March 8

...MAFIA FAMILY...

1-qism
Janob Park Janob Kim bilan do‘st edilar. Shu sabab boyagi Jimindan yashirgan sirini Janob Park do‘stiga aytmoqchi edi. Janob Kim hozir u bilan gaplashish uchun kelayotgandi.

Janob Kim. Janob Park

J.P:
— Ko‘rishmaganimizga ancha bo‘ldi, do‘stim. Seni sog‘inib qoldik. Birdaniga yo‘q bo‘lib ketding. Senga aytadigan ko‘p gaplarim bor hali.
J.K:
— Ahvollaring yaxshimi? Ha endi Amerikada ozgina ishlarimni hal qilishim kerak edi. O‘zingda nima gaplar, qanday yangiliklar?
J.P:
— Ha… bir yomon, bir yaxshi yangilik bor.
J.K:
— Xo‘sh, qani yaxshisini ayt-chi.
J.P:
— Yaxshisi shu oy mening yagona suyanchim — o‘g‘lim Jiminning to‘yi.
J.K:
— Yomonichi?
J.P:
— Yomoni… men ko‘krak saratonining 5-bosqichidaman.
J.K:
— Hazillashma, Jaehyun…
Janob Kim bir zum jim qoldi. Do‘stining gaplari qulog‘ida jaranglab turardi. U bunga ishonishni xohlamasdi.
J.P:
— Shu sababdan ham o‘g‘lim Jiminning to‘yi qanchalik tez bo‘lsa shunchalik yaxshi bo‘lardi. Bunga esa sening yordaming kerak.
J.K:
— Ayt, do‘stim. Qo‘limdan kelganicha yordam beraman. Kerak bo‘lsa dunyoni ostin-ustin qilib bo‘lsa ham davo topaman.
J.P:
— Yo‘q… dunyoni tinch qo‘y. Mening o‘g‘limga qizingni turmushga berolasanmi?
J.K:
— Do‘stim… qizim nima der ekan. Gaplashib ko‘rishim kerak.
J.P:
— Iltimos yo‘q demanglar. Bu senga mening vasiyatim bo‘lsin.
J.K:
— Yaxshi… men Bo‘ra bilan gaplashib, javobini aytaman.

Suhbat payti

2 soatdan so‘ng telefonda
J.K:
— Bo‘ra, qizalog‘im qayerdasan?
Bo‘ra:
— Ofisdaman. Tinchlikmi, dadajon?
J.K:
— Ha. Kut, men borayapman.
Bo‘ra:
— Yaxshi.

Ofisda
Bo‘ra:
— Salom dadajon. Sizni juda sog‘ingandim.
J.K:
— Men ham, go‘zalim. Ishlaring yaxshimi?
Bo‘ra:
— Albatta. Sizning qizingiz bo‘lamanku, xato qilarmidim.
J.K:
— Albatta yo‘q. Mayli, senga juda muhim iltimosim bor.
Bo‘ra:
— Hmm? Qanday? Qulog‘im sizda.
J.K:
— Do‘stim Janob Parkni tanisan-a?
Bo‘ra:
— Ha, yoshligimdan ko‘p ko‘rardim. Hozir deyarli ko‘rmayman. Xo‘sh?
J.K:
— O‘sha do‘stimning o‘g‘liga turmushga chiqasanmi?
Bo‘ra ichayotgan kofesiga tiqilib qolayozdi.
Bo‘ra:
— Nima? Dadajon nimalar deyapsiz?
J.K:
— Shu paytgacha aytganimdan chiqmay doim men nima desam bajargansan. O‘ylaymanki bu safar ham uyaltirib qo‘ymaysan.
Keyin Janob Kim unga bo‘lgan voqealarni boshidan oxirigacha tushuntirdi.
Bo‘ra:
— Bilmayman, dadajon. Bu tez qaror qabul qiladigan narsa emas. O‘ylab ko‘rishim kerak.
J.K:
— O‘ylayver, go‘zalim. Istaganingcha o‘yla. Ammo yo‘q dema, iltimos.
Bo‘ra:
— U yigit bilan ko‘rishib gaplashib ko‘rishim kerak. Dunyoqarashi va boshqa narsalarni bilib olish uchun.
J.K:
— Shuning uchun ham bugungi oqshomdagi bazmga boramiz. U ham do‘stim bilan keladi.
Bo‘ra:
— Bir o‘zim bormayman. Serani ham olib borsam bo‘ladimi?
J.K:
— Hmm… Lekin u yerda juda xavfli mafiyalar ham bo‘ladi… Mayli, sen borsanku. Ehtiyot bo‘linglar.
Bo‘ra:
— Yaxshi.

Officeda suhbat payti

Oqshom – Bazm
Katta mehmonxona zali qimmatbaho chiroqlar bilan yoritilgan edi. Zalda shahar biznesmenlari, siyosatchilar va hatto yer osti dunyosining mashhur odamlari ham to‘plangandi. Musiqa sekin yangrar, odamlar bir-biri bilan suhbatlashib turardi.

Bazim bo'layotgan joy.

Birdan zal eshigi ochildi.
Ichkariga Bo‘ra kirib keldi.
U qora, sodda lekin juda qimmat libos kiygan edi. Uning qadamlarida shoshilish ham, hayajon ham yo‘q edi. Nigohi sovuq, yuzida esa hech qanday hissiyot sezilmasdi.

Bo'ra and Sera dress's.

Zalda turgan bir nechta odamlar darhol bir-biriga pichirlab ketishdi.
— U… Bo‘ra emasmi?
— Ha… o‘sha mashhur mafia.
— Bu yerga nega kelibdi?
Bo‘ra esa hech kimga e’tibor bermadi. U sekin zalni ko‘zdan kechirdi. Go‘yo bu joydagi har bir odamni bir qarashda baholab chiqayotgandek edi.
Yonida turgan dugonasi Sera biroz xavotir bilan pichirladi:
Sera:
— Bo‘ra… bu yerda juda ko‘p xavfli odamlar bor ekan.
Bo‘ra sovuqqon ohangda javob berdi:
Bo‘ra:
— Xavfli?
— Bu yerda mendan xavflisi yo‘q.
Sera jim bo‘lib qoldi.

Shu payt boshqa eshikdan Janob Park kirib keldi. Uning yonida o‘g‘li Jimin va Jiminning do‘sti Jungkook ham bor edi.

Jimin and jungkook Castium's

Jimin uzun bo‘yli, jiddiy qiyofali yigit edi. U ham atrofdagilar kabi Bo‘raga qarab qoldi.
Ammo Bo‘ra unga atigi bir soniya qaradi xolos. Keyin nigohini boshqa tomonga burdi.
Go‘yo u uchun bu yigit hech qanday ahamiyatga ega emasdek.
Jimin esa bu sovuqqonlikni darhol sezdi.
U ichida o‘yladi:
Demak bu… Bo‘ra.
Bo‘ra stol yoniga borib sekin ichimlik oldi. Atrofdagi odamlar esa unga yaqinlashishga ham jur’at etishmasdi.
Sera yana sekin gapirdi:
Sera:
— Bo‘ra… o‘sha yigit Jimin bo‘lsa kerak.
Bo‘ra ichimlikdan bir qultum olib, mutlaqo befarq ohangda dedi:
Bo‘ra:
— Bilaman.
Sera:
— Qayerdan bilding?
Bo‘ra sekin jilmaydi.
Bo‘ra:
— Chunki bu yerda faqat bitta odam menga tik qarashga jur’at qildi.
U boshini biroz burib Jimin tomonga qaradi.
Jimin ham unga qarab turardi. Uning yonida turgan Jungkook esa bu vaziyatni diqqat bilan kuzatayotgandi.
Ikki kuchli xarakter egasi bir-biriga tikilib turardi.

Osha sahna.....

Zaldagi odamlar esa hali bilmasdi…
Bu ikki odamning uchrashuvi kelajakda juda katta voqealarga sabab bo‘lishini.
1-qism tugadi 🪽