November 4, 2025

𝐀𝐏𝐎𝐂𝐀𝐋𝐘𝐏𝐒𝐄🔞

- 1 episode -

Sen – men qilgan eng og‘ir gunohlarimning javobidek, taqdirning sukunatdagi jazosisan.

.

.

.

Qasrdek uy — har bir devorida tinchlik nafasi, har bir burchagida sokinlikning musaffo havosi sezilardi. Bog‘ qo‘ynida, yaproqlar orasidan tushayotgan quyosh nurlarida o‘tirgan Sera, qo‘lida kitob tutgancha, o‘z xayollar dunyosida suzardi.

“Men hech qachon ishonmas edim...” — asta, sahifadagi satrlarga tikilgan ko‘zlarini uzmay. “Qanday qilib dushman yuraklar bir-birini sevib qola oladi?”

Uning bu so‘zlari havoda sekin taralib, go‘yo bog‘dagi shabada bilan birga yo‘qoldi. Sera shu qadar osoyishta, shu qadar chiroyli edi-ki, uni kuzatgan inson beixtiyor hushidan ketguday bo‘lardi.

— Kichik honim, janob Min keldi

Sera istamaygina o‘rnidan turdi, kitob sahifasini buklab qo‘ydi va uy tomon sekin yurdi.

Sera: Dadajon!

Sera otasining bag‘riga sho‘xlik bilan otilib uni qattiq quchoqlab oldi.

— Qizalog‘im, munchog‘im... ahvollaring yaxshimi? Fransiyadan kelgunimga qadar aqlli qiz bo‘lib yuribsanmi?

Sera jilmaydi. Uning ko‘zlarida quvonch va sog‘inch aralash bir chaqnash bor edi. U otasini ikki oydan beri ko‘rmagan, endi esa nihoyat bag‘rida edi.

— Munchog‘im, bugundan boshlab fransuz tilini o‘rganishni boshlaysan. Maxsus sen uchun ustoz olib keldim.

Shunda Sera nigohi eshik tomonga qadaldi. Qadam tovushlari tobora yaqinlashar, har bir ohangda qat’iyat va ishonch sezilardi. Deraza ortidan kirib kelgan erkakning sokin, ammo o‘tkir nigohi unga tikildi.

Uning siymosi — go‘yo muzday tunda porlagan oydek.

— Hayrli kun, janob Min... sizga ham, kichik honim

Sera yuragining bir zumda tez ura boshlaganini his qildi. U bu erkakdan faqat jozibali tabassum kutgan edi, ammo u jim turib, qarashlari bilan hamma narsani aytib turardi.

Sera: Hayrli kun... men Min Seraman

— Siz haqingizda eshitgan edim

— O‘g‘lim, endi sen bizning uyimizda yashaysan. Sera, bu sening yangi ustozing. Umid qilamanki, unga yaxshi taassurot qoldirasan.

Shundan so‘ng otasi tepaga ko‘tarilib ketdi. Xonada sukunat cho‘kdi. Yigit esa atrofga nazar solib, go‘yo bu uyning har bir burchagini o‘qigandek qarardi.

— Kichik honim, siz biroz bo‘lsa ham fransuz tilini bilasizmi?

Sera: Yo‘q, ammo bu tilning juda chiroyli ekanligi haqida eshitganman

— Hamma chiroyli narsalarni yaxshi deb o‘ylaysizmi?

Yigit unga tik qarab gapirdi. Sera bu so‘zlardan hayron bo‘ldi. Javob izlab sukut saqladi.

— Agar “ha” demoqchi bo‘lsangiz, siz qattiq adashyapsiz, — sovuqqina ohangda gapirayotgan edi — Agar “yo‘q” bo‘lsa, men sizga buning isbotini ko‘rsataman.

Bu so‘zlardan keyin yigitning nigohi Seraning ko‘zlariga qadalganda, qiz yuragidan bir issiq to‘lqin o‘tdi. U hech narsani tushunmayotgandek edi, lekin bu nigohda nimadir sehr bor edi.

— Ertangi darslar soat 11:00 da boshlanadi, Men kechikkanlarni yoqtirmayman.

Hoseok ortiga qaramasdan gapirib chiqib ketdi. Sera esa jim turib qoldi... Uning hayoti endi yangi sahifadan boshlanar edi.

*

– Bar 🍺 –

Qorong‘u tunda shahar ko‘chalarida faqat bir joy hali ham uyg‘oq edi — “Bar”.
Bu joy qimorbozlar, yo‘qotishdan zavq oladiganlar va hayotning qora tomoni bilan yashovchilar uchun panoh edi.
Tiniq, ammo biroz g‘amgin ohangdagi musiqa atrofni to‘ldirib, xuddi jinoyat va yolg‘izlikni yuvib tashlagandek tuyulardi.

Eshik sekin ochildi. Ichkariga uzun palto kiygan, sovuq nigohli bir erkak kirib keldi.
Bar ortidagi erkak yuzida yarim tabassum bilan unga qaradi.

— Hush kelibsan, J-Hope.
— Seni ko‘rish nasib etganiga o‘zim ham ishonmayman,

U 50 yoshdan oshgan, yuzida ko‘p sirlar yashiringandek ko‘rinadigan odam edi — Janob Park.

Hoseok asta unga yaqinlashdi, nigohida hech qanday hissiyot yo‘q edi.

— Rahmat, janob Park.

Park kulimsiradi, ammo ko‘zlarida sovuq yaltirash paydo bo‘ldi.

— Qoyil qoldim, rostini aytaman, barakalla. Minning ishonchiga kirish... bu har kimning qo‘lidan keladigan ish emas.

Hoseok stulni sekin tortib, o‘tirdi.

— Janob Park, bunday ishlar men uchun “ish” emas. Va hali Min menga to‘liq ishonmaydi. Balki meni kuzatayotgandir... aniqlik yo‘q.

Park bir lahza sukut saqladi. Keyin bar orqasidan eng qimmat vinoni olib, stakanga sekin quydi. Qizil suyuqlik chiroqda marvarid kabi yaltirab turardi.

— Qanday qilib o‘ch olmoqchisan, Hoseok?

— Bilasan, senga nisbatan ishonchim boshqalarnikidan ustun. Shu bois men senga o‘z qasosimni topshiraman.
Minni azob bilan o‘ldir. So‘ng o‘ligini qora qarg‘alarga yedir... Buni sen qilolasan. Men bunga ishonaman.

Hoseok jim qoldi. Hech qanday hissiyot ifodasi yo‘q, faqat sovuq sukunat.
U stakandagi vinoga qaradi — ichmadi.
Fakat o‘sha qoramtir rang, o‘sha tiniq suyuqlik unga go‘yo qonga o‘xshab ko‘rindi.

— Barchasi bajariladi.

Shundan keyin u stakanni joyiga qo‘ydi, Park tomon oxirgi marta nigoh tashladi-da, orqasiga qaramasdan barni tark etdi.

Tashqarida sovuq shamol esar, tungi shahar chiroqlari uning orqasidan jim kuzatardi.
Go‘yo bu kecha kimningdir taqdiri allaqachon hal bo‘lgandek edi...

*

Yangi kunning boshlanishi hamma uchun ham yaxshi kelmadi. Uyqusizlik kasali bilan 6 yildan ortiq kurashib kelayotgan Hoseokda bu tun ham shunday o'tgan edi

Soat 11:10 bo'lishga ulgurdi. Ammo hali hamon Seradan darak yo'q edi. Sovuq nigohi bilan yana bir bor soatga qaragan erkak o'zini tinchlantira boshladi

Sera: kechirasiz kech qoldim ustoz

Hoseok qizning gaplarini zo'rg'a chuna oldi. Nafasini rostlab olgan Sera o'zini o'nglab oldi va Hoseokdan ko'zlarini uzmadi

- sizga kech qolganlarni yoqtirmayman deganman shundaymi?

Sera pastki labini tishlab boshini ha deb chayqadi

- lekin nega 10 daqiqa kech qoldingiz? Bu birinchi dars edi. Agar yana bu holat qaytarilsa sizga jazo qo'lashga majbur bo'laman, kichik honim!

Hoseokning sovuq va tahdidli ovozidan yeg'lashga tayyor qiz boshini egib pastga qarab oldi

Sera: men..meni kechiring

- yo'q, kechirim bilan qutila olmaysiz. Shu o'n daqiqani..biroz shaxsiy ishlarga sariflab o'rnini to'ldira olamiz, shundaymi?

Hoseok sovuq nigohlari bilan Seraga yaqinlashib kela boshladi

Hona butunlay sukunatga cho'kdi. Faqat soatning ovozi eshtilib turardi. Seraga yaqinlashgan erkak shaxsiy chegaralarni ham kesib o'tgan edi. Astalik bilan uning tartibsiz sochini qulog'i ortiga tiqdi. Qizning nafas olish tartibi buzilib ketdi. Yuragi shu qadar tez urardiki buni hech kim to'xtata olmas edi. Hoseokning muzdek sovuq ko'zlari orasida qolib ketgan qiz ortga yurish haqida o'ylab ham ko'rmadi

- mening munchog'm...

- Mon bijou...mening munchog'im degani. Juda noyob buyumlarga nisbatan ishlatiladi

- Jung Hoseok -
- Sera -

author: Nova

- Fanfic faqat Sera uchun yozilgan -