March 3, 2025

Sohibjamol va maxluq

Jimin dushdan chiqib SooHaning yoniga joylashdi o'zidan ancha kichik jussali qizni bag'riga olib ko'zlarini yumdi va uyquga ketti.


Erta tong

SooHa ko'zlarini ochganda issiqlik ichida yotganini his qildi, erinibgina o'rnidan qo'zg'alar ekan yonidagi insonni uyg'otib yubormaslik uchun ohistalik bilan harakatlandi
Derazadan uy tashqarisini kuzatar ekan hovlidagi hizmatkorlarga ko'zi tushdi, hovlida aylanib yurgan Chonani chaqirmoqchi bo'lgan qiz, xonada yolg'iz emasliklari yodiga tushdi, hamma o'z ishi bilan ovora, xona ichidagi qiz esa nima bilan bant bo'lishni bilmas edi, bir necha daqiqalardan so'ng Jimin ham ko'zlarini ochdi, boshi biroz aylanganligi sabab yana o'z yostig'iga boshini qo'ydi

β€” SooHa, menga suv quyib bera olasanmi? - ko'zlari yarim yopiq holda ayoliga yuzlangan yigit xuddi og'riq to'xtaydiganday boshini ushlar edi

β€” albatta, hozir - deraza oldidan uzoqlashgan qiz stol ustidagi suvdan quyar ekan, idish to'lgach suvni Jiminga tutqazdi
Jimin xuddi sahroda yillab qolib ketgan insonlardek suvni qonib ichar edi

β€” axx, Jin ursin boshim yorilib ketay deyapti

β€” men hozir sizga dori olib kelaman - havotir olgan SooHa sumkasidan bosh og'rig'ini qoldiradigan dorini Jiminga tutqazdi. Nihoyat daqiqalardan so'ng holsiz yigit gavdasini ko'tardi va ishga borishi haqida ayoliga ma'lum qildi

β€” bugun bormasanggiz bo'lar edi, boshinggiz yana og'risachi - Jimin qizning qo'lidagi kastyumni olib kiya boshladi

β€” manabu bo'yin bog'ni qadashda yordamlash - SooHa ham uni aytganini qilib Jiminga yaqinlashdi, ikkisining orasida masofa qisqarar ekan bu qizga o'zgacha tuyildi, Jiminning nafas olishi ham SooHaga yaqqol sezilib turar edi, uning yurak urishini eshitar ekan qo'llari qaltirashni boshladi

β€” bo'ldi tayyor bo'ldi - qiz ishini so'nggiga yetkazdirib yigitdan biroz uzoqlashdi, ortga yurishga ulgurmay bilagidan tutgan qo'llar uni o'ziga yaqinlashtirib oralaridagi masofani yopdi

β€” xo'sh Xonim bugungi kun uchun rejalar qanday? - Jimin dastlabki harakati bilan qo'llarini pastga yo'naltira boshladi va qizning ingichka bellariga yetib kelgan qo'llari harakatini to'xtatdi. Qiz darrov tipirchilashni boshladi
Jimin uning qilig'iga kulib yubordi

Pov/SooHa: Yaaa tavba u bilan ko'p yaqin bo'lganman lekin nega yuragimda kimdur baraban chalayotganday bo'layapti, aaaaa nimasi endi bu, uzoqlashsangchi, qani bo'laqol, uzoqlash, la'nati yurak hozir sharmanda qilasan

β€” aaaa n...nima desam ekan

β€” agar bugun xohlasang men bilan ish joyimga borishimiz mumkin, hadeb uyda qolmassan a azizam - Jimin taklif bildirib bo'lgandan so'ng SooHani qo'llarini o'zining bo'yn qismidan aylantirdi va yana bellariga qaytib, qizni biroz yuqorilatib oyoqlari ustiga joylashtirdi

β€” hoy meni yerga tushiring, yana ko'nglim behuzur bo'lishni boshlaydi - qizning injiqliklari Jiminga tobora yoqib borar edi va uni yerga qo'ygisi kelmadi

β€” men bilan birga borasanmi? Aks holda yerga tushmaysan, kuni bo'yi shunday turamiz charchasang ham, kimdur kelsa ham, havo yetmasa ham rozimisan? - Jimin qo'llarini biroz qizning beliga mahkamladi

β€” mayli mayli roziman, faqat hozir yerga tushiring, bu yerda noqulay - biroz o'ylanib qolgan qiz, u bilan birga borishni ma'qul deb bildi

β€” unda tayyorlan, keyin birga biror - bir restoranda birga nonushta qilamiz

1 soat Timeskip

β€” Tayyor bo'ldingmi, SooHa - yarim soattan buyon eshik oldida kutaverib toqati - tog' bo'lgan yigit, axiyri chiday olmay eshikni ochib ichkariga bostirib kirdi, qarshisidagi manzarasidan sira ham hayron qolmagani yuzlaridan namoyon bo'lib turardi

β€” axx ayollar, ayollar nima uchun kerak a shu bo'yoqlar - Yigit ko'zlarini og'ir yumdi va qizning qarshisiga kelib joylashdi

β€” bo'yoqlarsiz ham oydekkinasan - ku

β€” siz ayollarni baribir ham tushunmaysiz, hozir oxirgisi shu lab bo'yog'i, keyin tayyor bo'laman- bir daqiqaga yetib bormay ishini tugatgan qiz so'nggi bor oynaga qarab, Jimin bilan xonani tark etti.
Ikkisi uy tashqarisiga chiqishganda allaqachon ular uchun mashina tayyorlab qo'yilgan edi

β€” Janob siz ertalab aytgan hujjatlar allaqachon sizni kutayapti - Niki qo'lidagi hujjatlarni Jiminga tutqazdi, o'zi endi mashinaga joylashmoqchi bo'lganda Jiminning gaplari uni yana joyiga qaytishga majbur qildi

β€” Oh Cheol Soo sen bugun uyda qolishing mumkin, biz o'zimiz ham ketaveramiz

β€” Lekin Janob, bu mening vazifam

β€” bizga halal berish ham vazifangmi? Janob Oh Qani bo'laqol sen dam ol ertaga seni juda katta topshiriq kutmoqda - Jimin buyruq berib bo'lgach SooHa uchun mashinani old qismi eshigini ochib o'tirishini taklif qildi

β€” men ortida o'tiraman

β€” jaxlimni chiqarma, old o'rindiqqa o'tir

β€” l....lekin...

β€” bir gapni ikki martta takrorlashga majbur qilma - qiz biroz o'ylanib turib old o'rindiqqa joylashdi, yo'l bo'yi ham ikkisi o'rtasida uzoq sukunat hukmronlik surar ekan, SooHa ortiq chidab tura olmadi

β€” Jimin,... Siz hamma yordamchinggizga shunday munosabatdamisiz ya'ni Nikiga qilgandaka

β€” yo'q faqat Cheol Sooga shunday, u nafaqat mening yordamchim balki mafia olamidagi sherigim, bolalikdagi do'stim, sinfdoshim va akam - ko'zlarini yo'ldan uzmagan yigit tushuntirib bo'lgach manzilga yetib kelganlarini ma'lum qildi
Ular restoran ichiga kirishar ekan u yerning go'zalligiga tan berdi

β€” Ajoyib - qiz atrofga alanglagancha harakatlanar ekan, restoran ichidagi ba'zi bir erkaklar unga qarashni boshladi, Jimin buni payqab ortida qolgan qizning qo'llarini tutdi, qiz ham o'zini tutib Jiminning qo'llarini biroz mahkamladi

β€” xo'sh nima xohlaysiz Park Xonim - Jimin stulni qiz uchun to'g'rilab, savol nazari bilan unga tikildi

β€” Mmmmm, biz nima xohlaymiz? - SooHa bexostan aytgan gaplarga Jimin lablarini keng yozib jilmaydi, nima gapirganini anglagan qiz biroz hijolat tortib yuzini boshqa tomonga burdi

β€” Xayirli kun Janob, sizga har doimgidekmi? - bir zumda afitsiant qo'lida Jimin har doim iste'mol qiladigan ikkita kofe bilan ularning yoniga yetib keldi

β€” shoshmang, bu gal ayolim aytganini olamiz, shunday emasmi azizam - afitsiant qiz endigina Jimin bilan birga kelgan qizga e'tibor qaratdi, uning yuzlaridan SooHa unga yoqmagani aniq bilinib turibdi

β€” Azizam o'ylab bo'ldingmi? - 5 daqiqadan ko'p menyuga qarab turgan qiz boshini ko'tarib nima xohlashini bayon qildi

β€” Menga pankeyk va kakteyl

β€” shu xolosmi? - Jimin menyudan bosh ko'tarib qizga tikildi

β€” Mayli u qanday xohlasa shunday olib kelavering

β€” hop bo'ladi Janob Park - afitsiant qiz hurmat yuzasidan ta'zim qilib buyurtmani yetkazish uchun ortiga qaytib ketti bor necha daqiqalardan so'ng esa buyurilgan nonushta bilan qaytib keldi

β€” marhamat, yoqimli ishtaha

β€” yoqimli ishtaha azizam - Jimin kakteyli SooHa tomon biroz surib nonushtani boshlab yubordi

β€” Raxmat sizga ham

Bir necha soatga cho'zilgan bu nonushta endigina yakuniga yetgan edi, hisobni to'lab bo'lgach ofis tomon yo'l olishdi.
Kompaniya qarshisiga yetib kelgan mashina ichidan tushgan juftlik ishchilar nazaridan chetda qolmadi.
Chetda SooHa haqida gap boshlanar ekan, qiz imkon qadar ularga e'tibor bermaslikka harakat qildi. Ichlsridagi sovuq aura sababchisi Jimin, restoranda va uyda bo'lganidan ancha farq qilar edi. Bu juftlik asosiy eshikka ya'ni ishchilar bilan to'lgan joyga yetib kelishganida hamma Jiminga ko'rsatayotgan iltifotiga qiz ajablanmay qolmadi

β€” Hayirli kun Janob Park

β€” Xush kelibsiz Janob

β€” Kuninggiz hayirli o'tsin

Jiminga aytilayotgan bu gaplar va har hil qizlar unga to'g'ridan to'g'ri gapirishi qizga yoqmasa ham o'zini zo'rg'a bosib turar edi. Nihoyat bir necha qavatlardan so'ng ofisning asosiy binosiga kelgach Jimin SooHani ishchilarga tanishtira boshladi.

β€” Hammaga hayirli kun, umid qilamanki ayolim bilan yaxshi kelishib ketasizlar, to'g'rimi azizam - Jimin SooHani o'ziga tortdi, Ulkan tanaga urilgan qiz ham Jiminning qo'llari orasidan biroz kichik qo'llarni o'tkazdirdi.
Albatta bu vaziyatda ko'pchilikni jaxli chiqdi, SooHani hozirni o'zida yanchib tashlagisi kelganlar ham yo'q emas edi.
Tanishtiruv tugab hamma o'z kabineti tomon yo'l oldi.

β€” bu yer bilan tanishishni xohlaysanmi?

β€” albatta lekin men charchadim

β€” Xoy Jimin meni ko'tarib oling - tasodifan aytilgan bu gapga ensasini qotirgan yigit keyingi daqiqalarda o'ylanib ham o'tirmay SooHani qo'llariga oldi. Xonasiga yetib kelgan Jimin ishini nihoyalash uchun eshikni qulfladi SooHani yerga tushirib uni devorga mahkamladi. Lablarini qiz tomon harakatlantirdi, ikki lab tomoshasi boshlanish arafasini eshik taqillashi chippakka chiqarib yubordi

β€” Janob Park, aybga buyurmang lekin sizning uchrashuvinggiz bor ekan

β€” Meni shu yerda kut, qolgan joyida davom ettiramiz.....

.....To be continued.....

#Park_SooHa