March 8

... MAFIA FAMILY...

By Bo'ra

1-qism
Janob Park va Janob Kim eski do‘st edilar. Shu sabab Jimindan yashirgan sirini J.P do‘stiga aytmoqchi edi. Hozir J.K u bilan gaplashish uchun kelayotgandi.

1-Janob Kim. 2-Janob Park.

J.P: — Ko‘rishmaganimizga ancha bo‘ldi, do‘stim. Seni sog‘inib qoldik. Birdaniga yo‘q bo‘lib ketding. Senga aytadigan ko‘p gaplarim bor hali.
J.K: — Ahvollaring yaxshimi? Ha endi Amerikada ozgina ishlarimni hal qilishim kerak edi. O‘zingda nima gaplar, qanday yangiliklar?

Suhbat ketayotgan payt

J.P: — Ha… bir yomon, bir yaxshi yangilik bor.
J.K: — Xo‘sh, qani yaxshisini ayt-chi.
J.P: — Yaxshisi shu oy mening yagona suyanchim — o‘g‘lim Jiminning to‘yi.
J.K: — Yomonichi?
J.P: — Yomoni… men ko‘krak saratonining 5-bosqichidaman.
J.K: — Hazillashma, Jaehyun…
(J.K bir zum jim qoldi. Do‘stining gaplari qulog‘ida jaranglab turardi.)
J.P: — Shu sababdan ham o‘g‘lim Jiminning to‘yi qanchalik tez bo‘lsa shunchalik yaxshi bo‘lardi. Bunga esa sening yordaming kerak.
J.K: — Ayt, do‘stim. Qo‘limdan kelganicha yordam beraman.
J.P: — Mening o‘g‘limga qizingni turmushga berolasanmi?
J.K: — Do‘stim… qizim nima der ekan. Gaplashib ko‘rishim kerak.
J.P: — Iltimos yo‘q demanglar. Bu senga mening vasiyatim bo‘lsin.
J.K: — Yaxshi… men Bo‘ra bilan gaplashib, javobini aytaman.2 soatdan so‘ng — telefonda
J.K: — Bo‘ra, qizalog‘im qayerdasan?
Bo‘ra: — Ofisdaman. Tinchlikmi, dadajon?
J.K: — Ha. Kut, men borayapman.
Bo‘ra: — Yaxshi.

KIM BO'RA

Ofisda
Bo‘ra: — Salom dadajon. Sizni juda sog‘ingandim.
J.K: — Men ham, go‘zalim. Ishlaring yaxshimi?
Bo‘ra: — Albatta. Sizning qizingiz bo‘lamanku, xato qilarmidim.
J.K: — Albatta yo‘q. Mayli, senga juda muhim iltimosim bor.
Bo‘ra: — Hmm? Qanday? Qulog‘im sizda.
J.K: — Do‘stim J.P ni tanisan-a?
Bo‘ra: — Ha, yoshligimdan ko‘p ko‘rardim. Hozir deyarli ko‘rmayman. Xo‘sh?
J.K: — O‘sha do‘stimning o‘g‘liga turmushga chiqasanmi?
Bo‘ra ichayotgan kofesiga tiqilib qolayozdi.
Bo‘ra: — Nima? Dadajon nimalar deyapsiz?
J.K: — Shu paytgacha aytganimdan chiqmay doim men nima desam bajargansan. O‘ylaymanki bu safar ham uyaltirib qo‘ymaysan.
Keyin J.K unga bo‘lgan voqealarni boshidan oxirigacha tushuntirdi.
Bo‘ra: — Bilmayman, dadajon. Bu tez qaror qabul qiladigan narsa emas. O‘ylab ko‘rishim kerak.
J.K: — O‘ylayver, go‘zalim. Istaganingcha o‘yla. Ammo yo‘q dema, iltimos.
Bo‘ra: — U yigit bilan ko‘rishib gaplashib ko‘rishim kerak. Dunyoqarashi va boshqa narsalarni bilib olish uchun.
J.K: — Shuning uchun ham bugungi oqshomdagi bazmga boramiz. J.P ham o‘g‘li bilan keladi.
Bo‘ra: — Bir o‘zim bormayman. Serani ham olib borsam bo‘ladimi?
J.K: — Hmm… Lekin u yerda juda xavfli mafiyalar ham bo‘ladi… Mayli, sen borsanku. Ehtiyot bo‘linglar.
Bo‘ra: — Yaxshi.

Officeda gaplashishyotgan payt.

Oqshom — Bazm
Katta mehmonxona zali qimmatbaho chiroqlar bilan yoritilgan edi. Zalda shahar biznesmenlari, siyosatchilar va hatto yer osti dunyosining mashhur odamlari ham to‘plangandi. Musiqa sekin yangrar, odamlar bir-biri bilan suhbatlashib turardi.
Birdan zal eshigi ochildi.
Ichkariga Bo‘ra kirib keldi.

Bazim boladigan joy

U qora, sodda lekin juda qimmat libos kiygan edi. Uning qadamlarida shoshilish ham, hayajon ham yo‘q edi. Nigohi sovuq, yuzida esa hech qanday hissiyot sezilmasdi.
Zalda turgan bir nechta odamlar darhol bir-biriga pichirlab ketishdi.
— U… Bo‘ra emasmi?
— Ha… o‘sha mashhur mafia.
— Bu yerga nega kelibdi?
Bo‘ra esa hech kimga e’tibor bermadi. U sekin zalni ko‘zdan kechirdi.
Yonida turgan dugonasi Sera biroz xavotir bilan pichirladi:
— Bo‘ra… bu yerda juda ko‘p xavfli odamlar bor ekan.
Bo‘ra sovuqqon ohangda javob berdi:
— Xavfli?
U ichimlik stolidan stakan oldi.
— Bu yerda mendan xavflisi yo‘q.
Sera jim bo‘lib qoldi.

Bo'ra va Sera kelayotgan payt.

Shu payt boshqa eshikdan J.P kirib keldi. Uning yonida o‘g‘li Jimin va Jiminning eng yaqin do‘sti Jungkook ham bor edi.

Jimin va Jungkook.

Jimin uzun bo‘yli, jiddiy qiyofali yigit edi. Jungkook esa atrofni diqqat bilan kuzatib turardi.
Ular zalga kirgan zahoti ko‘plab odamlar hurmat bilan bosh egishdi.
Jungkook sekin dedi:
— Bu yer odatdagidan ham xavfliroq ko‘rinadi.
Jimin esa birdan to‘xtab qoldi.
U Bo‘rani ko‘rgan edi.
Ammo Bo‘ra unga atigi bir soniya qaradi xolos. Keyin nigohini boshqa tomonga burdi.
Go‘yo u uchun bu yigit hech qanday ahamiyatga ega emasdek.
Jimin esa bu sovuqqonlikni darhol sezdi.
Ichida o‘yladi:
Demak bu… Bo‘ra.
Jungkook ham Bo‘raga qaradi.
— Demak shu qizmi? — dedi u past ovozda.
Jimin javob bermadi. U shunchaki Bo‘raga tikilib turardi.
Bo‘ra stol yoniga borib ichimlik oldi.
Sera yana sekin gapirdi:
— Bo‘ra… o‘sha yigit Jimin bo‘lsa kerak.
Bo‘ra ichimlikdan bir qultum olib dedi:
— Bilaman.
— Qayerdan bilding?
Bo‘ra sekin jilmaydi.
— Chunki bu yerda faqat bitta odam menga tik qarashga jur’at qildi.
U boshini biroz burib Jimin tomonga qaradi.
Jiminning yonida turgan Jungkook esa bu vaziyatni qiziqish bilan kuzatayotgandi.
Ikki kuchli xarakter egasi bir-biriga tikilib turardi.

Osha sahna

Zaldagi odamlar esa hali bilmasdi…
Bu ikki odamning uchrashuvi kelajakda juda katta voqealarga sabab bo‘lishini.
1-qism tugadi 🪽