QIYOFA
β S: sevgi izxor uchun sal boshqacharoq vaziyat emasmi?
Suga haliyam shokda edi. Jhope esa uning bu gapidan kuldi
β Jh: kitobdagi juftliklarga xavas qilgansanku. Ularda ham ko'pchiligi aynan shunday qiyin vaziyatlarda sevishini tan olgan. Meni ham ularni qatorida bo'lgim keldi.
β S: ha lekin barbiram g'alati ekan
β Jh: marry me qilardimu lekin hozir vaziyat boshqachada. Rozimisan?
β S: men nima deyishni bilmayman
β Jh: kechirasan aslida bu yerda so'rashim ham xato agar bu yerda qutilsak javobingni aytar...
Bu safar Jhopeni yuzini hayrat hissi egallab oldi.
Suga shunday dediyu uyalib boshini egib oldi.
β Xo'jayin Fransiya yo'nalishidagi samalyot hozirgina havoga ko'tarildi. Janob Yoongi aeroportdan chiqmadi.
Yoongini aeroportdan olib ketish uchun kelgan qo'riqchi mashinani ichidan kuzatib gapirdi.
β Jm: ozgina kut mabodo chiqmasa o'zing kelaver
Jimin o'zidagi sokinlikni yo'qotmay javob berdi.
Oradan 1 soat o'tdi. Jimin nimagadir u kelishiga ishonayotgandi shu payt sekin eshik ochildi. Jimin nigohini zax yerdan eshikka tashlar ekan Yoongini ko'rib g'olibona jilmaydi.
Jimin qarshisida unga nafrat ko'zlari bilan qarab turgan Yoongiga gap otdi.
Yoongi to'g'ri maqsadga o'tib qo'yaqoldi
β Jm: oldin bu yerga kel o'tir.... Suhbatlashaylik undan keyin savolingni berasan
Jimin o'zi o'tirgan stulning to'g'risidagi stulga taklif qildi. Yoongi buni xoxlamasada majburan stulga o'tirdi.
β Jm: mendan qutulish uchun o'z ukangdan foydalanishing g'alati emasmi?
β Jm: nima bo'lgan taqdirda ham bunday razillikni qilmasliging kerak edi
β Yg: nima razillikmi? Haqiqiy razillikni sen menga qilmadingmi xo'sh? Seni qilgan ishing nima unda?
β Jm: men bularni sen uchun qildim
β Yg: men uchun yaxshi yaxshi.... Lekin men senga yo'q deb yaxshilikcha aytdim
β Jm: nega? Nega meni tinimsiz rad qilyapsan buning sababi bormi?
β Yg: chunki seni yomon ko'raman
β Jm: sabab? men senga nima qilganmanki bunchalik nafratlanasan?
Yoongi gapira olmadi. O'zi rostdan ham nima sabab borki u Jimindan bunchalik nafratlanadi.
Yoongi Jiminga hech qanday sabab keltira olmadi. Shunchaki sukut saqlab o'tirdi. Jimin ham bir necha soniya sukut saqladi va qo'llarini musht qildi.
β Jm: seni yomon ko'raman deyapsan
β Jm: balki shundaydir. Lekin men hech qachon seni yomon ko'ra olmadim.
U chuqur nafas olib ko'zlarini bir nuqtaga tikdi. Keyin jilmayishga harakat qildi ammo bu jilmayish yuragidagi og'riqni yashira olmadi.
β Jm: balki sen haqiqattan ham mendan qutulishni xoxlayotgandirsan. Balki men rostdan ham seni hayotingga faqat zarar yetkazgandirman.
Yoongi gapirmadi Jimin esa uning ko'zlariga qaradi. Unda hali ham umid uchquni bor edi lekin shu uchqun endi so'nayotgan edi.
β Jm: seni ilk ko'rgan kunimdanoq sen meni qalbimga ruxsatsiz kirib olgansan. Faqat seni o'ylashni o'zimniki qilishni orzu qilib yashadim. Ertalab ko'zimni ochganimda tunda uxlashimdan oldin seni ko'rishni xoxlardim. Sen balki gaplarimga ishonmassan lekin men sen bilan baxtli yashashni xoxlardim. Men mafia yo'liga kirganimdan boshlab o'zim xoxlagan narsaga erishib kelganman lekin sen...... Umuman boshqa mavzusan. Seni hech qachon majburan o'zimniki qilish haqida o'ylamadim. Vaqt o'tsa balki meni sevib qolarsan deb o'ylagandim lekin unday bo'lmadi. Bilasanmi? Men o'zimni hech qachon yengilgan his qilmaganman. Lekin hozir......
β Jm: hozir esa ilk bor kimnidir baxtli qilish uchun chekinish kerakligini tushunyapman.
Jimin sekin o'rnidan turib Yoongini qarshisiga kelib tik turdi. Yoongi esa unga qaramay to'g'risidagi nuqtadan ko'z uzmay qarab o'tirardi. Lekin Jimin uning sochlarini so'nggi bor silash uchun qo'l cho'zgan edi hamki Yoongi boshini ortga tortib ko'zlarini yumib oldi. Jiminni qo'li esa havoda qolib ketdi. Shunda ham jilmayib qo'lini yana musht qilib cho'ntagiga soldi.
β Jm: chindan sevgan odam bazida qo'yvorishni ham bilishi kerak
Jimin g'alati ohangda gapirdi.
β Jm: men seni qo'yib yuboraman Yoongi faqat bitta shart bilan
Jimin ko'zlarini undan uzmay gapirdi. Yoongi esa ko'zlarini ochib Jiminga ohu ko'zlarini qaratdi. Unga so'zsiz nigoh bilan tikilib turarkan Jimin bir lahza uning bu ohudek ko'zlariga cho'kib ketgandek bo'ldi. Lekin yana o'zini qo'lga olib gapida davom etdi.
β Jm: agar oldimdan chiqqudak bo'lsang seni o'ldiraman
Uning bu safargi gaplari qattiy va dadil ohangda chiqdi. Ko'zlarining ichida alam ham yo'qolib o'rnini g'alati qahrga o'xshash tuyg'u egallab oldi.
β Jm: kompaniya hamkorligiga ertaga yakun yasaymiz. Majlisga kechikmay kelasan deb umid qilaman.
β Yg: Suga va Jhope qayerda?
Yoongi Jiminni shuncha aytgan gapiga etibor bermay savol berdi. Jimin unga bir qaradiyu so'ngra chuqur nafas olib chiqardi. So'ngra baland ovozda kimnidir chaqirdi.
Dedi kirish eshigiga qarab, Yoongi ham nigohini o'sha tomonga qaratdi. Bir ozdan so'ng eshik ochilib bir yigit kirib keldi.
β Jm: anavi ikkalasini qo'lini yechib bu yerga olib chiq.
Jimin qattiy ohangda buyurdi yigit esa uning gapiga bosh egib qayergadir ketdi. Bu orada o'rtaga yana g'alati sukunat cho'mdi. Jimin o'rnidan turib Yoongini atrofida aylana boshladi lekin Yoongi jim edi. Ko'p o'tmay boyagi yigit Suga va Jhopeni olib keldi. Yoongi ularni ko'rishi bilan o'rnidan turib yugurgancha ukasini bag'riga bosdi. Jimin esa ularni chetdan kuzatish bilan chegaralandi. Keyin esa ularni uyiga ketishiga ruxsat berib, o'zi esa alamini ichiga yutgancha yagona va takrorlanmas sevgisini ortidan qaragancha qoldi.
Ketkizgan vaqtingizga rozi bo'ling....