QIYOFA
Bir kuni Suga uyda yolg'iz qolarkan har doimgidek mexmonxonada kitob o'qib o'tirardi. Kitob o'qib issiq shokoladli choy ichib o'tirganda eshik qo'ng'irog'i jiringladi. Eshik tomon bordi. Jilmayib eshikni ocharkan ostonada turgan odamni ko'rib, yuzidagi jilmayish o'rnini hayrat va qo'rquv egallab oldi.
Suga qarshisida qora kastyum shimda unga jilmayish hadya qilib turgan yigitga qarab pichirladi
β Jm: senga ham salom go'zalim
β S: ha..li..gi.... Sa..lom.. Safardan erta qaytdingmi?
Suga iloji boricha Yoongiga o'xshab gapirishga harakat qildi. Lekin dovdirab birinchi gapirishida eplay olmadi.
Jimin o'zini Yoongi qilib ko'rsatayotgan Sugaga diqqat bilan qaradi. Rangli ipda to'qilgan sviter, oyoqda esa tor shim.
β Jm: ostonada turib gaplashishni yoqtirmayman
Jimin uni ko'zlariga qaradi. Suga uyga kirishi uchun yo'l ochdi. Jimin uyga kirar ekan uyni kuzatdi
β Jm: hali ham o'sha uy hech narsa o'zgarmagan
β S: nimadir o'zgarishi kerakmi?
β Jm: yo'q shu turishi yaxshi.
Jimin unga qarab jilmaydi. Suga asabiylashib qo'lidagi kitobni siqib mexmonxona tomon ketdi. Jimin ham uni ortidan bordi
β Jm: men kelgunimcha ko'p narsalar o'zgargan ko'rinadi
β Jm: kiyinish uslubing odating va haraktering
β S: men oldindan shundayman
β Jm: seni qo'lingda kitob ko'rmaganman. Ayniqsa turk adabiyoti haqida. Qachondan yomon ko'rgan narsangga qiziqa boshlading?
β S: shunchaki o'qigim keldi
Suga mexmonxonadagi joyiga kelib o'tirar ekan, Jimin ham uning ro'parasidan joy egalladi.
Jimin unga tikilib turganidan g'alati bo'lib o'zini noqulay seza boshladi.
β Jm: kiyinishing ham o'zgaribti odatda bunday kiyimlarni yoqtirmasding
β S: endi yoqa boshladi.. Erta kelganingni sababi bormi? Adashmasam hali 1 hafta bor edi...
β Jm: seni sog'indim shuning uchun erta keldim.. Darvoqe senda ko'zoynak nima qilyapti?
β S: kitob o'qish uchun sotib olgandim
β Jm: o'qib bo'lgan bo'lsang nega yechib qo'ymayapsan?
β Jm: kompaniyaga ham kam borayotgan ekansan buni sababi bormi?
β S: toliqqanim uchun dam olayotgandim. Sen o'zi nega bu yerga kelding?
β Jm: seni shu hafta ovqatlanishga taklif qilmoqchiman...Yolg'iz
β S: borgim kelmagan joyga meni majburlama
β Jm: men aytdimmi demak borasan! inkor qilishing meni qiziqtirmaydi
Jimin Sugadan ko'zlarini uzmay gapirib o'tirganida birdan mexmonxonaga Jhope kelib qoldi
U o'zini Yoongiman deb o'tirgan Sugani ko'rdiyu rangi oqarib ketdi. Jimin eski qadrdonini ovozidan tanib boshini ortga burib eshik yonida turgan Jhopega jiddiy nigoh bilan qaradi.
(Ha ular bolalikdan birga o'sgan yaqin do'stlar bo'lishgan. Kelishmovchilik sababli oralari buzilgan. Yaqin do'stlar xozir azaliy dushmanga aylanishgan).
Jhope ham unga qaradiyu nigohlari birdan sovub ketdi. Ikki yigit bir- biriga dushmanday qarashda davom etarkan, Jhope kesatib gap boshladi
β Jh: kutilmagan mexmon xush kelibsan
β Jh: qaysi shamol seni bu yerga uchirib olib keldi
β Jm: shamol emas o'zim keldim
Suga Jhope kelganidan boshi osmonga yetgandi. Ko'zoynagini taqdiyu tezda o'rnidan turib qo'liga kitobini oldi
Suga stullardan aylanib mexmonxonadan chiqib ketdi.
β Jh: senga aytgandim kompyuter oldida kamroq o'tir deb
Jhope Suga ko'z oynak taqib ketgani uchun Jimin shubhalanmasin deb gapirdi.
Sugani ovozi uzoqdan eshitildi.
β Jm: ko'z nuri sustlashdimi?
β Jm: u menga kitob o'qish uchun sotib olgandim dedi
β Jh: boshqa nima desin? Ko'z nurim sustlashganini xech kim bilmasin degandi
Jhope sobiq do'stining ko'ziga qarab kiprik qoqmasdan yolg'on gapirdi. Bu gaplariga Jimin ishondi shekilli hech nima demasdan o'ylana boshladi.
Suga yuqori qavatga chiqganda uni Yoongi kutib oldi
Ular Yoongini honasiga kirib ustidagi kiyimlarini almashtirishdi. Bu orada Suga Jimin unga nimalar deganini aytib berdi. Yoongi ishini bitirgach tez tez qadamlar bilan pastga tushdi. Pastda ikki yigit jim o'tirganini ko'rib hayratlandi.
β Yg: sen meni 1 oy tinch qo'yishga vada berganding
β Jm: kun sanab yurishni yoqtirasanmi deyman?
β Yg: faqat ovqatlanish taklifini berish uchun kelgan bo'lsang... Javobim yo'q
β Jm: nima desam ko'nishga majbursan
β Yg: men hech narsaga majbur emasman. Hozir sen bilan baxslashishni xoxlamayman.
Yoongi asabiylashib javob berdi. Jimin esa unga sirli nigohlar bilan qarab jilmaydi.
Yoongi ming qarshilik qilib Jiminni gap bilan yedirmasin Jimin o'z gapida turib uyiga ketdi. U ketishi bilan ko'zini og'ritib yuborgan ko'zoknakni yechib tashladi. Ko'zlarini yumib boshini ushlab yotarkan anchadan beri qo'lini chalishtirib o'tirgan