April 12, 2025

Baxt qasri

Episode-6

ByAuthor/ Har bir qarashing xuddi yurakka o't yoqadigandek, seni qanchalar sevishimni bilsang edi, bu hatto hayolingga ham kelmagan bo'lsa kerak, sendan olis bo'lsamda qalbim sen tomon talpinaveradi, chunki u yerga seni isming o'yib yozilgan. Seni qayta - qayta sevaveraman, taqdirim bo'lsang ham bo'lmasang ham.

***

โ€” xo'sh endi gapir qachon qaytasan - Yigit gapirib bo'lib yuzini Moyonning sochlari orasiga ko'mdi
โ€” qachon qaytishimni bilmayman lekin uzog'i bir oyda kelishim aniq - hovuz ustida suv bilan o'ynashayotgan ikki juftlik suhbatlashib bo'lgach o'z uylariga qaytishga qaror qilishdi.

Pov/Moyon: sevgi degan his nima ekanini bilmay qolib ketaman degan o'ylagan edim, lekin unday bo'lmadi, uni yonidaman, g'am, qayg'u va azob nimaligini haligacha tushunib ketmaydigan darajada meni yolg'iz qoldirmadi, har gal uning ko'zlariga boqqan ko'yim yana va yana sevib qolaveraman, nega unday sababini o'zim ham haligacha anglab yetmaganman. O'ylar bilan birga bo'lib, bir qo'li bilan qo'llarimdan tutib, ikkinchisi bilan esa mashinani a'lo darajada boshqarib ketayotgan yigitga qaradim va sababsiz jilmaydim.

โ€” Moyon balki bugun men bilan qolarsan

Uning bu gaplaridan tarqoq hayollarimni yig'ib unga javob berishga shaylandim.

โ€” dadamga nima deyman

โ€” dugonam bilan birgaman deyaqol, ketsang seni sog'inishim aniq, faqat iltimos yo'q dema - Moyon sevgilisining gaplaridan biroz o'ylanib qoldi, baxtga qarshi unga qo'ng'iroq bo'lib qoldi, va bu albatta bu Moyonning sevimli komtaktlaridan biri edi

โ€” eshitaman dadajon - qizining yurakka yoqib uni eritib yuboruvchi ovozini eshitgan Janob Kan, uni yana bir bor tinglashni xohlardi

โ€” munchoq ko'zligim, nikoh kechasi allaqachon tugadi sen qayerlarda yuribsan axr, ertagacha yaxshilab kuch to'plashing kerak

โ€” dadajon, haligi men bugun Min Ju bilan qilmoqchi edim, ruxsat berasizmi? - Janob Kang biroz o'ylanib bunga rozi bo'ldi. Go'shakni qo'yishi bilan Kan ortiga o'girilib gap boshladi

โ€” Min Ju bugun Moyon bilan ko'rishmaysizlar shundaymi? Menga yolg'on gapirmay rostini ayt - asabiylashgan Kan Heesuk joyida jim o'tira olmay u yoqdan bu yoqqa yura boshladi.

โ€” Janob Kan bugun biz Moyon bilan mehmonxona yoki barda uchrashishga kelishgan edik, menimcha u shuni nazarda tutdi - yuzi terga botib ketgan qiz, yolg'on gapirishni eplolmasada dugonasi uchun qattiq harakat qilishi kerak ekanini tushundi.

โ€” harchand urinmay bu Jungkook deganlari qizimga kasallik kabi yopishib oldi, hoyna hoy Moyon hozir ham o'sha betga chopar yigit bilan bo'lsa kerak, shu xotinbozni nimasiga uchdi hayronman

โ€” aralashishim biroz noto'g'ri ku - ya lekin Heesuk tog'a, Jungkook yaxshi yigit, men u bilan maktab paytlaridan beri tanishman, u qizinggizni albatta baxtli qiladi, unga imkon berib ko'ring, endi men ketishim kerak Moyon kutib qoldi - Min Ju sumkasini olib xonadonni tark etti.
Qiz ketganidan so'ng Kan ancha o'yga toldi u qaroridan qaytish haqida o'yladi va yana qarshisida Jungkooknikiga o'xshagan jilmayish bilan ayoli gavdalandi

โ€” azizam, men bunga umid qilyapman, sen unday ayol emassan - ku, to'g'rimi Jungkook sening farzanding bo'lib chiqmaydimi? - savollar miyyasini yeb bitirsa ham, ular bilan og'ir jang qilishdan to'xtamasdi.


Min Ju sumkasidan telefonini chiqarib kerakli raqamni terib qo'ng'iroq qilish dugmasini bosdi.

โ€” alo, Moyon qayerdasan?

๐Ÿ“ž: aa Min Ju, m...men Jungkook bilanman, nega edi.

โ€” o'zim ham shunday deb o'ylagan edim, hozirgina dadangni yonidan chiqdim, bilasanmi oyoq - qo'llarim qaltiraganidan, bazo'r gapirib qochib qoldim, ertaga tunda Amerikaga uchar ekansan, bu seni...

Qiz gapira olmay to'xtab qoldi uyog'ini gapirishga tili tap tortmadi, bir tomondan Janob Kang ham qiyin ekanini tushunib qolganini ichiga yutdi

๐Ÿ“ž: gapir nima demoqchi eding yagonam

โ€” ha ya hech narsa bu Heesuk tog'amning ish haqidagi gaplari. Muhim emas, sevgiling bilan maroqli vaqt o'tkaz, sen bilan ertaga "Gold" mehmonxonasida ko'rishamiz.

Qo'ng'iroq yakunlandi, negadir yuragim g'ash dadam bilan nimadur sodir bo'lmadimikan a