βππππ½πΈ
βππππ½πΈ
2-π½πΈππ 9-π’ππ€π
Jm: albatta bo'lmasa senga buni aytarmidim?
Jm: mayli bunday sovuq kundan so'ng issiq qahvaga nima deysan?
Jm: unda shu yerda tur men mashinamni olib kelaman ketamiz
Jm: yo'q seni kompaniyangdan hali uzoqqa ketganimz yo'qku borib mashinamni olib kelaman shu yerda kut
Jimin shunday deb kompaniya tomon shoshilib ketdi. Yoongi esa uni kuta boshladi. Birozdan so'ng Jiminni mashinasi ko'rindi va Yoongi mashinaga o'tirib birgalikda qahvaxonaga ketishdi.
Yoongi mashinada ketar ekan qo'li muzlab qolgani sabab labiga yaqin olib qo'lini isitardi Jimin buni ko'rgach bir qo'li bilan Yoongini qo'lidan ushlab isita boshladi. Bu Yoongiga yoqib tushgani sabab qarshilik qilmadi
Ular qahvaxonaga kelib issiq qahva va shirinlik yeyishdi. Shundan so'ng Jimin unga aylanishga borishni taklif qildi. Bu Yoongiga ham yoqqani sabab ular bog'ga borishdi undan so'ng muz saroyiga borib muzda uchishmoqchi bo'ldi lekin Yoongi muzda uchishni bilmasdi. Jimin unga o'rgatishni boshladi lekin Yoongi ko'p marotaba yiqildi. Bu esa Jiminga yoqmadi va uni qo'lidan ushlab olib chiqib ketdi. Yoongi yo'q deyishiga qaramay sevgilisi jarohat olishini o'ylab uni olib ketdi.
Mashinada ketishar ekan Yoongi bundan norozi edi. Jimin mashinani haydab ketardi Yoongi esa arazlab oyna tomonga yuzini burib olgandi. Jimin uni yosh bolacha arazlab olganidan ko'rgani sari kulgisi kelardi. Yoongi atrofni kuzatib ketarkan nimadir bo'ldiyu yuzini arazlagan qiyofa emas g'amgin qandaydir boshqacha og'riqli qiyofa egallab oldi. Buni Jimin darrov sezdi
Yg: meni nega o'sha kun haqiqiy otam haydagan? shuni o'ylasam ham javob topa olmayapman
Jm: Janob Yoonjae seni o'gay otang seni haqiqiy oilangdan kuch bilan tortib olgan
Jm: biologik ota onang seni ularga berishni xoxlamagan. Ayniqsa onang lekin janob Yoonjae va ayolini senga mexri tushib qolgan edi. Janob Yoonjae ayolini farzand ko'ra olmasligini bilsada sevgani uchun uylangan va seni haqiqiy ota onangga taxdid qilib seni katta pul evaziga sotib olgan
Flashback 23 yil avval
(Yoongini mafia oilasi o'z uyiga olib ketmoqchi bo'lgan kun ).
( Dongwoo Yoongini haqiqiy otasi. Dongwoo- D, Yoonjaeni- Y db yozb ketaman )
D: bir kun u haqiqatni bilib bizni oldimizga kelsa sen hech narsa qilolmaysan
Peshonasiga qurol tiralib turgan erkak ich ichidan titrab ketsada qarshisida turgan o'zi tengi kiborli egniga qora futbolka va shim kiyib olgan erkakka g'azab bilan gapirdi. Erkak kishi uchun boshqa bir erkakning oldida ko'zi yoshlanishi ojizlik va uyat belgisidir. Lekin Dongwooning ko'zlari hozirgi damda ojizlik va qo'rqoqlikdan emas balki o'z pushti kamaridan bo'lgan jon parchasini boshqa bir oilaga majburan berib yuborayotganidan va qo'lidan hech narsa kelmaganidan yoshlanayotgan edi
Y: bordiyu Yoongi qachondir haqiqatni bilib bu yerga kelsa uyingdan haydab chiqarasan. U bugundan boshlab sizlar uchun o'lgan. Bordiyu aytganimni qilmasang ayolingni ham bolalaringni ham o'ldirib go'shtini itlarga yediraman. Qilolmaydi deb o'ylama bunday ishlar menga hamirdan qil sug'urgandek oson bitadi
π½πππ€πππππ π₯π¦ππππ
Yg: yolg'on... Ishonmayman ular bunday qilolmaydi
Yoongi eshitgan gaplaridan o'ziga kelolmay shokka tushib qoldi. Har doim oliyjanob inson deb o'ylagan otasi hozirgi paytda pastkash odam bo'lib chiqayotganini tushungach undan nafratlanib ketdi
Yoongini ko'zlaridan o'zi hohlamasada yosh quyilib kelardi. Unga achinib qarab turgan Jiminga qarab gapira boshladi
Yg: meni dadam bunchalik razil odam bo'lmagan
Yoongi chidolmay oxiri Jiminga baqirib gapira boshladi
Jm: menga bularni dadangni o'zi aytib bergan
Yg: nega? Nima uchun? Bunday qilishga haqqi yo'q edi meni o'z oilamdan ayirgan
U shunday deb battar yig'lay boshladi. Mashina ichi uning yig'i ovozi bilan to'ldi. Bu uning kimnidir oldida ikkinchi marotaba yig'lashi edi. U shu kunda yana bir bora sindi
Ko'z oldiga ideal erkak ramzi bo'lgan boqib olgan bo'lsada uni hech kimdan kam qilmay mexr bergan otasi keldiyu na nafratlanishni na uni kechirishni bilmay qoldi. Qalbida endi boshlanayotgan nafrat uning ko'z yoshlari bilan una boshladi. Buni ko'rib turgan Jimin uni bu holatidan Yoongidan ko'p azob chekardi. Uni kuzatib turishni xoxlamay bag'riga tortib quchoqladi
Jm: bilaman.... Hammasi o'tib ketdi tinchlan
Jimin Yoongiga tasalli berib sochlariga labini bosdi
Oradan qanchadir vaqt o'tar ekan mashina ichi sukutga cho'mdi
Sizlarga yoqadi degan umiddaman
Reaksiya coment kutib qolaman
.
.
.
.
.
By ___ Jihyeee π« π