BE SEXY🔞
Hayotimda faqat bitta erkak uchun iliqlik bor edi. Mening yuragimda o‘sha mehr faqat bitta insonga tegishli edi – farzandim Sejun. Men uni 18 yoshimda dunyoga keltirdim. Bu yosh vaqtda kutilmagan voqea edi. Uning otasi esa yo‘q edi. O‘sha kecha, o‘zimni eng yaqinim deb bilgan yigitim meni aldagan edi. U bilan birga kelajakni qurishni orzu qilgan edim, ammo bu faqat mening xayolim bo‘lib chiqdi. U mendan yuz o‘girdi va ketdi. Qaytib kelmadi.
Boshida u meni tashlab ketgani uchun yig‘lamadim, o‘zimni unga qattiq bog‘lab qo‘ymaganman deb o‘ylardim. Lekin bir kuni shifokordan homilador ekanligimni eshitganimda, xuddi dunyom ostin-ustun bo‘lib ketdi. Bu yangilik meni shokka tushirdi. Xiyonatdan keyin bolani qanday dunyoga keltirishim mumkinligi haqida boshimda millionlab savollar aylanardi. Sobiq yigitimni topish uchun izlashga tushdim, lekin u go‘yo yer yutib yuborgandek, izsiz g‘oyib bo‘lgan edi. Har bir ko‘chani kezdim, har bir tanishimdan surishtirdim, ammo uning qayerdaligini hech kim bilmas edi.
O‘sha vaqtda men model bo‘lish uchun astoydil harakat qilardim. Bu men uchun faqat kasb emas, balki hayotdagi yagona maqsad edi. Ammo hayot bir zumda mening yo‘limni boshqa tomonga burib yubordi. Sobiq yigitim meni tashlab ketgani uchun ichimni g‘azab va nafrat kemirib tashlayotgandi. Unga zarar yetkazishni, hatto hayotini barbod qilishni ham o‘yladim. Bir paytlar yuragimni erkalagan insonni yo‘q qilish istagi meni ichdan yemirib borardi. Lekin oxir-oqibat bunday qila olmadim. Yuragimdan kelgan o‘sha nafratni to‘xtata oldim.
O‘zimga kelganimda ota-onamga qanday yuz bilan qarashni, qanday qilib ularga buni tushuntirishni bilmasdim. Chunki ular meni har doim orzularini amalga oshiradigan, beg‘ubor qiz deb bilishardi. Shu sabab, o‘sha davrda katta qaror qabul qildim – o‘z hayotimni butunlay yangidan boshlash uchun Seulga yo‘l oldim. Menga begona bu shahar mening yangi uyingga aylandi. Har bir qadamimni ehtiyotkorlik bilan bosdim. O‘zimni, orzularimni va farzandimni hech kim bilmagan hayotimda qayta yaratishni boshladim.
Hayot meni ko‘p sinovlardan o‘tkazdi, lekin Sejun – mening hayotimdagi yagona quyoshim, mening kuchim, mening sababim edi. Shu sabab hamma qiyinchiliklarga bardosh berdim. Har safar orqaga qaraganimda, o‘zimni sobiq yigitimni qidirgan, qo‘rqib, shokka tushgan holatimni eslayman. Ammo bugungi kunda men o‘sha qiz emasman. Men Sejun uchun kuchli onaman.
Sejunni 3 oylik sayohatga jonatyapman. Bu galati, bolamsiz 3 oy menimcha bu yomon. Lekin Sejun uchun haqiqiy dunyo nima ekankigini ko'rsataman. Shahzodamning miiti qo'llaridan ushlab avtobus tomonga yaqinlashdim. Uning bo'yiga bo'yim mos kelishi uchun tizzam bilan o'tirdim.
—mening shahzodam hamma sinovlarga tayyormi?
— Ha oyijon...hammasiga tayyorman! Hozir juda ham hursandmanki tassavur ham qiloymaysiz... - Sejun 4 yosh bo'lishiga qaramay gapirishida biroz hatolar bor. Bilarni eshitib bolasini quchog'iga olgan Chansoo uni bo'yinlaridan hidlab hidlab o'pardi
— albatta mening shaxzodam hammasiga tayyor. Qani endi ketdik.
Avtobus yoniga borib Sejunni kerakli joyga joylashtirdim. Ularga qaraydigan bog'chaga-opa esa judayam tartibli va mehribon ayol. Avtobus ketishini kutib turarkanman negadir ko'zimga yosh keldi. Ammo buni Sejunga bildirmadim.
— siz bizning standardlarimizga to'g'ri kelasiz ammo biroz bo'yingiz past honim - yoqimli ovoz bilan Chansooga gapirgan yosh qiz unga tabbasum bilan qarab turardi - ammo buni togirlasa bo'ladi. Ishga qabul qilindingiz Park honim~
Menga qo'lini bergan qizga rahmat aytib men ham qo'limni unga uzatdim. Yaxshi kayfiyat bilan agentlikdan chiqib uyimga yo'l oldim. Bugungi ajoyib voqeani aytib berish uchun dugonam Mariaga qo'ng'iroq qildim.
— Maria o'ylab kor bugun nima bo'ldi - telefon ortidagi qiz Chansooning gaplarini taxmin qilib ko'rdi
— Sejun ketgani uchun yeg'lamadingmi? Yoki otangni ahvoli yaxshilanibdimi?
— Yo'q. Men ishga qabul qilindim Maria! Tassavur qilib ko'r "SHL" agentligi meni kampaniyaning yuzi sifatida ishga qabul qilmoqchi...
—Park honim...bu bugungi eshitgan eng ajoyib yangiligim bo'ldi deb ikkilanmasdan ayotolman...kel buni nishonlaymiz! - Maria hursandligidan kulib Chansooni kayfiyatini yanada oshirmoqchi edi.
— Yo'q...yo'q. Ichamiz demoqchisan bilaman. Bilasan juda tez mast bo'laman
— Park honim!!! Men bilan ichishga borasan. Bugun faqat ikkimiz mazza qilamiz chunarlimi?
— Seni yaxshi ko'raman Maria. Har doim meni ' Park honim ' deganingda yuragim boshqacha uradi
— sababini aytaman chunki meni sevasan - telefon orqasidan qattiq kulib yuborgan qizning kulgisi Chansoogayam kulgi bag'ishladi
— Ahmoq! Unda o'sha har doimgi uchrashadigan joyimizda ushrashamiz
Quyoshning nurlari yana juda qattiq va yorqin porlamoqda. Hammaga yoqadigan tong faqat Chansoo va Mariaga yoqmadi. Ko'zlarini zo'rg'a ochgan Maria turishi bilanoq soat millariga qaradi.
— CHANSOO TURRR! ISHGA KECH QOLYAPSAN!!!!
Marianing qichqirig'i qulog'imga huddi avtomat ovozidek eshtildi. Birinchi bor mazza qilib uhladim ammo Maria hammasini barbod qildi.
—ish? La'nati ishga ketishim kerak.
O'rnimdan turib tezda dush qabul qilish uchun kirib ketdim. Tezda dush qabul qilgach kiyinib biroz pardoz qildim. Oyoq kiymimni kiyarkanman tirnog'im yo'qligini ko'rdim.
— Maria negadir tirnog'im yo'q...u sinibdi! - Chansooning gapidan song Maria tezda uning yoniga borib tirnog'larini ko'rdi.
—Rostan ham...mm kecha nimadir bo'lganga o'xshaydi...la'nati kechagi yigit!
—kelsang gapirib beraman. Amm hozir tezda kampaniyaga bor...faqat tezroq Park honim!
Ohirgi marotaba Marianing yuzidan o'pib uyni tark etdim. Boshim juda qattiq og'riyapti...ahh! Bunday korinish bilan ishimni boshlolmayman lekin majburman.
Kampaniyaga yetib kelib bosh direktorning honasiga yugurdim. Hayojan va qiziquvchanlik ich etimni yeb yuborgandiki buni tasvurlash qiyin edi. Kirish uchun ruxsat so'rab ichkariga kirdim.
— Hayrli kun! Park Chansooman. Meni honangizga chaqirtiribsiz
—gaplarim ko'p edi. Aytishlaricha agentlikning yuzi bolmoqchikansiz! - stolini teskari qilib gapirgan yigit qizga qarab ham qo'ymadi.
— Ha chunki menga shunday deyishdi. Yuzim va qomatim standarlarga to'g'ri kelarkan
Qogozlardan yuzini olib menga qaragan erkak kulib yubordi. Sababini esa bilmayman. Stoldan turib meni yonimga kelarkan men uning ko'zlariga qarab turardim. Ko'zlarida g'azab va qiziqish bor edi.
—Rostanmi? Siz nafqat standardlarimizga balkim mast ahvolda begona erkakni labidan o'pib ketishga ham mossiz...to'g'rimi?
Bu gaplar meni juda yomon ahvolga olib keldi. Bu odam nimalar deyotganini bilmayapti shekilli. Mast? O'pish?...la'nati men hech narsani eslolmayapman.
—Gapimni eshitdingiz honim! Nega yana menga 'nima' deyapsiz?
Yerga qarab eslashga harakat qildim. Nahotki men kecha mast holda begona odamni o'pdim va bu odam bunga guvoh bo'lgan. Jin ursin* endi u meni qanday ayol deb o'ylaydi?
— Javob berishni istamaysizmi? Yaxshi unda manabu singan tirnog'ingizni oling - Jungkook kissasida kichik paketga solingan tirnoqni Chansooning qo'liga berdi va unga yanada yaqinlashdi
—Tabriklayman. Ishga qabul qildingiz va erkak model bilan ishlashingiz mumkin. Kechagi men bilan bo'lgan ishni hech kimga aytmaslikka va'da beraman honim - Jungkook Chansoodan soniyalarda uzoqlashdi va kulib yana ish uchun telefonini oldi va suhbatlashdi. Bu orada ikki yuzi qizari suratga olish maydoniga borib ishlari bilan tanishib chiqdi.
Chansoo bugun juda band edi. U suratga olish maydonida rejissyorning yo‘riqnomalarini diqqat bilan tinglab, o‘z ishiga butunlay sho‘ng‘igan edi. Kameralar joylashtirilgan, yorug‘lik moslamalari to‘g‘irlangan, hamma narsa suratga olish jarayoniga tayyor edi. Ammo Chansoo bir joyda tinch turolmas, har gal qandaydir muammo chiqib, uni hal qilish uchun yugurib yurardi.
Jungkook esa bir chekkadan butun jarayonni kuzatardi. Uning nigohlari doim Chansoo tomon qaratilgan edi. U Chansooning har bir qadamini, har bir harakatini sinchiklab kuzatar, hatto Chansoo buni sezmagan ham edi. Boshqalar esa o‘z ishi bilan band edi; suratga olish guruhining hech biri Jungkookning bu holatini payqamadi.
Chansoo kameralar qarshisida ishlashda biroz qiynalayotgandi. U har bir burchakni tekshirardi, har bir detallarni joyiga qo‘yishga uringandi. Ammo nimadir uni bezovta qilardi. Uning yuzida g‘amgin ifoda paydo bo‘lganini faqat Jungkook sezdi.
Kun davomida Chansoo boshqa odamlar bilan juda yaxshi ishladi. U har bir kadrni ideal qilish uchun jon kuydirardi. Ammo Jungkook doim uning yonida edi, hatto bu narsani Chansoo sezmagan ham edi. Uning kuzatuvi sokin edi
Chansoo charchagan, lekin ich-ichida g'azab bilan qaynab uyiga kirib keldi. Deraza pardalari yopiq, xonalar jimjit, hech kim yo'qligini sezib, yelkasidan nafas oldi. U shoshilib sumkasini yechib, telefonini olib qo'ng'iroq qilmoqchi bo'ldi, lekin cho'ntagini titkilab, telefonini topmadi. Bir lahza sarosimada o'ylab qoldi, so'ng ovoz chiqarib gapirdi
— Yo'q, bu bo'lishi mumkin emas! Telefonim yo'q! Telbaga aylanib qolaman, ahir telefonsiz qanday yashashim mumkin?
U darrov oyoq kiyimlarini ham yechmasdan uydan chiqib ketdi. Yuragi qattiq urib, boshi shunchalik to'lib ketgandek edi, go'yo hammasi bir zumda portlab ketadigandek. U yaqin ko'chada taksi to‘xtatib, agentlikka qarab jo‘nadi. Bor-yo‘g‘i bir telefon uchun, lekin Chansoo uchun bu kichik narsa emas edi.
Agentlikka yetib kelganida, xonalar ham qanchalik sokin edi, faqat qorovulning o'rnidan kuzatib turgani bilinardi. U unga ahamiyat bermasdan ichkariga shoshildi. Yuragi gursillab urar, lekin telefonini topmaguncha tinchimaydiganligini his qilardi. Pardoz stoli yaqinida to‘xtab qoldi, u erda telefonining yaltirayotgan ekrani ko'rinib turardi. Ko'zlari porladi va shoshilib unga tomon bordi.
— Xudoga shukr! Endi hammasi joyida! — U telefonini mahkam ushlab, chuqur nafas oldi.
Chansoo eshik tomon yurdi va u yerdan chiqib ketishga tayyor edi, lekin eshik oldida suyanib turgan Jungkookni ko'rmadi. Eshikni ochmoqchi bo‘lib turganida, u kutilmaganda bir kuchli qo'l uni o'ziga yaqin tortdi.
— Soat 20:57... Bu vaqtda bu yerda nima qilyapsiz, honim? — dedi Jungkook o'ziga xos sovuqqonlik bilan. — Yoki yana mastmisiz? Balki meni o'pish uchun kelgandirsiz?
Chansoo bir lahza qotib qoldi. Uning yuzlari qizarib ketdi, ammo o‘zini bosishga harakat qildi. Yutkunib, boshini ko‘tarib unga tik qaradi va qattiq, ammo boshqarilgan ovozda gapirdi
— Yo'q, albatta! Bu tasodif edi. Va kechagi ish uchun uzr so‘rayman. Men... Men shunchaki telefonimni unutib qoldirgandim. Shuning uchun keldim.
Jungkook bir muddat sukut saqladi. Uning lablari sekin tabassumga aylana boshladi. Ko'zlari esa Chansoo'ni qattiq kuzatardi. So'ng u qattiq ohangda, lekin ovoziga bir oz kinoyani qo'shib gapirdi:
— Demak, shunchaki telefon uchunmi? Qiziq, siz har doim o'zingizni bunchalik xavf ostiga qo'yasizmi?
Jungkookning qo'llari hanuz uning bilaklarini ushlab turgan edi. Chansoo undan ozod bo'lishga harakat qilgan bo‘lsa-da, yigit uni qo‘yib yuborish niyatida emasdek edi. Uning sovuq, lekin o‘ziga ishonchli ko‘z qarashlari Chansoo'ni biroz hushsiz qoldirgandek tuyuldi.
— Endi meni qo‘yib yuborsangiz, yaxshiroq bo‘lardi. — dedi u, ovozida kuchli ohangni saqlab. Ammo yuragi tinimsiz urar, ich-ichida nima bo‘layotganini o‘zi ham tushunmasdi.
Jungkook jilmaygancha yana unga bir qadam yaqinlashdi. U asta uning sochlariga ko‘z yugurtirib, yumshoq ovozda gapirdi:
— Afsus, honim, sizni shunday shoshilinch harakatda ko'rganimda, qiziqib ketaman. Meni yana nimaga aralashtirishni xohlaysiz?- Bu paytda ular orasidagi masofa deyarli yo‘q edi. Chansoo nafasini to‘xtatdi. Shu lahzada uning ichki olami, hissiyotlari to‘liq titrab ketdi. Jungkookning ovozi, harakatlari, hatto ko'z qarashlari uni qandaydir sirli va og'ir holatga solib qo'ygandi...
Bu holatda Chansoo bor kuchi bilan Jungkookni o'zidan itardi. Undan uzoqlashib gapirdi
—Bu qanday ma'noda bilmayman, ammo bu harakatlar menga yoqmayapti- chansoo katta katta qadamlar tashlab agentlikni tark etdi.
—Meni qiziqtirding! Kecha mendan bo'sa olganingda senga qiziqganman...bu qanday bashorat bilmadim ammo meni kampaniyamni mashxur qilishingiz bilaman Chansoo honim!- Jungkook Chansooni ortidan gapirib qolar ekan qizni uyiga kuzatmoqchi bo'ldi ammo u bunday narsalarni yoqtirmaydi va Chansooni hali hamon ishchisi deb ham hisoblamaydi
Asabiylashgan Chansoo Mariaga qo'ng'iroq qilishda davom etayotgan edi. Avval bir marta, keyin yana ikki marta terdi, ammo Maria javob bermadi. Uning bu holati ichidagi bezovtalikni kuchaytirdi. Nihoyat, g'azabga berilib, telefonini yonidagi o'rindiqqa otib yubordi. Uning qoshlariga soya tushdi, xuddi asabiylikning og'irligi butunlay yuziga aks etgandek.
Haydovchi bu vaziyatni sezib, orqaga qaradi va muloyim ovozda gapirdi
— Honim, hammasi yaxshimi?
40 yoshlardagi erkakning mayin ovozi Chansooni bir oz tinchlantirgan bo'lsa-da, u tezda o'zini bosdi va sovuq ovozda javob berdi
— Ha, amaki, yaxshi. Faqat tanishim juda mas'uliyatsiz ekan.
Haydovchi boshini qimirlatib, bir oz jilmaydi va yana gap boshladi
— Bu sizlarning yoshingizda normal holat, bolam. Asabiylashma, hali hammasi yaxshi bo'ladi.
Haydovchining ohirgi so'zi "bolam" eshitilishi bilan Chansoo muzlab qoldi. Uning ko'zlari biroz kattarib, nafas olishni ham unutib qo'ygandek bo'ldi. Chunki bu so'z unga bir muddat oldingi voqealarni, o'zining homiladorligini, ota-onasini aldab Seulga kelganini va o'sha yerdagina Sejunni dunyoga keltirganini eslatdi. Bu og'riqli xotira uning yuragini siqib qo'ydi.
Chansoo shovqin ichida go'yo o'z xayollarini tinglab qoldi. O'rindikka tashlab yuborilgan telefoni jim edi, lekin uning qalbida qandaydir shovqin to'xtamayotgandek edi.
Chansoo uyga kirishi bilan ko'rgan holatdan shokga tushdi. Ogzi katta ochilib ko'zlari hayratdan yumilmadi ham. Ko'zini oldida dugonasi boshqa odam bilan bosa olayotgan edi.
—Maria? Bu..bu odam kim? - Chansoo eshik ostonasida turib oldida turgan ikkita odamga qarab turardi
—Bu...bu odam...haya bu mening....