November 14

QIYOFA

By ___ Jihyeee

13-EP

Yoongi o'zini anglolmay sekin o'rnidan turdi. Jhope ham Suga ham uni kuzata boshladi. Yoongi oldinga bir qadam tashladiku ko'z oldi qorong'ulashib hushidan ketdi.

Yoongiii

Yoongi ko'zlarini ocharkan o'z honasida ekanligini tushundi. Oldida esa uni uyg'onishini Jhope kutib o'tirgandi. Yoongini qo'liga osma ukol ulangan va uyg'ongach qo'lidagi ukolga hissiz nigohlar bilan tikildi.

– Jh: o'zingga keldingmi?

– Yg: menga nima bo'ldi?

– Jh: hushingdan ketding

– Yg: ukolni kim uladi?

– Jh: Suga

– Yg: shunaqa hunarlari ham bor ekanmi?

– Jh: ahvoling qanday?

– Yg: qanday bo'lishi mumkin?

– Jh: stress senga yarashmaydi

– Yg: odatiy hol yarim kunda o'tib ketadi

– Jh: nega odatiy?

– Yg: shunchaki...... Tabrikla 1 oydan keyin to'yim

– Jh: nimalar deyapsan hazillashyapsanmi?

– Yg: Jimin aytdi

– Jh: sen hech qanday qarshilik bildirmadingmi?

– Yg: qarshilik bildirdim lekin u o'z gapida turib oldi

– Jh: demak bizda 1 oy vaqt bor

– Yg: ulgurmasak kerak

– Jh: 1 oy oz vaqtmi? Shu vaqt ichida Sugaga hammasini o'rgatasan. Men ham yordam beraman uddalaymiz.

Jhope Sugani hayoliga keltirib nimagadir ichi g'alati bo'lib ketdi.

Shu payt Suga xonaga kirib keldi.

– S: ahvolingiz yaxshimi?

– Yg: yaxshiman

– Jh: vaqtida kelding. Dori tugab qolgandi

– S: ha tez tugabti

– Yg: raxmat

–Yg: nima qilamiz? reja tayyor lekin nimadan boshlashni bilmayapman

– Jh: Suga bilan shug'ullanasan tamom. Jiminni oldida o'zini qanday tutishi va gapirishi, sen uchib ketguningcha sezdirmay turishi kerak. Bir ikkita kompaniya ishlarini ham o'rgatasan.

– Yg: lekin qanday?

* * * *

Sugani Yoongiga aylantirish operatsiyasi boshlandi

– Yg: Suga Suga dedim

– S: yo'q

– Yg: nega bunchalik laqma bo'lmasang

– S: uning ko'zlariga qarab tura olmayapman

– Yg: insonlarni ko'ziga tiq qarashni o'rganish shunchalik qiyin ishmi?

– S: qiyin emas ( hayajonli negadir)

Suga yana mashq qilishga kirishdi. Unga qarab turgan Jhopeni nigohlari uni battar hayajonga solardi.

– Yg: ko'zingni undan uzma. Huddi undan qo'rqmaydigandek harakat qil

– S: shundaymi?

– Yg: Hozir Jhope senga huddi Jimindek gapiradi sen esa dadil javob ber

– S: harakat qilaman

– Yg: hop Jhope boshladik

– Jh: mensiz 1 oy qanday bo'ldi?

– S: a.a. y.ax.sh..i

– Yg: unday emas

– S: men eplay olmayapman

– Yg: eplaysan.... Faqat tiling burro bo'lishi kerak. Ohangga biroz nafrat qo'sh

– S: hop

– S: sensiz 1 oy mazza qilib yashadim

– Jh: menga unday tuyulmayapti

– S: ko'zing ko'r bo'lsa kerak

– Yg: stop olindi

– Jh: biroz kamchilik bor

– Yg: keyin to'g'irlaymiz muximi asosiy qismi o'xshadi.

– Jh: qolgani bilan o'zing shug'ullan

– Yg: qayerga?

– Jh: tunda mol kelishi kerak. Uyimga borib dam olmoqchiman

– Yg: 2 kundan keyin kelishi kerakmasmidi?

– Jh: nma sen uxlab yuribsanmi?

– Yg: bu nima deganing?

– Jh: 2 kun o'tib bo'ldi

Jhope iztehzoli gapirdi. Uning gapidan Yoongi Suga bilan 3 kundan beri ovora bo'lganini esladi.

– Yg: esimdan chiqibti.

– Jh: qattiq toliqibsan.... Senga maslahatim o'zingni ko'p urintirmay bir oz dam ol.... Men ketdim yaxshi qolinglar

Jhope shunday degancha boyadan beri gap nima haqida ketayotganini tushunmay o'tirgan Sugaga oxirgi bor qarab xonadan chiqib ketdi.

Shunday qilib oradan 1 hafta o'tdi. Bu vaqt ichida Yoongi jinni bo'lib qolishiga sal qoldi. Sugaga o'zidek bo'lishni Jiminni oldida o'zini qanday tutishini o'rgatayotgandi. Suga avvalgiga nisbatan ancha o'zgargan. Hozir qo'rqoqlik qilmay dadilroq bo'lishga harakat qilyapti. Hattoki fikrlashi dunyoqarashi ham Yoonginiki bilan bir xil bo'lib qolgan.

– S: nega hamma narsaga bunchalik etibor beryapsiz?

– Yg: rejamiz puxta bo'lishi kerak

– S: xizmatchilardan biri yoki qo'riqchilardan biri sotib bersachi?

– Yg: meni ruxsatimsiz bu uyda pashsha ham ucholmaydi

– S: Jimin ularni sotib olgan bo'lsachi?

– Yg: bunday bo'lmaydi

– S: ishonish qiyin

– Yg: mashqlar senga o'z samarasini ko'sratgan shekilli

– S: buni menga siz o'rgatdingiz

Sugani gaplaridan Yoongi bir muddat unga tikilib qoldi. Ichida uni bir haftada o'zgartirib yuborganini va uning hayoti bilan o'yin o'ynayotganini o'ylab ichida g'alati og'riq turdi.

Shu zaylda kunlar o'ta boshladi. Yoongi egizagini qisman o'zidek qilib o'zgartirdi. Bir xil kiyimlar bir xil yurishlar hattoki gapirishi ham bir xil.

Bir kuni Suga uyda yolg'iz qolarkan har doimgidek mexmonxonada kitob o'qib o'tirardi. Kitob o'qib issiq shokoladli choy ichib o'tirganda eshik qo'ng'irog'i jiringladi. Eshik tomon bordi. Jilmayib eshikni ocharkan ostonada turgan odamni ko'rib, yuzidagi jilmayish o'rnini hayrat va qo'rquv egallab oldi.

Jimin

– S: Jimin....

Sizlarga yoqadi degan umiddaman

Reaksiya coment kutib qolaman

.

.
.
.
.
.
.

By ___ Jihyeee πŸ«ΆπŸ’œ