Yorug'lik va soya
Jimin shunday qilib bor gapni Bts memberlariga aytib berdi.
Jimin hikoyani tugatganida xona jimjit bo‘lib qoldi. Kimdir kulmadi, hazil ham bo‘lmadi. Har birining yuzida jiddiylik. Chunki endi hazil uchun joy yo‘q edi.
RM sekin o‘rnidan turdi:
—Rm: Demak, bu qiz o‘ylaganimizdan ham xavfliroq… va… sen uchun boshqacha, Jimin?
Jimin boshini egdi.
— Jimin: Men uni dushman sifatida ko‘rmayman… U kimdandir dardini yashirayotgan odamdek. Xuddi shu qobiqqa o'ralib olgandek tuyuldi.
Uning nigohi qoraydi.
— Jimin: Lekin baribir, agar u yo‘limga chiqsa… men to‘xtamayman. Haqiqatni tagiga yetishga harakat qilaman
Yoongi jim turib Jiminni kuzatdi.
— Yoongi: Agar yuragingni emas, miyangni ishlatmasang, u seni birinchi bo‘lib yo‘q qiladi.
Shunda Jin ohista dedi:
— Jin: Boshqa yo‘l yo‘q. Uni ham topamiz… ham sirini ochamiz.
Jungkook esa shaxvoniy kuldi:
— Jk: Hali ko‘ramiz qay birimiz kimni ovlaymiz…
Jimin jilmaymadi. Uning ko‘zlari yana o‘sha muzdek holatga qaytdi.
— Jm: O‘zim qaytaraman. Bu jang mening jangim.
RM qo‘lini stolga qo‘ydi:
— Rm: Biz bir oilamiz. Sening urushing, bizniki ham.
Shu payt telefon vibratsiya qildi. Jimin qaradi: noma’lum raqam.
"Tayyor bo‘l. Bugun tunda kutaman."
Hech qanday ism yo‘q. Faqat shu atirgul emoji va zulmatdek qora yurakcha 🌹🖤
Jiminning yuragi bir zum to‘xtagandek bo‘ldi.
Bu kim ekanligini taxmin qilib bo'lgan edi.
Jihye (Black Rose) ko‘zgu oldida turardi.
Niqob stilli kiyimi qora ko‘zlarida sovuq yong‘in. Ammo qo‘llari biroz titrayotgandi.
— Jihye: U yana yo‘limga chiqadi… men tayyorman.
Yonida uning eng sodiq qo‘riqchisi turardi.
— Qo'riqchi: Siz barcha yigitlarga ishonishingiz mumkin. Har qanday erkakni yo‘q qilamiz.
Jihye asta jilmaydi.
— Jihye: U oddiy erkak emas… u xavfli. Boshqacha.
Jihyenining ko‘z oldiga Chimmy bilan o‘sha tun esga tushdi. Oyning ostida yongan o‘sha qarashlar.
U jilmaydi, ammo ko‘zlarida alam yondi.
— Jihye: Men unga yaqinlasha olmayman… yaqinlashsam — yiqilaman.
Qo‘riqchi:
— Qo'riqchi: Unda yo‘q qilamizmi?
Jihye ko‘zlarini yumdi. Bir soniya jimlik…
— Jihye: Hali emas. Men uni sinayman. U menga tahdidmi
yoki (pichirlab) taqdirimmi?
Koʻzguga qarab niqobini taqdi.
Tun yana boshlandi. Ikkita yirtqich. Bitta jang maydoni. Kutilmagan uchrashuvga tayyorgarlik.......
BTS yigitlari qurol, plan, monitoring, hamma narsani tayyorlayapti.
Jimin esa deraza yonida, ko‘chaga qarab turar, ichida bo‘ron.
Yoongi yoniga kelib dedi:
— Yoongi: Agar u seni chalg‘itsa… biz tortib olamiz.
Jimin kulimsiradi:
— Jimin: Men hech kimga chalg'imayman.
Lekin ko‘zlari… boshqa gapni aytayotgandi.
Nimadir boldiki, uchrashuv bekor bo'ldi. Jimin va boshqalar ketishga tayyor edi. Jiminga yana o'sha nomalum raqamdan xabar keldi. Xabarda:
– 🖤: Bu uchrashuvni o'zim uyushtirgan edim, endi o'zim bekor qilmoqchiman. Yana qo'rqdi deb o'ylama muhim ishim chiqb qoldi. Bu uchrashuvni boshqa kunga qoldiramiz, meni xabarimni kut....!
Yana ism yo'q faqat oxirida shu emoji 🌹🖤.
Jimin bu habarni o'qib bu Black Rose ekanligini tushundi.
Jiminni xafsalasi pir bo'ldi, u bu uchrashuvni qancha kutgan edi. Hamma tayyor edi, Jimin ularga vaziyatni tushuntirdi.
– Jimin: unga nima bo'ldi nega birdan uchrashuvni bekor qildi yoki qandaydir muammosi bormikan a? Jimin shularni hayolidan o'tkazdi.
Guruh azolari hammasi yig'ilib endi nima qilish mumkinligi haqida o'ylashayotgandi va birdan Rm telefoniga xabar keldi. Bu xabar kompaniya boshlig'i Bang PDnim dan edi.
– Bang PDnim: Rm sizlar qayerdasizlar hammangiz birgamisz? Jiminga qo'ng'iroq qilib tusholmayapman. Unga ayt ertaga ertalab bir kompaniyaga borishi kerak brend reklamasi uchun tayyor bo'lsin. Menejerni o'zi u blan bog'lanadi.
– Rm: xop yetkazib qo'yaman
Rm kelgan xabarni Jiminga ko'tsatdi. Jimin esa
– Jimin: yana qanday reklama shu xozir menga kerakmidi. Yana kameralar qarshisida soxta tabassum qilishim kerakmi? Jin ursin
Tong sahardan quyosh nurlari Jiminni ko'ziga tushib uni uyg'otdi. Uyg'ongisi kelmasada u majburlikdan o'rnidan turdi. Soatga qaradi 6:47. Odatda bunday vaqtli turmaydi, lekin bugun menejeri vaqtli kelishini o'ylab yuvinish xonasiga kirb ketdi. Yuz qo'lini yuvib, cho'milib chiqdi. Endi navbat soch quritishga. Jimin sochlariga judayam etiborli, u sochlarini doim parvarish qiladi. Soch quritdi va soatga qaradi 7:13..... Shunda eshik qo'ng'irog'i chalindi. Bu menejer edi. U o'zi bilan birga stilist olib kelgan edi. U Jiminning sochlarini turmakladi, yuziga bilinar bilinmas makiyaj qildi. Jimin kiyinib chiqdi va ular tayyor. Ular kompaniyaga yo'l olishdi.
Kompaniyaga yetib kelishdi. Bu Jihyening ochilganiga ko'p bo'lmasdan turib, dunyoga mashhur bo'lib ketgan kompaniyasi edi. Mana kompaniya ochilganiga endi 4 yildan oshgan bo'lsa ham, juda mashhur bo'lib ketgandi. Jihye boshqaradigan kompaniyaning yirik aksiyadorlaridan biri bu kompaniya brendini tanitish maqsadida Jiminni hamkorlikka chaqirgan, lekin bundan Jihyeni xabari yo'q.
Sizlarga yoqadi degan umiddaman bu man yozvotgan birinchi ff xatolari bosa tushunasila db umid qlaman