QIYOFA
β Jm: pochchang bilan o'tkazish senga yoqdimi qayniukajon?
Sugani bu gaplarni eshitishi bilan peshonasidan sovuq ter chiqib ketdi. U Jiminni o'zidan itarmoqchi bo'ldi, lekin Jimin uni qo'yib yubormay musiqaga mos holda tebranishda davom etdi.
β Jm: tipirchilama! Siz uchchovingiz meni orqamdan ish qilmoqchi bo'ldingizmi? Shu darajada sodda ko'rindimmi?
Jimin mazah qilib Sugani o'ziga qaratdi. Suga uning ko'zlariga qarab turarkan ichidagi qo'rquvni sira bosa olmasdi. Aksiga olib Jimin ham unga sovuq nigohlari bilan tikilib turardi.
β S: akamni barbir topa olmaysan
β Jm: Mm... Topishim shartmikan?
Jimin miyig'ida jilmayib Sugani qulog'iga pichirladi
β Jm: balki o'z oyoqlari bilan kelar mm nima deysan?
U shunday deb kulimsiradi. Suga Jiminni nafasini xis qilib titray boshladi.
U shunday deb o'zida kuch topib Jiminni ko'ksidan itardi. Qo'rqib ketgani yuzidan bilinib turarkan Jimin uni bu holatini ko'rgach kuldi
β Jm: menga Yoongi yetadi sen esa.....
Jimin Sugaga boshdan oyoq nazar tashladi. Suga uning bunday qarashidan o'zini yerga urilgandek his qildi.
β Jm: sen meni didimga to'g'ri kelmaysan. Garchi uning egizagi bo'lib unga taqlid qilsang ham. Lekin sen bilan bitmagan ishlarimiz bor hali.
Jimin shu gaplarni aytarkan Suga uning gaplariga tushunib ulgurmasidan bo'yniga kimdir shprits sanchidiyu undagi suyuqlikni Sugani tomiriga joyladi. Suga tipirchilashga ham ulgurmasidan o'zini holsiz va kuchsiz his qila boshladi. Oyoqlari bo'shashib ko'z oldi qorong'ulashib ketdi.
Qarshisida unga jilmayib turgan o'tkir nigohli yigitga qararkan, ichida Yoongidan xavotr olib to'g'ri Jiminni oyoqlari ostiga yiqildi.
Yoongi aeroport zaliga yetib kelib registratsiyadan o'tish uchun navbatda turardi. Kutilmaganda telefoniga Jhopedan qo'ng'iroq bo'ldi. Yoongi boshida hayratlandi keyin tinchlik bo'lsinda deb telefonni ko'tardi
β Yg: aloo Jhope nima bo'ldi?
Navbatda turib gaplashar ekan birdan tanish ovoz eshitildi.
β Jm: yaxshilikcha ortingga qaytasanmi yoki ukang bilan do'stingni kiprik qoqmasdan o'ldirsam bo'ladimi?
β Yg: sen.....
Yoongi Jiminni ovozini eahitib joyida muzlab qoldi.
Jimin o'zining eski omborida bemalol aylanib yurib Yoongiga gapirdi.
Yoongi esa registratsiya navbatidan chiqib jaxl bilan past ovozda gapirdi.
β Yg: xoxlagan narsang kompaniya va yerlarimni ol. Ammo ularni va meni tinch qo'y.
β Jm: qoniqarli narsa taklif qil masalan o'zingni
β Yg: sen esingni yeganmisan?
β Jm: airoport tashqarisida seni mashina kutib turibti. Kelsang kelding yo'qsa......
Jimin jilmayib gapini qolganini aytmadi. Yoongi gapira olmay ikki o't orasida qolib ketdi. Ukasi va do'sti uchun ortga qaytsinmi yoki o'zi orzu qilgandek Fransiyaga ketib hammasidan qutulsinmi?
Suga sekin ko'zlarini ocharkan zah va qorong'u joydaligini bildi. Tepasida btta dona lampa lippillar edi. Boshi og'rib bu yerga qanday kelganini eslarkan yuzini hayrat hissi egallab oldi. Qo'lini qimirlatib o'rnidan turmoqchi bo'ldi lekin qo'llari ortga qilib bog'lab qo'yilganligini bilgach battar shokka tushdi.
Suga hayratlanib boshini biroz ortga surdi. Qarasa ikkisini bir biriga qarama qarshi qilib bog'lab qo'yishibti. Ikkisi ham stullarda bir biridan arazlagan juftliklarday teskari qarab o'titishibdi.
β S: siz qanday bu yerga kelib qoldingiz?
β Jh: sen mashinadan tushib ketganingdan keyin kimdir keldi. Ozroq janjallashdik keyin xushimni yo'qotdim va mana shu yerda ko'zimni ochdim
β S: Jimin u hammasini oldindan bilgan ekan
β Jh: sezgandim.... Yoongi nima qildi ekan?
β S: Jimin uni bu yerga olib kelmoqchi
β Jh: bilmayman lekin ko'nglim sezyapti
Suga boshqa gapira olmadi. Oraga bir necha daqiqalik sukunat cho'mdi
β Jh: agar bu yerdan qutulib chiqsak menga turmushga chiqasanmi?
Jhopening bergan kutilmagan taklifidan Suga g'alati bo'lib qoldi.
β Jh: men senga bu gaplarni ancha oldin aytishim kerak edi. Lekin yuragimni bosib zo'rg'a sabr qilib keldim. Endi esa jim turish imkonsiz har safar seni ko'rganimda yuragim jiz etadi. Ovozingni eshitsam barcha narsalarni unutgandek bo'laman. Bilaman hozir bu so'zlarni aytishni mavridi emas balki kechdir lekin aytmay o'lgandan ko'ra aytib o'lgan yaxshi deb o'ylayman. Suga men seni sevaman.
Jhope Sugaga chiroyli so'zlar bilan sevgi izxor qildi. Suga xozir eshitgan gaplaridan shokda edi ayniqsa bunday vaziyatda.