March 17

...MAFIA FAMILY...

By Bo'ra

​3-qism: Niqoblar ostidagi haqiqat
​To‘y liboslari do‘koni — "L’Amour" — Seulning eng nufuzli tumanida joylashgan bo‘lib, u yerga faqat maxsus taklifnoma bilan kirilardi. Bo‘ra qora rangli "M70"idan tusharkan, atrofni ko‘zdan kechirdi. Uning tansoqchilari allaqachon bino atrofida o‘z joylarini egallashgan edi. Bo‘ra uchun har bir uchrashuv, hatto u to‘y libosi tanlash bo‘lsa ham, potentsial xavf maydoni edi.

O'sha sahna

Do‘kon ichiga kirishi bilan uni oppoq shoyi, qimmatbaho to‘rlar va yaltiroq kristallar olami qarshi oldi. Bu joy Bo‘raning qora kiyimlari va sovuq olamiga mutlaqo zid edi.

— Nihoyat kelding, — Jimin do‘konning markaziy qismida, hashamatli kresloda o‘tirardi.
​Uning egnida bu safar ochiq kulrang kostyum bo‘lib, u kechagidan ancha xotirjam ko‘rinardi. Janob Park va Janob Kim esa chekkaroqdagi stolda o‘tirib, xursand holda nimanidir muhokama qilishardi. Ikki ota uchun bu nikoh — ikki imperiyaning birlashishi edi.

​— Ishlarim bor edi, — qisqa javob qildi Bo‘ra va otasiga qarab jilmaydi. Bu soxta jilmayish faqat dadasining ko‘ngli uchun edi.
​Sotuvchi qizlar Bo‘rani kiyinish xonasiga boshlashdi. Bir necha daqiqadan so‘ng u birinchi libosda namoyon bo‘ldi: yelkalari ochiq, tanasiga yopishib turgan, pastki qismi kengayib ketgan klassik oq ko‘ylak.

Her dress

Jimin o‘rnidan turdi. Uning nigohi Bo‘raning yuzida to‘xtadi. Bo‘raning bo‘ynidagi kichik, deyarli ko‘rinmas chandiqqa ko‘zi tushdi — bu qizning qanday dunyodan kelganining jimjit belgisi edi.

Osha on

​— Senga yarashibdi, — dedi Jimin yaqinlashib. — Lekin sening ko‘zlaring... ular bu oppoq libosga mos kelmayapti. Sen hali ham jang maydonida turgandeksan.
​Bo‘ra uning qulog‘iga yaqinlashib, pichirladi:
— Chunki men haqiqatan ham jang maydonidaman. Bu ko‘ylak ostida nima borligini bilasanmi?
​Jimin qoshlarini chimirdi. Bo‘ra ko‘ylagining yon qismidagi maxfiy cho‘ntagidan kichik, nafis kumushrang pichoqni chiqarib, bir soniya ko‘rsatdi-yu, yana yashirdi.
— Men hatto o‘z to‘yimda ham qurolsiz yurmayman, Park Jimin. Shunday ekan, mendan "nozik kelin"

Her knife

​Jimin kutilmaganda kulib yubordi. Bu safar uning kulgisi samimiyroq, ammo ichida qandaydir sir bor edi.
— Bilasanmi, Bo‘ra... Men senga bir narsani ko‘rsatishim kerak. Balki shunda biz bir-birimizni yaxshiroq tushunarmiz.
​U otalariga qarab: "Biz hozir qaytamiz, tashqarida bir narsani ko‘rib kelaylik", dedi-da, Bo‘raning qo‘lidan tutib, do‘konning orqa hovlisiga yetakladi.

O'sha sahna

Orqa hovlida Jiminning qora "Mercedes"i turardi. U mashina yukxonasini ochdi. Bo‘ra har qanday kutilmagan harakatga tayyor bo‘lib, qo‘lini beixtiyor boyagi pichog‘i turgan joyga olib bordi.
​Lekin yukxonada qurol emas, balki bir nechta qalin jildlar va planshet bor edi. Jimin planshetni yoqib, bir videoni qo‘ydi. Unda Janob Parkning kompaniyasiga qilingan kiber-hujumlar va ba’zi maxfiy omborlardagi yong‘inlar tasvirlangan edi.
​— Sen meni "shirin hayot bolasi" deb o‘ylading, — dedi Jimin ovozini pasaytirib. — Lekin dadamning sog‘lig‘i yomonlashgach, kompaniyadagi "akula"lar uni tiriklayin yeyishni boshladi. Men oxirgi olti oyni ularni bittama-bitta yo‘q qilish bilan o‘tkazdim. Men sening dunyongdagi kabi qon to‘kmayman, lekin men odamlarni moliyaviy va ijtimoiy jihatdan "o‘ldiraman".
​U Bo‘raga yaqinroq keldi.
— Bu nikoh faqat dadam uchun emas. Menga sening kuchiing kerak, senga esa mening strategiyam. Biz bir-birimizga qalqon bo‘lamiz. Sening dushmanlaring jismoniy, meniki esa soyada yashirinishgan.
​Bo‘ra jim qoldi. U birinchi marta Jiminning nigohida o‘ziga o‘xshash bir "yirtqich"ni ko‘rdi. Bu yigit shunchaki merosxo‘r emas, u ham o‘z saltanati uchun kurashayotgan jangchi edi.
​— Demak, — dedi Bo‘ra, labida xavfli bir tabassum o‘ynab. — Sen ham niqob taqib yuribsan.
​— Hammamiz niqob taqamiz, — javob berdi Jimin. — Faqat farqi shundaki, endi biz bir xil jamoada o‘ynaymiz.

Shu payt Bo‘raning ratsiyasi shivirladi. Bu uning xavfsizlik xizmati boshlig‘i edi:
— Xonim, binoning shimoliy qismida shubhali harakat. Ikkita mototsiklchi yaqinlashmoqda. Ular qurollangan bo‘lishi mumkin.
​Bo‘ra Jiminning ko‘zlariga qaradi.
— Mana, birinchi dars boshlandi, Jimin. Ko‘raylikchi, sening "strategiyang" o‘q ovozi ostida qanchalik ishlar ekan.Bo‘ra gapini tugatib ulgurmasidanoq, ko‘chaning narigi tarafidan mototsikl dvigatellarining quloqni qomatga keltiruvchi ovozi eshitildi. Ikkita qora "Yamaha" katta tezlikda do‘kon hovlisiga burildi.

*yamaha* tomonidan yuborilgan odamlar

Jimin xotirjamligini yo‘qotmadi, lekin uning nigohi bir zumda muzdek sovuq tus oldi. U Bo‘raning qo‘lidan tutib, o‘zining zirhli "Mercedes"i ortiga tortdi.​— Men bilan qol, — dedi u qat’iy ohangda.
— Hazillashyapsanmi? — Bo‘ra oq to‘y ko‘ylagining etagini shartta yirtib, harakatlanish uchun qulay holatga keltirdi. — Bu mening elementim, Jimin. Sen esa yaxshisi boshingni pastroq tut.Mototsiklchilar to‘xtab, qurollarini chiqara boshlagan lahzada, Bo‘ra boyagi kichik kumushrang pichog‘ini barmoqlari orasida aylantirdi. Lekin kutilmaganda Jimin cho‘ntagidan kichik pultni chiqarib, tugmasini bosdi.Shu zahoti do‘konning yuqori qismidagi yashirin sprinkler tizimidan suv emas, balki qalin, ko‘zni yoshlantiruvchi oq tutun otilib chiqdi. Bu shunchaki tutun emas, balki dushmanni bir necha soniyaga ko‘r qiluvchi maxsus gaz edi.
​— Nima bu? — hayron bo‘lib so‘radi Bo‘ra, ko‘zlarini qisib.
— Moliyaviy qurol emas deb aytgandim-ku, — dedi Jimin pishqirib. — Bu binoning xavfsizlik tizimini o‘zim qayta loyihalashtirganman.
​Tutun ichida mototsiklchilar sarosimaga tushib, tartibsiz o‘q uza boshlashdi. Bo‘ra fursatdan foydalanib, pastga enkaygancha dushmanlardan biriga yaqinlashdi. Uning harakatlari leopardning sakrashidek aniq va tez edi. Bir necha soniya ichida u birinchi hujumchining qo‘lidagi qurolni tepib yubordi va pichog‘ining dastasini uning bo‘yin qismidagi hayotiy nuqtaga qattiq urdi. Hujumchi yerga quladi.
​Ikkinchi mototsiklchi Bo‘rani nishonga olmoqchi bo‘lganida, orqadan Jimin paydo bo‘ldi. U jismoniy jangda usta bo‘lmasa-da, harakatlari juda oqilona edi. U hujumchining ustiga yaqin atrofdagi og‘ir metall dekoratsiyani ag‘darib yubordi.
​Hammasi bir daqiqadan kamroq vaqt ichida tugadi. Bo‘raning tansoqchilari yetib kelishganida, dushmanlar allaqachon zararsizlantirilgan edi.Bo‘ra nafasini rostlab, ustidagi changini qoqdi. Uning oq libosi endi qon va moy dog‘lari bilan qoplangan, ammo u shunday holatda ham dahshatli darajada go‘zal va xavfli ko‘rinardi.

Jang payti

— Strategiya yomon emas ekan, — dedi Bo‘ra Jiminning yoniga kelib. — Lekin tutun bilan o‘ynashish — bu shunchaki vaqtni cho‘zish. Keyingi safar ular o‘pkasini to‘ldirib nafas olmaslikni o‘rganib kelishadi.
— Keyingi safar bo‘lmaydi, — Jimin planshetini qo‘liga oldi. — Ularning mototsikl raqamlari va yuzlari allaqachon bazamga tushdi. Hozirning o‘zida ularning barcha bank hisoblari muzlatiladi va qidiruv e’lon qilinadi. Ular hatto shahardan chiqib ketishga pul topolmay qolishadi.
​Bo‘ra unga qarab, miyig‘ida kulib qo‘ydi.
— Demak, biz haqiqatan ham bir xil jamoadamiz. Sen ularning hayotini moliyaviy "o‘ldirasan", men esa... — u qo‘lidagi pichoqni yopdi, — qolganini bitiraman.

Jangdan so'ng

Shu payt do‘kon ichidan Janob Park va Janob Kimning xavotirli ovozlari eshitildi. Ular tashqariga chiqishga harakat qilishardi.
​— Niqoblarni qayta taqamiz, — dedi Jimin shivirlab va kiyimini to‘g‘riladi. — Hozir biz yana "baxtli kelin-kuyov" bo‘lishimiz kerak.
​Bo‘ra yirtilgan ko‘ylagiga qaradi-da, chuqur nafas oldi.
— Baxtli kelin bo‘lish, odam o‘ldirishdan ko‘ra qiyinroq ekan.....

PART 3 THE AND... 🪽