November 19

QIYOFA

By ___ Jihyeee

18-EP

– Jh: u Fransiyaga ketishi kerak. Bu yerda ortiq qola olmaydi

– S: lekin qanday?

– Jh: Jiminni kechki ovqat taklifi qabul qilingan. Kechki ovqatga Yoongini o'rniga sen borasan. Men biletni tayyorlayman.

– S: sezib qolsachi?

– Jh: sezmaydi..... Shunga umid qilamiz

Ertangi kun ham keldi. Yoongi odatdagidek o'rnidan turib pastga tushdi. Dasturxon atrofida Suga uni kutib oldi

– S: Salom xayrli tong

– Yg: salom

– S: yaxshi dam oldingizmi?

– Yg: ha

– S: mendan xafamisiz?

– Yg: yo'q

– S: unda nega qisqa javob beryapsiz? Odatda xafa odamlar shunday qiladiku

– Yg: men azaldan shundayman

– S: unday emasdingizku

Yoongi uni gapiga javob berishni xoxlamadi. Sugani bundan ko'ngli og'risada bildirmadi.

Nonushta qilib bo'lgach Yoongi ishga ketdi, Suga esa uyda qoldi.

Yoongi kompaniyaga yetib kelarkan Jiminni ko'rmaganidan xursand edi. Kun bo'yi kompaniyada ishlagan Yoongi rosa charchagan edi. Yaxshiyamki dadasini mafia ishlarini Jhope bilan birga qiladi, bo'lmasa bitta o'zi qiynalgan bo'lardi. Kompaniyadan uyga yo'l olgan Yoongini uyda Jhope bilan Suga kutib oldi. Uyga kirarkan ularga salom alik qilmasdan xonasiga chiqib ketayotganda Jhopeni gapi uni to'xtatdi.

– Jh: Fransiyaga ketish uchun bileting tayyor

– Yg: nima

– Jh: Fransiya Parij deyapmiz nima tushunmadingmi?

Fransiya Parij

Jhope qo'lidagi bilet bilan Yoongini pasportini ko'rsatdi.

– S: ikki kundan keyin uchib ketasiz

Gapga Suga qo'shildi

– Yg: lekin qanaqasiga?

– S: shunaqasiga

– Yg: sizlar qarshi edingizku

– S, Jh: biz rozimiz

Ikkisi ham teng gapirib keyin kulib yuborishdi

– Yg: baribir sizlardan xafaman

Deb ketayotganida Suga uning ortidan borib quchoqlab oldi

– S: akajon bo'ldi kechiring

– Yg: dam olmoqchiman charchadim

– Jh: bo'ldida endi qachongacha bizdan arazlab yurmoqchisan?

– Yg: yo'q rostan charchadim. Hozir bayram qiladigan axvolda emasman xonamga kirib dam olsam shu menga bayram bo'ladi.

Jhope va Suga uni rostan charchaganiga ishonib indashmadi.

Oradan bir pastda ikki kun ham o'tib ketdi. Bu orada Yoongi Suga va Jhope bilan yana avvalgidek chiqishib oldi. Mana ovtlanish kuni ham keldi. Yoongi xonasida ketish uchun narsalarini sumkaga solayotgan o'zi ham tayyorlanayotgan edi. Egniga qora futbolka qora shim va shunga mos kepka ham kiydi.

Yoongi

Sumkasini olib honadan chiqarkan yo'lak bo'ylab tun kabi qop qora kastyum shimda unga qarab kelayotgan Sugani ko'rib joyida qotib qoldi. Suga ham akasini ko'rib joyida to'xtadi. Yoongi egizagiga qarar ekan xuddi oynada o'z aksini ko'rayotgandek bo'ldi. Sochlari tartib bilan taralgan ustidagi kastyum shim esa unga yarashib turardi.

Suga

– S: aka

Suga pichirladi. Yoongi ukasiga bir muddat qarab turdiyu tez tez uni yoniga borib qattiq bag'riga bosdi

– Yg: meni kechir

Yoongi shunday dediyu ko'zlari yoshlandi. Suga buni bilib akasini qattiqroq quchoqladi.

– S: siz ketishingiz kerak...... Ovqatlanishdan chiqqanimdan so'ng Jhope meni olib ketadilar. Siz xavotr olmang

Hammasi reja asosida boshlandi. Jhope Yoongini bildirmasdan mashinaga solib aeroportga jo'natdi, o'zi esa Sugani restoranga olib bordi.

Mashinadagi suxbat:

– S: siz Jimin bilan oldin do'st bo'lganmisiz?

– Jh: maktab paytlarda do'st edik

– S: nega xozir do'st emassizlar?

– Jh: chunki oramizda nizo chiqgan. Keyin yuz ko'rmas bo'lib kettik. Bu haqida gaplashishni xoxlamayman.

Jhope qoshlarini chimirib mashinani haydashda davom etdi. Sugani Jimin bergan manzildagi restoranga olib borgach uni mashinadan tushirib yubordi.

Suga chuqur nafas olib hayajon bilan restoranga kirarkan uning ichida xech kim yo'qligiga hayron qoldi. Lekin belidan quchgan qo'llar tufayli taxminlari xato ekanligini angladi.

Jimin

Jiminni yonida his qilib qo'rqib ketdi. Begona qo'l belidan quchgani sabab biroz titradi.

– Jm: ochilib ketibsan

– S: raxmat shilqimlik qilishni bas qil

Suga Jiminni qo'lini siltab tashladi

– Jm: doimgidek

– S: shu yerda turaveramizmi?

– Jm: yo'q

Jimin shunday deb Sugaga yo'l ko'rsatdi. Suga uning ortidan ergashdi. Suga juda katta va hashamdor restoranga boshdan oyoq nazar tashladi. Oltin rangli did bilan bezatilgan restoran xuddi sohibjamol va maxluq multfilimidagi raqs zaliga o'xshaydi.

Restoran

Markazda stol chroyli qilib tuzalgan ustida atirgul yaproqlari bor edi.

Romantik stol

Jimin undan oldin borb stolni surib Sugaga o'tir deb ishora qildi. Jimin uning to'g'risiga o'tirarkan Sugaga sirli nigohlar bilan qarab qo'yardi. Suga bundan xijolat bo'lsada indamadi. Ofitsant kechki ovqatni ularni oldiga olib kelib qo'ydi. Jimin va Suga negadir bu safar ko'p gaplashishmadi.

Bu hol ancha davom etgach Suga o'zi gapirishga majbur bo'ldi

– S: nega jimsan?

– Jm: ovqat ustida suxbat qurishni uncha xushlamayman ayniqsa baxslashishni

– S: unda nega meni bu yerga chaqirding?

– Jm: shunchaki..... Turmush qurishdan oldin chiroyli kechlik qilgim keldi

– S: sevib qoladi desang adashasan

Shunday deb labini qog'oz salfetkada arta boshladi.

– Jm: darrov to'ydingmi?

– S: qornim to'qroq edi uzr

– Jm: bordiyu to'ygan ekansan valsga nima deysan? Kechki ovqatlanishning eng qiziq nuqtasi ham aynan shu.

Jimin unga savol nazari bilan qaradi. Suga sezdirib qo'ymaslik uchun boshida rad etdi, lekin Jimin o'z gapida turib vaslbop musiqa qo'ydirdi. Keyn Sugani o'rtaga taklif qilib belidan bir qo'lini o'tkazib, boshqasi bilan esa qo'lidan ushladi.

Tipa shunaqa

Suga yengil titradi Jimin buni sezsada sirlilikni yo'qotmadi.

5 daqiqadan beri vals tushisharkan Jimin uni qo'lidan ushlab atrofida aylantirdi. Keyin birdan o'ziga mahkam tortib oldi. Suga bunday vaziyatdan hayron bo'lib turganda Jimin uni qulog'iga pichirlab aytgan gaplari uni joyida muzlatib qo'ydi.

– Jm: pochchang bilan vaqt o'tkazish senga yoqdimi qayniukajon?

Sizlarga yoqadi degan umiddaman

Reaksiya coment kutib qolaman

.

.

.

.

.

.

By ___ Jihye πŸ«ΆπŸ’œ