November 25

Yorug'lik va soya

By ___ Jihyeee

16-ep............ 16-qism

– Woo: sizlar o'zi bu yerda nima qilyapsiz? Jimin seni nima aloqang bor?

– Jm: meni bu ishga umuman aloqam yo'q. Biz Jihye xonim bilan ota onamni qotilini topish uchun birlashdik. Shunchaki qiziq bo'lgani uchun bu operatsiyani ko'rmoqchi edik.

– Jihye: xonim emas ismimni aytib chaqirsangiz bo'ladi.

– Jm: xop Jihye

– Woo: Jimin bu gaping bilan mafiaga aralashmoqchiman deyapsanmi?

– Jm: xa shunday

– Woo: bu mafia oddiy hazil narsa emas. Sizlarni kuzataman qo'shiqlaringiz menga yoqadi lekin bu sahnaga chiqib qo'shiq aytishdan ancha murakkab narsa. Arzimagan xatoni deb kimnidir o'ljasiga aylanish hech gap emas.

– Jihye: bo'ldi aqlli bo'lma ularga tushuntirdm

– Woo: o'zing bilmagan narsani qanday tushuntirasan. Agar vaqtida kelib qolmaganimda anavini yotog'ida bo'larding.

Wooni bu gapidan Jiminni jaxli chiqib ketdi.

– Jm: bu gapingni xazllashib ham aytma do'stim ekanligingga ham qarab o'tirmayman.

– Woo: bundan seni nega jaxling chiqyapti? Men bor yo'g'i xazllashib gapirdimku

– Jm: hazl bo'lsa ham menga yoqmadi.

– Woo: xop

– Jm: aytgancha men sahnaga chiqib qo'yiq aytishim to'g'ri lekin meni ham bu olamda tanidiganlar anchagina. Meni balki tanirsan men Chimmyman vaxshiy poygachi Chimmy nomi bilan tanilganman.

– Woo: rostan aytyapsanmi? Bu senmi?

Woo hayron qoldi. Jiminni yaxshi bilaman deb o'ylardi lekin u haqida faqat yorug'lik tomonlarini bilar edi xolos. Soyada Jimin kim ekanligi qanday odam ekanligi uni qiziqtirardi.

– Jm: ha men

– Woo: unda sen bilan birgaman. Ota onang qotilini topib qasos olishingda yordam beraman.

– Jm: raxmat do'stim bundan faqatgina xursand bo'laman.

Ularni hammasi endi birga edi. Bir tomonda haqiqiy kuchga aylanishdi. Shundan so'ng ular Wooni yashirin omboriga yo'l olishdi. Uni ombori unchalik uzoq emasdi. Borgach Jihye topgan malumotlarini stol ustiga tashladi. Ular endi qanday qilib u odamni yoniga chaqirish haqida o'ylashardi. U mafia o'zini shu darajada puxta berkitardiki qidirib ham topishni iloji yo'q.

Ular reja tuzishni boshlashdi avvaliga u poyga o'tkazadigan joyga boradi deb o'ylashdi lekin unday bo'lmadi. Qancha qidirishmasin u odamni topa olishmadi.

Jiminni hafsalasi pir bo'lgandi. Endi ota onasi qotilini topish umidi ham so'nayotgan edi. Lekin bir kuni unga xabar keldi.

Nomalum raqam
„ Sen eshitishim bo'yicha Chimmy ekansan ertaga poyga bo'ladi agar yutsang sening oldingga chiqaman va istagan tilagingni bajaraman. Ertaga mening odamim bo'ladi uni yutishga harakat qil yutsang seni topaman. Senga omad Chimmy ”.

Xa bu o'sha mafia boshlig'i edi. Oldingi safar Chimmy yutganida unga qiziqib qolgan va odamini unga qarshi qo'yishga kelishgan edi. Odami ham kuchli edi bu Chimmyni yuta olishiga ishonayotgandi.

Jimin bu haqida Jihye bilan Woo ga habar berdi. Ular har doimgidek omborda ko'rishishga kelishishdi. Bts guruhi azolari birgalikda omborga yo'l olishdi.

Omborga yetib kelishgach Jimin unga kelgan xabarni hammaga ko'rsatdi. U mafiani qo'lga tushirishni yagona yo'li poygada qatnashib yutish edi. Ular shunga kelishdi.

– Woo: Jimin poygaga boraver men seni yutishingni taminlayman menga ishon

– Jm: Woo buni o'zm uddalayman o'zimga to'laqonli ishonaman lekin yutgan taqdirimda ham u rostan yonimga kelarmikan? shu savol qiynayapti

– Woo: seni o'zim topaman degan bo'lsa topadi kelishiga ishonib kutamiz endi

Ular shunday qilib poyga bo'lyotgan paytda uni qo'lga olishga kelishishdi. Lekin har doim ham biz o'ylagandek bo'lmaydi.

Mana nihoyat poyga kuni ham keldi.

Yarim tun..... Shaxar uyquga ketish arafasida lekn yirtqichlar ayni ovga chiqadigan payt. Katta maydon poyga ishqibozlari yig'ilgan. Bugun kim yutishi haqida hamma bir biri bilan baxslashmoqda. Kimdir Chimmy tomonda bo'lsa kimlardir yana bir poygachi Jek yutishiga ishonishmoqda. Chimmy va boshqa poygachilar start chizig'ida tayyor bo'lib turishibti. Bu paytda Cha Eun Woo Jihye va boshqa bts memberlari tomoshabinlar qatorida anavi mafia ko'rinishini kutishayotgan edi. Ular poyga boshlanishini kutishar bir chekkada esa odami yutishiga ishonayotgan mafia Taejin o'tirardi. Uning odami Jek xa bu o'sha Jimin qidirayotgan qotil mafia. Lekin bu maydonga kelib ochiq odamlar ko'zini yonida o'tirganini hech kim bilmasdi. Cha Eun Woo odamlarini butun maydon bo'ylab joylashtirgan qandaydir xavf tug'ilsa bu maydondan sababchi bo'lgan odam sog' chiqib keta olmaydi.

Shahar chiroqlari tungi osmonda yaltirab turgan payt, poyga maydonining quyuq changi ostida dvigatellar o‘kirardi. “Chimmy” nomi bilan tanilgan sirli haydovchi bugun yana maydonda. Boshqalardan farqli, u g‘alabani shon-shuhrat uchun emas, javob izlash uchun istaydi.
Bugun unga “g‘olib bo‘lsang seni o'zim topaman ” deyishgan. Shu sabab u bu safar o‘zini ayamasdi.

Start signali yangradi. Poyga boshlandi. Mashinalar yashin tezligida uchib, shahar chiroqlarini ortda qoldirdi. Jimin yuragini faqat bitta narsa ezardi ota-onasining so‘nggi manzarasi. Har bir burilishda, har bir gaz bosishda u nafratini eslardi.

Ammo poyga tugashiga start chizig'iga yetishga oz muddat qolgandi Chimmy oldinda edi. Lekin qayerdandir mashina katta tezlikda kelib uning mashinasiga urildi. Chimmy o'tirgan mashina jiddiy ahvolga keldi. Maydonda hayqiriq va tormoz ovozi hammasi bir lahzada bo‘ldi...... Mashinani yarmi deyarli yo'q bo'lib ketdi. Ichidagi odam esa og'ir ahvolda.
Naxotki hammasi tugadi......

Sizlarga yoqadi degan umiddaman bu man yozgan birinchi ff xatolari bosa tushunasila
Reaksiya coment kutib qolaman
.
.
.
.
.
.
.
By ___ Jihyeee 🫶💜