QIYOFA
Suga qarshisidagi o'rta bo'yli, mushaklari ham gavdasiga mos, sochlari betartib lekin o'ziga yarashib turgan yigitga qarab o'ylanib qoldi.
Jhope esa qarshisida Yoongiga bir tomchi suvdek o'xshaydigan faqat ko'z oynagi va mexrli nigohi bilan Yoongidan farq qiladigan yigitni ko'rib hayron qoldi. Ikki yoshning bu tikilishi esa Jhopeni kimdir turtib ichkariga kirib Sugaga baqirishi bilan yakunlandi.
(Restoran xo'jeyini X db ketaman)
– X: qarshingdan odam kelayotgan ekan nega extiyot bo'lmaysan?
Ha bu restoran xo'jayini o'rta yoshli sochiga biroz oq oralagan erkak. Shunga mos qilib kulrang kastyum shim kiyib olgan Sugaga baqira ketdi. Suga boshini yerga egib oldi
– S: o'zlari oldimdan chiqdi
– X: sen o'zingni oqlama. Birinchi kuningdan muammo mijozni ayblashga uyalmaysanmi?
– Jh: janob tinchlaning
Jhope bu erkakni tinchlantirishga tushdi
–X: yo'q janob bu yerda sizni aybingiz yo'q. Hammasiga u aybdor
Restoran xo'jayini Jhopega paxta qo'yib Sugani urushishga tushdi.
➖Jh: Hammasi joyida uni urishingiz shart emas, meni oʻzim ehtiyotsizlik qilib oshxonaga bostirib kirdim. Siz ham meni kechiring xonim.
– X: Siz uzr soʻramang jano.....
Erkak gapini tugatib ulgurmasidan Jhop qoʻlida stop ishorasini qildi. Erkak boshqa hech narsa demadi.
– Jh: siz men bilan birga bora olasizmi?
Suga restoran boshlig'iga nigohini qaratdi
– Jh: „ Suga” Jhope hayolidan oʻtkazdi. Chiroyli ism ekan. Lekin shu bilan birga gʻalati....... Jhope Sugaga yur ishorasini qilgach, Suga ovqat toʻkilgan joyni chetlab oʻtib Jhopega ergashdi......
Yoongi telefondan boshini koʻtarmay tepasiga kelib turgan Jhopega gapirdi.
Suga Yoongini koʻrdiku koʻzlari kattalashib ketdi. Oʻziga bir tomchi suv kabi oʻxshaydigan, lekin undan farqli qimmat brend kiyimlarini kiyib, qoʻliga eng soʻnggi rusumdagi telefon ushlab olgan Yoongiga boshdan oyoq razm soldi.
– Jh: buyoqqa qara
Jhope Yoongiga gapirdi
– Yg: qarashim shart emas sen gapiraver... Yoongi keskinlik bilan inkor etdi. Jhope uni yaxshilikcha qaramasligini sezib boshidan majburlab ushlab Suga tomonga qaratdi.
– Yg: nima esingni yedingmi? Nima qilya...........
Yoongi jaxl bilan gapirib turgan joyida birdan toʻxtab qoldi. Qarshisida turgan odam oʻziga juda oʻxshardi, xuddi koʻzgu qoʻyilgandek. Ofitsiant kiyimidagi yigitga qarab shokka tushib qoldi.
– Yg, S: qanaqasiga? Ikkisi ham bir vaqtda shu soʻzni takrorladi
– Yg, S: boʻlishi mumkin emas.... Yana bir xil soʻz
– Yg: demak sen qishloqda oʻsgan oddiy oilaning oʻgʻlisan shundaymi?
– Jh: DNK qildirib koʻraylik.
Suxbatga anchadan beri chetda jim oʻtirgan Jhope aralashdi. Yoongi jiddiy nigoh bilan unga yeb qoʻygudek qarab gapirdi.
– Yg: sen bu gaping bilan nima demoqchisan?
–Jh: sizlar rostan egizaksizlar va men bunga toʻliq ishonch hosil qilmoqchiman
Suga bir yutinib oldidagi ikki notanish yigitga qaradi.
– Yg: sendan hech kim soʻramadi. Men gapirsamgina javob ber.
Bilaman xozir qattiq jaxling chiqgan asabiysan, lekin buni oddiy qabul qilishing kerak.
– Yg: bu yerda anglashilmovchilik bor
– Jh: bilaman bu yerda anglashilmovchilik bor. Bu holatdan hozir uchchalamiz ham shokdamiz.
– Yg: ertaga DNK qildiramiz gap tamom!
Yoongi bu safar oʻzi DNK taklifini berib oʻrnidan turdi qoʻliga kastyumini oldi. Suga sekin egizagiga qaradi. U oʻziga oʻxshasada Yoongida boshqacha nimadir bor. Qattiyat bilan soʻzlarini dona dona gapirishi, jaxli chiqganda gap bilan ogʻziga urishi..... Bularning bari oʻzgacha.
– Yg: hoy seni isming nima edi?
– Yg: Suga sen men bilan ketasan
Yoongining kutilmagan taklifidan Jhope ham Suga ham hayratlanib qoldi.
– Yg: senga savolni men beraman dedim
Yoongi yana gap bilan ogʻziga urdi
– Jh: u senga oʻrinli savol berdi. Gap bilan ogʻziga urishni bas qilib unga yaxshi muomala bilan javob ber.
Jhope qattiq ohangda gapirib Sugani tarafini oldi.
– Yg: u meni ukam boʻlsa men bilan bir uyda yashaydi.
– S: meni oʻqishim bor uy kerak emas.
– Yg: oʻqishing qolib ketmaydi men bilan ketasan! Gap tamom...
Yoongi Sugani qarshiliklariga ham qaramay oʻz uyiga olib keldi. Suga kichkina kvartirada kursdoshlari bilan turgani va oddiy qishloqda oʻsib ulgʻaygani uchun Yoongini villasini kezib ogʻzi ochilib qoldi.
Villadan ichkariga kirar ekan qoʻriqchilar uyni himoya qilishardi. Ularni koʻrib Suga yanada qoʻrqishni boshladi. Yoongini orqasidan ketishni maʼqul koʻrdi. Villa ichiga kirar ekan uy ichi sariq gold rangda edi. Uy ichi did bilan bezatilgan edi.
Suga oʻzini xuddi ertakka tushib qolgandek his qilardi. Yoongini orqasidan zinadan chiqib borarkan qimmatli uyning ichki va tashqi dizaynga tan berdi. Yoongi zinadan chiqib bir xona oldiga kelib toʻxtadi va eshikni ochdi.
– bu seni xonang
Xonada katta va keng yotoq, shkaf hamma qimmatli jihozlari bilan bezatilgan xonaga ishora qilib, Suga xonaga kirib ogʻzi ochilib qoldi.