November 7

Yorug'lik va soya

By ___ Jihyeee

10-ep............ 10-qism

Jimin esa sovuq va sokin. Hamma kameralar unga qaragan, hamma uning kelishini kutgan edi.

Jimin sekin qadamlar bilan Jihyening yoniga keldi. Jihye bundan juda ham hayajonda edi, lekin bildirmaslikka harakat qildi.

Nigohlar to'qnashdi.

Kechadagi jangchilarga o‘xshash ikki shaxs, lekin bugun yorug‘lik ostida ikki professional inson.

Hech kim bilmasdi, ularning o‘tmishida tahdidlar, qasos, va yashirin tortishuv borligini.

Jihye jilmaymadi, faqat dedi:

—Jihye: janob Park Jimin Bizning brendimiz uchun rostdan mos nomzodmisiz yoki yo'q buni ko‘ramiz.

Jimin esa xotirjam, ichida bo‘ron:

— Jimin: Men har doim o‘zimni isbotlayman. Ayniqsa kimdir mendan shubhalansa.

Jimin shunday dediyu Jihyening ko'zlariga tikilib qoldi. Bu ko'zlar unga tanishdek tuyuldi, lekin unga menejeri suratga tushishi kerakligini aytib olib ketdi. Jimin har xil liboslarda suratga tusha boshladi.

Soch ranglariga etibor bermimz😁

Jimin bu kiyimlarda suratga tushishni yakunladi.

Menejeri uni keyingi libos kiyib chiqishga chaqirdi. Jimin yana kiyimini almashtirib suratga tusha boshladi.

Soch ranglariga etibor bermimiz 😁😁
Soch rangiga etibor bermimiz😁

Jihye esa hayajonlasada o'zini bosishga urunardi.

Jihye hujjatlarni ko‘rib, yuzida o‘zini tutgan sovuqqonlik bilan unga qarar edi. Nigohlari yana uchrashdi.

Bu safar hammasi tinch va professional edi, ammo har bir qarash bir oz qattiqroq, bir oz uzoqroq edi.

Jihye ichidan o‘yladi:

– Jihye: Nega bu inson men bilgan odamga o'xshamaydi? Qandaydir boshqacha. Men uning muxlisiman axir.

Jihye shunday degancha Jiminni ilk bor ko'rib yoqtirib qolgan kunini esladi.

Flashback

Jihye o'sha kuni uyda dam olayotgan edi. U paytlar sodda mexribon universitet talabasi edi. U aslida kpopga qiziqmas, uni nima ekanligini ham bilmasdi. Telefonidan faqat dars qilish uchun foydalanar, dars qilib bo'lgach dramalar tomosha qilardi. Agar zeriksa you tubeda instagramda videolar tomosha qilar edi. Shuni aytib o'tishim kerakki, agar videolari orasidan Bts guruhini videolari chiqb qolsa comentiga kirib odamlar nima deb yozgan ekan deb o'qishga qiziqardi. Comentga kirib o'qib ko'rardi heytrlarni gapiga u ham ishonib Bts guruhiini videolari chiqsa bloklab tashlar edi. Bir kuni instada bts guruhini yana videosi chiqdi unda Bts guruhi azosi Jungkook bor edi u raqsga tushardi. Har doimgidek Jihye yana comentga kirdi. Comentda „ Jk zo'r raqsga tushadi ” deb yozishgandi va bitta qiz unga javob qaytargan „ Jk barbr Jiminchalik zo'r raqsga tusha olmaydi ”.

Jihye bu izohlardan so'ng ular maqtayotgan odam kim ekanligiga rosa qiziqdi va you tubega kirib Jiminni izlay boshladi va mana uni topdi. Jiminni ko'rishi bilan qalbida qandaydir iliqlikni sezdi. Xa u bir ko'rishda Jiminni yoqtirib qoldi. Shundan so'ng army bo'ldi. Guruhni kuzatishni boshladi. Ularni bir biriga ahilligini ko'rib yanada kundan kunga ko'proq yaxshi ko'rib qoldi. Ota onasi ajrashgan kun uning ichida dunyolar quladi, lekin Bts guruhini qo'shiqlari unga quvonch bag'ishlay oldi. Onasini o'g'irlab ketishganda ham, mafia bo'lishni tanlaganda ham u armyligidan voz kechmadi. Jihye mafia ishlari bilan shug'ullanadigan sovuqqon bo'lsada, u o'z sevgan guruhini konsertiga borishni kanda qilmasdi. Ularni kuzatar muxlislik qilar lekin buni hech kimga bildirmasdi.

Onasi bilan yashaydigan uyidan boshqa yana o'zining shaxsiy shinamgina uyi bor uyerda uyga kirib borgandan bts guruhini rasmlari albomlari turadi.

Jihyening shaxsiy uyi

Onasi bilan yashaydigan uyida ham honasi shunday bezatilgan. ( rasmini tashagandm)

Shuning uchun honasiga hech kim kirishini xoxlamaydi, bu uning shaxsiy hududi hisoblanadi.

Flashback tugadi

Jiminni mexribon ochiq ko'ngil idol sifatida bilardi xozir esa yonida turgan odam umuman boshqa odamdek edi. Xuddiki uni almashtirib qo'yishgandek.

Jihye shu narsalarni hayolidan o'tkazdi.

Jimin esa o‘zicha fikrlardi:

– Jimin: Bu direktor sovuq, qat’iyatli. Lekin bir lahza, bu ko‘zlar tanishdek tuyulyapti. Men bu ko'zlarni qayerda ko'rganman o'zi? Nega eslash qiyin bo'lmasa?

Ular bir birini tanimas edi, kim ham o'ylabti kechasi faqat ko'zi ko'rinib yuzini berkitib yurgan ikki shaxs bugun niqoblarsiz uchrashib turibti.

Jihye Jimin suratga tushishini sinchiklab kuzatdi. Nihoyat suratga tushish yakunlandi. Menejer Jiminni kiyimini almashtirib bo'lishini kutdi va ular ketishga tayyorlandi.

Jihye juda charchagan edi......

Qahvasini olib stolga qaytdi. Jimin esa chiqb ketayotganda jilmaydi ammo hech narsa demadi.

Ularning sirlari ochilmadi, lekin bugungi boshlang'ich uchrashuv ularni asta bir biriga yaqinlashtirishga turtki bo'ldi. Ular bilmasdiki bu uchrashuv faqat professional emas, balki kelajakda ularning o'tmishi va yashirin hislati bilan bog'lanadigan boshlanish edi.

Ertangi kun

Jihye kompaniyasida xodimlari bilan Jiminni o'z brend yuziga aylantirishni kelishib olishdi. Shartnoma imzolash bo'yicha Jiminni yana kompaniyaga taklif qilishdi.

Ofisning tinchlik hukmronligi ichida Jihye hotirjam ko'rinardi, lekin ichida bir savol bor edi:

– Jihye: qiziq bugun u qanday ko'rinadi? Kechagidek sovuqqonmi yoki sahnadagidek quvnoq va mexribon insonmi?

Jimin ofisga keldi va uni majlislar xonasiga taklif qilishdi.

Majlislar honasi

Jimin majlislar honasida qaror topmagan fikrlar bilan yurardi.

– Jimin: qiziq men kechasi bilan u qiz haqida o'yladim. Undagi nimadir meni o'ziga tortyapti. Menda odatda bunday narsalar bo'lmas edi. Bu menda ikkinchisi Black Rose bilan gaplashganimdan so'ng ham menda huddi shunday hislar paydo bo'lgandi. Lekin nega yana aynan shunday his. Axir bu ikki qiz ikki olam degani emasmi? Nahotki men shuncha qizlar orasidan qidirgan ko'zlarimni topgan bo'lsam? Yo'q bu imkonsiz... Bunday bo'lishi mumkin emas

Sizlarga yoqadi degan umiddaman bu man yozvotgan birinchi ff xatolari bosa tushunasila db umid qlaman

Reaksiya coment kutib qolaman

By ___ Jihyeee 🫶💜

Keyngi qismda bazi bir sirlarini ochamiz
.
.
.
.
.
.