November 10

QIYOFA

By ___ Jihyeee

11-EP

– S: ha Fotima ismli qizni hayoti yoritilgan. Menga bu turk yozuvchisining asarlari juda ham yoqti. Nasroniy atirguli va dor ostidagi odam yana vijdon azobi nomli yirik kitoblarini ham o'qib chiqdim.

– Jh: yolvoraman hiyonat qilma kitobinichi?

– S: ha uni ham tamomlaganman

Ular gaplashayotgan kitoblar

– Jh: ikki xil dunyo qarashli egizaklar

– S: nega bunday deyapsiz?

– Jh: Yoongi bunday kitoblarni yoqtirmaydi. Turk adabiyoti unga yoqmaydi sen esa uning aksisan.

– S: nega buni nimasi yomon?

– Jh: kitobni boshidan oxirigacha faqat muallifning fikri bilan to'la deb o'qigisi kelmaydi

– S: ha tushunarli

– Jh: kun bo'yi kitob o'qib zerikmaysanmi?

– S: yo'q nega?

– Jh: odatda odamlar bir xillikdan zerikishadi

– S: bu hamma bir xil degani emasku

– Jh: barbiram bu ishlar tugasa nima bilan shug'ullanishni xoxlaysan?

– S: orzularimmi? Kichkina kitob do'koni ochmoqchiman

Sugani orzusidagi kitob do'koni

– Jh: bu orzumi yoki maqsad

– S: oldin orzu edi xozir maqsadim

– Jh: kitob do'koni chakki emas lekin buning uchun senga pul kerak

– S: men bank sohasida o'qiyman... Ishlarim o'xshab ketsa ishga joylashib tushgan pulga kitob do'koni ochaman

– Jh: maqsadingga erishishingda tilakdoshman

Sope

Jhope nim tabassum qilib Sugaga qarab qoldi. Ikkisini nigohi to'qnashdi. Ikkisining ham ichida allanechuk tuyg'ular jonlanib bir biri bilan nigohlar orqali so'zlay boshlashdi. Yuraklab jizillab bir biriga so'zsiz tikilib turishar ekan, kinoning qiziq joyida reklama bo'ladi degandek ikkisi ham tomoq qirilishidan o'ziga kelib eshik tomonga qarashdi.

– Yg: bemavrid kelib qoldim shekilli

– Jh: xush kelibsan
Dedi Jhope

– Yg: xa men xonamga ketdim

– Jh: endi mendan arazlab yurasanmi?

Ketmoqchi bo'lganda Jhope Yoongini yo'lini to'sdi

– Yg: yo'limdan qoch

– Jh: kechagi gaplarim uchun kechirasan

– Yg: dam olmoqchiman

– Jh: shoshmasangchi

– Yg: Jhope yo'limdan qoch

– Jh: qochmayman biz bilan mexmonxonada suhbatlashib o'tirasan

– Yg: xoxlamayman

– Jh: Jiminni safarga ketishi rostmikan? Butun umringni mendan arazlab o'tkizasanmi endi? Kechirim so'radimku

– Yg: qilar ishni qilib mendan uzr so'rama

– Jh: Yoongi do'stligimiz haqqi kel

– Yg: dam olmoqchiman

– Jh: Yoongi

– Yg: keyin

Yoongi ortiga qaramasdan mexmonxonadan chiqib ketdi

– S: unga nima bo'ldi?

– Jh: urushib qoldik

– S: kimdan o'tdi?

– Jh: men uni xafa qilib qo'ydim

– S: unda anchagacha kechirmasligi aniq

– Jh: ha shunday

– S: nega u bunday

– Jh: sovuqqonligini aytyapsanmi?

– S: ha uni bu darajada ulg'ayganiga ishonmayman. Negaki kitoblarda o'qiganimda har doim salbiy qahramonlarni qora o'tmishi bo'ladi. Men shunga qiziqyapman Yoongida ham shunday qora o'tmish bormi?

– Jh: ha adashmabsan

– S: unda ham qora o'tmish bormi? Malol kelmasa ayta olasizmi?

– Jh: hammasi oddiy Yoongini o'smir paytlarida oshiqlari ko'p bo'lgan nafaqat qizlar balki yigitlardan ham. Yani 6-sinfdalik paytida unga ko'pincha 11-sinfdagilar sevgi izxor qilardi. Yoongi o'sha paytlarda quvnoq va kirishimli bo'lgan va ko'pchilikni rad etgan. 11-sinfda o'qiydigan bir yigit rad etganiga chiday olmasdan do'stlari bilan birgalikda Yoongini zo'rlamoqchi bo'lgan. Yoongi qo'rqib qattiq baqirib yordam chaqirgan. U yigit va uning do'stlariga kuchi yetmagan. Shu payt qorovul kelgan va uni qutqarib qolgan. Qorovul kelganda Yoongi burchakda yig'lab o'tirar kiyimlari esa yirtilgandi. Bu voqeani Yoongini adasi sir saqlashni buyurgan va o'sha yigitlarni tazirini bergan. Shundan so'ng Yoongi hammadan nafratlanishni boshlagan. Jimindan qochib ketmoqchi bo'layotganini ham sababi shu.

– S: unga qiyin bo'lgan ekan.

Suga egizagini o'tmishini eshitib unga achindi.

Yoongi xonasiga kirib kiyimini ham almashtirmasdan yotog'iga o'zini tashladi va tezda uxlab qoldi. Kompaniya ishlari uni anchagina charchatgan edi.

Erta tong Yoongi juda asabiy edi. Bugun DNK tahlilini javobi chiqadigan kun. U oshxonaga tushdi har doimgidek Suga nonushta tayyorlab Yoongini kutayotgandi.

Yoongi kelishi bilan har doimgidek Suga tazim qilib salomlashdi.

– S: salom yaxshi dam oldingizmi?

– Yg: yaxshi

Yoongi esa qopol tarzda javob berdi.

– S: bugun dnk tahlilini javobi chiqadigan kun a

– Yg: ha

– S: tahlil natijasi ijobiy chiqsa nima qilasiz?

– Yg: hech nima

– S: balki men bilan qishloqqa borib kelarsiz?

– Yg: hayolingga ham keltirma

– S: ahir

– Yg: aka-uka ekanligimiz hech narsani o'zgartirmaydi.

– S: kechirasiz

– Yg: jonimga tegding uzr so'rab, nega bunchalik laqma va soddasan? Sen meni ukamga aslo o'xshamaysan. Mening egizagim bunchalar go'l bo'lishi mumkin emas.
Seni akang ekanim hech narsani hal qilmaydi. Qishloqdagilar seni ota-onang. Meni ota-onam esa allaqachon o'lib ketishgan

– S: men ko'nglingizni og'ritmoqchi emasdim

– Yg: yig'ishtir mehribonchiligingni. Bu hayot u sen o'qigan saviyasiz kitoblardan ancha farq qiladi. Yaxshilar g'alaba qozonadi degan fikrlarni miyyangdan chiqarib tashla. Bu hayotda kuchli bo'lmasang seni oyoqlari bilan ezg'ilashadi.

Yoongi shunday deb Sugani ko'z oynaklariga qo'l cho'zib ularni yechib oldi

– Yg: mana bu ko'z oynaklarni yechib hayotga realistik qarashni o'rgan

Yoongi shunday deb qo'lidagi ko'z oynakni yerga tashladi. Ko'z oynak yerga tushishi bilan sinib parchalari sochilib ketdi.

Singan ko'zoynak

Aksiga olib Suga ko'z oynaksiz hech narsani ko'rmaydi. U stol chetiga qo'limni qo'yaman deb choynakni bosib yubordi. Natijada issiq choy qo'liga to'kildi. Yoongi o'zini tinchlantirib turganida Sugani ovozidan hayollari tarqab ketdi. Yerga tiz cho'kib qizarib ketgan qo'llariga qarab dodlayotgan ukasiga qaradi

.
.
.
.
.
Davomi bor

Sizlarga yoqadi degan umiddaman

Reaksiya coment kutib qolaman

By ___ Jihyeee πŸ«ΆπŸ’œ