November 19

QIYOFA

By ___ Jihyeee

16-EP

Ayol o'z hikoyasi aytib yig'lab yubordi.

(Egizaklarni ukasini ismi Taemin )

Taemin

– Taemin: oyi nega buni menga aytmagansizlar?

novcha yigit asabiylashib oyisiga savol berdi

– Sera: bu sir hech kimga aytilmagan. Kimdir bu haqida so'rasa o'g'limiz to'satdan o'lib qoldi deganmiz

Ayol battar baqirib yig'lab yubordi. Yoongi esa jim edi. Ko'zlari yoshga to'lsada yig'lamaslikka harakat qilardi.

Shu payt tashqaridagi darvoza ochilib o'rta yoshli erkak kirib keldi. Yoongi u erkakni ko'rib haqiqiy otasi ekanligini tushundi.

Dongwoo

– Dongwoo: Sera tashqarida turgan mashina kimniki?

Erkak ayoliga qarab gapirdi, ayol esa javob bermay ko'z yoshlarini arta boshladi. Erkak hovliga kirarkan u yerda o'tirgan yigitni ko'rib hayratlandi.

– Dongwoo: Suga?

Dedi tushunmasdan. Keyin yig'lab o'tirgan ayoli va kichik o'g'liga qaradi birdan hayoliga keldi tashqarida qimmatbaxo mashina va Sugaga o'xshaydigan yigit......

– Dongwoo: Yoongi

past ovozda gapirdi. Yoongi o'zini haqiqiy otasiga qarar ekan unga nisbatan 2 xil tuyg'uni xis qilardi. Nafrat va mehr, lekin qaysi birini tanlashni bilmasdi.

Erkak sekin Yoongini yoniga yaqinlashib uning bilagidan ushlab tashqariga sudray boshladi. Buni ko'rgan Yoongi va boshqalar hayratda edi

– Taemin: dada
Dedi haligi yigitcha.

– Sera: dadasi to'xtang nima qilyapsiz?

Sera erining bu qilig'idan esankirab qoldi. Yoongi haydalishini sezib tursada indamasdan dadasiga ergashdi.

– Dongwoo: sen biz uchun o'lgansan seni boshqa bu yerda ko'rmay agar yana ko'rsam oyog'ingni urib sindiraman.

Erkak asabiy ohangda gapirib darvozani ochib Yoongini tashqariga uloqtirdi.

– Dongwoo: biz sendan voz kechganmiz! Seni oilang boshqa ikkinchi bu yerga qadam bosma.

Erkak qahrli gaplarini gapirib ayolini yig'lashiga ham qaramay eshikni yopib qulflab qo'ydi.

Yoongi toshlar ustiga yiqilgani uchun tanasida og'riq turdi. Uy atrofiga o'ralgan temir panjaraga bilagi yomon teygandi. Bilagi og'riy boshladi. Og'riqdan yuzlari burishib ketardi. Aksiga olib dadasining qilgan qo'polligidan yig'lagisi kelardi.

Atrofda hech kim yo'qligidan foydalangan Yoongi sudralib yurib mashinasiga chiqdi. Mashinani o't oldirib katta tezlikda qishloqdan chiqib ketdi. So'ngra uncha odam o'tmaydigan joyda mashinasini to'xtatib achchiq ko'z yosh to'ka boshladi.

– Yg: sen nimani kutganding?

Yoongi birdan mashina ichida baqirib rulga musht tushirdi.

Yoongi yig'lavotti dib tasavvur qilamz

– Yg: qabul qilishlarini kutganmiding? Sen ular uchun o'lgansan.

Yoongi baqirib yig'lashda davom etdi. Ichida katta to'fon ko'tarilarkan bu to'fonni qanday bostirishni bilmasdi. Qani edi u erkak haqiqiy otasi emas begona bo'lganida Yoongi uni nima qilishni o'zi bilardi, lekin u haqiqiy otasi unga ozor berishni xoxlamaydi. Yillar oldin uni boshqa oilaga sotib yuborgan bo'lsa ham bunga qo'li bormaydi.

Yoongi ancha vaqt mashina ichida yig'lab o'tirdi va uyiga qarab yo'l oldi. Hech nima bo'lmaganday uyiga kelib mashinasini garajga joylashtirarkan hayolga berilib ko'rmagan Jiminni mashinasini endi ko'rgandi. Uning hayoliga tinmay Suga kelardi. Yoongi sekin yurib uyning orqa eshigidan uy ichiga kirib oldi. Uyga kirar ekan mexmonxonadan kelayotgan ovozlardan xayron qoldi. Jimin Sugani Yoongi deb o'ylab u bilan suxbat qurayotgan edi.

Yoongi sekin eshikdan mo'ralarkan Jimin teskari qarab o'tirganini ko'rdi va Sugaga ishora qilib tepa qavatga chiqib ketdi. Suga bu paytda hali ko'z oynagini yechmagan edi.

Suga Yoongi qilgan ishorani ko'rsada Jiminga sezdirib qo'ymaslik uchun o'zini bilmaganday qilib o'tirardi. Suga qanday bu yerdan chiqb ketish haqida o'ylab o'tirganda Jhope kelib vaziyatni ancha yengillashtirdi.

Yoongi shularni esladiyu ko'zlarini og'ir yumdi. Keyin boyagi ayol yani onasi bergan surat hayoliga keldi va uni ko'rmoqchi bo'lib qo'l cho'zgandi bu o'zining kiyimi emasligini payqadi. Xonadan chiqib Sugani xonasiga bordi kiyimlarini olib chiqib ketayotganda Sugani gaplari uni to'xtatdi.

– S: qishloqqa nega bordingiz?

– Yg: oying yetkazdimi?

– S: oyim yetkazmadi

Suga boyagi rasmni olib Yoongiga ko'rsatdi.

– Yg: birovni kiyimini titkilash yaxshi ish emas ukajon

– S: men yomon ish qilmadim

– Yg: nega suratga tegding?

– S: siz oldin meni savolimga javob bering. Nima uchun qishloqqa bordingiz?

– Yg: seni men bilan ishing bo'lmasin

– S: u yer meni uyim bilishga haqqim bor

– Yg: tushunmadim?

– S: nega bordingiz deyapman?

Suga asabiylasha boshladi

– Yg: men yosh bolalarga hisob bermayman!

Yoongiga uning muomilasi yoqmayotgandi

– S: sizdan to'g'rilikcha so'radim javob bering

Suga baqirishga tushdi

– Yg: menga ovozingni ko'tarma

Yoongi qattiq ohangda uni ogohlantirdi

– S: nima qilasiz?

Suga shu gapni aytishi bilan Yoongi o'zini bosa olmay yuziga musht tushirdi. Egizagidan bunday muomilani kutmagan Suga gavdasini ushlolmay yerga yiqildi

– Yg: seni menga bunday muomila qilishga umuman haqqing yo'q. Ota-onang ham qishlog'ing ham o'zingga buyursin. Meni ota-onam o'lgan tushundingmi? Qishloqqa borgan bo'lsam faqatgina haqiqatni bilish uchun bordim.

Sizlarga yoqadi degan umiddaman

Reaksiya coment kutib qolaman

.
.
.
.
.
.

By ___ Jihye πŸ«ΆπŸ’œ