QIYOFA
β Jm: sevgan insoningni qo'lida o'lish boshqacha bo'lsa kerak
U shunday deb Yoongini yoniga qadamma qadam yaqinlashib kela boshladi.
Yoongi ortga qadam tashlashga majbur bo'ldi. Yoongi Jiminning tun kabi qora ko'zlaridan aslo ko'zlarini uzmay xuddi sehrlangandek itoatkorona ortga qadam tashlashda davom etdi. Yoongi o'zi bilmagan holda devorga uzildi. Jimin unga juda yaqin turgan edi. Yoongi uni o'zidan uzoqlashtirmoqchi bo'lib ko'ksidan itardi, lekin Jimin bir qadam ham joyidan jilmadi.
β Jm: bunday odatlaring menga o'tmaydi
β Jm: uzoq turmasam nima bo'ladi? Yana o'ldirish bilan tahdid qilasanmi?
β Jm: menda o'ldirishning boshqacha usuli bor
Jimin miyig'ida jilmayib, gapiga tushunmay qarab turgan Yoongiga qaradi
β Yg: qanday ekan?
Yoongi ensa qotirdi. Shu payt Jimin Yoongini belidan ushlab uni bir aylantirib yerga yaqinlashtirdi. Jimindan bunday harakatni kutmagan Yoongi hayron bo'lib qoldi. Jimin bir qo'li bilan uning orqa bo'ynidan ushlab javob berdi.
Yoongi bir so'z aytishga ham ulgurmasidan Jimin uning labidan chuqur bo'sa ola boshladi. Kutilmagan burilishdan Yoongini ko'zlari kosasidan chiqib ketay dedi. Bu hayajonmi yoki qo'rquv Yoongi o'zi bilmagan holda titrashni boshladi. Jimin ham buni sezib uni o'ziga yanada yaqinroq tortib o'pishda davom etdi. Yoongini vujudini g'alati tuyg'ular bilan birga nafrat ham chulg'ab olayotgandi.
Yoongi nafas olishni unutib qo'ygani uchun bo'g'ilib Jiminni ko'ksidan itarishni boshladi. Jimin ham buni sezib Yoongidan uzoqlashdi va tezda qaddini rostladi. Yoongi haligacha nima bo'lganiga tushuna olmay Jiminning qo'lida shiftga qarab ganggib qoldi. Jimin Yoongida bu holat birinchisi ekanligini sezib lab uchida kulib qo'ydi.
Yoongi shu payt birdan o'ziga kelib Jiminni bag'ridan otilib turdi.
Oyoqda tik turaman degan paytida yana o'zini holsiz sezib Jiminni ko'ksiga suyanib qoldi. Jimin ham uni yiqilib tushmasligi uchun belidan qayta ushlab tutib qoldi. Yoongi bir muddat boshini ushlab Jimindan kelayotgan atir iforiga o'zi bilmagan holda mast bo'lib o'ylanib qoldi. So'ngra yana o'ziga kelib Jiminni ko'ksidan itardi.
β Yg: menga shilqimlik qilishni to'xtat
β Jm: bu holatlarga ko'niksang yaxshi bo'lardi
β Yg: biz hali sen bilan begonamiz
β Yg: vaqtincha bo'lsa ham meni tinch qo'y nega oldimga kelaverasan?
β Jm: shundog'am 1 oy qoramni ko'rmaysan
β Yg: butun umr ko'rmaslikka ham roziman ko'zimga ko'rinma
β Jm: kun kelib β sizsiz yasholmayman β deb qolma yana
β Yg: o'lib ket...... Yomon ko'raman seni ko'zimdan yo'qol
β Jm: 1 oydan keyin ko'rishguncha
Jimin jilmayib Yoongini yonidan o'tib ketdi. Eshik yoniga yetganda ortiga o'girilib yana gapirdi
β Jm: 1 oydan keyin to'y esindan chiqmasina
Uning gapini eshitgan Yoongi shahd bilan ortiga o'girilib, nafrat bilan Jiminga qaradi. Jimin esa uning g'azab to'la yuziga oxirgi bora qaradiyu yuzidagi tabassumni so'ndirmasdan eshikni ochib chiqib ketdi.
Jimin tabiatan og'ir bosiq yigit, ortiqcha kulmaydi va ortiqcha xafagarchilik ham qilib o'tirmaydi. Shu jumladan Yoongiga telbalarcha oshiq-u g'arib uni o'zgasiga berib qo'yishni xoxlamaydi.
β Sevganimni o'zgasini quchog'ida baxtli ko'rgandan ko'ra, uni qafasga qamaganim yaxshiroq β deb biladi. ( Manga o'xshab ππ«’ )
Atrofida shuncha go'zallar parvona bo'lsada u faqat bittasiga yani o'zining qaysar va hech kimga imkon bermaydigan Yoongisiga oshiq. U boshida Yoongiga chiroyli sevgi izxor qilgandi. Lekin Yoongi uni ochiqchasiga rad etdi. Jiminni sevgisi haqida esa bir lahza ham o'ylashni xoxlamadi. Jimin uni ortidan yugurdi ko'nglini olishga harakat qildi. Gullar, shokoladlar, ovqatlanishga takliflar hammasini sinab ko'rdi. Lekin Yoongi bularning bariga beparvolik qildi, aytadigan javobi esa faqat β yo'q β so'zi bo'ldi. Oxiri Yoongini rad etishidan charchagan Jimin unga tahdid qilib erishishga majbur bo'ldi.
β Yg: baribir senga hech qachon bo'y-sun-may-man..... ablah yaramas meni uyalmasdan o'pti ya maraz
Yoongi shunday deb Jiminni orqasidan chiroyli so'zlar bilan haqoratladi.
Suga yana odatdagidek mexmonxonada yolg'iz kitob o'qib o'tirardi. Kitob ichiga kirib ketganidan yoniga Jhope kelib o'tirganini ham sezmay qoldi.
β Jh: qanaqa kitob o'qiyapsan?
To'satdan kelgan ovozdan Suga qo'rqib o'rnidan otilib turib ketdi.
β S: uzr men kelganingizni sezmay qolibman
β S: ha ertalab chiqib ketgandi
β Jh: bunchalik ichiga kirib ketib qanday kitob o'qiyapsan?
β S: ha Amina Shenliko'g'lu yozgan ajoyib asar ekan
β Jh: adashmasam bir qizning otasidan nafratlanib uyidan qochib ketishi va yomon qizlar to'dasiga qo'shilib qolishi haqida edi shundaymi?
β S: ha Fotima ismli qizni hayoti yoritilgan. Menga bu turk yozuvchisining asarlari juda ham yoqti. Nasroniy atirguli va dor ostidagi odam yana vijdon azobi nomli yirik kitoblarini ham o'qib chiqdim.
β Jh: yolvoraman hiyonat qilma kitobinichi?
β S: ha uni ham tamomlaganman
β Jh: ikki xil dunyo qarashli egizaklar