QIYOFA
Yoongi o'zini tinchlantirib turganida Sugani ovozidan hayollari tarqab ketdi. Yerga tiz cho'kib qizarib ketgan qo'llariga qarab dodlayotgan ukasiga qaradi.
– Yg: ahmoq nega choynakka tegasan?
– S: nega doim meni urushaverasiz aybim huddi sizga o'xshab tug'ilganimmi? Nega meni chiqishtirishni xoxlamaysiz? Meni qafasda ob o'tiribsiz shuni bilaszmi? Lekin men sizga biror martta bu haqida gapirmadim.. Shikoyat qilmadim siz bo'lsa faqat meni xo'rlayapsiz
Rostdan ham Yoongini fikru hayoli qanday bo'lmasin Jimindan qutulish edi. U endi hammasini tushundi. Bechora ukasiga kelgandan buyon unga aytmagan gapi qolmagandi. U shularni o'ylab afsuslandi
– Yg: yur qo'lingga maz surtamiz
Yoongi shunday deb o'zini xonasiga olib kirdi
– S: bu menga bergan xonangiz emasku
Yoongi og'riq qoldiradigan maz olib kelib Sugani qo'liga surta boshladi
– S: o'zgaruvchan bir qarasa yaxshi bir qarasa........
– S: endi men qanday ko'raman?
– Yg: yangi ko'z oynak olib beraman
– S: ammo qachon men kitobimni davomini o'qimoqchi edim
Yoongi telefonidan soatni ko'rdi. Endi 5:56 hali 6 ham bo'lmagan . Yoongi onlayn magazindan ko'z nuriga ko'z oynak topib buyurtma berdi.
– Yg: men senga ko'z oynak buyurtma qildim bir necha soatlarda keladi. Ungacha uxlab dam ol.
– S: lekin kitobimni o'qigim kelyapti
– Yg: uxlashing kerak. Turib ham o'qiyverasan o'sha turk kitobingni
– S: meni xozir o'qigim kelyapti. Hech bo'lmasa bir varaq siz o'qib bering
– S: vada beraman agar o'qib bersangiz aniq uxlayman
Suga injiqlik qilib gapida turib oldi. Yoongi buni xoxlamasada egizagini iltimosiga binoan kitobdan bir varaq o'qidiku tezda kitobni yopti
– Yg: mana 1 varaq o'qidim endi esa uxla
Suga bundan judayam xursand bo'ldi.
Soat 8 bo'larkan Yoongi mexmonxonada Jhopeni kuta boshladi. Suga uxlab qolgani bois Yoongi 2 soattan buyon mexmonxonada hayol surgancha o'tiribti. Buyurtma qilgan ko'z oynagi kelganda uni Sugani oldiga tashab kelganini aytmaganda boshqa hech qayerga qimirlagani yo'q. Hayolida har xil o'ylar
– Yg: biz rostan ham u bilan egizakmizmi? Unda bizning haqiqiy ota-onamiz kim? Nahotki men ancha yillardan buyon oyi dada deb atagan insonlar aslida menga begona bo'lsa....... Sugani ota-onasi meni pul uchun sotib yuborishgan bo'lishlari mumkinmi? Oyim va dadam mendan keyin farzand ko'rishmagan Suganing esa ukasi bor..... Yo'q bo'ldi bas.
Yoongini jaxli chiqib bu haqida o'ylamaslikka harakat qilardi.
Shu payt eshik ochilib yopilgani eshitildi, bu aniq Jhope edi. Chunki Jhopedan boshqa hech kim bunday bezbetlarcha kira olmaydi. Yoongi chuqur nafas olib Jhopeni kutib oldi
– Jh: tahlil natijalari chiqdi. Jhope qo'lidagi konvertni uzatdi lekin Yoongi buni ochishga ikkilanib qoldi
Yoongi qo'lidagi konvertni stolga qo'yib ketayotgandi
– Yg: men haqiqiy Min Yoongiman bu aniq
Jhope Yoongini yoniga kelib yelkasidan ushlab to'xtatdi.
– Jh: Suga seni ukang boʻlib chiqishini yomon joyi yoʻq. Tuqqan emas katta qilgan ota-ona deyishadi. Sen hech narsadan qoʻrqma! Haqiqatga tik qarashni oʻrgan.
Jhope Yoongiga oʻzicha tasalli bergandek boʻldi.
Shu damda u Yoongini birinchi marta koʻzlari yoshlanib ketganini koʻrdi. Ilgari buni Yoongi hech kimga koʻrsatmasdi. Lekin bugun Jhopeni oldida koʻz yoshlariga erkinlik berdi. Jhope Yoongini ahvoli uncha yaxshi emasligini kirib, koʻzidagi yoshlarni barmoqlari bilan artib qoʻydi. Yoongi oʻzida kuch topib konvertni qoʻliga olib uni ochdi. DNK tahlilida opa-singil yoki aka-uka ekanligini aniqlashsa natija 50%ni koʻrsatadi.
Jhope Yoongini qotib qolganini koʻrib qoʻlidagi qogʻozni undan tortib olib tekshira boshladi. Natija 50% bu ular rostdan ham egizak ekanligini belgisi.
Yoongi joyida tik tura olmay yonidagi oʻrindiqqa oʻtirib qoldi.
Yoongi esa karaxt ahvolga tushib qolgan taxminlari to'g'ri chiqqanidan jinni bo'layotgandi. Jhopeni gaplarini ham hozirgina buyurtma qilingan ko'z oynakni taqib mexmonxonaga kirb kelgan Sugaga ham etibor bermasdi. Yoongining hayollari hozir joyida emas, kichikligidan to hozirgi kungacha o'z ota-onasi deb yurgan insonlari begona odamlar bo'lib chiqdi axir. Uning ko'zi atrofida yoshligi ota-onasi bilan quvonchli o'tkazgan kunlari kino tasmasiday aylana boshladi. Yoongi o'zini anglolmay sekin o'rnidan turdi. Jhope ham Suga ham uni kuzata boshladi. Yoongi oldinga bir qadam tashladiku ko'z oldi qorong'ulashib hushidan ketdi.