezda Asini o'zidan itarib yubordi va mashinasi tomon ketib qoldi
Qorquvdan qo'llari titirab qolgan Asi tezda uyda yolgiz erkaklar bilan qolgan buvisini esladi va uy tomon kirib ketdi. Ammo yolg'iz polda bir o'zi o'tirgan buvisini ko'rib uni quchoqladi
β kechir..kechir qizalog'im...ohu ko'zligim..
Asi: nega kechirim so'rayapsiz?
β bunday bo'lishini istamagan edim. Rostan ham hohlamagan edim...man ham majbur bo'ldim
Asi: yaxshi buvi.. endi yeg'lamang barchasini qaytaraman, tinchlaning. Shuncha pulni nima uchun oldingiz?
Asi gapni to'xtatishi bilan hona sukunatga cho'mdi.
Asi: Nima? Ularga olib berganman demang iltimos! Sizni va meni 20 yil oldin tashlab ketgan yuzsizlargami? Shuncha pulnimi?
β ahir oying meni farzandim...
Asi: eshtishni hohlamayman...lanati!!!!
Asi ko'zlaridan oqib tushgan ikki tomchi yoshni artdi va uydan chiqib ketdi
Kechki Seoul || Jeonlar qorg'oni
Qo'lidagi viskidan ko'zini uzmay qarab turgan Jungkook boyagi voqeani unuta olmasdi.
Jungkook: hech kim oldin menga bunday munosabatda bo'lmagan edi...qo'limdan ushlab...bunday ohangda..juda qiziq!
Jungkook bir ko'tarishda qo'lidagi barcha viskini ichib qo'ydi.
Jungkook: hali juda ko'p uchrashamiz Nilufar gulim!