Sohibjamol va maxluq
— xoy shoshma, shoshma kutubxona evaziga nima berasan - Jimin darrov yurib ketayotgan qizning qo'llarini tutdi
— men sizdan kutubxonani so'ramadim va yana bu yerni o'zim topib keldim
— lekin kitoblar va uy meniki kutubxona ham meniki shunday ekan agar men xohlamasam bu yerga kirishing taqiqlanadi, undan ko'ra evaziga men xohlagan narsani ber so'ngra uy va kutubxonadan bemalol foydalanaver
— nima xohlaysiz, gapiring - qiz biroz og'riyotgan qo'llariga qaradi va vaziyatni tezlashtirdi
— bo'sa, o'z xohishing bilan mendan olingan bo'sani xohlayman - Yigit so'zlarida qat'iy turib olgani ko'zlaridan ma'lum bo'lib turardi
— boshqa narsa so'rasanggiz bo'lmaydimi? Bu biroz qiyin - qiz darrov uning fikrini rad etib qo'lini tortib olmoqchi bo'ldi
— hech ham qiyin yeri yo'q, qani boshla unda shunday turaveramiz - qiz biroz o'ylanib turdi va unga yaqinlashib, gavdasini egishini aytdi, Jimin gavdasini SooHaniki bilan tenglashtirdi, qiz uning lablariga biroz tikilib va undan bo'sa olishni boshladi, SooHa lablarini tortib olmoqchi bo'ldi ammo Jimin uni qattiqroq o'ziga tortdi, belidan qo'llarini aylantirdi, yigit yana lablarini qattiq birlashtirdi, hech qanday yo'l bilan uza olmaydigan qilib
Hali hamon bir - biridan uzilmagan lablar raqsi, SooHaning ehtiyojsizligi sabab yakunlanishga majbur bo'ldi.
— Romantik lahzalarni barbod qilding, yaxshi ketayotgan edik
— men o'zim xohlamagan edim - qiz biroz o'zini yengil qo'ydi oyoqlarini yerga tushirib yengil nafas ola boshladi, u Jiminga shunchalar yaqin ediki SooHaning pala - partish yurak urishining ovozi Jiminga yaqqol sezilib turardi
— tushunishimcha bo'sani to'xtatmoqchi emas eding, mayli davom ettiraver - dastlab yigitning qo'llari yana qizning belidan aylandi
— yo'q aslida unday em... - qizning gaplari oxirlamay qolib ketti, Jimin uni o'ziga kuch bilan tortib bo'sa olishda davom ettirdi. SooHa bo'sani uzdi, havo yetmagani bois chuqur - chuqur nafas olishni boshladi.
O'z ritmidan o'zgacha xolda urib turgan yuragi, xuddi baraban chalayotgandek edi.
— hech qachon bunday yoqimli bo'lmagan edi to'g'rimi - Jimin har bir gaplari bilan qizni karaxt qilishga ulgurayotgan edi. Uning ehtirosga moy ovozi, mukammal tanasi, o'zidan taratayotgan porloq aurasi va nurli yuzi bilan har qanday odamni bir deganda o'ziga torta olardi. Qizdan hali hamon javob olmayotgan yigit endi uni qiynashni xohlamay, qizning peshonasidan o'pib shunchaki xonani tark etti.
Pov/SooHa: menga nimalar bo'lyapti, aqldan ozayotganim aniq, lekin o'zimga kelishim kerak uni sevib qola olmayman, agar uni sevsam u baxtsiz bo'ladi, menga yaqinlashishni bas qil ahmoq yigit, o'zingni hayoting uchun bu xavfli, agar menga yaxshi muomalada bo'laversang seni qanday o'zimday itaray, sen bilan yana 10 oy birga bo'lamanmi yo'qmi buni ham bilmayman, shunchaki xohlardim, o'lganingdan so'ng meni unutishingni, farzandimiz va ayoling bilan baxtli bo'lishingni - o'ziga - o'zi bir nimalarni pichirlagan qiz o'zini chalg'itish maqsadida kitoblarni ko'zdan kechira boshladi, lekin fikr - u hayoli hali hamon Jimin va uning bundan keyingi hayotida.
Kutubxonadan a'lo kayfiyat bilan chiqqan Jimin SooHa uchun sovg'a tayyorlashga qaror qildi. Ijtimoiy tarmoqdan qizlarga yoqadigan narsalar, joylar va taomlarni izlar ekan hammasi oddiygina uncha dab - daba va hashamatli bo'lmagan narsalar edi, biroz qoshlari chimirilib o'zining didiga tayangan holda gul va shunga o'xshash narsalar sotib olishga qaror qildi.
15 daqiqadan so'ng
— xo'sh unga nimalar yoqar ediya, nima olsam bo'ladi? O'yla Jimin o'yla.
Xonim sizga savolim bor edi.
— sizni eshitaman Janob - yuziga iliq tabassum olgan qiz Jimin nazar tashlagan tomonga o'girildi
— bu gullar uni ayolim uchun olsam to'g'ri keladimi? - Yigit gul tomon yaqinlashib uni qo'liga oldi, bu gul shunchalar chiroyli va ifori shu qadar kuchli ediki, Jimin darrov uni olishni xohlab qoldi
— albatta Janob, ammo aksariyat qizlarda bu gulga nisbatan allergiya bo'ladi. Biroq bu gul ayolinggizga yoqadi deb umid qilaman
— ularni menga xuddi shu ko'rinishdan biroz kattaroq qilib tayyorlab bera olasizmi? 15 daqiqadan so'ng olib ketaman
Jimin gul do'konini tark etti, keyingi o'ylagan manzili tomon harakatlanar ekan, unga qo'ng'iroq bo'layotganini sezdi
— Jimin bu men SooHa hozir bant emasmisiz
— aaa...aa Haligi hozir bantman nega edi, chamasi 1 soatlardan so'ng uyda bo'laman - Jimin ovozini va o'zini epaqaga keltirib kech narsani sezdirib qo'ymaslikka harakat qilardi.
Lekin qizning oyoqlarini qaltiray boshladi.
— men biroz sayr qilish maqsadida, tashqariga chiqmoqchi edim va qo'riqchilar meni ko'chaga chiqarishmayapti, menga ruxsat berasizmi? Uni ustiga Shifoxonaga ham borishim kerak edi. - Jimin biroz o'ylanib qoldi nima deb javob berishni ham bilmas edi
— unda hozir tayyorlanib tur besh daqiqada seni olib ketish uchun boraman - vaziyatni keskin o'zgartirgan yigit chuqur ux tortib go'shakni qo'ydi va manzili uyi tomon o'zgartirdi.
Pov/SooHa: uffffff nima kiysam ekan a nega bular bunchalar ko'p, qay birini tanlayman allaqachon 3 daqiqamni yo'qotdim - kiyimlari qarshisiga kelib asabiylashayotgan qiz nima kiyishini bilmasdan qo'liga ilingan birinchi kiyimni kiyishga qaror qildi.
— menimcha bu yaxshi turdi - oynaga so'nggi bor tikilgan SooHa sunkasini olib hovliga chiqdi va allaqachon uy qarshisiga yetib kelgan Jiminning mashinasiga ko'zi tushdi.
— Faqat eng uzun ko'ylagim shu ekan dema
—aynan shunday - SooHa mashinaga joylashib jim bo'lib qoldi va Jiminni kuzata boshladi bo'yin tomirlari bortib chiqqanidan asabiylashgani ma'lum edi, ko'zlarini keskin yumib ochgan yigit, qo'llari yordamida boshini uqalay boshladi
— qayerga ketayapmiz - qiz qiziquvchanlik ila unga qara ekan ko'zlarini yo'ldan uzmay Jimin javob qaytardi
— avval senga kiyimlar sotib olgani keyin shifoxonaga undan keyin esa sen xohlagan biror joyga, tushunarlimi kichkina
— sizni tushundim, lekin men kichkina emasman Janob Park yoshim allaqachon 20 da - SooHaning javobidan kulib yuborgan Jimin qizni asabiylashtira boshladi
— meni yoshim esa 29 da, mendan roppa rossa 9 yosh kichiksan, hatto tug'ilgan kunimiz ham bir sanada shuni unutma - bir qo'li bilan yigit SooHaning peshonasiga chertib qo'ydi, norozi ohangda ingragan qiz qovoqlarini uyib oldi va mashina oynasidan atrofni kuzata boshladi. Biroz vaqtdan so'ng Jimin manzilga yetib kelishganini bildirdi.
Pov/SooHa: mashinadan tushganimizda katta bino qarshisida edik, ko'rinishidan mashhur brendga o'xshar edi bino ichiga kirganimizda amin bo'ldimki bu yer rostan ham mashhur
— Xush kelibsiz Janob Park, choy xohlaysizmi yoki qahva - yuzida tabassum bilan kelgan ishchi SooHani chetlab o'tib Jiminga murojaat qila boshladi.
Pov/SooHa: tavba bu g'irt aqldan ozgan ishchi ekan, mijozlarga ham shunday munosabat bildiradimi, bu yerda ishlash o'rniga muomilasini to'g'rilasa bo'lmasmidi
— menga hech narsa kerak emas, biz ayolim uchun kiyim olgani kelgan edik - yigitning gaplaridan do'kon xodimi hayratga tushgani aniq ortga qaytib SooHaga ta'zim qilgan holda tabassum bilan gap boshladi
— qanday kiyim xohlaysiz Xonim - SooHa kalta ko'ylak va yubkalarga e'tiborini qaratdi.
— kalta narsalar olishni hayolingga ham keltirma
— hop - SooHa xo'rsinib boshqa bo'linma tomon ketayotgan payt zinalardan tushayotgan ovoz uni ortga o'girdi
— Ouuuu kimlarni ko'ryapman Janob Park - erkak qo'llarini keng yozib Jimin bilan salomlashdi
— suratga olish uchun keldinggizmi Janob Park, o'xoo bu chiroyli Xonim siz bilan birgami deyman Janob Park Jimin
— meni kechiring Janob Pablo ammo men suratga olish ishlari haqida butkul unutibman va bu mening ayolim Park SooHa - qiz hayratga to'lgan ko'zlari bilan Jiminning biror nima deyishini kutar ekan, Pablo qizning atrofida aylanib uni ko'zdan kechira boshladi.
— juftinggiz ajoyib ekan maylimi ikkinggizni bugun bir necha bor suratga olsak
— Mmm albatta Janob Pablo, sen qarshi emasmisan azizam - Yigit SooHaga yaqinlashib u bilan qo'llarini bog'ladi sababi Pablo SooHani sinchikkab tekshirayotganidan jaxl qilib albatta
— hech narsaga tushunmadim, menga hech narsa demoqchi emasmisan
— Janob Park bizning "Dior" brendi yuzi ya'ni modeli, bizning mahsulotlar konsileri Park tomonidan ommaga taqdim etiladi.
Ko Xonim suratga oluvchilarni chaqirsanggiz bo'ladi. Janob Park siz esa men bilan yuring taqdim etish uchun yangi mahsulotlar olib kelingan, go'zal qizni ham o'zinggiz bilan oling, rostan sizlardan ajoyib juftlik chiqadi, qani marhamat - erkak Jimin va SooHani ortidan ergashtirib ketar ekan, SooHa atrofga alanglagancha uni tortqilab ketayotgan tomonga keta yura boshladi
Bir necha daqiqadan so'ng
— qoyil hammasi zo'r ketayapti Janob Park va Park Xonim
— Xonim iltimos mana bu yerga ham qarab yuboring
Suratga olish markazi bir necha daqiqalar ichida gavjum joyga aylandi.
Pov/SooHa: suratga olish bunchalar qiyin deb umuman o'ylamagan ham edim, atiga bir necha marotaba kiyim almashtirdik lekin bo'lar holga kelib qoldim, juda charchadim. Devorga ilingan suratlarga ko'z yugirtirar ekanman bir suratga ko'zim tushdi men u suratni ekranda ko'rgan edim yana televizorda, qoyil men o'zimga crush yasab olgan yigit Jimin ekan, juda kulgili, bu yerda judda ham ko'p suratlar hatto ayollar bilan ha og'iz burun o'pishib tushgan rasmlar, xxxx ochig'i rashk qila boshladim yoki yo'q, shunday ham tuhsadimi tavba