November 6

QIYOFA

By ___ Jihyeee

7-EP

Yoongi o'zini yengil qushdek sezib erkin nafas ola boshladi.

Yoongini boshi ko'kka yetib, ishlari tugagach uyga keldi. Endi Jimin uni 2 oy tinch qo'yadi. Bu esa reja tuzib qochib ketishi uchun yaxshi imkoniyat bo'ladi. O'zini o'rniga Sugani Jiminni quchog'iga otsa bas, hammasi qil sug'urgandek oson kechadi.

Yoongi uyiga yetib kelib ichkariga kirarkan mexmonxonada berilib kitob o'qib o'tirgan egizagini ko'rdiyu, unga etibor bermasdan tepa qavatga o'z xonasiga chiqb ketdi.

Suga buni bilsada indamadi. Xozir u xursand chunki Jhope vada qilganidek uning narsalarini olib kelib bergan edi. Suga bolalarcha quvonib Jhopega naqt 58 martta raxmat aytdi.

Yoongi xonasiga kirgach, eshikni yopib unga suyandi. Hammasi u o'ylagandek ketayotganidan juda ham xursand edi.

– Yg: meni kut Fransiya.

Tez orada sening quchog'ingga boraman.
Yoongi shunday deb ko'zlarini yumdi. Ko'z oldiga baland eyfel minorasini keltirdi. Eyfel minorasi yonida joylashgan issiq qahva va shirinlik hidi anqib turadigan kichik qahvaxonani esladi.

Xayolan shirinlik yeb qahva ichib o'tirganini ko'z oldiga keltirdi.

Yoongi shirin hayollariga mast bo'lib kiyimlarini almashtirib pastga tushdi. Suga hali ham kitob o'qib o'tirgan edi. Yoongi u o'qib o'tirgan kitob muqovasiga sinchiklab qaradi.

β€ž Imomning maniken qizi ” turk adabiyoti xix Yoongi ensa qotirib qo'ydi. Suga Yoongi kelganini sezib bosh ko'tarib eshik tomonga qaradi.

– S: Salom
Suga o'rnidan turib tazim qildi

– Yg: sengaham salom
Dedi Yoongi beparvolarcha

– Yg: ko'z nuring pastmi yoki ataydan ko'z oynak taqasanmi?

– S: ko'z nurim sustroq

– Yg: ko'zoynagingni yech!

Yoongi uni ko'z oynaksiz ko'rishni xoxladi. Suga ko'z oynakni yechdi. Yoongi o'ziga bir tomchi suvdek o'xshaydigan odamni ko'rib es xushini yo'qotay dedi.

Qarshisidagi yigit huddi uni o'zginasi faqat kiyinishi harakter va dunyo qarashlari farq qiladi. Lekin Jiminning oldiga chiqishsa bormi... Ayniqsa Suga Yoongi bo'lib uni oldiga chiqsa bormi, ularni ajrata olmasligi aniq.

Suganing ko'zlari rostan chala ko'radi. Xozir ham o'zidan 7, 8 qadam uzoqlikda turgan egizagini ko'rmayapti va bu uni g'ashiga teyib yana ko'z oynagini taqib oldi. Yoongi ham o'ziga kelib eshikka suyanib turishdan to'xtab mexmonxonaga kirib o'rindiqqa joylashdi.

– Yg: bu yerda rostan ham bir gap bor

– S: biz egizakmizmi?

– Yg: shunaqaga o'xshaydi

Yoongi nihoyat egizagi borligini tan olib boshini egdi va chuqur uxxxx tortdi.

– S: menga telefonizni berib tura olasizmi?

– Yg: nima qilasan?

– S: har shanba oyimlarga qo'ng'iroq qilar edim.
Bugun shanba qo'ng'iroq qilmasam mendan xavotr olishni boshlaydilar.

Yoongi Sugani gaplarini eshitdiyu ichi g'alati bo'lib ketdi. Balki ota onasi 15 yoshida vafot etgani va ularni sog'ingani uchundir. Yoongi bir muddat Sugani ko'zlariga tikilib qoldi va cho'ntagidan telefonni chiqarib unga tutqazdi.

– Yg: faqat men haqimda uyingdagilarga aytma. Bu bir kursdoshimni telefoni o'zimnikini puli tugabti deysan meni uqdingmi?

Suga Yoongiga bosh silkib telefonni uning qo'lidan oldi. So'ngra onasini raqamini xursand bo'lib tergancha u bilan gaplashdi. Yoongi bu paytta qancha o'zini hayol surib o'tirgandek ko'rsatmasin lekin quloqlari ularning suhbatiga chalg'ib ketardi.

Ichida ularga nisbatan qandaydir yaqinlik his qilardi. Suga onasi bilan xursan bo'lib gaplashar ora orada adasi va ukasi haqida so'rab qo'yardi.

Onasi ham ular haqida erinmay gapirib berardi. Yoongi ularning suhbatini tinglab o'zi bilmagan holda Sugaga hasad qilardi.

Uning guldek oilasi va xavotr oladigan onasi borligiga shunchaki xasad qildi. Esiga o'zini ota onasi tushib ketdi. Ular bilan o'tkazgan shirin hotiralarini bolalik damlarini eslab yuziga siniq tabassum yugurdi.

Suga onasi bilan uzoq vaqt gaplashib, uni o'chirib Yoongiga uzatdi.

– S: raxmat sizga

Suga xursand bo'lib egizagiga raxmat aytdi. Yoongi xop degan manoda bosh silkib qo'ydi.

– Yg: qorning ochmi?

– S: biroz

Yoongi uni tushunib oshxonada yurgan xizmatchilaridan birini chaqirib dasturxon tuzashlarini buyurdi.

Xizmatchi Yoongini gapini ikki qilmay bosh egib chiqb ketdi. U ketgach Jhope kirib keldi.

– Jh: salomlar

Dedi qora sport kiyimida kirib kelgan Jhope. Uni ko'rib Yoongi javob qaytardi

– Yg: senga ham salom

– S: sizga ham salom
Deb turib tazim qildi Suga

– Jh: sizlarni ko'rsam angel va devil esimga tushyapti

Jhope egizaklarga qarab yengil kulimsiradi

– Yg: ha juda ham kulgili

– Jh: Jimin muammosi nima bo'ldi?

– Yg: 2 oy meni tinch qo'yishini so'radim

– Jh: nega aynan 2 oy

– Yg: 2 oydan so'ng to'yim ekan

Yoongi Jiminni gaplarini eslab yuzini burishtirdi. Jhope eshik tomonga qarab pichirlab gapirdi

– Jh: xizmatchilarni ogohlantirdingmi?

– Yg: ha ertalab ishga ketishimdan avval ogohlantirgan edim. Agarda kimgadir bu haqida gullab qo'yishsa ularni hayotini jahannamga aylantirishimni ham aytdim.

Sizlarga yoqadi degan umiddaman

Reaksiya coment kutib qolaman

By ___ Jihyeee πŸ«ΆπŸ’œ

.
.
.
.
.
.