QIYOFA
2- πΉπ΄ππΏ 3-ππ
Ko'z oldidan Yoongini sevgisiga erishish uchun qilgan harakatlari kino tasmasiday o'ta boshladi. Ko'zlarini undan uzolmay qoldi.
β Yg: ket bu yerdan seni hayotimda ko'rishni xoxlamayman
Yoongini birgina shu gapi Jiminga ortig'i bilan yetdi.
U Yoongini ko'zlariga so'nggi bora qaradiyu jaxl bilan xonadan chiqib ketdi. U ketgach Yoongi o'zini erkin his qilib, labidagi qonni artib turgan Tesunga qaradi.
β T: hijolat bo'lmang. Bugun soat 18:00 da vaqtingiz bo'lsa sizni uyingizdan olib ketardim.
β Yg: ochig'ini aytsam menimcha bormaganimiz maqul. Chunki Jimin bilan oralaringda yana janjal chiqishini xoxlamayman.
β T: u hech narsa qilolmaydi qo'rqmang
β Yg: Tesun Jiminni kimligini bilib shunday dedimi yoki bilmay gapiryaptimi?
Yoongini hayolida shu savol aylana boshladi.
β Yg: men bora olmayman kechirasiz
Yoongi so'nggi so'zlarini aytib tezda xonadan chiqib ketdi. Uning ortida kotibasi ham baland poshnalarini taqqillatib yugurib ketdi. Tesun esa xozir nima bo'lganiga tushunmay xonada qoldi.
Yoongi mashinada xayol surb atrofni kuzatib ketarkan anchadan beri o'ylanib o'tirgan kotibasi ( K )savol berdi.
β K: janob Jimin menimcha sizni sevsa kerak
Qisqa javob bilan qutuldi. Yoongi oldindan sirli odam his tuyg'ularini kimgadir ochishni xoxlamaydi. Hatto hozir ham Jiminga bo'lgan kichik tuyg'usini ham kotibasiga aytgisi kelmadi. Buni aytishga g'ururi ham yo'l qo'ymaydi.
Yoongi o'z kompaniyasiga borib ham hayollarini bir joyga jamlay olmadi. O'tirsa ham tursa ham Jiminni unga yuzida og'riq va nafrat bilan qaragani ko'z oldiga kelaverdi.
Yoongi uyiga borganda ham shu hol takrorlangach oxiri jaxli chiqib biror joyga borishga qaror qildi. Kafe va restoranlardan to'ygani aniq. Shuning uchun shaharning eng boy va taniqli odamlari boradigan barga borishga qaror qildi.
Egniga qora kastyum shim kiyib yo'lga tushdi.
Shahar chekkasida joylashgan kichik va ichi kattagina bo'lgan bar. Har kuni bu barda odam juda ham ko'p bo'ladi. Chunki bu yerga faqat boy ayol va erkaklar tashrif buyuradi. Har xil o'yinlar va ko'ngil yozuvchi musiqalar bo'ladi. Tepasi klubga o'xshab ko'ringani bilan pasti haqiqiy qimorxona.
Yoongi mashinasida o'sha o'rmon ichida joylashgan klubga keldi. Atrof qorong'u va qo'rqinchli lekn klub ichida shovqin avjida. Bino tashqarisi qimmatbaxo mashinalar bilan to'la. Yoongi yetib kelib mashinadan tusharkan mashina kalitini xizmatchiga topshirib klub tomonga qarab ketdi. Bu yerga umuman politsiya kelmaydi. Chunki shaxarni oldi boylari ularni og'zini pul bilan yopib qo'ygan. Bordiyu gapiga kirishmasa buning javobi og'ir bo'lishini isbotlab ham qo'yishgan. Yoongi o'zini bemalol sezib ichkariga kirar ekan ichkarida shovqin avjida bo'lganligi uchun qayerga borishni bilmay o'ylanib qoldi.
Qo'riqchilardan biri Yoongini ko'rib ziyoli ekanligini sezib bosh eggancha yoniga keldi.
Ko'rinishidan sovuqqon ko'ringan qo'riqchi ovozini yumshatib gapirdi. Qo'riqchi Yoongiga eshik yonidan pastga olib tushuvchi yer to'laga o'xshagan joyga ishora qildi. Yoongi ham uning nimaga ishora qilganini tushunib zinadan tusha boshladi. Qo'riqchi uni pastga tushguncha kuzatib qo'ydi.
Yoongi pastga tushib eshikni ochishi bilan dimog'iga sigaret hidi bilan aralashib ulgurgan atir hidi urildi. Sekin ichkariga kirar ekan bu joy kattaligidan og'zi ochilib qoldi. Voleybol zaliday keladigan joy yerlari xuddi yashil maysadek yashil rangda. Har joyda qimor stullari bilyard va shunga o'xshash o'yinlar bor.
Yoongi bir muddat joyida turib atrofni kuzata boshladi. Erkaklarning g'alaba qozongandagi yengil kulgusi va ayollarning nozik gaplari eshitilib turardi. Bu yerdagilarni deyarli hammasi mafiaga aloqador odamlar.
U atrofga qarab hayol surib turganda qip qizil libosda 35 yoshlar atrofida bo'lgan shu qimorxonaning oldi ayollaridan biri bo'lmish ayol qo'lida alkogol ushlab Yoongini yoniga keldi.
Yoongi ko'rganiga chamasi 5 yilcha bo'lgan onasini yoshi kichik dugonasini esladi.
Ayol xursand bo'lib Yoongini yengil quchib qo'ydi.
β Yg: eslamay bo'ladimi sizni oyim bilan ko'p ko'rardim
β Y: dugonam yaxshi ayol edi. Umri qisqa ekan..... Aytgancha bu yerda nima qilyapsan?
β Yg: shunchaki aylanishga chiqqandim
β Y: mos joyni topibsan. Bu yerga yolg'iz kelganingga qaraganda boshing ochiq. Mayli bu yerda senga mos o'ljalar talaygina. Erkaklar yoqsa erkaklar ayollar yoqsa ayollardan ham bor
β Yg: menga hali turmush o'rtoq shart emas xola
β Yg: bu yerga anchadan beri kelasizmi?
β Y: anchayam gapmi? Bu yer meni ikkinchi uyim
Yoongi eshitgan gaplaridan biroz hayratlandi. Atrofga qarar ekan ko'zlari undan ancha uzoqdagi labiga sigaret qistirib kiborli erkaklar bilan karta o'ynab o'tirgan Jiminga tushib qotib qoldi.
Ko'rinishidan mastga o'xshamaydi faqat barmoqlari orasida sigaret ushlab ora orada labiga yaqinlashtirib tutun purkab jiddiy qiyofada karta o'ynab o'tiribti. Yuna bir zumda Yoongi qayoqqa qarayotganini bilib jilmaydi.
β Y: ko'zlaringni uzolmay qolding Yoongi Jiminni taniysanmi?
β Y: yur unda bir salom alik qilib kelasan
β Yg: xola nima qilyapsiz? Biz u bilan urushganmiz
β Y: yarashib olasan buni nimasi yomon?
β Yg: bo'lmaydi biz u bilan dushman bo'lib ketganmiz
β Y: qarashlaringdan ko'ngling borligi aniq.
Yuna uni bilagidan ushlab yo'q diyishiga qaramay gaplarini eshitmasdan Jiminni oldiga olib kelib qo'ydi. Lekin Jimin o'yin bilan band bo'lgani uchun yoniga kim kelganiga parvo ham qilmadi. Davradagi boshqa erkak va ayollar esa Yoongiga boshdan oyoq nazar tashlashga ulgurishdi.
Yuna Jiminni yelkasidan nozik harakat bilan turtdi
Jimin uni ovozidan tanib qaramadi.
Sizlarga yoqadi degan umiddaman
Reaksiya coment kutib qolaman
.
.
.
.
.
By ___ Jihyeee π« π