November 3

Yorug'lik va soya

By ___ Jihye

9-ep................ 9-qism

Jihye boshqaradigan kompaniyaning yirik aksiyadorlaridan biri Yeonjun kompaniya brendini tanitish maqsadida Jiminni hamkorlikka chaqirgan, lekin bundan Jihyeni xabari yo'q.

Jihyening hamkori Kang Yeonjun edi.

Yeonjun

Kang Yeonjun 25 yoshda. Marketing va strategiya bo'yicha mutaxassis. Muloyim, aqlli, stressga bardoshli. Jimgina hamma narsani tushunadigan, sokin maslahat beradigan, janjallarni xushlamaydigan inson.

Ko‘rinishi: ko‘p kulmaydi, lekin kulsa juda yoqimli. Ko‘proq oq va qora kiyimlar kiyadi. Jihye bilan hamkasb va eng yaqin do'sti hisoblanadi.

Kompaniyaga katta yordam beradi. Jihye muvaffaqiyati uchun chin dildan kurashadi. Yeonjun Jihyeni yashirin sevadi, lekin buni hali Jihyega aytmagan.

Jimin paydo bo‘lganda esa, Yeonjun sezadi…
Jihyening nigohi undan boshqa joyga qaray boshlaganini 💔. Shundan so'ng sevgisi uchun kurashishni boshlaydi.

1 kun avval

Jihye Chimmyga uchrashuv habarini yuborgandan so'ng o'zi ham tayyorlana boshladi.

U Chimmy bilan uchrashuvga tayyor edi, lekin unga odamlaridan biri qo'ng'iroq qildi.

( Jihyeni tunda Black Rose Br deb, Qo'riqchilarini Qo'r db yozb ketaman )

– Qo'r: Xonim bizda muammo tug'ildi.

– Br: qanday muammo?

– qo'r: mol chegaradan o'tayotganda kimdir uni o'g'irlabti, uni kimligini aniqlay olmayapmiz.

– Br: nimalar deyapsan? Men yo'q bo'lsam bitta ishni ham eplay olmaysanlar.

Hammasi tayyor edi faqatgina chegaradan o'tgan tayyor molni egalariga tarqatish qolgan edi holos shuni ham eplay olmaysanlar.
Hozir boraman o'limingga tayyor turlaring.

Black Rose odamlariga baqirgancha yo'qolgan mollari tomon ketdi. Yo'lda Jiminga xabar yozishni ham unutmadi.

Chegaraga yetib bordi. Bu vaqtgacha odamlari molni kim o'g'irlab ketganini aniqlagan edi. U ham kuchli mafia Sojunni dushmani. Black Rose bilan birga hamkorlikda ishlash taklifini bergan lekn qiz rad etgan.

Shuning uchun unda alami qolgan edi. Bugun ham alamidan uning mollari kelayotganini eshitib o'g'irlagan. Black Rose odamlari bilan uni yoniga bordi va otishma boshlandi.

Jihye tansoqchilari bilan
Jihye tansoqchilari bilan

Bu otishmada Black Rose yutdi, anavi mafia esa chekindi.

Jihye charchagan edi. Uyiga kelib o'zini yotog'iga tashladi va telefoniga xabar keldi. Bu xabar Yeonjundan edi. Xabarda
– Yeonjun: Jihye ertaga kompaniyaga bir mashhur idolni reklamaga chaqirdim. Agar uning ishi senga yoqsa kompaniyaga ambassador qilamiz. Ertaga kompaniyaga vaqtliroq kel. Ertaga ko'rishguncha..
Jihye xabarni o'qigach javob yozgisi kelmadi va uxlab qoldi.

Erta tong

Ertalab Seul quyoshli edi. Jihye kompaniyaga yetib keldi. Kameralar, xodimlar shoshilishardi.

Bugun Jihye kompaniyasida katta shov shuv, yangi global brend yuzi tanlanadigan kun.

Ayniqsa bugun keladigan idol mashhur yulduz bo'lsa.....

Jihye kelishi bilan hayron qoldi.

– Jihye: Nima uchun Shuncha tayyorgarlik.. Yeonjun kimni taklif qildi ekan, nima u shunchalik mashhurmi? Deb hayolidan o'tkazdi Jihye.

Eshiklar ochildi, ichkariga oq kostyumda porlab Jimin kirib keldi. Atrof birdan jim bo‘ldi, xuddi havo ham bir lahza to‘xtagandek.

Jimin

Menejer pichirladi:

— ana u keldi.

Jihye orqa tomonga qarab turgan edi va o'girildi. Ha bu o'sha Jimin. Jihye uning ashaddiy muxlisiku axir.
Jihye uni ko'rib yuragi to'xtab qolay dedi. Nihoyat u kutgan kun kelgan edi. Nihoyat muxlislik orzusi amalga oshdi. Shu kun keldi, o'zi sevadigan idoli endi ekran ortida emas ro'parasida u tomonga kelayotgan edi.....

Jimin esa sovuq va sokin. Hamma kameralar unga qaragan, hamma uning kelishini kutgan edi.

Sizlarga yoqadi degan umiddaman bu man yozvotgan birinchi ff xatolari bosa tushunasila db umid qlaman

Reak coment kutib qolaman

By ___ Jihyeee 🫶💜

.
.
.
.
.
Davomi bor