November 11

Yorug'lik va soya

By ___ Jihyeee

12-ep............ 12-qism

– Jihye (Black Rose): men sizni kechaning o'zidan tanigan edim. Endi yuzingizdagi niqobni yechib tashlasangiz ham bo'ladi. Endi uning keragi yo'q. Men sizni shundoq ham yaxshi tanib turibman. Siz mening sevimli idolim bo'laszku axir. Lekin sizni bu yo'lda ekaningizni bilmagan edim. Nega unday bo'ldi menga aytib bera olasizmi?

Jiminning nigohi Jihyening lablariga, so‘ng ko‘zlariga tushdi. Bir lahza, vaqt to‘xtagandek bo‘ldi. Qorong‘u va sirli tun ichida ular bir-birini anglab yetishga harakat qildi. Shu daqiqada Jimin ichidan o‘yladi:

– Jimin: Nahotki bu Black Rose aslida Jihye bo'lsa? Mening yuragim buni sezgan ekan lekin qanday qilib? Nahotki uni sevib qolgan bo'lsam?

Jimin shu narsalarni o'yladi

– Jihye: men sizni oldindan yoqtirganman sizning harakteringiz ochiq ko'ngil ekaningiz meni o'ziga tortardi. Lekin kunduzi sahnada quvnoq hammaga mehr ulashadigan mening sevimli idolim Jimin kechasi hech narsadan tab tortmaydigan yirtqich Chimmy bo'lib chiqishi mening hayolimga ham kelmagandi. Buning qandaydir sababi bormi? Inson bu qora yo'lga o'zi xoxlab kira olmaydi. Kirgach bu yo'ldan chiqishi qiyin bo'ladi.

– Jimin: xa bunga mening yetarlicha sabablarim bor edi....

– Jihye: menga aytib bera olasizmi? Balki sizga yordamim tegib qolar

– Jimin: siz rostdan ham o'sha vaxshiy mafia qirolichasi Black Rose misiz?

– Jihye: ha shunday. Men ham bu zulmatdek qop qora yo'lga o'zim xoxlab kirmaganman.

– Jimin: demak bugun ko'pgina sirlarimiz ochilar ekan

– Jihye: shunday.... Siz aytib bering keyn men ham aytaman

– Jimin: hop unda boshladim

Shundan so'ng Jimin ota onasi bilan bo'lgan voqeani hammasini Jihyega aytib berdi. Bu yo'lda yolg'iz emas uning guruhi ham birga ekanligini aytdi. Bu gapdan Jihye hayron edi.

– Jihye: nega sizning qolgan guruh azolaringiz ham bu o'yinni ichida? Nima ularga ham o'sha mafia tomonidan zarar yetganmi?

– Jimin: yo'q meni deb. Meni ota-onam o'lganda men buni hammaga baxtsiz hodisa deb aytganman, lekin guruhimdagilar mening hatti harakatimdan buni bilib bo'lishgan ekan. Ular o'ch olishimda menga yordam berishmoqchi.

– Jihye: men sizlarning ahilligingizga qoyil qolganman va mana yana bir bor bunga guvoh bo'lib turibman.

– Jimin: endi sizning navbatingiz nima bo'lganini aytib berasizmi? Eahitishga tayyorman

– Jihye: albatta

Jihye gapirishni boshladi.

Jihye tabiatan sodda mexribon qiz bo'lganligini oddiy chumoliga ozor yetkizib qo'ysa ham o'zini ayblab yurishini gapirib o'tdi. Shundan so'ng onasini o'g'irlab ketishganiyu politsiya uni qidirib topa olmaganini, U onasi o'lganiga ishongan va o'zini o'ldirmoqchi bo'lganida bir insonni hayotini qutqarib o'sha inson tufayli mafiaga kirib qolganini aytdi. Onasini o'g'irlab ketgan insonlarni topib uni qiynab o'ldirgan va vaxshiy odamga aylanganini va bu u uchun oson bo'lmaganini ham aytib o'tdi.

Boshida Jihye mafia bo'laman degan bu qarorga o'zi kelgankuya lekin odamlarni o'lishini kuzatib qo'rqib ketgan va bu fikrdan qaytishni o'ylagan.

– Sojun: Lekin agar xozir bu yo'ldan qaytadigan bo'lsang, bundan keyin onangni sog' topa olmasliging mumkin. Onangni himoya qilish endi sening vazifang

Deb uni Sojun bu yo'lidan qaytargandi. Shundan so'ng u majbur bo'lgan. Mafia olamida mashhur bo'lsa bezorilar onasini o'g'irlash tugul yoniga yaqin kela olmasligini tushunib yetgan. Mana xozir Jihye shunday inson va u maqsadiga erishdi.
Jihyeni hikoyasini eshitgan Jimin

– Jimin: ha sizda ham yetarlicha sabab bo'lgan ekan. Hozir onangizni axvoli yaxshimi?

– Jihye: ha yaxshi

– Jimin: onangiz bu haqida biladimi?

– Jihye: mafia dunyosiga kirib qolganim haqidami?

– Jimin: ha

– Jihye: yo'q men buni onamdan sir tutganman. O'zi ota-onam ajralib ketishiga ham shu sabab bo'lgandi. Otam qandaydir mafiaga aralashgan edi hozir esa boshqa xotini bilan Canadada yashaydi.

– Jimin: ha tushunarli.

Jimin hayollari to'g'ri chiqganidan hayron hayol surib qoldi.

Xuddi shunday hayollar Jihyening miyyasida ham aylanayotgandi.

– Jihye: Men shuncha paytdan beri idol sifatida ko'raman degan insonimni sevib qolganimni o'zim ham bilmagan ekanman.

Shundan so'ng Jimin Jihyega u mafia kim ekanligini topgani haqida aytdi. Lekin uncha ko'p malumot bilmas edi.

– Jihye: siz bundan xavotir olmang ular haqida malumotni o'zim sizga topib beraman. Mendan xabar kuting albatta topib siz bilan aloqaga chiqaman.

Shunday qilib ularning bugungi uchrashuvi o'z nihoyasiga yetdi. Ular o'z yo'llaridan ketdi.

Jihye odamlarini chaqirib 5 yil oldin bo'lgan hamma qotilliklarni aniqlashni buyurdi. To'g'ri odamlar ularni baxtsiz hodisa tufayli o'ldi deb o'ylashi mumkin, lekin bu o'lim mafialar orasida bo'lsa ulardan kimdir bu qotillikka aralashgan bo'lsa mafia azolari buni aniqlashi muammo bo'lmaydi.

– Jihye: hamma odamlarni yig'

Hamma odamlari to'plandi. Jihyeni anchagina odamlari bor lekin uyini qo'riqlaydigan odamlari boshqa mafiaga qaraydigan tansoqchilari boshqa. Ular yig'ildi. Jihye chiqishini kutib turishgan edi. Jihye ko'rindi (Vd tashiman) va tansoqchilariga qapirishni boshladi

– Jihye: hammang meni eshit. Menga 5 yil oldin qaysidir mafia azosi er va xotinni o'ldirib politsiya mahkamasi eshigi oldida tashlab ketgan ekan shu haqida malumot kerak. Senlar uchun ertagacha muxlat beraman agar topa olmasalaring bittama bitta o'ldiraman. Bilasanlar a gapimni ustidan chiqaman. Ertaga tushlikkacha malumot qo'limda bo'lsin. Tushlik qilib bo'lgunimcha qo'limda bo'lmasa to'q qoringa qiynoq zo'r ketadi. Hammangda har xil qiynoqlarimni sinab ko'raman. Endi esa ruxsat tezroq harakat qillaring.

Tansoqchilari baravariga xop degancha mashinaga o'tirib o'qdek uchib g'oyib bo'lishdi.

Sizlarga yoqadi degan umiddaman bu man yozgan birinchi ff xatolari bosa tushunasila

Reaksiya coment kutib qolaman

.
.
.
.
.
.

.
.
By ___ Jihyeee 🫶💜