December 9

β„šπ•€π•π•†π”½π”Έ

𝐡𝑦 ___ π½π‘–β„Žπ‘¦π‘’π‘’π‘’

2-π”½π”Έπ•Šπ•ƒ 7-π•’π•šπ•€π•ž

Yoongi yotog'iga yotarkan shu hayollar bilan uxlab qoldi.
Erta tong Yoongi xush kayfiyatda uyg'onib parda ortidan mashinasi keltirilganini ko'rgach xursand bo'lgancha nonushta qilib ishiga yo'l oldi. Jimin o'z vadasida turgani uchun Yoongi lab uchida jilmaydi. Mashinasiga o'tirib uni to'g'ri kompaniyasi tomon hayday boshladi. Kompaniyaga yetib kelarkan yuzi jiddiy qiyofaga kirdi. Oldindan masuliyatli bo'lgan Yoongi bugun ham hodimlariga kayfiyati zo'rligini ko'rsatishni xoxlamadi. Avval qanday bo'lsa xozir xam shu zaylda davom etdi. Xonasiga ko'tarilib yana avvalgidek hujjatlarni tekshirdi ulardan bir dunyo ayb topib kichik majlis qilishga qaror qildi. Bo'lim boshliqlari majlislar xonasida bir safda turishar ekan hammasi qanday ayb qilibmiz deb bosh egib turishardi. Yoongi esa qo'lida bir dunyo hujjatlarni ushlab ularga gapirib xodimlarini qo'liga tutqazdi

Yg: oylik hisobotlar xato kiritilgan. Xodimlarning oylik maoshlari cho'ntakka urib taqsimlangan. Kompaniya uchun ajratilgan pullar 2 baravar ko'proq berilgan. Harajatlar no aniq bu nimasi? Men tushunmayapman sizlar qachondan iwingizga bunday masuliyatsiz yondasha boshladinglar? Nega menga xato hisobot berilyapti?

Yoongi jaxli chiqib qarshisida boxona izlayotgan xodimlariga gapirdi

– Janob Yoongi
Hisobotlarni tayyorlagan yigit gapirmoqchi bo'ldi lekin Yoongini qarashidan gapi esidan chiqb ketdi.

Yg: demak hech kimda arzirli baxona yo'q

Yoongi ortidagi stulga suyanib hammaga bir bir qarab chiqdi. Hech kim indamagach Yoongi oxirgi qarorini aytdi.

Yg: bu yerdagilarni hammasi arizasini yozsin. Menga bunday xodimlarni keragi yo'q

Yoongi aytgan gaplaridan hammasini ko'zi kattalashib unga qarashdi. Iltimos qilishga va boshqa qaytarilmaydi deyishga harakat qilishdi lekin Yoongi ularni gapini eshitmay arizalarni qabul qilib oldi. Ular xonadan chiqib ketgach Yoongi ham kompaniyani aylanib yangi bo'lim boshliqlarini tayinlab chiqdi. Bu orada oddiy ishchilarga reklama elonlarini chiqarib tarqatishni ham buyurdi.

Shuncha ishni qilib charchagan Yoongi kabinetida yana o'zini ishga urib hujjatlardagi xato va kamchiliklarni tuzatib o'tirarkan tashqarida qor yog'ishni boshladi. Yoongi derazaga urilib tushayotgan tangadek qorlarga hayratlanib qaradi

Yg: hali erta emasmi?
U hayratlanib o'rnidan turdi. Katta va keng bo'lgan derazasining yoniga yurib borib undan tashqarini kuzata boshladi. Qor guppillab yog'ar kim yolg'iz aylanar kimdirlar esa sevgani bilan xuddi dunyo ular uchun yaralgandek 7-osmonda uchib yurardi. Yana kimdir hassasiga tayanib uyiga ketmoqda boshqalar esa o'z ishi bilan band. Huddi ularga bu qor qiziq emasdek. Yoongi to'lishib yog'ayotgan qorga mehr bilan tikildi. Labiga mayin tabassum yugurdi ko'zlari baxtdan porlab bolalik chog'larini yodga oldi. Dadasi va onasi bilan birgalikda qorbobo yasab qorbo'ron o'ynagan kezlari naqadar ajoyib damlar edi. Baxtdan sartmas oila afsuski bu baxtli damlar uzoqqa cho'zilmadi. Yoongi 15 yoshga to'lganidan 6 oy o'tgach ota onasi mashina ichida portlab ketdi. Bu shunchaki tasodif emasdi. Buni hech kim oddiy tasodif deya olmaydi hammasi oldindan reja qilingandi. Yoongining behosdan o'sha kuni maktabda qo'li sinib shifoxonaga tushib qolishi va bolasidan xavotrlangancha shifoxonaga shoshayotgan ota ona.....

Yoongini kulib turgan yuzi birdan jiddiylashdi. Ko'zlarini og'ir yumib ochib derazadan uzoqlashdi. Bu hayolot olami insonni qay ko'yga solmaydiya. Biri baxtdan sarmast qilib osmonlarga olib chiqsa, yana bir shu yomon xotiralar insonni parashutsiz yerga qulatadi.

Yoongi ishlarini tamomlashi bilan ustidagi qalin kiyimlarini kiyib xonadan chiqib ketdi. Ayni Yoongi ishdan chiqishini poylab turgande yerlar muzga aylanishga ham ulgurgandi. Lekin qor haligacha yog'ayotgan edi. Yoongi kompaniya binosidan chiqib haydovchi mashinasini olib kelishini kutib turganda oldiga tanish mashina kelib to'xtadi. Yoongi hayron qarab turganda mashinaning qoraytirilgan oynasi pastga tushib Jiminning jilmaygan yuzi ko'rindi.

Jm: qalesan?

Yg: sen bu yerda nima qilyapsan?

Jm: seni olib ketish uchun keldim o'tir

Yg: yo'q meni o'zimni mashin bor hozir keladi

Jm: kelmaydi

Yg: tushunmadim?

Jm: mashinang uyingda turibti

Yg: nega sen uni uyimga jo'natding?

Jm: shunchaki endi mashinaga o'tir

Yg: piyoda ketaman

Yoongi o'jarlik qilib mashinadan uzoqlashib yurib keta boshladi.

Jm: atayin qilyapsanmi?
Jimin mashina oynasidan boshini chiqarib uni ortidan gapirdi. Yoongi esa ortiga qaramay bir tekisda yurishda davom etdi. Oyoq tagi muzlagan qor ham guppillab yog'ishda davom etmoqda. Jimin Yoongini qaysarligini sezib mashinadan tushdi. Mashina kalitini o'sha yerdagi ishonchli kompaniya qo'riqchilaridan biriga berdi.

Jm: kalit senda tursin birozdan so'ng odamlarim kelib olib ketadi

Qo'riqchi xop deb bosh silkitarkan Jimin qora paltosi cho'ntagiga qo'lini tiqib ancha uzoqlashib ketgan Yoongini ortidan yugurib ketdi.

Yoongi piyodalar uchun mo'ljallangan yo'lakchadan keng va chiroyli ammo xozir hamma joyni qor qoplagan dengiz tomonga qarab ketdi.

Ortidan kimdir kelayotganini qorning g'ichirlab eshitilishidan tushundi. Dastlab uning Jimin deb o'ylab bilmaganlikka olib ketishda davom etdi. Ammo kutilmaganda belidan kimdir quchdiyu Yoongini ko'tarib o'zi ketayotgan dengiz tomonga 2 qadam bosib uni yerga otib yubordi

π‘†π‘–π‘§π‘™π‘Žπ‘Ÿπ‘”π‘Ž π‘¦π‘œπ‘žπ‘Žπ‘‘π‘– π‘‘π‘’π‘”π‘Žπ‘› π‘’π‘šπ‘–π‘‘π‘‘π‘Žπ‘šπ‘Žπ‘›
π‘…π‘’π‘Žπ‘˜π‘ π‘–π‘¦π‘Ž π‘π‘œπ‘šπ‘’π‘›π‘‘ π‘˜π‘’π‘‘π‘–π‘ π‘žπ‘œπ‘™π‘Žπ‘šπ‘Žπ‘›
.
.
.
.
.
𝐡𝑦 ___ π½π‘–β„Žπ‘¦π‘’π‘’π‘’ πŸ« πŸ’‹