QIYOFA
Bazan taqdir bizni sinaydi kimdir o'z sevgisi uchun kurashadi kimdir esa yuragini qurbon qiladi. Ammo haqiqiy tuyg'ular sinovlardan o'tibgina qudratli kuchga aylanadi.
Keng va tartibli kabinet.. Soatning chiqqillashi butun xonaga eshitilib turibti va quyosh sekin asta botish arafasida. Bu manzarani esa xonada yolg'iz kresloga suyanib Yoongi kuzatib o'tiribti.
O'zi xoxlagan hech kim bezovta qilmaydigan tinchlikka erishgan. Lekin yuragida g'alati bo'shliq bordek, go'yo avvallari shu bo'shliqni kimdir to'ldirib turgandek. Jimin bilan orani ochiq qilishganiga ham mana 2 yil bo'lmoqda. O'sha kungi majlisdan so'ng uni atrofida umuman ko'rmadi. Go'yoki hayotida hech qachon bo'lmagandek g'oyib bo'ldi. O'sha majlis Hamkorlik tugaganligi haqidagi hujjat Jiminning hissiz sovuq nigohi o'sha paytda Yoongini yuragini muzlatib yuborgandi. Shu 2 yil ichida ko'p narsalar o'zgardi. Suga va Jhope turmush qurib bir farzandli bo'lishdi.
Jhope qishloqqa borib Sugani ota-onasidan qo'lini so'radi ota-onasi ham Sugani ko'ngliga qarab rozi bo'lishdi.
Yoongi qishloqqa umuman qadamini bosmadi. Kechki to'yga ozgina muddatda borib qaytdi. Jhope bilan birga olib boradigan mafia ishlarini o'z qoliga oldi. Ukasi tinch hayotda yashashini xoxladi. Hech qanday havotirsiz tahdidlarsiz o'lim va qora dorilarsiz tinch hayot.
Xozir Suga bilan Jhope farzandini olib sayohatga ketishgan.
Yoongi shularni o'ylab ko'zlarini og'ir yumib ochdi. Yuziga tushib sekin so'nib g'oyib bo'layotgan quyoshga oxirgi bor qaradiyu uyiga ketishga xozirlandi.
Narsalarini olib o'z xonasidan chiqarkan xodimlarni ish vaqti tugab uyga ketishganligini tushundi.
Kompaniya binosidan chiqib sovuqda turishni xoxlamay mashinasiga minib uyiga yo'l oldi.
Uning hozirgi kunlari deyarli shunday o'tmoqda, uy kompaniya uy kompaniya. Bu bir xillik bazida odamni yeb bitiradi Yoongi ham shu odamlar qatoriga kirib bormoqda. Yoongi mashinasini svetaforning qizil chirog'ida to'xtatarkan, atrofga nazar solib uni g'alati ahvolga tushurib qo'yadigan manzaraga guvoh bo'ldi. Yonginasidagi bir kafeda Jimin bir qiz bilan ovqatlanib o'tirardi.
Ko'rinishidan baxtli qizga kulib qarayapti, qiz esa unga noz karashma qilayotgandi. Ora orada Jimin qizning qo'llaridan ushab qo'yar, qiz esa bundan xursand og'zi yerga tekkuncha tabassum qilardi.
Yoongi og'ir yutinib qo'ydi. Xuddi ichidan nimadir uzilgandek bo'ldi. O'zi uning ketishini xoxlab sevgisini yerga urib uni yarim yo'lda tashlab ketgandi. Lekin endi nega uni o'zgasi bilan ko'rib yuragi og'riyapti?
Yoongini hayollarini ortidan yangragan signal ovozlari bo'lib yubordi. Yoongi o'ziga kelib ortiq bu manzarani ko'rishni xoxlamay mashinasini haydab ketib qoldi.
Uyiga borib ovqatlanmasdan to'g'ri xonasiga chiqib ketdi. Bu uy yana avvalgidek xuvillab qolgan. Yoongi va 1, 2 xizmatchidan boshqa hech kim yo'q. (Uyyi ichida tashqarida 24/7 tansoqchilari bo'ladi)
Yoongi xonasiga kirgach negadir ko'zlari yoshlanib ketdi. Ichida tushunib bo'lmas og'riq turdi. Nega u hozir Jiminni o'zgasi bilan ko'rib siqilyapti nega? Nima sabab....? Axir o'zi emasmi uni hayotidan haydagan... O'zi emasmi uni ko'rishni xoxlamay Fransiyaga ketishni rejalashtirgan. Endichi? Nega uni boshqasi bilan ko'rib bunday bo'lyapti.....?
Yoongi hech nimaga tushunmay yana o'zini yig'lash bilan ovutdi.
Erta tong ham yana har doimgidek bir xillik bilan boshlandi. Qahva va shirinlik yeb ishiga yo'l oldi. Yoongini shunday zerikarli kunlarini birida uni hayotida yana bitta tub burilish sodir bo'ldi.
Yoongi kompaniyaga kelib o'z xonasida hujjatlarni tekshirib o'tirar ekan, kutilmaganda xonasiga kotibasi eshikni taqqillatib kirib keldi.
– Kotiba: janob Min Yoongi bugun hamkor kompaniya bilan muxim majlis bor ekan shoshilinch.
– Yoongi: nega men bu haqida endi bilyapman?
– K: bizga ham endi habar berishdi. Majlis ertalabki vaqtda belgilanibti.
– Yg: shu yetmay turgandi o'zi. Soat nechchida?
Yoongi majlis soatini eshitib baqirib yubordi. Kotiba qo'rquvda qarab turardi.
– Yg: qaysi aqllari bilan menga majlisga 30 daqiqa qolganda xabar berishyapti?
Yoongini jaxli chiqqan kotiba esa jim turishni avzal ko'rdi.
Yoongini asablari taranglashib hamkor bo'lganiga 1 oy bo'lgan kompaniyaga kotibasi bilan yo'l olarkan majlisga kech qolganini o'ylab jaxli chiqib ketdi.
Jaxl bilan tepa qavatga lift yordamida chiqib iloji boricha o'zini asabiy ko'rsatmaslikka harakat qilib majlislar xonasiga yetib keldi. Chuqur nafas olib ichkariga kirar ekan undan boshqa hamma majlisga tayyor ekanligini ko'rib hayron qoldi.
Ko'zlari bilan hammaga bir-bir qarab nigohi stolning bir burchagida hammadan ajralib unga qarab o'tirgan Jiminga tushdi.