March 21, 2025

Sohibjamol va maxluq

Episode - 11

β€” Meni shu yerda kut, qolgan joyida davom ettiramiz.

***

Jimin xonani tark etgandan so'ng, SooHa yuragiga qo'lini qo'yib chuqur nafas oldi.

β€” avval hech ham bunday bo'lmagan edi

___

β€” xush kelibsan, Ahyeon - Yigit uchrashuvlar uchun mo'ljallangan xonaga borganda, uni kutib turgan ikki qizga ko'zi tushdi, Jiminning ovozini eshitgan qizlar o'rinlaridan turib u bilan salomlashishdi

β€” choy yoki qahva - Jimin stullardan biriga joylashib, savol nazari bilan ikki qizga qaradi

β€” bizga hech narsa kerak emas

β€” Ahyeon, yoningdagi qizni avval ko'rmagan ekanman, bizni tanishtirmaysanmi? - bir savoliga javob olib bo'lgan yigit navbatni ikkinchisiga yo'naltirdi

β€” xaya, uzr, bu mening dugonam Peak Soni, Soni tanish bu "Park Corporation" raisi Janob Park Jimin

β€” Tanishganmdan xursandman Peak Soni - Jimin mamnunlik bilan qiz tomon qo'l cho'zdi, Soni ham ikkilanib o'tirmasdan Jiminning qo'llarini javoban siqdi.

β€” biz bu yerga ish masalasida kelgan edik Janob Park - Ahyeon Jiminni Sonidan biroz rashk qilgani bois tanishtiruvni tugatib mavzuga qaytishni afzal ko'rdi.

β€” menda bir bo'sh ish o'rni bor, sen o'qigan sohangga mos, hisob - kitobni yoqtirar eding - ku, shunday emasmi, Hisobchi bo'la olasanmi? - Jimin ko'zlarini Ahyeonga qaratdi. Ahyeon ham o'ylanib qturmay rozi bo'ldi.

Ularning suhbati biroz qizib ketgani bois, eshik taqillashi hayollarni bo'lib yuborar ekan, Jimin eshik ortidagi inson kim ekanligiga qiziqar edi. Nihoyat qiz ko'rinish berdi, biror savoli bor ekanligi, yerga qarab hijolat bo'lishidan namoyon bo'lib turardi. SooHa xonaga kirganda bu ikki qizlarni ko'rib jaxli chiqdi, ularga tikilib turib nima deyishini o'ylab olgandan so'ng boshini ko'tarib gap boshlamasidan avval, Jimin gapira boshladi

β€” senga biror narsa kerakmi, azizam?

β€” aaa...azizim, men biroz toza havoda sayr qilmoqchi edim, xonada bir o'zim zerikdim, tashqariga chiqsam maylimi? Qarshi emasmisiz? - qiz biroz gaplariga erkinlik bergan holda, fikr - u hayollarini Jiminning so'zlariga qaratdi. Ikki qiz ham ularning suhbatidan taajubda ekan. Har ikkisining hayoliga bir savol kelib tushgandi, "Bu ayol uning rafiqasimi?"

β€” shoshma sen bilan birga boraman

β€” lekin siz bant ko'rinasiz, halal bermay sizlarga - qiz oxirgi so'zlariga urg'u bergan holda honani tark etishga shoshildi

β€” Ahyeon va Soni suhbatni shu yerda yakunlaymiz, meni ayolim kutayapti, xohlasang bugundan ishni boshlashing mumkin - Jimin ham SooHaning ortidan xonadan chiqib ketti.

β€” Yeon, rostan ham shu qiz Janob Parkning rafiqasi ekanmi? - hayratda qolgan Soni ko'zlarini eshikdan uza olmadi

β€” ayolim deb aytdiku

β€” meni avval shu Janob Park deganlari bilan uchrashtirmaganmisan, juda juda tanish qayerdadir ko'rgandekman

β€” ha yog'a, u Koreyaga 4 oy avval keldi, kimgadur o'xshatgandursan

SooHa and Jimin

β€” xotinjon, shoshmay tur - Jimin kastyumini qo'liga ilib SooHaning ortidan tezlikni oshirdi, uyatdan allaqachon qizarib ulgurgan qiz qadamlarini tezlatdi. Urinishlari befoydaligini bilsada Jimin yetib olmasligini iltijo qila boshladi. Boya gapirgan gaplarini o'ylab battar uyalar ekan qo'llaridan tutgan boshqa qo'llar sabab seskanib ketti.

β€” yana bir marotaba ayt

β€” n.....n..i..mani? - qiz javobini bilsada o'zini bilmagandek ko'rsatdi

β€” "Azizim" degandingku shuni yana bir marotaba ayt

β€” yo'q bo'ldi bugunga yetadi.

β€” xo'sh qayerga boramiz

β€” shu yerdan tashqariga chiqsak bas, ochig'i rosayam zerikkan edim.

Kompaniyadan chiqqan bu juftlik, yaqin o'rtadagi bog'ni sayr qilishni ma'qul ko'rishdi.

β€” oooox, Jimin qarang anavi yerda shirin paxtalar sotilar ekan - qizning xursandchiligi ichiga sig'may Jiminni o'zi xohlagan tomonga yo'naltirdi

β€” xoy, axr senga ko'p shirinlik mumkin emas - Jimin yonidagi baxtdan ko'zlari porlayotgan qizga qaradi yu ko'zlarini undan uza olmay qoldi.

β€” shirinlikni men yemaymanku, olib bera qoling, iltimoooosss - qiz biroz yalinganida so'ng Jimin rozi bo'lib SooHa uchun shirin paxta sotib olgani ketdi.
Qiz o'sha yerdagi biror bir bo'sh joyda o'tirishni afzal ko'rib bog'dagi o'rindiqlardan biriga joylashdi. SooHa atrofni kuzatar ekan unga qarama qarshi tomondagi 3 kishidan iborat kichik oilaga ko'zi tushib bexat quvonib ketti.

β€” Chansu qani o'g'lim bo'laqol

β€” Ana shunday Chansu, shoshma, shoshma, sekinroq, sen uddalayapsan - chetdagi bir ayol o'g'lining yurishiga ko'maklashar ekan SooHa ko'zlarini hali bir yoshga ham to'lib ulgurmagan kichik jussaga qaratdi

β€” qanday yoqimtoy oila, havas qilsa arzigulik ekan - qiz qo'llarini qo'rin boshlig'ida aylantirib, silay boshladi

β€” seni oying esa kecha seni yo'q qilish qarorida edi, mendan hafa bo'lma balki meni ham baxtli qilarsan balki menga qo'shilib baxtsiz bo'larsan, o'ylaymanki dadang ikkinggiz baxtli bo'lasizlar - SooHaning ko'zlaridan yoshlar tomchilay boshladi.

β€” SooHa, mana qara men bularni ham sotib oldim - Jiminni ovozini eshitgan qiz darrov yosh tomchilarini artdi.

β€” Nimadur bo'ldimi, yig'ladingmi?

β€” ha yog'a, uxlagim kelgani bois bo'lsa kerak - qiz vaziyatdan chiqishim uchun og'zini qo'llari yordamida berkitib esnab qo'ydi

β€” unda uyga ketishimiz mumkin

β€” yo'q, yo'q shart emas, siz ishlashinggiz kerak axr. Ha bular men uchun edi - ya - SooHa gapni darrov boshqa joyga burib Jiminning qo'lidagi sumkani oldi.

1 haftadan so'ng

Pov/SooHa: ochig'i juda ham zerikdim, Jimin bilan bir uyda yashasak ham 1 haftadan buyon ko'rishmadik. Qayerda uxlayapti, nima qilayapti hech biridan habarim yo'q bu orada bir - birmizdan anchagina uzoqlashdik, unda muammolar ko'p menimcha. Bir tarafdan ko'rishmaganimiz ham yaxshi unga qaraganimda ota - onam bilan bo'lgan halokat yodimga tushaveradi xuddi bunga u sababchidek - hayollar og'ushida o'tirgan qizni eshik taqillashi o'ziga kelishiga majbur qildi

β€” Kiravering

β€” Xonim allaqachon kechki ovqat vaqti bo'ldi, Janob Park bugun ertaroq kelishlarini aytgan, taomlanishni o'tkazib yuborsanggiz sizdan jaxli chiqishi aniq - xizmatchilardan biri SooHani kechki ovqat uchun chaqirib xonani tark etti. O'zi xohlamasada noiloj qolgan qiz kiyimlarini to'g'riladi va pastga tushdi, dasturxon atrofida Jimindan boshqa hech kim yo'q, aksiga olib u ham qizga befarqlarcha taomlana boshladi

β€” Xayirli kech - qiz Jiminning qarshisidagi stullardan biriga joylashdi.

β€” senga ham - atrof yana sukunat bilan qoplandi.

β€” Jimin haligi... - qiz biroz o'ylanib gapirmoqchi bo'lgan gapini qanday tushintirishni bilmas edi

β€” chaynalmay gapir - taomdan boshini ko'tramagan yigit sovuq aurasi bilan qizni gaplarini bo'ldi

β€” menga telefon bera olasizmi? Juda ham zerikdim

β€” yo'q

β€” lekin nega, iltimos - SooHaning ko'zlari ma'yus tortib iltijo qila boshladi

β€” bir gapni ikki martta takrorlashni yoqtirmayman, agar zerikayotgan bo'lsang uyning burchagida kutubxona bor, o'sha yerga borib kitob o'qi, aynan homiladorlar uchun juda ajoyib - SooHaning gapirgani umuman befoyda bo'ldi, nega Jimin unga nisbatan bunday qilayotganini hech tushunmas edi.

β€” men bo'ldim, sizga yoqimli ishtaxa.
Chona kutubxona qayerda meni u yerga olib bor - qiz stol atrofidan turib to'g'ridan to'g'ri "Chona" lab qichqirdi

β€” Endi yarim kechasi kitob o'qiysanmi? - Yigit endigina o'rnidan turgan qizga ajablanib qaradi

β€” hm, nima qilibdi, yolg'iz o'zim zerikkan bo'lar edim baribir, lekin sizga Raxmat kutubxonani maslahat berganinggiz uchun Janob Park - qiz zarda qilib o'z xonasi tomon jaxl bilan ko'tarildi

β€” unga nima bo'ldi tavba, Chona uni yoniga borma o'zim eplayman - endigi navbatta yigit ham o'rnidan qo'zg'alib qizning ortidan ketti.
Xonasiga kirganda u yerda SooHa yo'q edi, narsalari ham yo'q 1 daqiqa ichida qayerga ketgan ekanligiga qiziqib qizning garderobini ochib ko'rdi, uning kiyimlari ham yo'q edi ich - etini vahima bosib SooHaning xonasiga qarab yugurdi, yuragini changallab u yerga yetib kirganda SooHa tungi ko'ylakda edi

β€” huuh, qochib ketibsanmi deb o'ylapman, ha nega bu yerdasan - a

β€” namuncha jaxlinggiz buringgizni uchida, siz o'ynashlaringgiz bilan tun o'tkazayotgan kechalarning birida men allaqachon o'z xonamga ko'chib bo'lgan edim, demak siz hatto tunlari uyga kelmayotgan ekansiz a. Sizni qayerga ko'chishim bilan ishinggiz bo'lmasin endi esa keting - qiz jaxl bilan Jiminni xonadan chiqarishga harakat qila boshladi

β€” Meni rashk qilayapsanmi xotinjon - ayolining qilgan qilig'iga Jimin chuqur tabassum qildi

β€” xxx, nima menmi siznimi, qo'ysanggizchi

β€” menga qara senga bee'tiborligim ning yagona sababi, agar seni ko'rsam o'zimga javob bera olmay qolishim, seni manashu shaxvoniy tanang bir kun o'zing uchun jabr bo'ladi shuni bilarsan, o'zimni zo'rg'a bosib turibman, lekin, lekin bugun seni hatto qorningdagi bola ham qutqarib qolmaydi - yigitning gaplaridan qiz xonadan avval o'zi chiqib ketishni ma'qul deb bildi. Amma eshikkagacha ulgura olmadi

β€” men hozir shuncha gapni kimga gapirdim, seni xohlayman, og'ritmaslikka va'da beraman - uning gaplari qizni qo'rqita boshladi. Og'ir yutinib ko'zlarini yumdi lekin ortiga o'girilmadi, qochib ketishni hayolidan o'tkazib yugirishga axd qildi. Endi joyidan jilmoqchi bo'lgan mahal yigit uni qo'llaridan ortib bag'riga bosdi, ikkisi birga yotoq ustiga qular ekan, qiz jon holatida uning changalidan qochishga harakat qildi. Bir deganda qizning qo'llari yotoq boshidan va kiyimlari esa yerdan joy oldi. 10 daqiqaga qolmay xona bo'ylab qizning nolali ovozlari yangray boshladi.

Ertangi kun

Ahyeon ish joyiga dugonasi bilan birga yetib keldi. Qiz dugonasini bir nima qilib bo'lsa ham kompaniyaga ishga olib kirdi, Soni shunchaki Jimin uchun qahva olib boradi boshqa hech narsa qilmaydi, shunday bo'lsa ham unga kompaniya hisobidan maosh to'lanayotgan edi.

β€” Yeon mendan xafa emasmisan? Senga buni kech aytganim uchun uzr lekin men xato qilganimni tushundim, o'sha kecha seni gaplaringga kirib sen bilan qolishim kerak edi, mendan ranjima, umuman o'ylamagan edim hatto, yuzini ko'rmagan inson bilan tunda birga bo'laman deb, seni yoningda o'zimni yengiltak qizdek his qilyapman, meni kechir - Soni Ahyeonning ish stoliga qahva va shirinliklarni qo'yib pushaymon ekanini bildirdi, ko'z yosh to'kkani bois Yeonning ko'ngli yumshab uni quchoqladi.

β€” men seni allaqachon kechirib bo'lganman, shunchaki o'sha kuni darrov menga aytmaganing sabab biroz ranjidim, hozir esa sendan xafa emasman, bar egasidan o'sha kuni inson kim ekanini surishtirib ko'r, balki birga bo'larsizlar, axr bizni Soni unga allaqachon ishongan

Ahyeon
Soni

Ikki qiz biroz suhbatlashishgandan so'ng kompaniyaga Jimin kelayotgani haqida xabar berishdi.
Jimin kompaniyaga kirganida boshi biroz aylanib quloqlariga aloqa ovozlari eshitila boshladi. Boshini changallagan yigit Ahyeon va Soniga ko'zi tushgandan so'ng unutgan narsalari yodiga tusha boshladi.

β€” Soni.....

.....To be continued.....