November 28

QIYOFA

By ___ Jihyeee

2- FASL 2-ep

Ko'zlari bilan hammaga bir-bir qarab nigohi stolning bir burchagida hammadan ajralib unga qarab o'tirgan Jiminga tushdi. U nigohlari bilan Yoongini bo'g'ib o'ldiradiganday qarardi.

– Yg: uzur men majlis borligini endi eshitdim

Yoongi unga qaramay kompaniya egasi Tesunga ( T ) nega kech kelganini izohlab berdi.

– T: hech qisi yo'q janob Yoongi

Sochlari tartib bilan taralgan bo'ylari uzun va yelkalari keng bo'lgan yigit tabassum bilan javob berdi.

Tesun

Yoongi ham unga javoban jilmayib oxiridagi bo'sh stullarga kotibasi bilan joylashdi. Jimin ularga nigoh tashlab yana majlis o'tkazayotgan kompaniya egasiga nigohini qaratdi.

– T: xo'sh do'stlar shoshilinch majlis qilganim uchun va ko'pchilikni endi ogohlantirb chaqirganim uchun uzr so'rayman. Ayniqsa sizdan janob Yoongi.

– Yg: bo'lib turadi

Yoongi qisqa javob bilan cheklandi. Keyin zimdan Jiminga nigoh tashladi. Uning hozir asablari tarang qarshisida turgan yigitni g'ajib tashlashga tayyor arslondek undan ko'zlarini uzmay jaxl bilan qarab o'tiribti.

– T: endi asosiy mavzuga qaytsak

Yigit ko'zlarini Yoongidan uzib ortida turgan monitorga ishora qilib displeydan anchagina chizilgan rasmlar va strategiyalarni chiqardi. Keyin esa ularni qanday ishlashi kompaniyalarga qancha foyda keltirishini tushuntira boshladi. Ora orada Yoongiga ham qarab qo'yishni unutmadi. Yoongi bunga ahamiyat bermasada buni chetdan kuzatib o'tirgan Jiminni qoni qaynab alamini qo'lidagi ruchkadan olayotgan edi.

Majlis nihoyasiga yetarkan majlisga kelgan boshqa hamkorlar ham o'z fikrlarini aytishdi. Orasida rozilar ham norozilar ham bo'ldi. Ular o'z fikrini aytib zaldan chiqib ketishdi. Oxirida Yoongi va Jimin qoldi.

Yoongi endi chiqib ketmoqchi edi majlis egasi bo'lmish Tesun unga savol berdi.

– T: janob Yoongi menimcha sizga taklifim yoqdi?

Dedi tabassum bilan.

Yoongi yigitga qarab bir muddat o'ylanib qoldi. O'zi u nima dedi nima haqida gapirdi? Bularni to'liq anglolmadi.

– Yg: ha taklifingizni o'ylab ko'raman

– T: agar qarshi bo'lmasangiz sizni kechki ovqatga taklif qilmoqchi edim

– Yg: janob Tesun bu kutilmagan taklif lekin meni.....

Gapini oxirgacha tugatmasidan oraga Jimin aralashdi

– Jm: bormaydi

Xonaga g'alati sukunat cho'kib Tesun nigohini Jiminga qaratdi.

– T: biror muammo bormi Jimin?

– Jm: hech qanaqa muammo yo'q! Men javobimni aytdim u sen bilan hech qayerga bormaydi.

Dedi qattiy ohangda.

Yoongi sekin o'rnidan turarkan kotibasi ham hayron o'rnidan turdi.

– T: men Yoongidan so'radim uni javobini bilmoqchiman.

– Yg: men....

Yoongi ikkala yigit ham unga tikilib qolganidan dovdirab qoldi. Aksiga olib xonaga yoqimsiz sukunat cho'kdi. Yoongi bir unda umid bilan tikilib turgan Tesunga bir o'ziga cheksiz nafrat bilan qarab turgan Jiminga nigoh tashladi. Hozir nima desa ham o'z ziyoniga ishlaydi. Ha desa Jimin Tesunni bir yoqlik qilmaguncha to'xtamaydi. Yo'q desa Tesun Jimin bilan mushuk sichqon o'ynashda davom etadi. Bir tarafdan bu Jimin nega unga xo'jeyinchilik qilyapti o'zi? Axir kechagina begona qizni qo'lidan tutib o'tirgandi.

– Yg: soat nechchida ko'rishamiz janob Tesun

Yoongi shu gapni aytishi bilan ikki xil reaksiyaga duch keldi. Biri g'oliblik ikkinchisi esa cheksiz nafrat....

– Jm: sen atayin qilyapsanmi?

Jimin ko'zlarida qahr bilan Yoongiga gapirdi

– Yg: sen nega menga xo'jayinlik qilyapsan?

– Jm: Yoongi...

Jimin endi gap boshlagan edi Tesun uni gapini bo'ldi. Bu esa Jiminni maksimal darajada jaxlini chiqardi

– T: u men bilan kechki ovqatga borishni tanladi

– Jm: senga meni gapimni bo'lish uchun kim huquq berdi?

– T: sen kim bo'libsan Jimin?

Tesun o'zi bilmagan holda Jiminga karillab qo'ydi

– Jm: tishlaringni qoqib olmasimdan oldin uzr so'ra

– T: sen kuchingga ko'pam ishonma. Meni dadamni obro'si senikidan baland

Tesun shu gaplarni aytishi bilan yuziga qattiq musht kelib tegdi

– Yg: Jimin.... Tegma unga

Yoongi Jiminni ko'zlariga tik qarab Tesunni yonini ola boshladi. U esa turgan joyida qotib qoldi.

– Jm: sen nega uni yonini olyapsan?

– Yg: ishing bo'lmasin meni hayotimga aralashma

– Jm: sen hali meni rad qilib shu latta otasini bolasiga imkon beryapsanmi?

– Yg: ha

Yoongini aytgan gapidan Jiminning yuz ifodasi o'zgardi. Unda endi nafaqat jaxl balki og'riq ham yuzaga chiqdi. Ko'z oldidan Yoongini sevgisiga erishish uchun qilgan harakatlari kino tasmasiday o'ta boshladi. Ko'zlarini undan uzolmay qoldi.

Jimin

Sizlarga yoqadi degan umiddaman
Reaksiya coment kutib qolaman
.
.
.
.
.
By ___ Jihyeee πŸ« πŸ’‹