November 6

QIYOFA

By ___ Jihyeee

8-EP

– Jh: xizmatchilarni ogohlantirdingmi?

– Yg: ha ertalab ishga ketishimdan avval ogohlantirgan edim. Agarda kimgadir bu haqida gullab qo'yishsa ularni hayotini jahannamga aylantirishimni ham aytdim.

– Jh: Eshitishim bo'yicha Jimin safarga ketayotgan emish shu gaplar rostmi?

– Yg: xabarim yo'q ketsa ketar. Iloji bo'lsa umuman qaytib kelmasin.

– S: Jimin shunchalik yomon yigitmi?

Nihoyat Suga tilga kirib savol berdi. Yoongi va Jhope unga nigohini qaratishdi.

– Jh: aslida unchalik ham yomon emas.... U sevgisiga erishishni xoxlaydi. Yani bizni Yoongiga

– S: siz nega undan qochib ketmoqchisiz?

– Yg: menga uning sevgisi kerak emas

– S: u sizni chindan sevar ekanku

– Yg: real hayot sen o'qigan kitoblardan ancha farq qiladi

– S: lekin u sevgisi uchun kurashyapti

– Yg: ha tahdid qilib kurashyapti naqadar pok muhabbat

– S: balki imkon berib ko'rarsiz

– Yg: men senga xoxlamayman dedim! Sen nega menga aql o'rgatayapsan tushunmadim

– Jh: o'zingni bos

Jhope keskin ohangda suhbatga aralashdi

– S: kechirasiz

– Yg: aqling yetmagan ishlarga burningni suqma

– Jh: Yoongi

Jhope ovozini sal balandlatdi. U gapirgach Yoongi indamay o'rindiqqa suyanib asabiylashgani uchun o'zini bosishga harakat qildi.

– Jh: o'zingni bosib unga yaxshi muomila qilishni o'rgan

– Yg: o'zi ham asabimga tegmasin

– Jh: u seni zaxar sochib gap bilan og'ziga urishingni bilib o'tiribtimi? Seni taniganiga hali ko'p bo'lmagan axir

Jhope shu gapni aytishi bilan Yoongi unga qahrli ko'zlari bilan qaradi.

Yoongi endi unga javob qaytarmoqchi edi, lekin xizmatkor dasturxon tayyor deb kelib qoldi.

Ular ovqatlanib bo'lishgach mexmonxonaga qaytib reja tuzishni boshlashdi

– Jh: birinchi o'rinda Sugani o'zgartirish kerak

– Yg: 2 oy ichida ulguramiz

– Jh: ikkingiz bir xil kiyim va bir xil soch turmagida yurishingiz kerak. Hatto gapirishlaringiz ham bir xil bo'lishi kerak

– Yg: bunisi qiyin bo'ladimi deyman

– Jh: qiyin bo'lmaydi menga ishoninglar. Qancha tez harakat qilsak shuncha tez natijaga erishamiz.

– Yg: lekin men qanday qochaman to'y kunimi yoki undan oldinmi?

– Jh: undan oldin qochishga harakat qilasan. Masalan qandaydir tadbirlar bo'lib qolishi mumkin. Suga biror joyga berkinib turadi. Sen esa kiyimlaringni almashtirib qochasan Jiminga 1 soatlik ro'l yetadi. Suga biror baxona topib u yerdan ketadi, men esa uni to'g'ri qishlog'iga olib borib tashlayman

– Yg: nega aynan qishloqqa? shuni tushunmayapman

– Jh: Jimin seni yo'qligingni bilsa butun shaharni titkilab bo'lsa ham qidiruv elon qiladi. Qishloqni qidirish uning hayoliga kelmaydi shunga umid qilamiz.

– S: u hammasini bilib qolsachi?

Suga qo'rqib gapga aralashdi

– Yg: qo'rqma bilib qolgan taqdirda ham u senga tegmaydi. Uning maqsadi menman.

– Yg: xo'sh biz uni qanday o'zgartiramiz?

Yoongi Sugaga ishora qilib Jhopega gapirdi

– Jh: biz emas sen

– Yg: nima jinni bo'lganmisan?

– Jh: sen o'z harakteringni odamlar oldida o'zini qanday tutishni o'rgatasan, men esa Jimin haqida o'zim bilgan malumotlarni va uni oldida dadil bo'lishni o'rgataman.

– Yg: jinni bo'laman

– Jh: qochmoqchi bo'lsang hammasiga chidashga majbursan

– Jh: senga Jimin haqida o'zim bilgan malumotlarni aytaman. Undan oldin uni rasmini ko'rsataman

Jhope shunday degancha telefonidan Jiminni suratini izlay boshladi.

Oradan bir necha soniya o'tib telefonni Sugaga uzatdi. Suga uning qo'lidan telefonni olib unga sinchikovlik bilan tikildi.

β€ž Bo'ylari baland yelkalari keng bo'lgan mushakdor yigit. Suratda qoramtir sochlari tartibsiz, lekin shu xolat o'ziga yarashib turibti. Nigohlari qattiyatli suratga lab chetida jilmayib tushgan. U shu suratda ham huddi ichingdagini bilaman degandek qarab turibti. Chiroyli kelishgan yigit, lekin Yoongi nega uni rad qilyapti hayronman. Bu yigit ko'rinishidan ko'plab qizlarning orzusi, kastyum shimda judayam kelishgan ko'rinyapti sportga shug'ullanib turishi mushaklaridan ham malum ”.

Jimin

Suga bir necha daqiqa suratga tikilib Jhopeni telefonini qaytarib berdi.

– Jh: Ko'rgan bo'lsang bu suratdagi shaxs Jimin. Qattiyatli va o'ziga ishongan yigit. Mafia olamida ham uning o'rni bo'lak, shaharning yarmini qo'lga olishga ulgurgan. Bizneslari ko'p hozir Yoongi bilan ham hamkor. Ota onasi bor lekin qayerda yashashlarini hammadan sir tutadi.

Jhope shunday deb ancha vaqt Sugaga Jiminning xususiyatlarini tushuntirib aytib berdi. Yoongi ham uning gaplarini indamasdan eshitib o'tirdi.

– Jh: u bizni Yoongini sevadi. Lekin Yoongi uni sevmaydi va osonlikcha bo'ysunmaydi. Shuning uchun ham Jimin unga erishish uchun birozgina tahdid qilyapti.

Reaksiya coment kutib qolaman

Sizlarga yoqadi degan umiddaman

By ___ Jihyeee πŸ«ΆπŸ’œ