QIYOFA
– Jin: Suga qalesan?Suga qo'lida kitoblarini ushlab ko'z nuri past bo'lgani uchun ko'zoynak taqib olgan edi
Sochlarini tartibli tarab, oq ko'ylak qora shimda kelgan va 3-kurslar uchun mo'ljallangan xonaga kirb partaga o'tirarkan yoniga yaqin do'sti bo'lmish Seokjin ham kelib joylashdi.
– S: yaxshi o'zingchi?
Suga tortinchoq bo'lgani tufayli do'stiga ham tortinib gapirar edi
– Jin: zo'rman zo'r
Seokjinning kayfiyati yaxshiligi yuzidan ham bilinar edi
– S: unda xursandman
– Jin: sen ish so'raganding esingdami?
– S: ha toptingmi?
– Jin: men ish topdim. Bir restoranga ofitsant kerak ekan, faqat tunda ishlaysan rozimisan? Maoshi ham yaxshi ekan xo'sh nima deysan?
– S: roziman...
– Jin: ajoyib unda men bugun restoran boshlig'i bilan gaplashaman.. U yigitimning tanishi edi. Ish kerak deganimga yigitim menga ish topishda yordam berdi.Shunday qilib Seokjin yigitini maqtashga berilib ketdi. Uning yigiti Kim Namjoon ular anchadan beri uchrashishadi. Bir birini qattiq sevadi. (Namjin)
Seokjin do'stiga yigitini maqtashdan charchamadi, Suga esa buni jimgina eshitib o'tirishni tanladi. U ofitsantlik ishiga rozi bo'ldi, lekin bilmasdiki bu ishi bilan Yoongini qarmog'iga tushib qolishini........
YOONMIN
– Yg: Nima sen menga taxdid qilib uylanmoqchimisan to'g'ri tushundimmi?
– Jm: bunga ko'nishdan boshqa chorang yo'q!
– Yg: menga qara seni niyating nima o'zi? Boylikmi yoki dadamning pullarimi?– Jm: pul boylik kompaniya bularning hammasi o'zimda bor. Senga bo'lgan tuyg'ularim esa chin!
– Yg: men senga ishonmayman. Mafia ishiga aralashganlarning hech biri sevb qolib uylanmaydi. Eng kamida hammasi nimadir ko'zlaydi. Nima xoxlayotganingni menga ayt o'shani senga berib sendan qutulay......
– Jm: o'zingni desamchi?
– Yg: nima xazillashyapsanmi?
– Jm: men rost gapiryapman
– Yg: koshki seni bilmasam koshki
– Jm: o'zi shundoq ham men haqimda uncha muncha narsa bilmaysan
– Yg: chunki sendan nafratlanaman ko'rgani ko'zim yo'q
– Jm: nafratning oxiri sevgi
– Yg: sen hozir o'zingcha kechagi qotillikni video qilib meni qo'rqitib uylanmoqchi bo'lyapsan shundaymi? Hah chuchvarani hom sanabsan. Men bunga ikki dunyoda ham rozi bo'lmayman– Jm: bu video tarqalib ketsa nima bo'lar ekana? Sening obroying va kelajaging hozir mening btta tugma bosishimga qarab turibti. O'zing hal qil. Hamma bilgan ishbilarmon ortida yashiringan qotil borligini hamma bilsinmi yoki umrini oxirigacha bilmasdan yashashsinmi? Sen nima qilsang ham qay yo'lni tanlasang ham barbr sendan voz kechmayman. Erkak bitta gapiradi. Yaxshilab o'yla Agar rozi bo'lsang bu sirni hech kim bilmasligini umrim oxirigacha kafolayman. Bordiyu rad etsang nima bo'lishini o'zing bilasan to'g'rimi?
– Yg: sen hozir bu gaplaring va taxdiding bilan meni bo'ysundira olaman deb o'ylayapsanmi? Afsus Jimin seni bu sexring menga o'tmaydi.
– Jm: bilaman sen mendan nafratlanasan. Lekin nafrat ham sevgi kabi kuchli tuyg'u, sen o'zingni mendan qancha uzoqlashtirsang men senga shuncha yaqinlashaman.– Yg: bularning bari befoyda, sen bunda faqat o'z manfaatingni ko'zlayapsan
– Jm: men o'z manfaatimni ko'zlaganimda sening oldingda turmasdim. Axir sendan kuchsiz bo'lgan o'lja tanlashim mumkin edi. Lekin seni injiqliklaring qaysarliklaring meni o'ziga tortadi. O'zingni sevmaslikka majburlashing meni bu besamar bo'lgan yo'lga qayta qayta yetaklaydi. Hammadan uzoqda va yashirin bo'lgan ichingdagi chinlikni meniki bo'lishini xoxlayman. Sen bilan umrimni oxirigacha baxtli yashamoqchiman nega shuni tushunmaysan?
– Yg: sen o'zingni kuchli deb hisoblab, menga egalik qilmoqchi bo'lyapsan. Seni qo'lingdan qo'rqitishdan boshqa hech narsa kelmayapti Jimin. Agar bu o'yin bo'lsa men qoidalarni buzishni yoqtiraman
– Jm: sen o'zingni menga teng ko'rib qarshi chiqayotganing menga yoqadi.Senga qoidalarni buzish yoqsa menga qoida buzarlarni jazolash yoqadi. Shunday ekan menga o'zingni aqlli qilib ko'rsatma. Nima qilsang ham qaysi yo'lni tanlasang ham mendan qochib qutula olmaysan. Rozi bo'lsang o'zingga yaxshi, qarshi chiqishda davom etsang menga yaxshi. Senga ertagacha muxlat.Jimin shunday deb qaddini tik tutib Yoongini yonidan o'tib xonadan chiqib ketdi. Majlislar honasida Yoongini bir o'zi qolib ketdi. Hech kimga bo'yin egmagan hammaga beparvo munosabatda bo'lib, hech kimga ishonmaydigan va hech kimni o'ziga yaqinlashtirmaydigan Yoongi, xozrda Jiminga yengilmoqda. Yoongi asabiylashib boshini egib o'ylana boshladi. Jimindan qanday qutulish mumkin?– Jh: Jimin bilan o'yin o'ynab qochib ketmoqchimisan to'g'ri tushundimmi?
Jhope tushunqiramay qarshisida qo'llarini chalishitirib, oyoqlarini asabiy qimirlatib o'tirgan do'sti bo'lmish boshlig'iga gapirdi
– Yg: Ha
Yoongi ko'zlarini yerdagi nuqtadan uzmay qattiy gapirdi
– Jh: sen telba bo'lib qolibsan. Xop undan qochib ketding ham deylik keyin nima bo'ladi? U seni seni qidirmaydi va boshqasini topib uni sevib qoladimi?
– Yg: qaniydi shunday bo'lsa, bu psixdan qutulish uchun hamma narsaga tayyorman.
– Jh: Yoongi u oddiy odam emas kimsan Park Jimin bo'lsa. Uni qo'li ko'p joyga yetadi. Sen qochishga muvaffaq bo'larsan balki lekin ertasi kuniyoq qo'lga tushasan o'ylab ish qil
– Yg: o'ylayapman........ Yoongi Jhopeni gapini bo'lib asabiylashib qo'llari bilan yuzini ishqaladi. Jhope esa uni kuzatib turib ortiqcha gap gapirib vaziyatni yanada qiyinlashtirishni xoxlamadi.– Jh: buyurtmamiz qayerda qoldi? Jhope gapni aylantirib buyurtirb qo'yilgan ovqatlari anchadan buyon kelmaganiga asabiylashishni boshladi– Yg: bilmayman
Yoongi qo'llari orasidan ovoz chiqardi. (Yoongini qo'li haliyam yuzida )
– Jh: sen o'tirib tur men xozir kelaman
Suga do'sti Jin aytgan restoranga kelib ofitsantlik qilayotgan edi. Xozirgina tayyor bo'lgan taomni olib oshxonadan chiqmoqchi edi lekin kimdir unga turtilib qo'lidagi idish yerga tushib sinib ketdi. Suga qo'rquv bilan ortga bir qadam tashlab shokka tushib qoldi. Birinchi ish kunidan kattagina muammo orttirdi.
– Jh: uzur men kirmoqchi emasdim
Sugaga urilib ketgan yigit Jhope edi. Suga boshini qo'rquv bilan ko'tarib Jhopega qaradi. Ko'zlar to'qnashdi. Jhope uni yuzini ko'rib qotib qoldi.